Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishining har qanday ko’rinishidan foydalanish zamon talabi hisoblanadi. Shu maqsadda kusr ishida o’rta asrlar adabiyoti, uning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba yoshlar mustaqil ishlardan tortib dissertatsiyagacha ilmiy uslubdan foydalanishlari inobatga olinib ushbu tadqiqot ishi dolzarb mavzu hisoblanadi.
Ishning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi tadqiqot ishi yordamida Koreyaning o’rta asrlarga oid adabiyotini o’rganish va tahlil qilish.Ishning asosiy vazifasi tadqiqot ishi natijasida shakllanadigan bilimlarni takomillashtirish etib belgilandi.
Ishning obyekti va predmeti.Ushbu kurs ishining obyekti o’rta asrlar adabiyotini yoritib o’quvchiga batafsil izohlab yoritib berish bo’lsa uning predmeti sifatida bir nechta o’rta asrlarga oid adabiy koreys nasrlari hisoblanadi
Ishning tuzilishi. Kurs ishi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olib 36 sahifadan iborat.
I.BOB. OR'TA ASRLARDA KOREYS NASRIY JANRLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
1.1 Ilk o'rta asrlar va "Rivojlangan" o'rta asrlarda nasr
Koreys og'zaki adabiyotining boshlanishi yozma tarixdan ilgarigi davrlarga borib taqaladi va bevosita qadimgi koreys qabilalarining asrlardan asrlarga o'tib kelgan afsona, ertak, xalq qo'shiqlarida rivojlangan boy og'zaki ijodi bilan chambarchas bog'liq. Koreys og'zaki va yozma adabiyotida nasrning shakl va janrlari aynan shu davrlarda paydo bo'la boshlagan.Koreys xalqining badiiy so'z ijodkorligi tarixida XIX-asrning oxiriga qadar ikki turdagi adabiyot birday rivojlanadi. Xanmundagi adabiot hamda koreys tilidagi adabiyot, dastlab og'zaki shaklda, keyinchalik, VI-asrlardan qoʻllanila boshlangan "idu" usulida, ya'ni koreyscha so'zlarni xitoy iyerogliflari vositasida yozishning murakkab tizimi asosida yozilgan. (ammo, bu usul epistolyar uslub doirasidan tashqarida keng tarqalmagan). XV-asrning oʻrtalaridan esa, koreys tilida yozilgan syujetli nasr koreyscha fonetik alfavitdan foydalanib yaratilgan.1
Demak, Koreyada ikki turdagi yozuv: Xanmun (венуань) và onmun (кунмунь) mavjud bo'lgan.Xanmun eramizning boshlarida xitoylar bilan yaqin aloqa natijasida Koreyada rivojlangan xitoy tilidagi koreyscha yozuv uslubidir. Koreys adabiyoti va madaniyati shakllanishi va rivojlamishida Xitoy katta ta'sir ko'rsatgan. Xitoy madaniyati, konfutsiychilik, xitoy yozuvi, buddizmga oid yozma manbalar Koreyaning, xususan koreys nasriy adabiyotining ham rivojlanishiga katta ta'sir o'tkazdi. Xitoy iyerogliflari "xancha" koreys uruchigacha bo'lgan davrda ham, undan keyin ham kehg qo'llanilgan. Konfutsiy g'oyalarini targ'ib qilgan olimlar koreys*xitoy yozuv tili "ven'yan" ning koreyschalashtirilgan shakli-mumtoz adabiyotning yozuv tili jamiyatining yuqori tabaqasi doirasida "xancha"ni qo'llashni tan olinishiga sababchi bo'ladilar. 1440 yilga kelib, qirol Sejon bir guruh koreys olimlariga koreys tilining fonetik xususiyatlarini ifoda etishda qulay va o'rganish ocon bo'lgan yozuv tizimini ishlab chiqishni taklif etadi. Xalq orasida bu shunday rivoyat ham mavjud: "Qirol Sejon baliq ovlaydigan to'rga tikilib turganida, go'yo to'rning to'qilishi unga harf birikmalarini eslatgan va koreys alfavitini yaratish to'g'risidagi fikrni uyg'otgan".
Ammo onmunda yozish oliy tabaqa vakillari uchun nomunosib mashg'ulot hisoblangan. Koreys alifbosini onmundagi "qo'pol yozuv" deb atashgan, tuban va vulgar tildan foydalanish esa, ayollar va oddiy xalqqa taalluqli, deb hisoblangan. Shuni ham ta'kidlash lozimki, she'riyatdan ancha orqada qolib rivojlangan badiiy nasrning rivojlanishiga katta to'sqinliklar bo'lgan. (XVII asrda ona tilidagi she'riyat antologiyalarining yaratilishi fikrimizni isbotlaydi). Nasriy janrlar -novella, qissa, roman o'rta asrlarda oliy tabaqa vakillari tomonidan haqiqiy adabiyot sifatida tan olinmagan va turli xil sabablarga ko'ra uzoq vaqt anonimligicha qoladi. Milliy yozuvga nisbatan mensimaslik munosabati, feodalizmga qarshi shakllanayotgan harakat ruhi koreys tilidagi anonim nasriy adabiyotning yaratilish jarayonini tezlashtiradi.
Shunday qilib, onmunda yozilgan she'riyat ham, nasr ham noqonuniy hisoblangan bo'lsada, XVII-XIX asrlarda sifati past qogozlarga ko'chirilib, xalq orasida keng tarqaladi, eng mashhur va demokratik janr sifatida qissa rivojlanadi.Uzoq vaqt davom etgan o'rta asrlar feodal koreys jamiyatida koreys tilidagi asarlar huquq va imtiyozlardan butunlay mahrum bo'lib, xitoy tilidagi adabiyotlardan foydalanilgan. Xanmun XX asrga qadar rasmiy adabiy til sifatida tan olingan.2 Faqat 1945-yilga kelib, Yaponiya Mustamlakasi rasman bekor qilinganidan keyingina Koreyada xangil rasmiy yozuv sifatida joriy etiladi, ona tilidagi adabiyotni rivojlanishini rag'batlantirgan koreys milliy yozuvi yaratiladi. Asrlar davomida feodal Koreyaning ziyoli qatlamlari bahramand bo'lgan Xanmun adabiyotidan mualliflik to 'plamlari va antologiyalardan iborat boy adabiy meros saqlanib kelgan bo'lsa, oʻrta asr koreys jamiyatida unchalik e'tiborga molik bo'lmagan va “ikkinchi darajali hisoblangan ona tilidagi adabiyot soni va janriga ko'ra nisbatan ko'p bo'lmasa-da, o'rta asr koreys ma'naviy merosi xazinasining oltin fondidan munosib o'rin egallagan. Xanmun adabiyotida oʻrta asrlar Xitoy adabiyotining deyarli barcha janrlaridan foydalanib asarlar yaratilgan. Koreys badiiy so'z san'atkorlari tomonidan mashhur syujetlar, obrazlar, badiiy-tasviriy vositalar o'zlashtirilgan, lekin shu bilan bir qatorda ko'plab original asarlar ham yaratildiki, ular faqat tili jihatidan xitoychani eslatadi, xolos. Boshqacha aytganda, xanmundagi adabiyot Koreya adabiy-badiiy merosining ajralmas qismi hisoblangan va koreys tilidagi adabiyot bilan doimiy ravishda muloqotda boʻlgan. Ona tilidagi adabiyot, bir tomondan, xanmunda yaratilgan koreys adabiyotida mujassamlashgan koreys va xitoy adabiyotlariga xos badiiy an'analarni aks ettirsa, ikkinchi tomondan, xalq og'zaki ijodini rivojlantirgan. Koreys folklori bu turdagi adabiyotning asosiy va doimiy manbasi bo'lib kelgan. Bu o'rinda yana shuni ta'kidlash kerakki, o'rta asrlar koreys adabiyotining yuzaga kelishida va rivojlanishida dinning ta'siri ham kuchli bo'lgan. XIV-asrning oxirigacha rasman umumdavlat dini hisoblangan. buddizm hamda XV-asrdan boshlab Koreya davlatchiligining rasmiy mafkurasiga aylangan Konfutsiylik g'oyalarini xalq ommasiga asosan, xanmun adabiyoti vositasida etkazilar edi. Daosizm ta'limoti va qadimgi koreys xalqi e'tiqod qilgan boshqa narsalar esa, asosan, koreys tilidagi she'riyat va nasrda o'z ifodasini topadi. Garchi amalda bu diniy-falsafiy ta'limotlar o'rtasida davlatning rasmiy mafkurasi o'rnini egallash ushun qattiq kurash davom etgan bo'lsa-da, badiiy adabiyotda ular bir vaqtda, bir-birlarini to'ldirgan holda mavjud edilar.XII-XIII asrlarda koreys badiiy nasri tarixiy va agiografik nasrdan ajralib chiqadi. Aynan ana shu davrda adabiyotning yangi turi -pxesol - xanmunda yozilgan kichik nasriy shakl paydo bo'ladi va u ayniqsa, XV-XVII asrlarda gullab yashnaydi.Pxesol adabiyotining yuzaga kelishiga koreys adabiyotida buddaviylik va daosizm kayfiyatining kuchayishi natijasida mualliflar orzu-istaklariining bir qadar erkinlashuvi sabab boʻlgan bo'lishi mumkin. Pxesol (pxegvan sosol) nomi xitoy adabiyotida shakllangan "baysho" yoki "bayguan syaosho" -"bayguanlar adabiyoti"ga borib taqaladi. Xan sulolasi davrida bayguanlar, ya'ni imperatorga yetkaziladigan ma'lumotlarni yig'ishga safarbar qilingan kichik amaldorlar xalq orasida yurib. "ko'cha hikoyalari"ni, anekdot, xalq rivoyatlarini, qo'shiqlarini to'plash va shu orqali fuqarolarning turmush tarzi va kayfiyatini, ularning davlatga boʻlgan munosabatini aniqlash bilan shug'ullanganlar. Bunday asarlarni to'plash, ularni qayta ishlash va yangisini yaratish ishlari bilan, asosan, taniqli adiblar shug'ullangalar. Shuni ham hisobga olish kerakki, bu ishni ular "zerikishdan", ko'ngil yozish maqsadida amalga oshirganlar.
Shu tariqa, pxesol alohida mualliflik to'plamlari ko'rinishida keng tarqaladi. Bu to 'plamlarda hech qanday sarlavhalarsiz ketma-ket har xil narsalar to'g'risida hikoya qilinardi. Xususan, turli mavzulardagi qaydlardan tortib, anekdotlar, yumoreskalar, o'rta asrlarning kechki davrlariga tegishli to`plamlarda esa syujetli tarix va novellalar ham yozib qoldirilgan. O'sha davrda pxesol adabiyoti mashur bo'lsa-da, saroy doirasida unga bo'lgan munosabat past, faqat ko'ngil yozish maqsadida o'qish mumkin bo'lgan "g'oyaviy va badiiy jihatdan xom" asarlar to'plami sifatida qaralgan. Ilk pxesol to'plamlari sifatida Li Innoning "Zerikishdan hikoyalari" (Xlla.), Chxve Janing "Qiziqarli hikoyalari" (XIII a.), o'z davrining mashhur shoiri Li Gyuboning "Pegun hikoyalari" (XIII a.), Li Jexyonning "Yogon pxesollari" (XIV a.) va boshqalarni keltirish mumkin. Pxesol asarlarining syujet manbalarini nafaqat og'zaki hikoyalar, balki "norasmiy tarixlar" ham tashkil etadi. Shu tufayli, ko'pgina pxesollarda real tarixiy shaxslar ishtirokidagi tarixiy epizodlar ham keltirilgan, ammo ular adabiy-badiiy jihatdan qayta ishlanganligi bilan "norasmiy tarixlar"dan tubdan farq qiladi. Pxesol personajlari qatorida nafaqat taniqli amaldorlar, olimlar, yozuvchilarni, balki qo'shiqchi -kisenlar, hunarmandlar, savdogarlar. tabiblar, xizmatkorlarni ham uchratish mumkin. Pxesol orqali o'quvchi ko'z o'ngida jamiyat hayotining "norasmiy" tomoni ochilib boradi. go'yo. Rxesol adabiyotining kechki davrida eng rivojlangan janr (XV XVII aa.)-bu qisqa hikoyalar bo'lib, ko'pincha ularda qahramon g'ayritabiiy sarguzasht ishtirokchisi sifatida gavdalanadi. Bunday hikoyalarda asosiy e'tibor odatda muallif munosabati bildirilgan ekspozitsiyaga qaratiladi.XII-XIV asrlarda pxesol adabiyotiga qarama-qarshi tarzda xanmundagi nafis nasrda ham yangi janr -soxta biografiyalar (tajimai hol janri kabi "chon" belgisi bilan ajratiladi) paydo bo'ladi. Ularning ko'pchiligi allegorik yo'nalishda bo'lib, hayvonlar, o'simliklar, buyumlar ko'rininishidagi majoziy obrazlar yomon illatar oqibatidan insonlar jamiyatini ogohlantiradilar. Ba'zi soxta biografiyalar tuzilishi jihatidan "rasmiy" tarixdan olingan tarixiy biografiyalar shaklini saqlagan. Ularda odatda muallifning saroy tarixnavisi nomidan yozgan rezyumesi keltiriladi. Bunday soxta biografiyalarga Lim Chxunning "Pul tarixi" (XIlasr), Li Gyuboning "Shiakayf donishmand tarixi". Li Gokning "Bambuk xonim tarixi"(XIVasr) misol keltirish mumkin. Boshqa bir soxta biografiyalar. (masalan, Zohid Sigyonning "Xizmatkor Mix tarixi") "norasmiy tarix"dan olingan buddaviy rohiblar tarixiga o'xshaydi. Taxminlarga ko'ra, Zohid Sigyon (yoki Sigyonam) taxallusi bilan shoir va yozuvchi Li Jaxyon (1061-1125) asarlar yozgan bo'lsa kerak. Bu asarlarning hammasi 1478yilda So Godjon tomonidan tuzilgan "Sharqiy to'plam" (Tonmunson")da berilgan. Soxta biografiya janri an'analari kech o'rta asrlar (XVII-XIXasrlar) yuksak xanmun nasrida kuzatiladi.3
3. Li dinastiyasining hukmronligi davri boshlanishi bilan konfutsiylik hukmron mafkuraga aylanadi, bu adabiyotning rivojlanishiga ham o'z tasirini o'tkazadi, ya'ni konfutsiylik normalari bilan to'lib-toshadi. Bu yo'nalishda ayniqsa, Chipxyonjon saroy akademiyasi ("Donishmandlar majlislar pavilyoni") tomonidan katta ishlar amalga oshiriladi. Koreys yozuvining kiritilishi va bu yozuvda dastlabki she'riy asarlarning paydo bo'lishi ("Osmonga ko'tarilgan ajdarga madhiya" 1445y.), shuningdek, konfutsiylik va buddizmga oid manbalarning koreys tiliga tarjima qilinishiga qaramasdan, Xanmun qariyb yana ikki yuz yil badiiy nasrning tili sifatida qoladi.O'rta asrlar koreys madaniyati va fani gullab-yashnagan XV asr badiiy adabiyot sohasida jiddiy o'zgarishlarning boshlanishi bilan xarakterlanadi. Yangi kashfiyotlar asri bir qancha mashhur yozuvchilarning nomlarini ham yuzaga chiqardi. Xanmundagi nasrda yumoristik hikoya janri paydo bo'ladi. Bunga misol qilib, Kan Ximenning "Kulgili qishloq hikoyalari", So Godjonning "Buyuk tinchlik davrida yumoristik hikoyalar". Xanmunda yaratilgan sheriyat va nasrning eng yaxshi namunalarini 130-tomlik "Sharqiy to'plam" ("Tonmunson")da to'plashda, ayniqsa, So Gojonning xizmatlari katta. Bu antologiya -Silla davridan Li dinastiyasi hukmronligining beshlanishigacha bo'lgan davrda rivojlangan xanmundagi koreys adabiyotining o'ziga xos yakuni bo'ldi. O'sha davrlarda Koreyadagi adabiy davralarda Xitoyning Sun va
Yuan davri novellasi va qissalri, Min davri romani ma'lum va mashhur edi. Gʻaroyibotlar haqidagi qisqa hikoyalar, soxta biografiyalar va ilk pesol asarlari bilan birga keng tarqalgan xitoy nasriy asarlari Koreyada syujetli badiiy nast (sosol)-adabiy novella va qissa janrlarining dastavval sanmunda, keyinchalik esa, koreys tilida ham yuzaga kelishiga zamin bo'ldi. Xanmundagi adabiy novella janrini Kim Sisyp (1435-1493) yaratadi. U XIV asr xitoy yozuvchisi Syuy Yuning "Yonib tugayotgan sham yorug'ida yozilgan yangi hikoyalar" to'plamiga taqlid sifatida 1471yilda o'zining "Oltin toshbaqa tog'ida eshitilgan yangi hikoyalar [Kymosynxva] to'plamini yozadi. Bu to'plamdan atigi beshta fantastik mazmundagi novella ancha keyingi davrlarga mansub nashrlarda saqlanib qolgan. Novellalarda tasvirlangan personajlar koreys kishilari bo'lib, voqea-hodisalar Koreyada sodir bo'ladi va odatda fojeaviy yakun topadi. Deyarli barcha novellalar she'riy satrlar bian bezatilgan.
Koreys adabiyotida, ayniqsa, "norasmiy tarix" va pxesol nasrida allaqachon hayotga daosscha -buddaviy qarash shakllangan bo'lib, konfutsiycha odob-axloq normalariga qarshilik ruhi sezilardi. Bunday munosabat nafaqat hayotning tubanlik, axloqsizlik jihatlarini bo`rttirib ko'rsatishda, balki jamiyatda inson faoliyatining "jiddiy -rasmiy" - davlatchilik sohasini ham satirik tasvirlanishida ko'zga tashlanadi. Lim Chiening (1548-1587) xanmunda yozilgan allegorik qissalarini XVI asrda yaratigan parodiyaning yuksak namunasi deyish mumkin. "Sudlangan sichqon" qissasida satirik-yozuvchi sotqin, poraxo'r, davlat mulkining talon-taroj qiluvchi amaldorlarni qoralaydi, o'sha davr sud amaliyotidagi suiste'molchilikni fosh qiladi. Lim Chjening boshqa bir gissasi ("Gullar tarixi") tarixiy nasr yo'nalishida yozilgan, ammo asar qahramonlari jonlantirilgan gullar va hasharotlar kabi ramziy obrazlardir.Asar tarixchining tanqidiy mulohazalari bilan to'lib toshgan. Qissada hukmron sinfning XIV asrning oxirgi choragida keskin tus olgan partiyalararo ichki kurashi qattiq tanqid ostiga olinadi.Koreyada "Rivojlangan" o'rta asrlardan kech o'rta asrlarga o'tish davri -Imchjin urushidan keyin, XVII asrning o'rtalariga to'g'ri keladi. Bu davrga kelib, Sun davri konfutsiylik ta'limotiga asoslangan an'anaviy boshqaruv tizimi dunyo allaqachon qadam qo'ygan yangi davr, yangi zamon ta'siri ostida sekin-asta o'zgara boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |