9Bilimingizni sinab ko‘ring:
Ekspertiza xulosasi qanday qismlardan iborat?
Ekspertiza xulosasi salbiy bo‘lgan holda qanday ishlar bajariladi?
Baland tog‘larda konlar qanday usulda qazib olinadi?
Umumiy xulosalar qachon ishlab chiqiladi?
§. O‘ZBEKISTONDA GEOGRAFIK-EKOLOGIK
EKSPERTIZA O‘TKAZISH
Hozirgi kunga kelib dunyoda geografik-ekologik ekspertiza keng tarqalmoqda. Ayrim yirik muhandislik inshootlarining loyi- halari hatto xalqaro ekspertlar guruhlari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Masalan, Xitoyning Yanszi daryosidagi eng yirik «Uch daryo» GESi ekspertizasi amerikalik mutaxassislar tomoni- dan amalga oshirilgan.
Dunyo bo‘yicha juda ko‘p inshootlarning tabiiy sharoitni hisobga olmasdan qurilishi natijasida bir qancha falokatlarning ro‘y berishi, ayrim inshootlarning esa tabiatga kuchli salbiy ta’siri oqi- batida qator ekologik muammolarning yuzaga kelishi loyihalarni geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazishni shart qilib qo‘ydi.
Shu maqsadda O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekolo- gik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ish- lab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayon- larni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha kor- xonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida quri- lish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindi- larni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda har bir hududning tabiiy sharoiti e’tiborga olinishi zarur. Tog‘ etaklari, vodiylar va botiqlar- da qurilishi mo‘ljallangan inshootlarni loyihalashda hududning iqlim sharoiti, yerosti suvlari tartibi, yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq, o‘simlik qoplami, chorva mollari hamda aholi salomatligi ta’siri masalasi oldindan to‘liq va atroflicha hal etilishi lozim bo‘ladi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsa- dida juda ko‘p suv inshootlari qurilgan. XX asrning 80-yillarida qurilgan suv inshootlari ekologik ekspertizadan o‘tkazilgan emas.
Bu esa tabiatda noxush hodisalar yuzaga kelishiga, ijtimoiy- ekologik sharoitning yomonlashuviga olib keldi.
Masalan, Tuyamo‘yin suv ombori qurib ishga tushirilishi bilan Xorazm vohasida yerlarning meliorativ holati o‘zgara boshladi. Yerosti suvlarining sathi ko‘tarilib, tuproqda tuz to‘plana boshladi. Bunday ahvol suv omboridan vohaga suv sizib o‘tishi natijasida yuzaga kelgan edi. Demak, to‘g‘on ostidan suvning chetga sizib o‘tishi loyihada jiddiy hisob qilinmagan. Bunday jarayon Karki- don, Tolimarjon, Chimqo‘rg‘on, Uchqizil, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlarida ham kuzatilgan.
O‘tgan asrning 80-yillarida So‘x daryosida So‘x suv ombori qurilishi amalga oshirila boshlandi. Ammo ekspertiza natijasida So‘x suv ombori qurilganidan so‘ng atrofdagi hududda botqoqla- nish jarayoni boshlanib, o‘simliklarning vegetatsiya sharoiti o‘zga- rishi aniqlandi. Natijada suv ombori loyihasi o‘zgartirilib, sel suv- lari yig‘iladigan selxonaga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |