Shaharsozlik loyihalarini asoslash. Aholi yashash joylari: sha- har, shaharcha, qishloq bunyod etilishida tabiatning go‘zal, xush- manzara va falokatli tabiiy hodisalardan uzoqda bo‘lgan hududlar tanlanadi. Chunki ular vaqt o‘ishi bilan aholi sonining ortishi nati- jasida kengayib boradi.
Hozirgi vaqtda turli joylarda foydali qazilmalarning topilishi va ularni qazib olish, qayta ishlash korxonalari, yirik GRES, gidro- texnik inshootlar qurilishi, gaz va suvni quvurlarda tashishga xiz- mat qiluvchi kompressorlarning ishga tushirilishi munosabati bilan shu joylarda shaharchalar bunyod etilmoqda.
Vohalarda, xususan, sug‘oriladigan hududlarda shahar va qishloqlar relyefning balandroq joylarida, yirik kanal yoki daryo bo‘ylaridan kamida 3—4 km uzoqlikda qurilgani ma’qul. Chunki suv aholi yashash joylariga yer ostidan ta’sir ko‘rsatadi. Balandroq bo‘lgan joylarda grunt sathi ancha pastda bo‘ladi.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |