Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk


II  BOB.  G’ARB  DAVLATLARIDA  TASHKIL  ETILGAN  ILK



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.05.2021
Hajmi0,89 Mb.
#65002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahondagi ilk arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish yonalishlari

II  BOB.  G’ARB  DAVLATLARIDA  TASHKIL  ETILGAN  ILK 

ARXIV-KUTUBXONALAR 

2.1.  Yunon  polislari  arxiv-kutubxonalari:  Pergamon  va  Antiox  saroy 

kutubxonalari faoliyati 

 

Qadimgi  Yunoniston.  Qadimgi  Yunoniston  –Bolqon  yarim  orolining  janubi 



Egey  dengizidagi  orollar,  Frakiya  sohillari,  Kichik  Osiyoning  gʻarbidagi  dengiz 

sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi. 

Arxeologik  maʼlumotlarga  koʻra,  Yunoniston  hududida  odamlar  paleolit 

davridan  yashab  kelmoqda.  Xalkidika  yarim  orolidan  neandertal  odamining  bosh 

suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan 

shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistonning jez davri madaniyati shartli 

ravishda  Krit-miken  madaniyati  yoki  Egey  madaniyati  deb  ataladi.  Mil.  avv  III 

ming  yillikda  Yunoniston  etnik  tarkibi  rangbarang  (pelasglar,  leleglar  va 

boshqalar)  boʻlgan;  ularni  protoyunon  qabilalari–axeylar,  ioniyaliklar  siqib 

chiqarib  oʻz  tarkiblariga  singdirib  yuborganlar.  Mil.  avv  taxminan  XX-XVII 

asrlarda  Krit  orolida  axeylarning  ilk  davlatlari  (Knos,  Fest,  Agia  Triada,  Mikena, 

Tirinf,  Pilos  va  boshqalar)  barpo  etilgan.  Mil.  avv  taxminan  1260-  yil  Mikena, 

Tirinf  va  boshqa  davlatlar  Troyani  bosib  olib,  uni  vayron  etishgan.  Doriy 

qabilalarining  kirib  kelishi  (mil.  avv  taxminan  1200-yil)  oqibatida  davlatlar 

parchalanib,  urugʻchilik  munosabatlari  jonlangan.  Mil.  avv  IX  asrga  kelib 

Shimoliy  Yunonistonda  –eoliylar,  Oʻrta  Yunoniston  va  Peloponnesda  –doriylar, 

Attika  va  orollarda–ioniyaliklar  istiqomat  qilgan.  Mil.  avv  VIII-VI  asrlarda 

yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. 

Bu  davrda  Yunonistonda  polislar  (shahar-davlatlar)  shakllangan.  Dehqonlar  va 

hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat 

hokimiyati  yo  demokratik  (Afinada)  yoxud  oligarxik  (Sparta,  Krit  orollarida) 

tarzda  boʻlgan.  Iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan  polislarda  (Korinf,  Afina  va 

boshqalar)  qulchilik  keng  tarqalgan;  Sparta,  Argos  va  boshqalarda  urugʻchilik 

tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Mil. avv VI asrda polislar Sparta boshchiligida 

Peloponnes  ittifoqiga  va  Fiva  rahbarligi  ostida  Beotiya  ittifoqiga  birlashganlar. 



50 

Mil. avv V –IV asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunon-fors 

urushlarida  (mil.  avv  500-449)  yunonlarning  gʻalabasi  natijasida  Afinaning 

yuksalishi  va  Delos  ittifoqining  (Afina  boshchiligida)  barpo  etilishi  bilan  bogʻliq 

boʻlgan. 

Perikl  hukmronligi  davri  (mil.  avv  443–429)  Afina  kuch-qudratining  eng 

kuchaygan,  siyosiy  tuzumning  eng  demokratlashgan  va  madaniyatning  ravnaq 

topgan  davri  hisoblanadi.  Afina  Yunonistonning  asosiy  iqtisodiy  va  madaniy 

markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta 

oʻrtasida  Yunonistonda  gegemon  boʻlish,  savdo  yoʻllariga  egalik  qilish  uchun 

kurash  Peloponnes  urushi  (mil.  avv  431–404)ga  olib  kelgan,  u  Afinaning 

magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi 

mil.  avv  395–387  yillardagi  Korinf  urushini  keltirib  chiqargan.  4-asrda  Fiva 

vaqtinchalik  yuksalgan.  Levktra  jangida  (mil.  avv  371-yil)  fivaliklar  Sparta 

qoʻshinini  tor-mor  keltirishgan.  Mil.  avv  IV  asr  oʻrtasida  Yunonistonning 

shimolida Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (mil. 

avv  338-yil)  yunon  shaharlari  koalitsiyasi  ustidan  gʻalaba  qozonib  Yunonistonni 

tobe’  etgan.  Aleksandr  (Iskandar)  saltanati  parchalangach,  ellinizm  davrida  (mil. 

avv  III-II  asrlar)  Yunonistonda  hukmron  boʻlish  uchun  kurashayotgan 

harbiylashgan  tipdagi  davlatlar  va  ittifoqlar  koʻp  boʻlgan  (Makedoniya,  Axey 

ittifoqi,  Etoliya  ittifoqi).  Mil.  avv  197-yil  Kinoskefal  jangida  Rim  qoʻshinlari 

Makedoniya  ustidan  gʻalaba  qozongach,  Rim  Yunonistondagi  oligarxiyani 

quvvatlab,  mamlakatning  ichki  ishlariga  aralasha  boshlaydi.  Mil.  avv  148-yil 

Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146-yildan (Axey 

ittifoqi  rimliklar  tomonidan  tor-mor  etilgandan  soʻng)  Yunoniston  Rimga  tobe 

boʻlgan faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy IV asrdan 

Yunoniston  Vizantiyaning  asosiy  tarkibiy  qismini  tashkil  etgan.

89

  Qadimgi 



Yunoniston  madaniyati.  Pergam  kutubxonasi.  Pergam  kutubxonasi  Turkiyaning 

                                                           

89

  Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси  10–жилд.  –Т.:  “Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси”  Давлат 



илмий нашриёти, 2000. –Б. 321 


51 

Pergam shahrida joylashgan bo’lib, antik davrdagi eng ulkan kutubxonalardan biri 

edi. 

Pergam  shahri,  Pergam  yoki  Pergamon,  Kichik  Osiyoda  joylashgan  qadimiy 



yunon  shaharlaridan  biri  edi.  Pergamon  qadimgi  Yunonistonning  boy  va  qudratli 

shaharlaridan  biri  bo’lgan  Aeolis  viloyatida  joylashgan.  U  hozirgi  Egey 

dengizining  burnidan  26km  (16milya)  uzoqlikda  Kaychuk  daryosining  shimoliy 

qismidagi  shimoli-g’arbiy  Bergama  shahri  (zamonaviy  nomi  Bakirchay)ga  to’g’ri 

keladi.

90

  Uning  kishida  zo’r  taassurot  qoldiradigan  ko’plab  obidalari  hali  ham 



sayyohlarni  o’ziga  jalb  qiladi,  ayniqsa,  Pergamon  Qurbongohini  bu  yerdagi 

inshootlarning  shohi  deyish  mumkin.

91

  Pergam  muhim  shahar  bo’lganligi  haqida 



Yangi  ahdda  ham  yozib  qo’yilganligi  to’g’risida  Vahiy  kitobida  keltirilgan,  bu 

haqida  Janob  Jonning  “Yetti  vahiy  cherkovi”  nomli  maqolasidan  ma’lum.  Unda 

“Pergamon shahri Osiyodagi yetti cherkovidan biri bo’lgan” deya keltirilgan.

92

 



Pergam  shahri  va  uning  arxeologik  topilmalari  turkiyalik  arxeologlar 

tomonidan juda katta qiziqishlar bilan o’rganilgan.

93

 

Pergamon  Qirolligini  qadimgi  yunonlar  davrida  Attalid  sulolasi  mil.  avv  III 



asrda  (mil.  avv  281-133)  boshqargan  bo’lib,  Pergam  shohi  Eumenes  II  davrida 

ma’muriy  markazga  birlashgan.  Undan  oldin  esa,  mil.  avv  399-yili  forslar 

podshohi  shaharga  bosqinchilik  uyushtiradi  lekin  mil.  avv  362-yilgi  jiddiy 

qo’zg’olondan keyin mahalliy aholiga vatani qaytarib beriladi. Mil. avv 301-yilga 

qadar Lisimax qirol bo’ladi. U Buyuk Aleksandrning eng yaqin safdoshlaridan biri 

bo’lgan.  Makedonskiy  vafotidan  so’ng  Pergam  shahri  atroflarini  va  nixoyat, 

Pergamonni  ham  o’z  tasarrufiga  olgan  edi.  Mil.  avv  281-yilda  esa  Attalid 

sulolasidan  bo’lgan  Filaterius  bir  urinish  bilan  shaharni  qo’lga  kiritadi  va  o’z 

sulolasini  barpo  qilishga  kirishadi.  Mil.  avv  261-yili  jiyani  Emenues  I  (mil.  avv 

263-241)ni merosxo’r etib tayinlaydi, undan keyin taxtga Attalus I (mil. avv 241-

197) o’tiradi. Rim Respublikasi bilan ittifoq tuzgan bo’lsa, makedoniyaliklar bilan 

                                                           

90

 Peter. Bergama (Pergamum)–Akhisar (Thyatira). –London: “Penguin Global”, 2007. –P. 168 



91

 Kekeç, Tevhit. Pergamon. –Turkey, Istanbul: ”Hitit Color”, 1989. –P. 223 

92

 Kosmetatou, Elizabeth. The Attalids of Pergamon. –Oxford: “Blackwell”, 2003. –P. 159–174. 



93

 Nagy, Gregory. The Library of Pergamon as a Classical Model. –Cambridge: “Trinity Press International”, 1998. 

–P. 185 

 



52 

ham aloqalarni mustahkamlagan. Mil. avv 133-yili Attalus IIIning o’limidan so’ng 

o’g’li Emanues IIga Pergam shahri meros bo’lib qoldi lekin shu bilan birga Pergam 

shahrini  madaniy  boyliklarini  Rim  respubliksi  qo’l  ostiga  o’tishini  ham  vasiyat 

qiladi,  bu  bilan  u  fuqorolar  urushini  oldini  olmoqchi  edi.

94

  Usmonli  turklar 



imperiyasi kelguniga qadar Attalidlar sulolasi Rim Respubliksi qo’l ostida bo’ldi. 

Eumenes IIning hukmronligi davrida Pergam 200.000 dan ortiq aholisi bilan 

bir  boy,  tezlik  bilan  rivojlanayotgan  shahar  edi.  Unga  madaniyatli  shaharlar 

qatorida  faqatgina  Aleksandriya  va  Antioxiya  shaharlari  raqobatchi  edi.  Pergam 

shahrida  haykaltaroshlik  va  me’morchilik  nixoyatda  yaxshi  rivojlangan,  xususan, 

Buyuk Pergam Altarini misol qilib keltirishimiz mumkin. 

Attalid  sulolasini  tarafdori  Rim  bo’ldi.  Attalus  I  davrida  Rim  bilan  ittifoqlar 

yanada  mustahkamlandi,  shu  bilan  birga  Filipp  V  Makedonskiy  bilan  ham  I-II 

makedon urushlari davrida ittifoq tuzildi. Bu do’slik shartnomalar Emenues II (mil. 

avv 197-158) davrida ham davom etdi.  

Mil.  avv  188-yili  Fileterus  tashkil  etgan  hududga  nisbatan  sezilarli  darajada, 

taxminan  21  gektarga  (52  akr)ga  Qirollik  maydoni  kengaydi.  1  yildan  so’ng, 

Qirollikda  yangi  shahar  devori  4km  (2.5  chaqirim)  qilib  90  gektar  (220  akr)ga 

qurila boshlandi. 

Attalidlar  sulolasi  hokimiyatni  aql  va  saxiylik,  sahovatpeshalik  bilan 

boshqargan.  Ko’pgina  hujjatlar  ham  Attalid  sulola  vakillarini  shaharlarni  o’sib-

rivojlanishi  tarafdorlari  bo’lganlarini  va  o’zlari  shaxsan  hunarmandlar  bilan 

suhbatlashib  shahar  qurilishiga  nimalar  zarurligi  haqida  fikrlar  berishgani  va 

chiroyli  bino,  inshootlar  qurish  uchun  boshqa  shaharlarga  ularni  yuborishgani 

haqida  guvohlik  beradi.  Ular  ham  antik  yunon  madaniyatini  asrashga  harakat 

qilganlar  va  yunon  shaharlarini  mustaqilligini  saqlab  qolishiga  ruxsat  berganlar, 

masalan, Delfi, Delos, Afina shunday shaharlardan edi.  Attalid sulolasi bosqinchi 

keltlarni  tor-mor  keltirdi. Keyin esa ular Pergamonni  Akropolga qaytarishni niyat 

qildilar.  Attalus  III  (mil.avv  138-133)  vafotidan  oldin  merosxo’rlariga  fuqorolar 

                                                           

94

Encyclopædia Britannica Online, www.britannica.com/eb/, accessed on April 16, 2007 



 


53 

urushini oldini olish maqsadida Pergamon madaniy boyliklarini Rimga berishlikni 

vasiyat  qiladi.  Shahar  III  asrga  kelganda  262-yilgi  kuchli  zilzila  oqibatida  o’z 

xusnini,  fayzini  yo’qotdi.  Oradan  ko’p  o’tmay  gotlar  tomonidan  batamon  vayron 

qilindi.  

Akropol yuqori qismida mavjud mashhur tuzilmalar quyidagilarni o’z ichiga 

oladi: 

1.  10.000 kishi sig’ishi mumkin bo’lgan qadimgi yunon teatri; 

2.  Trayan ibodatxonasi; 

3.  Afina ibodatxonasi; 

4.  Pergam kutubxonasi  

5.  Shoxona saroylar;  

6.  Pergam qahramon shohlari, ayniqsa, Attalus I va Emenes II maqbararalari; 

7.  Dionis ibodatxonasi; 

8.  Yuqori Agora  

9.  Roman murakkab usuldagi hammomlari;  

10.  Qahramon Diodorus Pasporos haykali;  

11. 


 Qurol-yarog’ ombori. 

Yuqori  Akropolda  joylashgan  Pergam  kutubxonasi  qadimgi  yunon 

sivilizatsiyasining eng zo’r ikkinchi rivojlanishida turtki bo’lgan.  

Akropolning quyi qismi quyidagi tuzilmalarni ega: 

1. Yuqori gimnaziya;  

2. O’rta gimnaziya;  

3. Quyi gimnaziyasi;  

4. Demeter ibodatxonasi; 

5. Gera ibodatxonasi; 

6. Attalus uyi;  

7. Quyi agora; 

8. Emenues darvozasi.

95

 

                                                           



95

 Cristian Violatti. Pergamon. –England: “the University of Leicester”, 2015. –P. 14 




54 

Rim  va  Pergamon.  Pergamda  har  kim  Rimning  ustunligini  har  doim  tan 

olishardi.  Lekin  Aristonikus  Attalusning  akasi  o’g’lini  qirol  qilish  niyatida 

Blossiusda kam sonli aholi bilan isyon uyushtiradi, shu bilan birga Rim konsulini 

ham  o’ldirishni  rejalashtiradi  biroq  mil.  avv  129-yili  Perparne  tomonidan  isyon 

bostiriladi  va  Aristonikus  taqdiri  Rimda  hal  qilinadi.  Shundan  so’ng  Pergam 

Perperna vorisi Aqulliusga Rim atrofidagi Pont va Kappadokiya yerlari beriladi.

96

 



Pergam juda qisqa fursat Rim poytaxti ham bo’ldi.

97

 



Pergam kutubxonasi, Plutarxning asarlariga qaraganda, Pergam bir uy bo’lib, 

unda  taxminan  200.000  matnlar bo’lgan, lekin  bundan  boshqa ma’lumot  hech  bir 

yerda  uchramaganligidan,  Plutarx  kutubxonaning  hisobini  berishda  mubolag’a 

qilgan  deyiladi.  Bu  qadimiy  dunyodagi  eng  muhim  kutubxonalar  qatorida  bo’lib, 

Emenues II tomonidan Akropolning shimoliy qismi oxirida qurilgan. Aleksandriya 

kutubxonasidan  keyin  ikkinchi  bo’lib  qurilgan  bo’lib,  olimlar  mashhurlik  bobida 

ham  dunyoda  ikkinchi  o’rinda  turishini  e’tirof  etadilar.  Pergam  shahar 

maslahatchisi  Flavia  Melitene  va  uning  rafiqasi  kutubxonani  ta’minlashda  asosiy 

homiylardan  edi.  Shuningdek,  maslahatchi  kutubxonaga  sovg’a  sifatida  Adrian 

haykalini  ham  taqdim  etdi.  Bu  kutubxona  mustaqil  faoliyat  yuritgani  haqidagi 

ma’lumotlar  hali  aniq  bo’lmagan  taqdirada  ham,  Artemon  kutubxonasi  dastlabki 

paytlarda  yordam  bergani  ma’lum.  Bugung  kunda  qanchalar  ko’p  izlanishlar  olib 

borilganiga  qaramasdan  kutubxona  to’plamlari,  aniq  hajmi,  katalogini  aniqlashni 

iloji yo’q.  

Tarixiy  hisob-kitoblarga  qaraganda,  kutubxonada  asosiy  o’qish  xonasida 

ulkan  kitob  javonlari  joylashtirilgan  edi.  Xonada  havo  bir  me’yorda  aylanishi 

uchun  javonlar  orasida  va  devorlar  orasida  ham  ma’lum  teshiklar  bo’lgan,  ya’ni 

Kichik  Osiyoning  iqlimi  juda  issiq, shu  bilan birga  nam  havo  oqimi  ham  mavjud 

bo’lgan  joyda  kitoblarni  saqlashda  yaxshi  vosita  hisoblanadi.  Bitta  haykal-Afina 

(donolik  ma’budasi) asosiy  o’qish xonasida  turardi. Shuni  ham  alohida  ta’kidlash 

joiz,  Attalus  II  (mil.  avv  160-139)  kutubxona,  o’qituvchilarga  nisbatan  juda  ham 

                                                           

96

 Sarah Yeomans. Ancient Pergamon. – Washington: “Harvard University Press”, 2016. –P. 22 



97

 Jeremy Norman. The Library of Pergamum (Pergamon) is Founded (197 BCE  – 159 BCE). –England: “Pinguin 

Global”,  2017. –P. 45 

 



55 

sahovatpeshalik  qiladi-xalqdan  yig’ilgan  soliqning  salmoqli  qismini  va  shaxsiy 

o’zining hisobidan ham juda katta miqdorda pul ajratadi.

98

 



Qo’lyozmalar  dastlabki  paytlarda  Aleksandriyadan  buyurtma  asosida 

keltirilgan  papiruslarga  yozilar  va  o’rab  tokchalarda  saqlanardi.  Pergam  shahri 

Kichik  Osiyoda  ishlatiladigan  pergament  qog’ozini  ishlab  chiqarish  markazi  edi. 

Oldinlari  Aleksandriya  kutubxonasidan  papirus  olardilar  lekin  bir  afsonaga  ko’ra, 

Aleksandriya  kutubxonasi  vakillari  papirus  berishni,  ularning  kutubxonasini 

faoliyatini  tugatish  maqsadida,  to’xtatib  qo’yadilar.  Shundan  so’ng  Pergam 

kutubxonasidagi  kutubxonachilar  uzoq  o’ylab,  papirusning  o’rniga  o’zlarida 

pergament qog’ozi ishlab chiqarishga harakat qiladilar va natija kutilganidan ham 

a’lo darajada chiqadi, endilikda kutubxona hujjatlari qog’ozi o’z xom ashyolaridan 

bo’lgandi  va  buning  uchun  Buyuk  Aleksandr  kutubxonasiga  cheksiz 

minnatdorchiliklarini  bildiradilar.  Pergament-mil.  avv  II  asrda  xat  yozish  uchun 

xizmat  qiladigan  material  pergament  tayyorlana  boshlangan  Pergam  shahri 

nomidan olingan bo’lib, uni 2 ta ma’noda qo’llash mumkin:  

1) maxsus ishlov berilgan mol va choʻchqa terisi; doira, doʻmbira, baraban va 

baʼzi mashina detallari uchun ishlatilgan

2) sulfat kislota (H2SO4) bilan ishlov berilgan qogʻoz; shaffof, yogʻ va suvni 

oʻtkazmaydi.  Materiallarni  oʻrashda,  izolyasiya  materiali  sifatida  va  boshqa 

maqsadlarda  ishlatiladi.

99

  Shunday  qilib,  pergament  qog’ozini  ishlab  chiqarish 



kengaya  borgani  sari  shahar  dong’i  ham  butun  dunyoga  yoyila  bordi  va  hozirga 

qadar Pergam shahrining nomi abadiyatga muhrlandi. 

100

 

Pergam kutubxonasiga e’tiborning pasayishi. Pergam  Qirolligi  mil. avv 133-



yili  rimliklar  qo’liga  o’tganidan  so’ng  kutubxonaga  bo’lgan  e’tibor  ham  o’z-

o’zidan  pasaya  bordi.  Mil.  avv  47-yili  Ptolomey  lashkarlari  kutubxonani  kulini 

ko’kka  sovurishgach,  ayrim  ma’naviyati  yuksak  amaldorlar  tomonidan  ilm 

maskanini  tiklashga  urinishlar  bo’ldi  lekin  iloji  bo’lmadi.  Mil.  avv  43-yili  esa 

Mark  Antoniy  200.000  o’ramdagi  hujjatlarni  yig’ishni  buyurdi  va  ularni  yangi 

                                                           

98

 Sarah Yeomans. Ancient Pergamon. –Washington: “Harvard University Press”, 2016. –P. 23 



99

 Carleton L. Brownson. Xenophon in Seven Volumes. – Cambridge: ”Harvard University Press”, 1918. –P. 88 

100

 Hansen, Esther V. The Attalids of Pergamon. –New York: “Cornell University Press”, 1971. –P. 35  




56 

rafiqasi  Kleopatraga  sovg’a  qildi.  Imperator  Avgust  o’limidan  so’ng  Pergam 

kutubxonasida  asosan  nasroniylar  davriga  oid  o’ram  qog’ozlar  qoladi.  Ammo 

tarixchilar ko’p ham  bu kutubxonaga keyingi paytlarda e’tibor qaratavermaydilar. 

Ko’p muddat shahar ham, kutubxona ham anchayin qarovsiz holatga kelib qoladi, 

nixoyat  117-yilga  kelib  imperator  Adrian  davrida  bu  yerda  qurilish  ishlari 

boshlanib  ketdi-katta  ibodatxonalar,  stadion,  bitta  teatr,  katta  forum,  amfiteatrlar 

bunyod  etildi.  Shahar  ichida  maqbara  qurish  ta’qiqlandi.  Asklepis  nomli  shifo 

xudosi  nomiga  katta  bir  mineral  suvli  luks  xonali  kurort  barpo  etildi.  Bu  maskan 

Rim  dunyosining  eng  mashhur  va  sevimli  davolash  va  shifo  markaziga  aylandi, 

antik  davr  mashhur  tabiblari  Galen,  keyinchalik  Gippokrat  Pergam  shahrida 

tug’ilgan,  Asklepin  qoshida  tashkil  etilgan  maktabda  o’qiganlar  va  o’sha 

shifoxonada  o’z  faoliyatlarini  davom  ettirganlar.  Asklepimning  tuzilishi 

quyidagicha edi: 

1. Rim teatri;  

2. Shimoliy Stoa; 

3. Janubiy Stoa; 

4. Asklepios ibodatxonasi; 

5. Yumaloqbinoli davolash markazi;  

6. Bahorgi davolanish bo’limi;  

7. Bir yer osti o’tish yo’li;  

8. Kutubxona;  

9. Bir ustunli ko’cha.

101


  

Kutubxona  doimiy  faoliyatini  olib  borishi  jarayonida  butun  dunyo  olim-u 

fuzalolarini o’ziga jalb qilgan va xalq ichida uni yana “Yengilmas kutubxona” deb 

ham ataganlar. Kutubxona qoldiqlari Artemis Muqaddas binosi, Pergamon shahrini 

kutubxonaga  yaqin  joylaridan  hamda  Akropoldan  uncha  uzoq  bo’lmagan 

qadamjolardan joylashgan.

102

 

                                                           



101

 Cristian Violatti. Pergamon. –England: “the University of Leicester”, 2015. –P. 15 

102

 Kekeç, Tevhit. Pergamon. –Turkey, Istanbul: ”Hitit Color”, 1989. –P. 225 




57 

Pergamon Qirolligida e’tiborga loyiq odamlar Pergamon kutubxonasida ham 

o’z nomlarini tarixda qoldirganlar, ularning ayrimlari quyidagilardir:  

1.Epigonus (mil. avv 3-asr), yunon haykaltaroshi;  

2.Pergam Andronikka (mil. avv 2-asr), Attalid elchisi;  

3.Pergamon Hegesinus (taxminan mil.avv 160-yil) akademik faylasuf;  

4.Pergamon Sosus (mil. avv 2-asr) yunon mozaika rassomi;  

5.Apollodorus (mil. avv 1-asr) Avgust notiq va o’qituvchisi;  

6.Pergamon Kratippus (mil. avv 1-asr) faylasuf  

7.Pergam Antipa (mil. avv 1-asr), nasroniy shahid va Sankt;  

8.Aelius Nicon (milodiy 2-asr), yunon me’mori va quruvchi;  

9.Pergamon Aeschrion uchun (2-asr), shifokor Galenning o’qituvchisi;  

10.Galen (taxminan 129-200 / 216-yil), yunon shifokori.

103


  

Ko’hna  dunyo  arxiv-kutubxonalari  ichida  ikkinchi  o’rinda  turgan  ushbu 

kutubxona  “Dunyo  marvaridi”  degan  nom  bilan  turadi.  Pergamon  kutubxonasi 

oddiygina  bir  uyda  tshkil  etilib,  ulkan  inshootga  ko’chirilib  ish  faoliyatini  o’sha 

yerda muvaffaqiyatli davom ettirgani tahsinlarga sazovor va hatto dushmanlar har 

yo’l bilan uni to’xtatmoqchi bo’lganlaridan ham oqillak ila yo’l topa olgani va shu 

kashfiyotining  o’zi  uni  dunyo  sahnasida  o’ziga  munosib  o’rin  yaratib  olganidan 

dalolat desak mubolag’a bo’lmaydi.  

Antioxiya kutubxonasi. Mil. avv III asrga kelganda Antioxiyada kutubxonaga 

va  kutubxonachilarga  bo’lgan  talab  yuqorilab  ketdi.

104

  Natijada,  Antioxiya  Saroy 



kutubxonasi  taxminan  mil.  avv  221-yil  atrofida  Salavkiylar  imperiyasining 

imperatori  Antiox  III  buyuk  Antiox  (Aleksandr  Makedonskiy  imperiyasi  davlat 

vorisi)  tomonidan  tashkil  qilishga  farmon  berildi.  Antioxiya  hozirgi  Turkiyadagi 

Antakya shahri. Kutubxonani qadimgi Suriya yerlaridan tadqiqotchi olimlar kashf 

qildilar. Eyforion Halkida, qadimgi gretsiyalik aql-idroki yuqori, nufuzli shoir juda 

katta  qiyinchiliklar  evaziga    Antioxiyada  Saroy  kutubxonasini  tashkil  qilgan.  U, 

shuningdek,  Buyuk  Antiox  IIIning  o’limiga  qadar  asosiy  kutubxonachisi  bo’lib 

                                                           

103

  Richard  Evans.  A  History  of  Pergamum:  Beyond  Hellenistic  Kingship.  –London:  ”Bloomsbury  Academic”, 



2012. –P. 100 

104


 Lamb, Annette. Antiochepedia Musings Upon Ancient Antioch: The Museion. –Berlin: “Wissen”, 2008. –P. 33 


58 

xizmat  qilgan.  Manbalarning  xabar  berishicha,  nafaqat  Antiox  kutubxonasi  balki, 

shaharning  o’zi  ham  o’sha  paytdagi  poytaxt  Pergamondan  ham  anchayin  nufuzi 

baland edi.

105

 

Antoix  Saroy  kutubxonasi  milodiy  363-yili  xristian  imperator  Yupiter 



tomonidan  shahar  bilan  birgalikda  vayron  qilindi,  uning  ayoli  shaxsan  o’zi 

kanizaklari bilan shaharga keladi va kutubxonaga o’t yoqishlarini buyurib, qah-qah 

otgancha  tomosha  qiladi,  shahar  aholisi  esa  bu  holatni  darg’azab  bo’lib 

kuzatishdan  nariga  o’taolmaydilar.  Bu  voqeaga  Yohannes  Hann  “zo’ravonlik  va 

diniy nizo” deb o’z fikrlarini beradi:  

“Jovian  u  Biroq  Antiochians  ma’qul  bo’lish  uchun  so’radim,  chunki,  u 

butunlay  :.  Nafaqat  shirk  olmadi,  balki  nasroniylar  bir  qo’pol  harakat  qilib,  bu 

talqin, Julian kutubxona aylanadi edi Traianeum, vayron buyurdi.” 

Antioxiya  Saroy  kutubxona  Masihiy,  xristian  bo’lmagan  salafiylar, 

“betavfiq”larning  sa’y-harakatlari  bilan  “gunohkor”  adabiyotlar  bilan  to’ldirilgan 

edi.  Imperator  Yulian  ularni  barini  yo’qotishga  harakat  qilgan  ammo  bu 

to’plamlarning bir qismi keyinchalik 361-yili imperator xristian imperatori Yulian 

tomonidan  murtad  deya  e’lon  qilib  o’ldirilgan  butparast,  Buyuk  Aleksandriya 

kutubxonasining  a’zosi  Gregoriy  tomonidan  asrab-avaylanib  Aleksandriya 

kutubxonasiga  foydalanish,  saqlash  uchun  keltirilgan  asarlar  Gregoriy  bilan  birga 

rixlatga yo’l olishgan. 

Antioxiya  muzeyi.  Antioxiyada  nafaqat,  kutubxona  balki  unga  qo’shni 

bo’lgan  muzey  ham  o’z  faoliyatini  olib  borgani  tarixdan  ma’lum,  bundan 

ko’rinadiki, ilk bor kutubxonaga muzeyni qo’shni qilib qurgan uyuk Aleksandriya 

kutubxonasi  arxitektorlari  emas.  Muzey  kutubxonaning  bir  qismi  bo’lib  uncha 

katta bo’lmagan hududda tashkil etilgan va mil. avv 114-92-yillarda, imperatorlar 

Antiox  IX  (mil.  avv  114-95)  va  Antiox  X  (95-92)lar  davrida  muzey  faoliyati, 

ayniqsa,  juda  ham  gullagan  davr  bo’lgan.  Imperator,  savdogarlar,  ilmli,  ziyoli 

olimlar,  qo’yingki,  jamiiyki,  ko’ngillilar  muzey-kutubxona  faoliyatiga  o’z 

                                                           

105


 Milkaw, Fritz, Leyh, Georg. Ancient Greek and Roman Libraries. –America: ”Catholic University of America”, 

1963. –P. 88 




59 

hissalarini  qo’shganlar,  xoh  biror  muhim  hujjat,  xoh  kitob,  xoh  pul  bilan,  ammo 

eng muhimi, imperator bu borada hech kimga talab qo’ymagan. Ayniqsa Antioxiya 

savdogarlari  Afina  litsey-maktabidan  turfa  xil  kitoblarni  “tashib  keltirishgan”. 

Antioxiya kutubxona-muzeyi raqibi Buyuk Aleksandriya kutubxonasiga juda ham 

o’xshash  edi.  Saroy  kutubxonaning  tarkibi  juda  boy  edi.  Mana  shu  kitoblardagi 

manbaalar  orqali  hozirgi  universitetlar  nizomlarining  ayrim  bandlari  ishlab 

chiqilgan.  Buyuk  Aleksandriya  kutubxonasi  qanchalik  shon-u  shuhratga  intilgan 

bo’lsa  Antiox  Saroy  kutubxonasi  shu  qadar  kamtarin  va  sipo  edi,  shu  bilan  birga 

o’zidan  ko’p  ham  ma’lumotlar  qoldirmagan,  shuning  uchun  ham  kutubxona 

faoliyati haqida deyarli hech qanday ma’lumot mavjud emas.

106


 

Muzey  ustunlari  “eski”  shahar  Silpius  to’g’lari  etagidan  keltirilgan  zalvorli 

toshlardan  bino  qilingani  xabarlarda  keltiriladi.  Biz  bu  xabar  bo’yicha  Vatikan 

kodeks-kitob shaklidagi qadimiy qo’lyozmasidagi Stinespringning muzey haqidagi 

imperator  Antiox  IXga  yo’llagan  bir  hisobot  maktubida  bular  batafsil  bayon 

qilinganini bilib olishimiz mumkin:  

“Ularning  (quruvchi,  usta)  harakatlar  bilan,  bir  gumbaz  100  tirsak  yuqorida 

qilib va yulduzlar, Zodiak va boshqa koinot jismlariga yaqin qilib qurildi, bu o’z-

o’zidan  munajjimlarning  bashorati  belgilari,  shu  jumladan,  osmonlarga 

tikilishlariga 1000 barobar osonroq deganidir; bino dumaloq shaklda qad ko’tardi. 

Endi  osmonni,  Quyosh-Oyni,  yulduzni,  qushlarni  juda  yaqindan  ko’rishimiz 

mumkin  va  bu  inshootni qurishlikda bizga  Brahmanning  o’zi katta  yordam  berdi, 

shu bilan birga binoni mahsulotini Silpius tog’lari etaklaridan keltirdikki, chindan 

ham bu ish oson kechmadi.”

107

 

Lassusning  so’zlariga  ko’ra,  muzey  Efifaniya  agorasiga  yaqin  joyda  Antiox 



Filpator  davrida  qurilgan,  imperator  Propus  davrida  rekonstruksiya  qilingan, 

milodiy 438-yili imperator Tiberiy davrida esa yoqib yuborilgan. 

                                                           

106


 Clark, John Willis. The Care of Books. –Cambridge: “Cambridge University Press”, 1901. –P. 100 

107


  Raven.  Lost  Libraries:  The  Destruction  of  Great  Book  Collections  since  Antiquity.  –London:  “University  of 

California Press”, 2004. –P. 66 




60 

Kostantin Orientis so’zlariga qaraganda, kutubxona ham, muzey ham 507-yil 

iyul  oyida  Tiberiy  davrida  yer  yuzidan  shupurib  tashlandi.

108


  Lekin  kutubxona 

faoliyati  va  undagi  saqalangan  hujjatlar  haqida  ma’lumotlar  bizning  davrimizga 

qadar saqlanib qoldi. Bundan tashqari ushbu kutubxona-arxiv xazinasi keyinchalik 

yuzaga kelgan ko’plab kutubxona va arxivlar uchun ham ma’lumot manbai bo’lib 

hizmat qildi va o’z o’rnida aytish kerakki, har bir kutubxona faoliyati jarayonida 

o’zdan yorqin bir iz qoldirib ketgani sababli ham ayni kunda biz ularning tarixini 

o’rganmoqdamiz  va  ko’pgina  joylarini  hayotimizdagi  muhim  jabhalarga  jalb 

etmoqdamiz,  Antioxiya  saroy  kutubxonasi  ham  shunday  namunalardan  biri  deya 

bemalol e’torof etaolamiz. 

 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish