Tarqatma materiallar 1-Mavzu: Astronomiya predmeti, uning bo‘limlari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Olam tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurlarni shakllantirish. Yulduzlar osmoni va uning aylanishi. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko‘rinma harakati. Ekliptika.
1.Astronomiyaning 1-masalasini qaysi bo’limlar hal qiladi?
A) osmon jismlari evolyutsiyasini B) osmon jismlari kimyoviy tarkibini o’rganish C) osmon jismlarining ko’rinma holatlarini D)hammasini
2.Astronomiyaning 2- masalasini qaysi bo’limlar hal qiladi?
A) osmon jismlari evolyutsiyasini B) osmon jismlari kimyoviy tarkibini o’rganish C) osmon jismlarining ko’rinma holatlarini D)hammasini
3.Astronomiyaning 3- masalasini qaysi bo’limlar hal qiladi?
A) osmon jismlari evolyutsiyasini B) osmon jismlari kimyoviy tarkibini o’rganish C) osmon jismlarining ko’rinma holatlarini D)hammasini
4. Radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi fazoning ixtiyoriy nuqtasida (masalan, kuzatuvchining ko’zida) yotgan sfera va bu sferada osmondagi yulduzlar, ma’lum bir vaqtda, fazoning tanlangan nuqtasidan qaralganda, qanday ko’rinsa shundayligicha proeksiyalangan sfera-…
A)Osmon sferasi B)matematik gorizont C) osmon ekvatori D)sutkalik parallellar
5. Sferaning markazi va kuzatuvchi turgan nuqtadan o’tgan vertikal yo’nalishning osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtasidan biri (kuzatuvchi bosh tomoni yo’nalishidagisi) nuqta-…
A) zenith nuqta B) nadir nuqta C)janub nuqta D) shimol nuqta
6. Sferaning zenit va nadir nuqtalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq-...
A)vertical chiziq B) olam o’qi C) tush chizig’I D)ekliptikal o’q
7.Osmon sferasini, uning markazidan vertikal chiziqqa perpendikulyar qilib o’tkaziladigan tekislik bilan kesishishdan hosil bo’lgan katta aylana-…
A)osmon ekvatori B)matematik gorizont C)almakarant D)sutkalik parallelar
8. Osmon meridianining matematik gorizont bilan olamning shimoliy qutbiga yaqin kesishgan nuqtasi-… va Osmon meridianining matematik gorizont bilan olamning janubiy qutbiga yaqin kesishgan nuqtasi-…
A)shimoliy va janubiy qutbi B)shimoliy qutbi C)janubiy qutbi D)sharq va g’arb nuqtasi
9. Matematik gorizont tekisligi bo’ylab yo’nalib, SHimol va Janub nuqtalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq -…
A)vertical chiziq B) olam o’qi C) tush chizig’I D)ekliptikal o’q
10. Osmon sferasining asosiy chiziqlari va aylanalari proyeksiyalangan tekislikda yotib, olam qutblari, zenit va nadir nuqtalardan o’tuvchi katta aylana-… A)osmon meridian B)matematik gorizont C)almakarant D)sutkalik parallelar
11.Osmon sferasini markazidan o’tib, uni Olam o’qiga tik tekislik bilan kesishishidan hosil qilingan katta aylana -…
A)osmon meridian B)matematik gorizont C)osmon ekvatori D)sutkalik parallelar
12.Sferani vertikal o’q orqali o’tuvchi tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalari-…
A)matematik gorizont B)osmon ekvatori C) sutkalik parallellar D)almakarant
13.Ekliptika nima va u bilan ekvator orasidagi burchak qancha?
Quyoshning yillik ko’rinma harakat yo’li, 2326
Oyning yillik ko’rinma harakat yo’li, 2326
Yerning Quyosh atrofida harakat traektoriyasi, 2326
Oyning Yer atrofida harakat traektoriyasi, 2326
14.Toshkentning geografik kenglamasi 4120 ga teng. Shu yerda osmon ekvatori va matematik gorizont orasidagi burchakni toping
4120
4840
4820
9020
15.Osmon sferasining asosiy katta aylanalari qaysilar?
Matematik gorizont, osmon ekvatori, ekliptika, osmon meridiani.
Osmon meridiani, kuzgi tengkunlik nuqtasi, matematika gorizont.
16. Quyosh bahorgi tengkunlik nuqtasidan keyin osmon sferasining....
shimoliy yarim sharidan janubiy yarim shariga o’tadi (21martda).
janubiy yarim sharidan shimoliy yarim shariga o’tadi (21martda).
janubiy yarim sharidan shimoliy yarim shariga o’tadi (22 sentyabrda).
shimoliy yarim sharidan janubiy yarim shariga o’tadi (22 dekabr).
17. Yozgi Quyoshturishi nuqtasi Saroton belgisida joylashganida.....
Quyosh maksimal og’malikka ega = +23°26’(22iyun).
Quyosh minimal og’malikka ega - 23°26’(22iyun).
Quyosh maksimal og’malikka ega = +90°25’(22iyun).
Quyosh minimal og’malikka ega = - 44 °30’(22dekabr).
18. Xalqaro astronomik birlashmaning qarori bilan chegaralari ajratib berilgan osmon sferasining qismlari nima deb ataladi?
Ekliptika
Meridian.
Ekvator.
Yulduz turkumlari
19. Katta Ayiq yulduz turkumi, yorqinligi yuqori bo’lgan eng ko’p yulduzlar soniga ega bo’lib, ularning soni ....
22 ta
19 ta
8 ta
24 ta
20.Osmon ekvatoriga parallel bo’lgan va yoritkichdan o’tadigan osmon sferasining kichik aylanasi:
Yoritkichning osmon parallellari
Yoritkich vertikali
Yoritkich paralleli
Og’ish aylanalari
21. Olamning shimoliy va janubiy qutblarini tutashtiruvchi katta aylanalari … deyiladi.
Yoritkichning sutkalik paralleli
Yoritkichning vertikali
Yoritkichning soat strelkasi bo’ylab aylanasi
Og’ish aylanalar
22. Osmon ekvatoriga parallel bo’lgan va yoritkichdan o’tadigan osmon sferasining kichik aylanasi … deyiladi.
sutkalik parallellar
Yoritkich vertikali
Yoritkich paralleli
Og’ish aylanalari
2-Mavzu: Gorizontal, ekvatorial va ekliptikal koordinatalar sistemasi. Olam qutbining balandligi haqida teorema. Turli geografik kenglamalarda osmon sferasining sutkalik va yillik ko‘rinma aylanishi. Quyosh sutkalik harakatining yil davomida o‘zgarishini geografik kenglamaga bog‘liqligi.