«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Insonning bevosita ta’siri 
to‘g‘ridan  to‘g‘ri  tirik  organizmlarga  qaratilgan 
bo‘ladi.  Masalan, ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki 
o‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqi lona, 
rejalashtirilmasdan  hayvonlarning  ko‘plab  ovlanishi  turlar  sonining  keskin 
kamayishiga  olib  keladi.  Insonning  tabiatga  ta’sir  kuchi  ortib  borayotganligi 
tabiatni  muhofaza  qilish  choralarini  ishlab  chiqishni  taqozo  etadi. 
Insonning bilvosita ta’siri 
iqlim,  landshaftlar,  atmosfera  va  suv 
havzalarining  fizik  va  kimyoviy  ko‘rsatkichlari,  tuproq,  o‘simliklar  va 
hayvonot  dunyosini  o‘zgartirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bilvosita  ta’sirda 
inson  tabiatning  muayyan  obyektiga  emas,  balki  boshqa  obyektlarga  ta’sir 
qiladi.  Masalan,  o‘rmondagi  daraxtlarning  kesilishi  daraxtlarga  nisbatan 


78
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir hisoblanadi, lekin bu o‘z navbatida o‘rmondagi boshqa 
o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosining  o‘zgarishiga,  tuproq  yemirilishiga  olib 
keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi 
boshqa  hasharotlarning  hamda  tuproqda  yashovchi  hayvonlarning  ham 
nobud  bo‘lishiga  olib  keladi.  Bunday  kimyoviy  moddalarning  tuproqdagi  va 
o‘simliklardagi  qoldiqlari  oziq-ovqat  mahsulotlari  orqali  odam  salomatligiga 
ham  ta’sir  qiladi.  Inson  omili  organizmlarning  yashash  muhitini  o‘zgartirish 
bilan  ham  ularga  bilvosita  ta’sir  qilishi  mumkin.  Inson  ongli  yoki  ongsiz 
ravishda  bir  o‘simlik  yoki  hayvon  turini  yo‘qotib,  boshqa  turning  yashashi, 
ko‘payishi,  tarqalishi  uchun  qulay  sharoit  yaratishi  mumkin.  Madaniy 
o‘simliklar,  uy  hayvonlari  uchun  inson  yangi,  ko‘p  jihatdan  qulay  muhitni 
yaratib,  ularning  mahsuldorligini  oshiradi,  bu  esa  yovvoyi  turlarning 
ko‘payish  imkoniyatlarini  kamaytiradi. 
Cho‘llarni  o‘zlashtirish,  o‘rmonlarni  kesish,  pichan  o‘rish  va  mol  boqish, 
suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar, sanoat 
va  maishiy  chiqindilar  bilan  ifloslantirish  kabi  antropogen  omillar  tabiatga 
salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Yer  yuzida  ko‘plab  hayvon  turlari  inson  ishtirokisiz  ham  qirilib  ketgan. 
Lekin  tabiatda  bu  jarayon  asta-sekin  amalga  oshadi,  ya’ni  qirilgan  hayvon 
turlarining  o‘rnini  yangi,  muhit  sharoitiga  nisbatan  ko‘proq  moslashgan 
turlar  egallab  ulguradi.  Insonning  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosiga  kuchli 
ta’siri  turlarning  qirilish  jarayonini  tezlashtiradi. 
Insonning  ekologik  omil  sifatida  tabiatga  ta’siri  xilma-xil  bo‘ladi.  Inson 
madaniy  o‘simlik  navlari,  hayvon  zotlarini  yaratish  bilan  bir  qatorda  sun’iy 
ekosistemalar  ham  yaratadi,  tabiiy  ekosistemalarni  tubdan  o‘zgartiradi. 
Bunday  o‘zgarishlar  ayrim  turlarning  ko‘payishi  va  rivojlanishi  uchun 
ijobiy,  boshqalariga  esa  salbiy  ta’sir  etadi.  Natijada  turlar  o‘rtasida  yangi 
munosabatlar  paydo  bo‘ladi,  oziq  zanjirlar  o‘zgaradi,  organizmlarda 
o‘zgargan  muhit  sharoitiga  moslanishlar  kelib  chiqadi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish