Dars metodlari: savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, “So‘zlarni
top” o‘yini.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Erka cholning o‘rigi” hikoyasi o‘qitiladi, 3,4 nafar o‘quv chi dan
mazmuni so‘raladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tka ziladi.
– Yozuvchiga qanday o‘rik uzatishdi?
– Erka chol o‘rikni qachon ekkan ekan?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasi bilan tani shamiz.
O‘quvchilar bilan Navro‘z, unda bo‘ladigan urf-odatlar haqida suh-
batlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
Hikoya o‘qib beriladi.
Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
bo‘g‘ot – tomning cheti
Do'stlaringiz bilan baham: |