Qadimgi xitoyda estеtik taraqqiyot
Xitoyda estetik tushunchalar, qarashlar, nazariyalar ma’lumilm sifatida juda qadim zamonlardayoq vujudga kelgan va o‘z taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Bu qarashlarga ko‘ra Osmon va Yer (In va Yan) ruhlari bir-biriga intiladi va shu bilan olam tartibga tushadi.
Buni biz «S’hi Szin» («Qo‘shiqlar kitobi»), «1 Szin» («O‘zgarishlar kitobi»), «S’hu Szin» («Tarix kitobi»), «In fu szin» («Nur va zulmat garmoniyasi haqida kitob»), «Dio de szin» («Osmon va Yer kitobi») kabi asarlarda ko‘ramiz. Unda insonlarning ijtimoiy hayoti va xulq-atvoridagi real hodisalarning Osmon bilan aloqadorligi, o‘zgaruvchanligi haqida fikr yuritiladi.
Bundan 2500 yil ilgari yashab o‘tgan Xitoy donishmandi Konfutsiy qarashlarida ham insonlarning taqdiri Osmonga va Yerdagi tabiatga bog‘liq ekanligi aytiladi.
Konfulsiy ta’limoti qadimgi an’analarga va ajdodlarga hurmat bilan qamshga asoslangan, zero uning qafiy ishonchiga ko‘ra, qadimgi hukmdorlar clono, amaldorlar beg‘araz va ta’masiz bo‘lib, xalqhimmat va muruvvatli. Bu haqda «Qadimgi xitoyfalsafasi» kitobida mufassal yozilgan.
U oltita yaxshi fazilatga ega bo‘lgan komil inson, oliyjanob arbob (szyun szi) timsolini ko‘rsatadi.
Bu fazilatlar: insonparvarlik(chi), burchii), axloq-odob me’yorlari{li), bilim(chji), sodiqlik(siri),farzandlikhurmati{syao) dan iboratdir. Konfutsiy davlatni boshqarishni bunday tushuntiradi. «Buyuk davlatni boshqarishda:
siyosiy amallarga o‘ta jiddiy e’tibor bergin;
aytgan gaplaring vijdonan bajarilmog‘i lozim;
asosiy boyliklarni tejab-tergab sarf qilgin;
odamlarni yaxshi ko‘rgin;
xalqdan zamonga qarab foydalan».
Konfutsiy «Xalqqa rahmdillik bilan muomala qilinglar, shunda odamlar g‘ayrat bilan mehnat qiladilar», «Yaxshi fazilatlarni ulug‘lang, nodon-u johillarga yo’1-yo’riq ko‘rsating, shundagina odamlar sizga ishonadilar», - deb yozadi.
Konfutsiy ta’limotida yana quyidagilarni o‘qiymiz: «Agar o‘zing to‘g‘ri bo‘lsang, buyruqsiz ham barcha narsani bajaradilar. Agar o‘zing to‘g‘ri bo‘lmasang, hatto buyruq berilganda ham senga itoat qilmaydilar». Konfutsiy ta’limotlari hozirgi kunda ham Xitoy xalqining ma’naviy madaniyati xazinasidan mutsahkam o‘rin olgan bo‘lib, inson hulqini go‘zallashtirishga xizmat qilmoqda.
Qadimgi Xitoy donishmandi Yan Chju falsafasi konfutsiychiIikdan farqlanib, Epikur ta’limotiga yaqin turadi. Ayni vaqtda Yan Chju falsafasi tasavvufga ham yaqindir. Uning fikricha, insonlar o‘n ming yil yashasa ham, agar odamiy fazilatlari bo‘lmasa, befoydadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |