Sharq va ovro‘po mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi



Download 31,88 Kb.
bet9/12
Sana21.01.2017
Hajmi31,88 Kb.
#823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Estеtik idеal

Estetik ideal - bu grekcha tasavvur yoki orzu demakdir. Idealni asosan ijtimoiy ideal, axloqiy ideal va estetik idealga

1. Ijtimoiy ideal - biron-bir ijtimoiy guruhning inlilishlari va faoliyatining oliy maqsadi manfaatlariga muvofiq keladigan tasavvur.

Axloqiy ideal - axloqiy kamolot haqidagi tasavvurlardir, ya ’n i o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam, adolatparvarlik, ijtimoiy burchni yuksak darajada bajarish, haqqoniylik, kamtarlik va shu kabi xislatlarni nazarda tutadi.

Estetik ideal - subekt bilan obekt, inson bilan ijtimoiy butunlikning tarixan eng to‘liq uzviy birligi bo‘lib, bu birlik tub maqsadlar sifatidagi inson ijodiy kuchlarining erkin va har tomonlama rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.

Inson go‘zalligining har tomonlama mukammalligi kishi go‘zalligining estetik ideali hisoblanadi.

Ideal tushunchasi to‘g‘risida Lev Tolsoy o‘zbek ziyolisi marhum (1938-yilda qatl etilgan) Ubaydullaxo‘ja Asadulloxo‘ja o‘g‘liga yozgan xatida (1909-yil) shunday deydi: «Idealni taomilning oddiy qoidasi deb bilish katta xato yoki o‘z-o‘zini aldashdir. Bu hayotda hech qachon to‘la erishib bo‘lmaydigan, yetuk kamolotni talab etuvchi idealgina ideal bo‘la oladi. U hayotda Rahnamo sifatida zarurdir, hayotda erishib bo‘lmaydigan ana shu kamolotdan dalolat bergandagina zarurdir. Mehr-muhabbat ideali haqida ham shuni aytish mumkin».

Ideal - jamiyatning yuksak va oliyjanob maqsadi, kelajakdan ko‘zlangan g‘oyasi, orzusi. Ijtimoiy ideal misoli mayoq bo‘lib, jamiyat qayoqqa va qanday maqsadda qadam tashlashida g‘oyaviy-mafkuraviy va ma’naviy-ruhiy yo’l ko‘rsatib turishi lozim. Ijtimoiy ideal zaruriyati shunda.

Barcha ulug‘, ijodkorlar avvalgi davrlarning ijtimoiy ideallaridan ham kuch-quvvat olganiga tarix guvoh.

Ijtimoiy ideal aniq bo‘lsagina jamiyatda badiiy adabiyotga sog‘lom ehtiyoj paydo bo‘ladi. Millatning butun ma’naviy-ruhiy quvvati ijtimoiy idealda jamlanadi va aniq maqsadga yo’naltiradi.

Ayni shunday sog‘lom ehtiyoj katta adabiyotni vujudga keltiradi. Bu hoi badiiy adabiyotning erkinligiga rahna solmaydi. Chunki erkinlik boshboshdoqlik bo‘lmay, ko‘zlangan oliy maqsad sari sobit qadam bilan yurishdir. Aks holda, adabiyot yo’lini yo’qotgan odam kabi to‘rt tarafga alanglab, joyida depsinib qolishi mumkin.

Buyuk adabiyot kuchli va barqaror davlat hamda kuchli jamiyatga xos hodisadir.

Mirzo Bedilning dunyoni bilish, estetik ong haqidagi qarashlari quyidagilardan iborat: faylasuf bilishning birinchi bosqichi tashqi, moddiy borliq ta’siri bilan hosil bo‘luvchi hislar, tuyg‘ular bilan bog‘liq ekanligini yozadi va hidlash (shoma), ko‘rish (binoi), ta’m tuyg‘usi maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri, sezish, paypaslash (lomiso)ning xizmatlari haqida birma-bir gapiradi.

Ana shu sezgi a’zolariga tashqi dunyoning ta’siri natijasida insonda sezish, his etish boshlanadi, so‘ngra esa tasavvur, shuur, idrok-fikr (xayol) paydo bo‘ladi.

Bedilning fikricha sezgi, tasavvur va fikrning manbai insondan tashqaridagi mavjud obektdadir.

Nazarda yoki ko‘zgu oldida boshqa obekt bo‘lmasa, hech kimda tasavvur hosil bo‘lmaydi. Demak, inson his, tasavvur, o‘ylash, tushuncha hosil qilmog‘i uchun uning oldida biror boshqa obekt bo‘lmog‘i lozim. Bu boshqa narsa - obekt inson bilishining manbai hisoblanadi.

Hidlash isni, ko‘z rangni, tanglay va lab ta’mni, quloq tovushni tanlab oladi. Bulardan boshqa nimaiki xayol-fikr ko‘rmoqchi bo‘lsang, behuda uringan bo‘lasan. Chanqoq har joyda ham suvni, nurga muhtoj - quyoshni xohlaydi. Bedilning nuqtayi nazarida, hislar orqali obektdan olingan sezgilar zehnda saqlanib, ong (aql) oynasida jilvalanadi.

Bedil aqlni, ongni xuddi oynaga o‘xshatadi, unda tashqi ashyolar o‘z izlarini qoldiradilar, o‘z suratlarini, obrazlarini yasaydilar, shu tufayli miyamizda fikrlar tug‘iladi.




Download 31,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish