26
1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi.
Unda pensiya
yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko‘rsatkich
Germaniya va Buyuk
Britaniyada 70 yosh edi). Ayni paytda ijtimoiy
harakatda ikki asosiy
oqim mavjud edi. Ularning biri — jamiyatni parlament yo‘li bilan
(islohotlar orqali)
qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo‘l
bilan (qurolli qo‘zg‘olon) qayta qurish yo‘li edi. Ikkinchi yo‘l
bora-bora o‘z ta’sirini butunlay yo‘qotdi.
Anarxizm
(yunoncha —
hokimiyatsizlik, beboshlik) —
alohida bir
shaxsning
xohish-irodasinigina tan olib,
har qanday hokimiyat va
davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot.
Shovinizm
— irqiy ayirmachilik va milliy nizoni
avj oldirishga urinuvchi
o‘taketgan millatchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: