«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


Eroziyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarning O‘zhekiston hududi bo‘yicha taqsimlanishi (sug‘oriladigan maydonlarga nishatan % hisohida)



Download 2,02 Mb.
bet31/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

Eroziyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarning
O‘zhekiston hududi bo‘yicha taqsimlanishi
(sug‘oriladigan maydonlarga nishatan % hisohida)


Viloyatlar

Tuproqlar eroziyasi (%)

Tuproqlar sho‘rlanishi (%)

suv

jami sho‘rlangan

shu jumladan o‘rta va kuchli sho‘rlangan

Qoraqalpog‘iston

21,4

90,0

38,9

Andijon

7,6

9,2

4,6

Buxoro

2,2

95,7

37,6

Jizzax

17,0

97,9

39,3

Qashqadaryo

14,6

47,9

13,2

Navoiy

0,9

86,9

33,5

Namangan

22,1

23,6

4,1

Samarqand

28,6

3,6

1,4

Surxondaryo

57,2

42,9

16,5

Sirdaryo

14,6

83,1

30,9

Toshkent

24,9

2,4

0,4

Farg‘ona

5,7

52,3

27,0

Xorazm

0,0

100

53,1

O‘zbekiston

18,8

52,2

18,4

Bilimingizni sinab ko‘ring:

  1. Tabiat resurslaridan foydalanish me’yori deganda nimani tushu- nasiz?

  2. Ekologik muvozanat qanday hollarda buziladi?

  3. Siz yashab turgan hududda tabiat resurslaridan qanday foyda- laniladi? Agarda yaylov bor bo‘lsa, undan qanday maqsadlarda foydalanilayotganligi haqida so‘zlab bering.

  4. Siz yashab turgan joyda asosan qanday mahsulotlar yetishtiriladi?

  5. Siz yashab turgan joyda suvdan qanday maqsadlarda foydala- niladi?

  6. Tog‘larda daraxtlarning kesilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING
BARQARORLIGI

Aziz o‘quvchilar! Sizlar mazkur bobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: tabiat komponentlari, tabiat komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya, landshaft tahlili, tabiat komplekslarining bar- qarorligi.

Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Shunga ko‘ra, turli kattalikdagi maydonlarni egal- lagan geografik komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hududlarni birlashti- ruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish muhimdir. Ularning o‘zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boylik- larning joylashuvi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo‘jaligini rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo‘llarini ochib beradi. Har bir tabiat kompleksi ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyat qishloq xo‘jalik ishlarida hisob- ga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni o‘rganish va tahlil qilish davomida bilib olasiz.


  1. §. TABIAT KOMPLEKSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan ibo- rat. Ushbu tarkibiy qismlar tog‘ jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)- dan iborat.

Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda va o‘zaro munosabatlarda bo‘ladi, natijada yer yuzasida turli tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho‘l, o‘rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.



H I J K L M N

Shuning uchun ham bizni o‘rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz yashab turgan joyning o‘zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o‘rmon, balandlik, jarlik, yonbag‘ir, qumli do‘ng, vodiy, botqoq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo‘lishi mumkin.

Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur alo- qalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o‘rtasida juda mustahkam aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud. Masalan, O‘rta Osiyodagi cho‘llarning pastdan sho‘rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o‘sadi. Tabiat komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit chambarchas bog‘langan, uning bir qismi o‘zgarsa, boshqa qismi ham o‘zgaradi. Masalan, botqoq quriladigan bo‘lsa, mazkur joydagi tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o‘zgaradi.

Tabiat komponentlarining o‘zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. «Komp- leks» so‘zi lotincha bo‘lib, «uyg‘unlik» degan ma’noni beradi.

Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylasha- di va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar yoki geografik komplekslar (geokom- plekslar) deb ataladi.

Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o‘zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatning xususiyatlariga ko‘ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlarga aytiladi.

Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo‘ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy- hududiy kompleks bo‘lib hisoblanadi (20-rasm).

Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o‘z navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo‘linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat zonala- riga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo‘linib ketadi. Tabiiy geo- grafiya fanining o‘rganish obyekti — landshaftdir.

H I J K L M N ..

41



20-rasm. Tabiat kompleksining bo‘linishi

Eslab qoling!

Tabiat komponentlari — tog‘ jinslari, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlardir.

Tabiat kompleksi deb, tabiat komponentlarining o‘zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiiy xususiyatlariga ko‘ra boshqa joylardan farq qladigan Yer yuzi qismlariga aytiladi.

Bilimingizni sinab ko'ring:

?1. Tabiat komponentlariga nimalar kiradi?


  1. Tabiat kompleksi deb nimaga aytiladi?

  2. Eng yirik tabiat kompleksining nomini ayting.

  3. O‘zingiz yashab turgan joydagi tabiat komplekslarining ro‘yxa- tini tuzing va daftaringizga ularning nomlarini yozing.


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish