116
uchqat kabilar toron, shuvoq, sutlama, sug‘uro‘t, betaga, sanchiqo‘t, yunona
kabi ko‘p yillik o‘tlar, kirpio‘t va zirako‘t kabi yostiq hosil qilib o‘sadigan
o‘simliklarni uchratish mumkin (32-rasm).
Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan qo‘ng‘ir ayiq, ilvirs, tog‘
takasi, arxar, muflon, qoplon, bo‘ri; qushlardan boltayutar, tog‘ zog‘chasi
kabilar yashaydi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi, archa o‘rmonlarining
kesilishi kabi antropogen ta’sirlar tog‘oldi va tog‘ hududlarida biomlarning
sezilarli buzilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: