“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga
bo‘li nadilar. Har bir kichik guruhlarga suv tasvirlangan rasmli
konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida
yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’ri
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan suv, uning ahamiyati haqida suhbatlashib, fikrlari
tinglanadi.
– Hayotimizda suvning ahamiyati qanday?
– Suvsiz qancha vaqt yashay olamiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Suv” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Suv
bilan suhbat” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Suv bilan suhbat” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r
mazmuni tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |