O‘z fikringizni bayon eting.
1. Yirtqich qushlarning yoppasiga qirilishi qur va kuropatka kabi qushlarning
kamayishiga olib keladi; bo‘rilarning ovchilar tomonidan ko‘plab qirib
yuborilishi bug‘ular sonining kamayishiga sabab bo‘ladi; chumchuqlarning
ko‘plab qirilishi natijasida donli ekinlarning hosildorligi kamayadi. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlarga izoh bering.
2. Botanika, zoologiya o‘quv fanlaridan olgan bilimlaringiz asosida «yirtqich –
o‘lja» munosabatlariga misollar keltiring. «Yirtqich – o‘lja» munosabatlari
evolutsiya jarayonida qanday o‘rin tutadi?
3. Yirtqich sutemizuvchilarda ov vaqtida yordam beradigan ko‘plab moslanishlar
bor. Lekin tabiatda yirtqichlar va ularning o‘ljalari soni deyarli o‘zgarmaydi.
Buning sababini tushuntiring.
4. Tabiatdagi ayrim turlar zararli, ayrim turlar foydali degan fikr to‘g‘rimi?
Javobingizni misollar bilan tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |