«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Parazitizm
  («parazit  –  xo‘jayin»)  –  har  xil  turga  mansub  individlarning 
antagonistik munosabatlari bo‘lib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa 
turga  mansub  organizmdan  (xo‘jayin)  oziq  manbayi  va  yashash  joyi  sifatida 
foydalanadi.  Parazitlar  bakteriyalar,  zamburug‘lar,  o‘simliklar  va  hayvonot 
dunyosida  ham  uchraydi.  Ular  hayotining  ma’lum  davrida  xo‘jayin  organizm 
tanasidagi  oziq  moddalar  hisobiga  yashaydi. 


74
Parazitlar  xo‘jayin  organizmidan  nafaqat  oziq  manbayi  sifatida,  balki 
doimiy  va  vaqtinchalik  yashash  muhiti  sifatida  ham  foydalanadi. 
Undan  tashqari,  parazitlar  vaqtinchalik  faqat  oziqlanish  uchun  ham  xo‘-
jayin  organizmlardan  foydalanadi.  Bunga  misol  qilib,  burga,  chivin,  to‘shak 
qandalasini  olish  mumkin.  Mazkur  parazitlarning  hayvon  va  odamdan  qon 
so‘rishi  og‘ir  yuqumli  kasalliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.
Doimiy  parazitlarga  sodda  hayvonlar  (bezgak  paraziti,  dizenteriya  amyo-
basi),  yassi  chuvalchanglar  (jigar  qurti,  qoramol  tasmasimon  chuval changi), 
to‘garak  chuvalchanglar  (askarida,  bolalar  gijjasi),  bo‘g‘imoyoqlilar  (kana, 
bit)  misol  bo‘ladi.  O‘simliklarda  uchraydigan  doimiy  parazitlarga  bakteriya-
lar (g‘o‘za gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli o‘sim-
lik lar dan  zarpechakni  misol  qilib  olish  mumkin.
Xo‘jayin  organizm  parazitning  hayot  faoliyatini  ta’minlaydi,  parazit  esa 
xo‘jayinning  hayotiy  jarayonlarini  susaytiradi,  uni  kuchsizlantiradi,  lekin 
nobud  qilmaydi,  chunki  parazitning  hayoti  xo‘jayin  hayoti  bilan  bog‘liq. 
Odam  va  qoramol  tasmasimon  chuvalchangi,  jigar  qurti  va  qoramol, 
zang zamburug‘i va boshoqli o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar parazitizm 
munosabatlariga  misol  bo‘ladi. 
Evolutsiya  jarayonida  xo‘jayin  organizmda  ham,  parazit  organizmda 
ham  moslanishlar  paydo  bo‘lgan.  Yirtqichlilik,  parazitizm  va  o‘zaro  raqobat 
munosabatlari  tabiatda  populatsiyadagi  organizmlar  sonini  nazorat  qilishda 
katta  ahamiyatga  ega.  Insonlarning  bu  munosabatlarga  o‘ylamasdan,  rejasiz 
amalga  oshiradigan  aralashuvi  tabiatdagi  muvozanatni  buzishi  mumkin. 
Yuqorida  o‘rganilgan  biotik  munosabatlar  turli  yashash  sharoitlarida  va 
hayot  siklining  turli  bosqichlarida  farqlanishi  mumkin.  Undan  tashqari,  bir 
tur  individlari  ular  bilan  birgalikda  yashayotgan  boshqa  tur  individlari  bilan 
turlicha  munosabatda  bo‘lishi  mumkin. 
Shunday  qilib,  tabiatda  turlararo  biotik  munosabatlar  xilma-xil  va  ko‘p 
qirrali  bo‘lib,  ularni  o‘rganish  ekologiya  fanining  muhim  vazifasidir. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish