Monopoliya
(yunoncha, mono—tanho, poleo—sotaman)—iqtisodi-
yotning bir sohasidagi tanho hukmronlik.
Moliya
—maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jam-
lash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar.
Oligarxiya
(yunoncha — ozchilik hokimiyati) — iqtisodiy va siyosiy
hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo‘lida to‘planishi.
Kartel
(italyancha — qog‘oz, hujjat) — bir tarmoqdagi mustaqil
kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy
hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi
va boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma.
Konsern
(ishtirok, manfaat) — manfaatlar umumiyligi asosida
uyushgan korxonalarning yirik birlashmasi.
Sindikat
(yunoncha — birgalikda ishlash) — bir turdagi mahsulot-
lar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |