Abduraxmon Jomiy.
A. Jomiy estetik qarashlari haqida qancha gapirsak ham oz. Chunki u, buyuk shoir, olim, musiqashunos, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf bo’lib, fors-tojik adabiyoti durdonalarini birinchi bo’lib tozalagan, uning sharbatini bir jonga jo qilib, shimira olgan, uning xila-xil jilosini Jamshidning afsonaviy jomidek o’zida aks ettira olgan, sayqal bera olgan shoirdir. U xalqqa xizmat qilinmasa , ibodatdan foyda yo’q deydi. Jomiy o’z qarashlarini faqatgina taraqqiyparvarlik fikrlari bilangina emas, balki san'atkorlik mahorati bilan ham boyitdi.
Ey, daxonat zi labu labzi daxon shirintor,
Xanda shirinu, suxat guftan az on shirintar.
Jomiy yetti doston yaratdi.
Uning «Salamon va Ibsol» dostoni ishqiy majoziy dostondir. Bunda Salomon va Ibsolning sevgisi orqali insonga bo’lgan muhabbatini kuylaydi.
Jomiyning «Musiqa haqidagi» asari musiqaning inson kechinmalari bilan chuqur bog’langanligi, musiqaning san'at ahliga qayg’u yoki quvonch, umidsizlik yoki ishonch kayfiyatini ko’zlash qobiliyati haqida ajoyib fikrlar bayon qilingan.
Alisher Navoiy (1441-1501)
Deganda, ko’z o’ngimizda uning harakati va sarmoyasida хаlq muhandislari, hashamatli qasrlar, osmono’par minoralar: salobatli masjidu-madrasalar, go’zal bog’lar, orombaxsh xiyobonlar, Bekzod kabi beqiyos rassomlar yaratgan suvratlar, shuning kabi dovrug’i yetti olamga ketgan chalg’uvchilar, hofizlar, voizlar, badiago’ylar, muammogo’ylar, qissaxonlar, masxarabozlar, raqqosalar, qo’g’irchoqbozlar namoyon bo’ladi.
Zotan san'atning biror turi уo’qki, Alisher Navoiyning muborak ta'siri bo’lmagan bo’lsa. Alisher Navoiyning san'atga munosabati, san'at ahliga homiylik va ustozlik qilish bilangina cheklanmagan albatta. Uning o’zi buyuk san'atkor beqiyos san'atga ega bo’lgan.
A. Navoiy xususan soz chalishni va musiqa ilmini yaxshi bilgan. Asli Andijonlik bo’lib, Hirotga borib qolgan atoqli sozanda Xo’ja Yusuf Burxon bastakor Alisher Navoiyga ustozlik qilgan.
Uning asarlari «Hamsa» da insoniy go’zallik, sevgi, vafo tarannum etiladi. Navoiy g’ijjak , tanbur, chang, ud, rubob, qonun, chagona, kubo’z kabi so’zlarning har birini o’ziga xos ohangi, maftunkorligi va kayf-safosini, musiqiy sadosining dillarini uyg’ota olishini nihoyatda qadrlaydi. A.Navoiy barcha asarlarda olam, tabiat, inson, hayot go’zalligi, latofati haqida hayrat ila zavq bilan tahsinlar aytadi.
Navoiy nazdida «go’zallik ko’ngillarni ochadi, xunuklik hayotni o’ksitadi». Yaxshi xulqli go’zal-jannat xaridir, yomon tabiatli xunuk do’zaxbon shoir insonlarni go’zallik yaratuvchilar, go’zallikni chuqur his etuvchilar, zavq-shavq oluvchilari deb baholaydi. Shuningdek A.Navoiy so’z go’zalligi, so’zning ta'siri haqida
«So’zdund, nishon berur uloqqa jondin,
So’zdumi, berur jonga xabar jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin ,
Iqlim gavhari sharifroq yuk ondin»
Degan misralarni keltiradi.
O’zining estetik fikrlari bilan alohida o’rin tutgan olimlardan biri-Husain voiz Al –Koshifiy
Do'stlaringiz bilan baham: |