IV b o b JAMIYAT VA TABIATNING O‘ZARO TA’SIRI
Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: muhandislik inshootlari, agrar, sanoat va ilmiy-texnik inqilob, ekologik muvozanat.
Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mod- diy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi turli-turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo‘lgan. Bu ta’sir natijasidagi o‘zga- rishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligi yoki aksincha bo‘lishini bilish mumkin. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks holdagi ta’sir esa noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Shu kabi masalalar bilan mavzuni o‘rganish davomida tanishib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |