Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk


 Rim imperiyasidagi arxiv-kutubxonalar: Papirus, Konstantinopol va



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.05.2021
Hajmi0,89 Mb.
#65002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahondagi ilk arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish yonalishlari

2.2. Rim imperiyasidagi arxiv-kutubxonalar: Papirus, Konstantinopol va 

Selsus arxiv-kutubxonlalari faoliyati 

 

Apenin  yarim  oroli  Yevropaning  subtropik  mintaqasiga  kiradi.  Iqlimi  iliq, 



yozi uzoq, issiq va quruq; O’rta dengiz bo’yiga xos doim yashil o’simliklar o’sadi. 

Tekislik  va  tog’  oldi  qismlarini  madaniy  landshaft  tashkil  etadi.  Apennin  yarim 

orolida Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joylashgan.

109


 

Apennin yarim oroli Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqchlar mamlakati”) deb 

dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli 

janubi  aytilgan.  Apennin  yarim  oroli  O’rtayer  dengizining  eng  markazida 

joylashgan  bo’lib,  qadimda  qulay  va  iqlimi  juda  ham  mo’tadil  sharoitlarga  ega 

bo’lgan.  Mil.  avv  I  ming  yillikda  Italiyaning  shimoliy  hududlari  mo’tadil  iqlim 

zonasida bo’lib, Apennin yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq 

edi.  Italiyaning  g’arbiy  qirg’og’i  qulay  buxtalarga  boy  bo’lib,  dengizchilik  va 

savdoni  rivojlanishiga  turtki  berdi.  Italiyaning  ko’pgina  qismini  tog’lar  egallaydi, 

faqatgina  20%  hududi  tekisliklardan  iborat.  Etruriya,  Kampaniya  va  Apuliyaning 

unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lgan. 

Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: 

                                                           

108


 Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55 

109


https://uz.wikipedia.org/wiki/Apenninyarimoroli  


61 

1. Shimoliy (Liguriya, Alporti Galliyasi va Venetsiya); 

2. O’rta (Etruriya, Latsiya, Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy); 

3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Brutiya). 

Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelian tumanida Adriatika 

dengizigacha  yetib  boradi,  yarim  orolning  shimoliy  qismimarkaziy  va  janubiy 

qismidan  ajratib  turadi.  Uning  shimoliy  iqlimi  o’rta  Yevropa  iqlimiga  yaqinroq. 

Yarim  orolning  bu  qismi  juda  hosildor  bo’lib  keyinchalik  Italiya  deb  atala 

boshlandi.  Dastlab  bu  nom  yunonlar  Italiya  deb  atagan  aholi  yashagan 

Kalabriyaning  janubiy  tumanlariga  nisbatan  aytilgan.  Mil.  avv  V  asrda  Po 

vodiysiga  gallar  ko’chib  kelib,  u  yerdan  etrusklarni  siqib  chiqara  boshlaydilar  va 

bu ishni a’lo darajada uddalaydilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizalp galliyasi” 

deb nom olgan. 

Markaziy Italiyaning g’arbiy qismi madaniyat tarixida muhim rol o’ynadi. Bu 

yerda  etrusk  (hozirgi  Florensiya),  lotin  markazi  Rim,  Kampaniya  (kapuya  va 

Neapol  bilan)  kabi  uch  tekislik  yotadi.  Bu  yerda  kemachilik  uchun  qirg’oqlari 

qulay tabiiy portlar bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi. 

Lotin  tekisligining  markazida  Tibr  daryosi  va  shimoliy  sharqdan  sabin, 

sharqdan  Alban,  janubdan  Volsk  tog’lari  bilan  o’rab  turishi  yarim  orol  tarixida 

lotin xalqlarining yuksalishiga sabab bo’ladi.  

Qadimgi  Rim  tarixida  Sitsiliya  oroli  madaniyati  muhim  o’rin  tutadi.  Orolni 

sharqiy  va  janubiy  hududlarini  yunonlar  egalladilar.  Bu  yerga  ilgariroq 

finikiyaliklar  kelib  Panorm  (hozirgi  Palermo)  va  Lilibey  (hozirgi  Marsala) 

shaharlariga asos soldilar.  

Rimda ham tarixda yorqin iz qoldirgan ilm dargohlari, kutubxonalar talaygina 

bop’lgan va  Rimdagi kutubxonalarning boshqa mamlakatlardagi kutubxonalardan 

umumiy  jihatdan  yana  ikkita  tomoni  ham  ajratib  turgan,  ya’ni  kutubxonalarning 

har  birida  ovoz  chiqarib  o’qish  mumkin  bo’lgan  alohida  xonasi  bo’lgan  hamda 

kutubxonadagi  har  bitta  kitobning,  qo’lyozmaning  lotin  va  yunon  yozuvlaridagi 

nusxalari  mavjud  bo’lgan.  Buni  Yuliy  Sezar  kelajak  avlodni  yanada  intellektual 




62 

salohiyatini  oshirish  uchun  joriy  qilingan  edi  va  Rimdagi  har  bir  katta-kichik 

kutubxonada bu farmonga amal qilinar edi.

110


 

Qadimgi  Rim  madaniyati.  Rim  huquqi  antik  sivilizatsiyaning  eng  katta 

yutuqlaridan biri bo’lib, asrdan asrga yuridik tafakkurning klassik namunasi bo’ldi. 

Rim  huquqining  manbalari  odatdagi  huquq,  senat  qabul  qiladigan  qonunlar, 

magistratlarning  ediktlari  va  yuristlarning  faoliyati  tashkil  qilar  edi.  Rim  tarixida 

huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish natijasida XII qonunlar jadvalini yaratilishi 

bo’ldi. 

Selsus  Kutubxonasi  Rim  imperiyasi  davrida  qurilgan  bo’lib,  u  Kichik 

Osiyodagi  Efesda,  keyinchalik  Onado’li  deb  atalgan,  hozirgi  kunda  esa 

Turkiyadagi  Saljuq  deb  nomlanadigan  qismida  joylashgan.  Efes  asli  qadimgi 

Gretsiyaga  tegishli  bo’lgan.  Efes  antik  shahri  Izmirning  janubida  Menderes 

daryosining  dengizga  tutashgan  chorraxada  joylashgan  port  shahridir.  Efes  shahri 

Anadoluning  Egey  sohilidagi  g’arbiy  sohillarni  o’z  ichiga  olgan  Ioniyaning  eng 

ko’rkamli  shaharlaridan  biridir.  Efes  antik  shahrida  joylashgan  yuzlab  tarixiy 

asarlar  dunyo  turizmi  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  1994-yili  YUNESKO 

tomonidan  “Dunyo  o’tkinchi”  madaniy  meros  ro’yxatiga  olindi  Efes,  2015-yili 

dunyo  meros  ro’yxatiga  to’liq  qabul  qilindi.

111


  Bu  Rim  Senatori,  Efes  shahrining 

valine’mati, o’z  zamonasining  mashhur kishisi  Tiberius  Yuliy  Selsus  Polemaenus 

sharafiga taxminan milodiy 114-117-yillarda Selsusning o’g’li Gay Yuliy Priskilla 

(milodiy  110-yildan  konsul  bo’lgan)  tomonidan  barpo  ettirilgan.  Kutubxonaning 

qurib  tugatilishiga  oid  turli  xil  manbalar  bor,  ba’zi  manbaalarda  kutubxona 

qurilishi  114-yilda  boshlanib  120-yilda  o’z  nixoyasiga  yetgan

112

  deyilsa,  yana  bir 



boshqa  ma’lumotda  bino  110-yilda  qurilishi  boshlanib  135-yili  tugatilgan

113


 

deyiladi, boshqa  birida  esa, inshoot qurilishi  125-yili  tugatildi

114

  deb  ma’lumotlar 



qoldirilgan.  Bilim  dargohi  antik  davr  binolari  ichida  “Rim  imperiyasining  eng 

                                                           

110

  Carole  Raddato  The  Celsus  Library:  20,000  Scrolls  Lost  to  History  but  Its  Striking  Architecture  Remains.  –



Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 65  

111


 www.trt.net.tr/uzbek/dasturlar/turkiyaning–madaniy–xazinalari   

112


 Mark Cartwright. Celsus Library. –Oxford: ”Library”, 2017. –P. 107 

113


 Nicols, John. Ephesus Library. –London: ”Planet”, 2017. –P. 5–8 

114


  Clive  Foss.  Ephesus  After  Antiquity:  A  Late  Antique,  Byzantine,  and  Turkish  City.  –Cambridge:  “Cambridge 

University Press”, 1979. –P. 134 




63 

chuqur  taassurot  qoldiradigan  inshootlardan  biri”  edi.  Selsus  dastlab  ochilgan 

paytda  12.000  o’rog’liq  hujjati,  kitobi  bilan  faoliyatini  boshlagan,

115


  lekin  qazish 

ishlari  natijasida  20.000  hujjatlar  topilgan

116

  yer  ostida  esa  Selsus  uchun  maxsus 



marmarlar  bilan  bezatilgan  sarkofag  joylashgan  bo’lib,  tabiiyki,  u  yerda  Tiberius 

Yuliy Selsus Polemaenusning mayyiti qo’yilgandi. 1904-yilda uning qabri ochildi, 

sarkofag  2  qavat  bo’lib,  jasad  2-qavatidaligi  va  tobut  qo’rg’oshindan  ekanligi 

ma’lum bo’ladi. Selsusning qabri kutubxonaning g’arbiy tomonidagi devor tagida 

joylashgan. Ushbu yodgorlikning atrofi 1970-1980 yillarda qayta ta’mirlangan.

117


  

Selsus  kutubxonasi  antik  davrdagi  kutubxonalar  ichida  Aleksandriya  va 

Pergam  kutubxonalaridan  keyingi  eng  mashhur  uchinchi  katta  kutubxona 

hisoblanardi. Ammo Kutubxona mashhur uchinchi kutubxona bo’lsa-da, u yerning 

boshqaruv  tizimi  haqida  hozirga  qadar  deyarli  hech  qanday  ma’lumotlar 

topilmagan.

118

 

Kutubxona  milodiy 262-yili kuchli zilzila oqibatida vayron bo’ladi (yana bir 



boshqa  ma’lumotlarga  qaraganda,  bir  general  shaharga  hujum  qilgan  paytida 

kutubxonani  yoqib  yuborgan).  Keyin  qayta  tiklanadi  va  ammo  X-XI  asrlardagi 

ketma  ket  11-12  ballik  zilzilalar  oqibatida  kutubxona  butkul  vayronaga  aylanadi. 

1970-1978-yillardagi  arxeologik  qazish  ishlarigacha  kutubxona  vayronalar  ostida 

jimgina mudraydi. 

Selsus  kutubxonasida  buyuk  Aleksandr  kutubxonasidan  keltirilgan  Aristotel 

asarlarini,  Eripides,  Ayeschulus  va  Sofokllarning  asarlarining  nusxalaridan 

ko’chirilgan kitoblar mavjud bo’lgan.

119

 

Selsus  kutubxonasi  tarixi.  Selsus  kutubxonasi  dastlab  bino  milodiy  92-yili 



Rim konsuli tomonidan bir mashhur va badavlat zodagonga jamoat binosi sifatida 

qurib  berishni  topshiradi  va  u  milodiy  105-107-yillr  oralig’ida  qurishni  boshlab 

yuboradi  lekin  oradan  ko’p  o’tmay  zodagon  vafot  etadi  va  qurilish  chala  qoladi. 

Zodagonning kelib chiqishi haqida gap ketganda, manbalarda u sof yunon bo’lgani 

                                                           

115


 Mark Cartwright. Celsus Library. –Milan: “Routledge”, 2012. –P. 2–10 

116


 Swain, Simon . Dio Chrysostom: politics, letters, and philosophy. –London: “Oxford University Press”, 2002. –

P. 57 


117

 Richard Wallace, Wynne William. The three worlds of Paul of Tarsus. –New Zeland: “Routledge”, 1999. –P. 106 

118

 Nicols, John. Vespasian and the partes Flavianae. –Florence: “Steiner”, 1978. –P. 109 



119

 Too, Yun Lee. The idea of the library in the ancient world. –Oxford: ”Oxford University Press”, 2010. –P. 213 




64 

va  Sardis  shahridan  ekanligi  aytiladi.  Uning  vafotidan  so’ng  yuqorida 

aytganimizdek,  Tiberiusning  o’g’li  qurilishni  nixoyasiga  yetkazadi.

120


  Kutubxona 

Rim  imperiyasiga  qarashli  bo’lgan.  Rimda  ko’plab  hashamatli  kutubxonalar 

bo’lgan,  Selsus  ham  ulardan  biri  edi  lekin  ulardan  katta  bir  farqi,  Selsus 

kutubxonasi hamma uchun ochiq bo’lib, har qanday bilim olishga qiziqqan kishilar 

foydalanishi  mumkin  bo’lgan,  darhaqiqat,  Rimdagi  hashamdor  kutubxonalar-

Gerkulanum  yoki  Geraklum  Villasi  (Papirus  villasi  kutubxonasi)  kutubxonasidan 

zodagonlar,  ularning  qarindosh-urug’lari,  yaqinlari  foydalana  olishgan,  xolos. 

Balki,  shu  uchun  ham  ko’plab  qismlari  yo’qolib  ketgan  bo’lsa  ham  Selsusning 

nomi abadiy qolgandir.

121


 

Kutubxona  262-yili  zilzilada  vayron  bo’lganidan  so’ng,  (boshqa  bir 

ma’lumotga  qaraganda,  Efesga  gotlar  bosqin  qiladilar  va  shaharga  qo’shib 

kutubxonani  ham  yondirib  yuboradilar)

122

  400-yili  kutubxonaning  old  qismi  juda 



ham  chiroyli  qilib  landshaftlar  bilan  bezatildi,  yana  bitta  favvora  ham  qo’shib 

xuddi  avvalgi  ko’rinishda  tiklanadi.

123

    Qazishmalar  jarayonida  favvora  devori 



Markus  Aureliusning  Parfiyaliklar  ustidan  qilgan  g’alabasi  tasvirlanganligi 

aniqlandi.  Ularning  aksariyati  hozir  Venada  namoyish  etiladi,  lekin  bir  necha 

original  qismlari  Saljuqda  Efes  muzeyida  ham  saqlanadi.

124


  Keyin  yana  X-XI 

asrdagi halokat va... kutubxona mangu jim bo’lib qoladi, X asrda yana qayta zilzila 

bo’ladi  va  binoning  oldingi  qismi  batamom  tushib  ketadi,

125


  toki  1970-1978-

yillarda nemis  arxeologi  Volker  Maykl  Strokka  boshchilik qilib topmagunicha. U 

arxeologik  qazish  ishlarini  1903-1904-yillarda  Avstriya  arxeologlari  tomonidan 

ko’p  izlanishlar  olib  borishgan  bo’lsa-da,  hech  bir  natijaga  erisha  olmagan,  bir 

bo’lak topilgan parchani tarjima qilaolishmaganidan so’ng arxivga o’rganilmagan, 

o’rganilishi  ham  dargumon  bir  fayl  tarzida  olib  qo’yilgan,  shu  bilab  birga, 

                                                           

120


 Giacosa, Giorgio. Women of the Caesars: Their Lives and Portraits on Coins. –Milan: ”Edizioni Arte e Moneta”, 

1977. –P. 164 

121

  Clifford  Ando.  Imperial  Ideology  and  Provincial  Loyalty  in  the  Roman  Empire.–  California:  “University  of 



California Press”, 2000. –P. 330 

122


  Clive  Foss.  Ephesus  After  Antiquity:  A  Late  Antique,  Byzantine,  and  Turkish  City.  –Cambridge:  “Cambridge 

University Press”, 1979. –P. 115 

123

 Lambert, Royston. Beloved and God: The Story of Hadrian and Antinous. –New York: “Viking”, 1984. –P. 10 



124

 Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 10 

125

 Nicols, John. Ephesus Library. –London:”Planet”, 2017. –P. 15 




65 

kutubxona Avstriya Arxeologiya Instituti ko’magida qayta tiklangan va 1910-yilda 

haykallarning asl nusxasi Venadagi Efes muzeyida ko’chirilgan

126


 hamda Avstriya 

arxeologlari tushuna olmaganlaridan bir  qator  elementlarini  Vena  va  Istanbulning 

boshqa muzeylariga berib yuborgan topilmalar asosida olim izlanishlar olib boradi. 

Ko’plab  qidiruvlar  natijasida  arxeolog  bu  yozuv  parchasi  va  jamiiyki  topilmalar 

qaysidir  bilim  dargohiga  tegishli  ekanligini  va  kutubxona  Rim  me’morlari  o’z 

uslublarida  qurgan  binoligini,  uni  joylashgan  o’rnini  hamda  bir  necha  bor  qayta-

qayta  halokatga  uchraganini,  kutubxona  loyihasini  esa  Vitruviy  tomonidan  ishlab 

chiqilganini,  uning  tavsiyasiga  ko’ra,  bino  Quyosh  chiqadigan  tomonga  qarab 

qurilganligini  aniqlaydi  va  eng  so’ngida  bu  kutubxona  Selsus  kutubxonasi 

ekanligini “kashf qiladi”.  

Selsus kutubxonasining arxitekturasi. Selsus kutubxonasi Vitruviy (taxminan 

milodiy 117-135-yillarda yashagan), Rimning eng mashhur arxitektori edi lekin u 

haqida  deyarli  hech  qanday  ma’lumot  qolmagan,  u  o’zidan  faqatgina 

chizmalarinigina,  loyihalarinigina  va  “Arxitektura  to’g’risida”gi  kitobi  qolgan, 

xolos.  Vitruviy  kutubxonani  saroy  shaklida,  juda  ham  hashamatli  qurishni 

rejalashtirgan va binoning old qismi ulkan bog’ bo’lishini loyihasining eng birinchi 

vazifasi qilib oladi va qaysarlik qilib bo’lsa-da niyatiga yetadi. Kutubxonaga kirish 

qismi  10.92m  eniga,  bo’yiga  16.72m  bo’lib,  marmar  bilan  to’liq  qoplangan.

127

 

Undan  tashqari,  binoga  kirib  kelganingizda  birinchi  ko’zga  tashlanadigan  qismi 



ikki  tomondagi  katta-katta  derazalar  bo’lib,  bu  ham  inshootning  o’ziga  xos  bir 

jihati edi. Yana eng muhimi, Selsus kutubxonasiga kiraverishda katta-katta harflar 

bilan ham yunon, ham lotin tillarida “Selsus ulkan kutubxonasi” deb bitilgan yozuv 

topilgani  edi.

128

  Ustunlarni  bezatishda  Korinf  uslubidan  foydalaniladi,  Binoning 



oldingi  qismidagi  ustunlar  quyidagilariga  qaraganda  kattaroq  qilib  qurilgan.

129


 

O’ng  tomonida  ramkali  o’rtacha  kattalikdagi  derazalar  o’rnatilgan  bo’lsa,  chap 

                                                           

126


 www.ephesus.us/ephesus/celsuslibrary.htm 

127


 Levick, Barbara. Faustina I and II: Imperial Women of the Golden Age. London:  –Oxford: “Oxford University 

Press”, 2014. –P. 3–8 

128

  Makowiecka, Elżbieta. The Origin and Evolution of  Architectural Form of Roman  Library. Spain:  “Wydaw–a 



UW”, 1978. –P. 62 

129


  Carole  Raddato  The  Celsus  Library:  20,000  Scrolls  Lost  to  History  but  Its  Striking  Architecture  Remains.  –

Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 66 




66 

tomondagi  oynalar  rombik  usulda  qo’yiladi.  Vitruviy  ishiga  shu  qadar  mas’uliyat 

bilan  yondashdiki,  kutubxonaning  devorlarini  ham  oddiy  qilmasdan  ularni  ezgu 

amallar va ilm homiylari bo’lgan ilohalar timsolidagi haykallar bilan bezaydi. Aniq 

topib  o’rganilgan  va  hozirda  Venadagi  Efes  muzeyida  saqlanayotgan  4  ta  iloha 

haykali


130

  bo’lib,  ular  Donolik  ilohasi  (Sofiya),  bilim  ilohasi  (Epistem),  saxovat 

ilohasining  (Ariyet)  haykallari  shular  jumlasidandir.  Ayrim  manbalarning  xabar 

berishicha,  maqbara  atrofida  Medusa,  Nike  va  Eros  haykallari  bilan  bezatilgan, 

lekin  ko’plab  izlanishlar  qilingan  bo’lsa-da  haykallarning  qoldiqlari  ham 

topilmadi.

131

  

Kutubxona  topilgan  vaqtda  bino  uch  qism  deb  hisoblanardi  biroq 



Virtuviyning bino qurilishiga doir loyihasi topilishi bilan bu qarash puchga chiqdi, 

loyihani  topilishi  yana  o’sha  nemis  arxeolog  olimi  Volker  Maykl  Strokka  nomi 

bilan  bog’liq,  u  1980-yildan  keyin  ham  bu  kutubxonaga  doir  ma’lumotlarni 

qidiraveradi  va  oxiri  kutubxona  qurilishiga  doir  chizmalarni  rejasini  topishga 

muvaffaq bo’ladi. Loyihada kutubxona ikki qism bo’lib, uning orqa qismida teatr 

sahnalashtirish uchun  maydon  qurilganligi  ko’rsatilgan edi, shuning uchun binoni 

uch  qism  deb  xulosa  qilishgan.  Kutubxonaga  kirish  eshigi  ikkita  bo’lgan,  ikkita 

eshik ham bir joyga-Selsusdagi yagona maqbara Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus 

maqbarasiga olib  borgan. Tiberius Yuliy  Selsus Polemaenus hoki 2.5 metr pastga 

ko’milgan  va  usti  oq  marmar  bilan  bezatilgan.  Bu  bilan  Yuliy  Selsus 

Polemaenusning  o’g’li  Gay  otasini  naqadar  yaxshi  inson  bo’lganini,  hammaga 

doim yordam berganligini va xalq dardi bilan yashaganini aytmoqchi bo’lgan,

132

 va 


kimki, kutubxonga kirar ekan, Tiberius Yuliy Selsus Polemaenusni yod etib keyin 

u  yerga  kirsin,  degani  ham  edi,  bu  tom  ma’noda  otaga  o’g’li  tomonidan  naqadar 

katta  hurmat  ko’rsatilganining  isboti  edi.  Undab  tashqari,  antik  davrda  faqatgina 

xalq  tomonidan  sof,  pok  deya  baho  berilgan  hurmatli  kishilarnigina  jasadlari 

jamoat  binolari  ichida  dafn  etilar  va  doimiy  ziyoratgohlardan  biriga  aylanardi, 

Selsus kutubxonasidagi Tiberius Yuliy Polemaeanus ham shunday kishilar qatorida 

                                                           

130


  Hanfmann,  George  Maxim  Anossov.  The  Celsus  Library  in  Ephesus.  –Michigan:  “University  of  Michigan 

Press”, 1980. –P. 65 

131

 www.walterus.net/Turkey/history/ephesus/celsuslibrary.htm 



132

 https://ephesusbreeze.com/ephesus/celsus–library 




67 

edi.


133

  Tiberius  Yuliy  Selsus  Polenaeanus  ham  shundaylardan  edi.  O’sha  davrda 

yashagan Agrippa yozadi: “Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus Rim imperiyasidagi 

Efes shahrining 5 ta buyuk zotlaridan biri edi va shuning uchun uning mayyiti ham 

biz  bilan  toabad  qoladi”.

134


  Kutubxonaning  har  bir  xonasi  17x11m  o’lchamda 

bo’lgan.  Haykallar  nafaqat  tashqi  devorlarda,  balki  har  bir  xonada  ham  bo’gan, 

faqat har bitta xonaga bittadan haykal qo’yilgan, masalan, o’qish xonasiga haqiqat 

ilohasining (Afina) haykali qo’yilgan bo’lsa, yana bir ma’ruza xonasiga Selsusning 

uzoqlarga ko’z tikib xayolga tolgan holatidagi byusti o’rnatilgan edi va shuni ham 

aytish  kerakki,  O’qish  xonalari,  asosan,  sharqqa  qaragan  holda  bino  qilingan.

135

 

Kitoblar  shkaflar  va  javonlarda  saqlangan.  Namlikdan,  kitoblar  zararlanishidan 



saqlash  uchun,  ayniqsa,  o’rog’liq  qo’lyozmalarni,  javonlarni  chuqurchalarga 

jolashtirgandilar,  chuqurchalarni  tokcha  deyishimiz  mumkin  lekin  undan 

ozmuncha farq qilgan, ya’ni tokchalar mumlab chiqilgan va devorning ancha ichki 

qismida joylashgan, albatta bularning bari kitoblarni asrab-avaylash maqsadida edi, 

undan  tashqari,  kutubxonada  bir  xonacha  bo’lganki,  unda  25.000  kumush  tanga 

saqlangan,  u  yerdagi  xatdan  ma’lum  bo’lishicha,  Tiberus  o’g’liga  ana  shu 

tangalarni  meros  qilib  qoldirgan.  Yuliy  Aquila  Gay  ham  boyligining  8%  ni 

kutubxonasidagi  kitoblarning  yoniga  yana  ko’p  kitoblar  keltirish  uchun 

sarflaydi.

136


  U  xonani  hech  kim  hech  qachon  ochmagan,  hattoki,  Gay  Yuliy 

Priskillaning o’zi ham. Ikkinchi binoga tashqariga chiqish shart bo’lmagan, ikkita 

binoni  uzun  zal  ajratib  turgan,  ikkinchi  va  uchinchi  qavatlarga  esa  zinalar  orqali 

ko’tarilgan. Shift tekis bo’lgan va ko’proq yorug’lik yetkazib berishligi uchun har 

bir  xonaga  ulkan  qandillar  o’rnatilgan.  Bino  imperator  Adrian  davrida  mashhur 

bo’lgan  uslubda  qurilgan  bo’lib,  asosan,  qurilish  materialining  bezagi  sifatida 

marmardan keng foydalanilgan, shu bilan birga,

137


 g’isht, beton, ohak, shag’aldan 

ham keng foydalanilgan.  

                                                           

133


    Anthony  Kaldellis.  Hellenism  in  Byzantium:  The  Transformations  of  Greek  Identity  and  the  Reception  of  the 

Classical Tradition. –Cambridgeshire: ”Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 38 

134

 Marín Valdés. Plutarco y el arte de la Atenas hegemónica. –Oviedo: ”Universidad de Oviedo”, 2008. –P. 76 



135

  Spawforth  S.  Greece  and  the  Augustan  Cultural  Revolution.  –Cambridgeshire:  “Cambridge  University  Press”, 

2011. –P. 262 

136


 Donald G. Kyle, Sport and Spectacle in the Ancient World.  –London “Wiley Blackwell”, 2015. –P. 321  

137


 Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 7 


68 

Selsus  kutubxonasi  qayta  tiklangandan  so’ng  haykallar  ham  xuddi  o’sha 

tartibda, ko’rinishda o’rnatildi  lekin  ular  asli  emas, haykallarning haqiqiy  nusxasi 

hozirgi  kunda  Venadagi  Efes  muzeyida  saqlanadi.  Kutubxonada  tomosha  qilish 

uchun  keluvchi  sayyohlarning  keti  uzilmaydi  lekin  har  yerda  ham  tartib  bo’lgani 

kabi bu madaniyat yodgorligida ham ertalab soat 8:00 dan kechqurun 19:00 qadar 

sayr qilish mumkin, shu bilan birga bu yerga kirish uchun chipta sotib olish lozim 

bo’ladi. Aytish mumkinki, hozirga qadar hech qachon chiptalar sotilmasdan qolib 

ketmagan.

138


  

Selsus  kutubxonasining  qadri  haqida  so’z  borganda  shularni  ytish  joiz, 

kutubxona  binosining  old  tomoni  2001-2005-yillarda  joriy  qilingan  Turk  pul 

birligining  20  million  lirasini  orqa  tomoniga  va  2005-2009-yilda  qaytadan  joriy 

qilingan  yangi  20  million  liraning  old  qismida  Selsus  kutubxonasining  old 

sahnasining surati tushirilgan.

139

 

Selsus  kutubxonasi  deganda  o’g’ilning  otaga  bo’lgan  hurmatining  yorqin 



ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p 

o’qiganmiz  biroq  Selsus  siymosi  bizga  o’sha  zamonda  ham  yaxshi  odamlar 

bo’lganligini  isbotlab  beradi.  Antik  dunyoda  ko’plab  kutubxonalar  bo’lgan  lekin 

ularning  aksar  qismidan  faqatgina  zodagonlar,  qirol  oilasiga  mansublar 

foydalanishgan  ammo  Selsus  kutubxonasiga  oddiy  xalq  ham  kiraolgan,  balk,  shu 

sabab ham kutubxona haqida hech bir yerda hech qachon salbiy fikr aytilmagandir! 

Konstantinopol–Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324–330 yillarda Konstantin I 

asos solgan va imperator sharafiga “Konstantinopol”–“Konstantin shahri” deb nom 

qoʻyilgan.  330  yilda  Konstantin  I  Rim  imperiyasi  poytaxtini  sharqqa 

Konstantinopolga  koʻchiradi.  Davlat  muassasalari  va  senatning  Rimdan  koʻchirib 

kelinishi  Konstantinopolning  rivojlanishiga  olib  keldi.  Yirik  savdo  yoʻllarining 

kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va 

madaniy  aloqalarni  bogʻlovchi  markazga  aylandi.  IV  salib  yurishi  davri  (1202–

1204)da  salibchilar  tomonidan  talandi.  1204–1261-yillarda  Lotin  imperiyasi 

                                                           

138


  Anthony  Kaldellis.  Hellenism  in  Byzantium:  The  Transformations  of  Greek  Identity  and  the  Reception  of  the 

Classical Tradition. –Cambridgeshire:” Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 39 

139

 https://en.wikipedia.org/wiki/LibraryofCelsus  




69 

poytaxti  etib  belgilandi.  Vizantiya  poytaxti  vayronalar  natijasida  Konstantinopol 

shahridan Nikeya shahriga 1222-yili imperator Jon III Do’kas Vatatzes yoki Dukas 

Vatatzes  ko’chirtiriladi.  1261-yilda  normannlardan  Konstantinopolni  imperator 

Maykl  VIII  Palalogos  tortib  olib  qayta  qo’lga  kiritganidan  so’ng  Konstantinopol 

poytaxt  shahar  deb  qayta  belgilanadi,  shu  bilan  birga,  Konstantinopol  imperial 

kutubxonasi ham Buyuk Konstantinopol saroyiga ko’chiriladi.

140


 1453-yil 29-may 

kunida uni Usmonli turklar imperiyasi egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirdilar. 

Konstantinopol  keyinchalik,  Istanbul  nomi  bilan  1923-yilgacha  Turkiya  poytaxti 

boʻlgan.  

Konstantinopol  Imperial  kutubxonasi.  Vizantiya  imperiyasi  poytaxti 

Konstantinopolda  qadimiy  dunyoning  ulkan  kutubxonalari  qatorida  eng 

oxirgilaridan  Konstantinopol  imperial  kutubxonasi  bo’lgan.  Kutubxona  matnlari 

asosan,  yahudiy-nasroniy  oyatlari  bilan  to’ldirigan  kutubxona  hisoblanadi.

141

 

Buyuk 



Aleksandriya 

kutubxonasining 

va 

boshqa 


qadim 

dunyodagi 

kutubxonalarining  vayron  bo’lganidan  1000  yillar  o’tib  ham  yunonlar  va 

rimlilkarning  olim-u  fuzalolarining  yozgan  asarlari  saqlanib  qolgandi  va  ularni 

yig’ib  bir  joyga  jamlashni  Buyuk  Konstantinopol  amalga  oshirdi.  1204-yildagi 

Salib  yurishlari,  jumladan,  boshqa  urushlar,  yovvoyi  xalqlarning  dam-badam 

Rimga  hujumlari,  tasodifiy  yong’inlar  natijasida  kutubxonaning  ko’pgina 

kitoblariga  ziyon  yetdi  lekin  eng  oxirgi  zarbani  1453-yil  29-may  kuni  Usmonli 

turklar  imperiyasi  Konstantinopol  shahrini  zabt  etgan  kuni  sodir  bo’ldi,  ya’ni  bu 

qadimiy  kutubxonaning  umri  poyoniga  yetdi.  Ana  shu  kunga  qadar  kutubxona 

ko’plab ziyon ko’rgan bo’lsa-da, o’z faoliyatini juda chiroyli davom ettirib kelardi. 

Kutubxona Konstantinus II (337-361) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, uning o’zi 

kutubxona  qurilishiga  doir  loyihani  ishlab  chiqqan  va  xattotlarga  yunon 

adabiyotlaridan nusxa ko’chirishni eng birinchi vazifa qilib qo’ygandi.  

Kutubxona  Konstantin  II  tomonidan  tashkil  etilgan  bo’lsa,  undan  keyingi 

imperatorlar  ham  kutubxonani  rivojlantirishni  o’zlariga  ham  qarz,  ham  farz  deb 

                                                           

140


 Donald Queller. The Fourth Crusade. –London: ”Library”, 2000. –P. 19 

141


 Wilson, Nigel G. The Libraries of the Byzantine World. –Michigan: “Michigan University press”, 2003. –P. 200   


70 

bildilar,  xususan,  imperator  Yulian  (361-363)  Zosimusga  kutubxonaga  kichik 

bo’lsa  ham  homiylik  qilishni  buyruq  qiladi  va  natijada  kutubxona  anchagina 

kengaydi. 

Imperator  Valens  esa,  372-yili  7ta  o’z  ishining  mohir  ustasi  bo’lgan 

xattotlarni  keltiradi.

142

  Xattotlarning  to’rttasi  yunon  va  uchtasi  lotin  tilini 



mukammal  bilgan  xattotlarbo’lgan.  Ular  yunon  adabiyotlarini  ko’chirishdi  va 

hozirgi  kunda  bizga  ma’lum  aksariyat  yunon  klassik  adabiyotlari  vizantiya 

nusxasida Konstantinopol kutubxonasidan ko’chirilgan nusxalar hisoblanadi.

143


  

Konstantinopol  Imperial  kutubxonasi  tarixi. Konstantinopol  kutubxonasining 

ochilish  marosimi  ham  o’tkazilgan  bo’lib,  bu  haqida  Zemestius  o’z  estaliklarida 

yozib qoldirgan va bu  qisqagina  yozuv kutubxonaning  eng bitinchi  matni sifatida 

e’tirof  etiladi,  unda  “Buyuk  Konstantin  muqaddas  kutubxonaning  ochilgan  kuni 

keldi va tantanovor nutq qildi. U ellinistik adabiyotlarni qayta tiklanishini va bunda 

xattotlarga  va  shaxsan  menga  omad  tilab  tabrikladi”,  deyiladi.

144


  Darhaqiqat, 

Qadimgi Yunonistonda yozilgan kalima ham, eng ko’p adabiyotlar ham papirusga 

bitilgandi, lekin vaqtlar o’tgani sayin papirus o’z xususiyatini yo’qota boradi, buni 

bilgan  Buyuk  Konstantin  IV  asr  davomida  papirusga  yozilgan  qo’lyozmalarni 

pergament  qog’ozlarga  ko’chirib,  ularni  saqlab  qolishga  urindi  va  u  birinchi 

navbatda,  muqaddas  kitoblarga  o’z  e’tiborini  qaratdi.  Konstantinning  vorisi 

Konstantin  II  otasining  shunday  ulug’  ishini  davom  ettirdi.  Bu  jarayon 

Konstantinopol  Imperial  kutubxonasidagi  birinchi  chin  ma’nodagi  mustaqil  ish 

bo’ldi. Taxminlarga ko’ra, kutubxonada 100.000 jild matn bo’lgan ekan. Bir qator 

olimlar  esa  kutubxonada  100.000  hajmdagi  kitoblar  bo’lganligini  inkor  etib, 

sababini  quyidagicha  izohlashadi:  qadimgi  zamonda  kitoblarni  yozish,  ularni 

saqlovni ta’minlash va eng muhimi, matnlar yoziladigan xom-ashyoni u qadar ko’p 

bo’lmaganligini izohlab, kinoya tarzida, axir, u Aleksandr kutubxonasi emas-ku!” 

                                                           

142

 Steven Runciman. Byzantine Civilisation.  –London: “Library of Congress”, 1967. –P. 82 



143

  Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси  4–жилд.  –Т.:  “Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси”  Давлат 

илмий нашриёти,   2000. –Б. 499 

144


 Harris, Michael H. History of Libraries of the Western World. Sweden:”Scarecrow Press”, 1999. –P. 159 


71 

deyishadi.

145

 Zemistios ismli shaxs boshchiligida kutubxonaning gullab-yashnashi 



uchun bir guruh xattotlar fidokorona mehnat qilishdi.  

Agaton Konstantinopol Imperial kutubxonasining ilk kitobxoni edi. Keyin esa 

kutubxonachisi  ham  bo’ldi.  680-yilda  qiroatxona-o’quv  zalida  ishladi,  keyinroq, 

toki  monofelit-bid’atchi  degan  tamg’a  bosilgunga  qadar,  Oltinchi  Boshqaruv 

Kengashida  axborotchi-muxbir  vazifasida  ishladi.  U  beshta  patriarxiyaga  o’zi 

yozgan  hujjatlarning  nusxalarini  yubordi.  Shular  orasida,  712-yilda  hali  yunonlar 

mavjud  va  ular  Filipsus  Bardanes  atrofida,  monotelizm  dini  bilan  birlashadilar, 

degan  yozuv  ham  bor  edi.  Konstantinopol  Imperial  kutubxonasi  tarkibida 

papirusga 

yozilgan 

matnlarni 

pergament 

qog’ozlarga 

ko’chirish 

ishi 

kutubxonaning  eng  e’tiborli  va  eng  asosiy,  shu  bilan  birga  juda  ham  katta  vaqt 



sarflangan  ishlari  ro’yxati  sirasiga  kiradi.  Lotin  yozuvi  bilan  shug’ullanadigan 

xattotlar ellinistik davrdagi Gomer asarlariga o’zgacha mehr bilan yondashdilar va 

har bir so’zini, harfini ham  o’zgartirmay,  buzmay  ko’chirishga  intildilar. Ikkinchi 

o’rinda  Sofoklning  asarlariga  e’tibor  berishdi.  Bu  asarlar  Konstantinopol 

kutubxonasidagi  eng  noyob  durdonalar  sanalganligi  uchun  kitoblarni  asrab-

avaylash  Zemistiosga  maxsus  vazifa  sifatida  topshirilgandi.  Qolgan  yunon 

faylasuflarining  ham  qo’lyozmalari  e’tibor  bilan  saqlangan  biroq  qazish  ishlari 

natijasiga  ular  Konstantinopoldan  emas,  Gerkulenuem  shaxsiy  kutubxonasi 

qoldiqlari  orasidan  topildi.  Yana  Konstantinopol  kutubxonasining  eng  e’tiborga 

molik tomoni, papirusdagi matnlar hech bir tilga tarjima qilinmasdan o’sha holida 

yozilgani edi.  

Kutubxona  bunyod  bo’lganidan  boshlab  ko’plab  talofatlar  ko’rdi,  masalan, 

473-yildagi  tasodifiy  yong’inda  120.000  hajmdagi  qo’lyozma  matnning  varoqlari 

kuli  ko’kka  sovurildi.  Yong’indan  so’ng  ayrim  o’ta  darajada  muhim  bo’lgan 

asarlar qayta tiklandi. Chindan ham Zemistios va Konstantiusning urinishlari beiz 

ketmadi,  kitoblardan  juda  ko’plab  kishilar  bahramand  bo’lishdi,  shu  bilan  birga, 

ularning sa’y-harkatlari, kutubxona har gal qanday talofat ko’rmasin qaytadan yana 

                                                           

145

 Fritz Krischen. Die Landmauer von Konstantinopel . –Berlin: ”De Gruyter”, 1938. –S. 105 




72 

uni  imkon  qadar  tiklaganlari  oqibatida  yunon-rim  klassik  adabiyotlarining 

ko’pgina qismlari bizga qadar bus-butun yetib kelgan.  

1204-yil 12-aprel kuni IV Salib yurishida normanlar Konstantinopol shahrini 

vayron  etishganida  kutubxona  ham  anchagina  ziyon  ko’rdi.  Ayrim  manbaalarga 

qaraganda, 

Salib 

yurishlaridan 



keyin 

Salibchilar 

kutubxonaning 

ba’zi 


qo’lyozmalarini boshqa mamlakat qiziquvchlariga pullab yuborgan bo’lishlari ham 

mumkin.


146

  Donald Quellerning qazish ishlari natijasida aniqlagan ma’lumotlariga 

qaraganda,  kutubxona  qo’lyozmalari  Salib  yurishlaridan  avvaloq  yong’inda 

qolgan, omon qolgan kitob, matn va qo’lyozmalar esa, Salibchilar tomonidan yo’q 

qilingan  bo’lishi  kerak,  degan  xulosani  beradi.  Ushbu  ayanchli  bosqinchilik 

yurishlaridan  so’ng  kutubxonani  tiklashga  hech  qanday  harakat  bo’lmaganligini 

ham Donald Queller o’z ocherkida berib o’tadi. Professor Kerlayl Usmonli turklar 

imperiyasining  bosqinidan  keyin  omon  qolgan  matnlarni  Seraglioga  1800-yilda 

yuboradi,  ammo  ular  nechundir  bu  nodir  qo’lyozmalarga  u  qadar  e’tibor 

qilmaydilar.  Faqat  1840-yilga  kelganda  Arximedning  vizantiya  qo’lyozmalari 

o’rganila boshlandi va 1915-yilga kelganda tarjima qilib chop ettiriladi. 1998-yilda 

qaytadan tahrir qilinib nashr ettirildi.

147

 

Konstantinopol 



saroy 

kutubxonasi 

o’zini 

buyuk 


Aleksandriya 

kutubxonasining  vorisi  deb  hisoblagan  va  shu  vajdan  o’zini  har  qachon  g’urur 

bilan tutishga o’rgangan, balki shu sabab, boshiga juda ko’plab fojealar tushsa ham 

qayta-qayta o’zini tiklab olishga intilgan va doim buni uddasidan chiqqandir, toki 

Usmonli  turklar  imperiyasi  qaqshatqich  zarbani  bermaguncha  va  ammo  shunday 

bo’lgan  taqdirda  ham  biz  avlodlarga  arxiv-kutubxonaning  70-80%  kitoblari, 

hujjatlari yetib kelgandir. Bu kutubxonaning o’ziga xos bo’lgan jihati hisoblanadi 

va biz unga “matonatli kutubxona” degan sharafli unvon bergan bo’lardik.  

Papirus  villasi  Rim  imperiyasidagi  eng  hashamatli  uylardan  biri  bo’lgan. 

Ushbu  hashamatli  uydagi  nodir  buyumlarni  olimlar  juda  katta  miqdorda  bo’lgan 

deb  e’tirof  etadilar.  Noyob  buyumlar  orasida  bronzadan  va  marmardan  bo’lgan 

                                                           

146

 Friedrich Schrader. Konstantinopel in Vergangenheit und Gegenwart.  –Deutschland: „Mohr Siebeck”, 1917. –S. 



15 

147


 wikipedia.org/wiki/Imperial Library of Constantinople 


73 

haykaltaroshlik  namunalari,  ajoyib  freskalar,  jumladan,  ko’plab  noyob  asarlar 

jamlanmasi ham bo’lgani taxmin qilinadi. 

Kutubxona  qadimgi  Erkolano,  hozirgi  janubiy  Italiyadagi  hududda 

joylashgan.  Bu  yerdan  Vezuviy  vulqoni  joyi  shundoq  ko’rinib  turgan  lekin  bu 

yerdan  dengizni  ko’rishni  sira  ham  iloji  bo’lmagan,  bunga  yana  o’sha  Vezuviy 

vulqoni  sabab  edi.  Villa  Yuliy  Sezarning  qaynotasi  Lusius  Kalpurnius  Piso 

Kaesoninusga tegishli bo’lgan bo’lishi kerak, degan taxminlar ham bor.  

Gerkulenuem  milodiy  79-yildagi  Vezuviydagi  portlashdan  so’ng  30m  kul 

ostida  qoladi.  1750-1760-yillardagi  Burbon  qirollik  oilasidan  bo’lgan  Karl  Veber 

tomonidan  tasodifiy  qazish  ishlari  olib  borilgunicha  kutubxona  kul  ostida  qoladi. 

Qazish ishlari nixoyasiga yetgandagina bu joy, u yerdagi topilmalarning bari antik 

davrga tegishli ekanligi aniqlanadi, shuningdek, eng muhimi, bu yerda shaxsiy shu 

bilan  birga  anchagina  salmoqli  qo’lyozma,  kitoblar,  bir  so’z  bilan  aytganda, 

kutubxona bo’lganligi “kashf etiladi”. Buyumlar orasida, bu hashamatli dargohdan 

1.800  papirusga  yozilgan  qo’yozmalar  eng  noyob  va  eng  ajoyib  topilma 

hisoblanadi, biroq aksar topilmalar vulqon natijasidagi karbonad angidrid gazidan 

anchagina  zararlanganligidan  anchayin  achinarli  ahvolda  edi,  hamda  barcha 

narsalar  qop-qora  rangda  qazib  olingan,  ularni  qora  kuyalardan  tozalashga  ham 

obdon  vaqt  sarflangan  va  qazish  ishlari  so’nggida  Villaga  Veber  tomonidan 

“Gerkulenuem papiruslari” degan shartli nom qo’yilgan. Topilmalar Neapol Milliy 

Arxeologiya muzeyiga topshirilgan va hozirda u yerga aynan ana shu papiruslarni 

ko’rish uchun ko’plab qiziquvchilar kelishadi. 

Papirus  villasi  tavsifi.  Villa  Neapol  ko’rfazida  joylashgan  bo’lib,  unga  eng 

yaqin  uy  100m  uzoqlikda  joylashgan  bo’lib,  ko’rfazdan  250m  uzoqlikda  bunyod 

qilingan  edi.  Villa  to’la  bog’  bilan    atrofi  o’ralgan  bo’lib,  o’rtasida  usti  yopiq 

shiyponi bor edi, villa pastrog’ida mazali uzumzor, undan u yog’i katta o’rmonga 

ulanib  ketgan.  So’nggi  tadqiqot  natijalariga  ko’ra,  antik  davrdagi  uylar,  asosan, 

ko’rfaz  yaqinidagi  uylar  dengiz  sathidan  16m  balandlikda  qurilgan,  villa  ham 

xuddi  shu  yo’sinda  bunyod  qilingan  bo’lib,  asosiy  yashash  qavati  shunday 

balandlikda qurilgan edi.  



74 

Villaning  qurilish  rejasi  puxta  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  Pompey  atrofida  bu 

kabi mukammal sxemali inshoot ko’rmaganligini o’z esdaligida qayd etib o’tgan.   

Kirish  zali  atrium  uslubida-qadimiy  Rim  uylarida  ochiq-yopiq  kirish  zali 

qurish an’ana tusiga kirgan edi. Bu haqida rim arxitektori Vitruviyning arxitektura 

haqidagi  asarida  batafsil  ma’lumotlar  berilgan.  Villada  basseyn-hovuz  bo’lib, 

uning atrofi 10ta ustun bilan o’ralgan, shu bilan birga, har bir ustunning o’z tomi 

bor edi. Bu tomlar muhofaza maqsadida o’rnatilgandi.  

Villa tashqarisida aholining dam olishi, uchun kichik bir, oddiygina usti yopiq 

shiyponcha ham qilingan bo’lib, u yerda ham bir noma’lum byust o’rnatilgan edi. 

Shiyponchaning  o’ng  yonida  kichik  bir  hovuzcha  bo’lgani  qazish  ishlari  va  bino 

loyihasidagi chizmalardan aniq bo’ldi. 

Villadagi  kutubxona  binoning  o’ng  qanotida  joylashgan  bo’lib,  uning  binosi 

villadan  alohida  holda  qurilgan  edi.  Xonadagi  kitoblar  oddiygina  javonlarga 

joylangan  va  asosan,  hozirda  biz  foydalanadigan  kutubxonalarmizga  juda  ham 

o’xshash  bo’lgan.  Lekin  papiruslar  yo’g’och  qutilar  ichida  saqlangan. 

Kutubxonada marmar va bronzadan bo’lgan haykalchalar ham bo’lgan bo’lib, ular 

kutubxonaning  fayziga  fayz  qo’shgan  deyish  mumkin.  Xona  harorati  me’yorda 

ushlab turilishi uchun xona derazalari maxsus ustalar tomonidan maxsus buyurtma 

asosida tayyorlangan va hovlidagi daraxtlar ham shu maqsadda ekilgan. 

Hashamatli  Villada  san’at  asarlari  to’lib  yotardi,  ayniqsa,  ulardan  eng 

diqqatga  sazovori,  bronzadan  yasalgan  haykalchalar  edi,  bu  haykalchalr  nafaqat 

bugungi kun odamlarini, balki, o’sha paytlarda ham hammaning havasini keltirgani 

kutubxonada  saqlangan  bir  papirus  matnida  ham  keltirilgan.  Umuman,  turli 

materiallardan  bo’lgan  haykaltaroshlik  namunalari  80dan  ortiq  bo’lib,  ular  ayni 

kunda  Neapol  Milliy  Arxeologiya  muzeyida  nodir  buyumlar  sifatida  saqlanadi. 

Haykallar ichida eng ajabtovuri 1758-yili topilgan Germesning o’tirgan holatidagi 

haykali  hisoblanadi.  Yana  bir  haykal  Satirusning  ko’zachada  suv  quyib  turgani, 

boshqasida  Delfin  og’zidan  Amorini  suv  olayotgani,  yana  11ta  bronza  haykalda 

esa,  turli  xildagi  favvoralar  haykalchalari,  marmardan  bo’lgan  haykalchada  esa 




75 

raqs  tushayotgan  ayol  tasvirlangan  edi.  Bu  haykallar  villa  ichidan  topilgan  bo’lsa 

qolganlari devorlar atrofidan topilgan. 

Uy  egasi,  Kalpurnius  Piso  asosan,  falsafiy  harakterdagi  kutubxona  tashkil 

etishni  maqsad  qilib  olgandi.  Kutubxona  Pisoning  do’sti  epikurizm  ta’limotidagi 

Filodemus  tomonidan  Pisoga  ko’plab  maslahat  va  yordam  berishi  natijasida  bino 

bo’lgan.  Bu  kutubxonada  Filodemusning  Gadara  asari  ham  saqlangan.  Filodemus 

Epikur ta’limotidagi faylasuf va shoir. U Sidon Zenoda, keyin Afinada, Rimda va 

keyin Gerkulenium-Papirus villasida faoliyat olib borgan. Uning yunon Derlemasi 

asarining  bir  nusxasi  saqlanib  qolgan,  lekin  XVIII  asrda  papirus  o’ramlarda 

Villadan Filodemusga tegishli asarlar ko’plab topilgan. Uning asarlarini o’rganish 

hamon  davom  etmoqda,  sababi,  u  yozgan  asarlar  juda  murakkab.  Filodemus 

asarlari  asosan,  axloq,  ilohiyot,  retorik,  musiqa,  she’r,  tarix  va  falsafiy  maktablar 

haqida yozilgan. Uning asari to’g’rida Sitseron ham aytib o’tgan. 

1765-yilda  Villadagi  qazish  ishlari  mahalliy  aholining  shikoyati  orqasidan 

to’xtatishga majbur bo’lingan. Arznomaga sabab qilib aholi, kuchli shovqin-suron, 

asbob-uskunalarni  ishlatishdagi  yoqimsiz  holatlarni  keltirishadi  va  ularning 

iltimoalari  inobatga  olinib  tadqiqot  to’xtatiladi.  Shu  bilan  villa  haqida  unutildi. 

1980-yilda yana qayta kutubxonaga qiziqish uyg’ondi. 1986-yilgacha villaga kirish 

yo’lini  topolmay  ko’p  sargardon  bo’lishdi.  Va  nixoyat,  1765-yilgi  ma’lumotlarni 

topib astoydil o’rganilishi natijasida Villaga tunnel orqali kirishni aniqlashdi. Villa 

kirish  yo’llari  qaytadan  tozalandi.  1990-yilga  kelganda  qazish  ishlari  jadallashib 

ketdi.  XVIII  asrda  aniqlay  olinmagan  ma’lumotlar  ham  oshkor  bo’la  boshladi. 

Binodan  4m  balandlikdan  ajoyib  freska  namunalari,  shu  bilan  birga,  dengizga 

chiqadigan  yo’l,  ustunlarda  esa  to’rtburchak  teshiklar  borligi  aniqlandi.  Qazish 

ishlari  2007-yilga  qadar  uzluksiz  davom  etdi.  2008-yili  2.800m²  maydon  Villaga 

tegishli deb, Italiya hukumati e’lon qildi va davlat muhofazasiga olindi, bu haqida 

David Vudley Pakkard o’z maqolasida bildirib ketgan, maqola Pakkard Gumanitar 

instituti tomonidan nashr etilgan. Pakkard Gumanitar instituti mutasaddilari David 

Vudley  Pakkardning  maqolasidan  keyin  hukumatdan  2008-yilning  o’zida  Villa 

qazish ishlarini qaytadan yana bir bor olib borish, so’nggi xulosalarni yozib, ishni 



76 

o’z  nixoyasiga  yetkazish  uchun  moliyaviy  ko’mak  so’rashadi.  Lekin  2012-yilga 

qadar  hukumat  ko’p  narsalarni  ro’kach  qilib  yordam  berishdan  bosh  tortib  keldi. 

Oxiri, 2012-yili multi-spektral ko’rish apparati olib kelish uchun mablag’ ajratildi. 

U papiruslarni o’qishda infraqizil nur yordamida o’qishga yordam berardi. Va shu 

vaqtga  qadar  taxminan  o’qib  yurilgan  qop-qora  matnlar  endilikda  90%  o’qilishi 

osonlashib, siyohni qora kuyadan ajratish imkonini berdi. Ammo shuni ham aytish 

mumkinki,  oxirgi  texnologiyalar  olib  kelingan  bo’lsa-da,  papiruslarni  haligacha 

to’liq  o’rganib  chiqishmagan,  buning  imkoni  ham  yo’q.  Sababi,  multi-spektral 

ko’rish  apparati  o’zidan  zararli  nur  chiqaradi  va  o’rganayotgan  tadqiqotchining 

hayotiga  anchagina  zararli  hisoblanadi,  undan  tashqari,  ko’p  yillar  25-30m  kul 

ichida  yotgan  papiruslar  ham  mo’rtlashib  qolgani  bois,  maxsus  tayyorgarliklarsiz 

ular bilan ishlab bo’lmaydi.

148


  

Villadagi  hujjatlarni  rasmiy  ro’yxatga  olish  1826-yili  boshlangan  edi.  Unda 

970ta o’ramda hujjat bo’lib, 340dan ortig’i kuchli portlash oqibatida deyarli kulga 

aylangan,  500tasiga  esa  shunchaki  ziyon  yetgan  deb  hujjatlar  rasmiylashtirilgan 

edi.  1855-yili  qayta  bu  yerdagi  papirus  o’ramlar  rasman  ro’yxatga  olinishi 

boshlani,  unda  1.756ta  o’ramda  papirus  va  uning  bo’laklari  mavjud  bo’lsa, 

shundan o’qish mumkin bo’lgani 1.814tani tashkil qiladi deb hujjatlashtirilgan.

149


 

Gerkulenuemdagi  tajribalar  1802-yili  Neapol  qiroli  Ferdinand  IV  6ta 

o’ramdagi papirusni Napoleon Bonapartga sovg’a qilib diplomatik muzokara taklif 

qiladi,  Bonapart  taklifga  rozi  bo’ldi.  1803-yili  Franchesko  Karelli  tomonidan 

boshqa  sovg’alar  bilan  papiruslar  ham  tashib  ketiladi.  Napoleon  ular  keltirilgach 

barini Fransiya institutiga Gaspar Monge va Vivant Denonlarni hujjatlarga mas’ul 

qilgan holatda topshirdi.  

1810-yili  18  ta  papirus  qog’ozlarini  Jorj  IV  yoyib  o’qidi  va  ulardan  4  tasi 

Bodleian  kutubxonasiga  tuxfa  qildi.  Qolgan  qismini  barchasini  Britaniya 

kutubxonasiga eltib berdi.  

                                                           

148


 Maiuri, Amedeo. Herculaneum and the Villa of the Papyri. –Italy: ”Carthusia Edizioni”, 1974. –P. 35–39 

149


 Hornblower, Simon and Antony Spawforth. The Popularity of Epicureanism in Late–Republic Roman Society. –

New York: ”Oxford Classical Dictionary”, 1996. –P. 3 

 



77 

XVIII asrda Abbot Piaggio papiruslardan nusxa ko’chiradigan mashina ixtiro 

qildi  va  imkon  qadar  jadallik  bilan  o’z  ishini  boshladi.  1802-yili  ,  Neapol  qiroli 

Ferdinand  IVning  buyrug’I  asosida  Jon  Hayter  ushbu  jarayonga  jalb  etildi. 1802-

1806-yillar  oralig’ida  Hayter  va  Abbot  200  taga  yaqin  papiruslarni  qisman 

o’qishga  muvaffaq  bo’lishdi.  Kashf  qilingan  uskuna  siyohni  kuldan  ajratishga 

ozgina  yordam  berardi,  xolos.  Shu  uchun  ish  juda  sekin  va  tadqiqotchilarning 

o’zlarida  ham  to’liq ishonch bo’lmagan holatda o’rganildi. Bu  tajribalar  Bodleian 

kutubxonasiga  topshirilgan  va  “Oksford  Faksimilesning  Gerkulaneum  papirusi” 

nomli bo’limida saqlanadi.  

1816-yil yanvar oyiga kelganda Per-Klaud Molard va Roul Rozettelar Abbot 

Piaggioning mashinasida qaytadan papiruslarni tahrir qilishga kirishadilar. Hamma 

tadqiqotlar juda yaxshi o’tadi ammo oxirgi kuni butun boshli tajriba yonib ketadi, 

buning sababi, hozirga qadar noma’lum.  

1877-yili  papiruslar  Luvrga  keltirildi  va  yana  bir  bor  ularni  o’rganishga 

urinishdi. Ammo bus safar ham urinishlar besamar ketdi.  

XX asrning o’rtalariga kelganda, o’ramlarning 585tasi to’liq o’qilgan, 209tasi 

qisman o’rganilgan, 200tasini o’qishni imkoni yo’q deb topilgan va 150tasi nashr 

qilingan edi.  

Saqlanib  qolgan  qo’lyozmalarning  asosiy  qismi  Neapol  Milliy  Arxeologiya 

muzeyida joylashgan.  

 1969-yili  Marselo  Gigante  “Gerkulenuem  papiruslarini  o’rganish  xalqaro 

markazi”ga  asos  soldi.  Bu  markazda  Papirus  Villasiga  doir  ishlar  qaytadan  ish 

boshladi va tez orada kata yutuqlarga erisha boshladi, xususan, 300 ta matnni to’liq 

o’qishga erishildi.  

1999-yili  bir  nechta  spektral  tasvirlash  (MSI)  metodlari  qo’llanildi,  2011-yil 

4-iyul  kunida  esa  olimlar  Papirus  villasini  o’rganishdagi  o’zimizni  oldimizga 

maqsad  qilib  olgan  vazifamiz  to’laligicha  bajarildi,  deb  butun  dunyoga  e’lon 

qilishdi. 

2007-yildan boshlab Papirologiya Instituti olimlari Kentukkida eksponatlarni 

o’rganish bo’yicha ish boshladilar. 



78 

2009-yili  Fransiya  Instituti  bilan  birgalikda  papiruslarni  X-ray  micro-

komputer  tomografiya  (mikro-KT)dan  o’tkazilib,  papiruslarni  o’zini  o’rgandilar. 

Va  shu  paytga  qadar  ularni  chirimay  saqlanib  qolishligiga  papiruslarni  uglerodga 

to’yintirilgani aniqlandi.  

2015-yilga  kelganda  Milliy  tadqiqot  kengashi  institutining  Mikroelektronika 

va  Mikrosistemalar  mutaxassisi  doktor  Vito  Mosella  boshchiligidagi  bir  guruh 

(CNR-IMM) olimlar  X-ray  bosqich-kontrast tomografiya  (XPCT  )ni kashf  etdilar 

va  buni  papiruslarda  sinovdan  o’tkazdilar.  Bu  tajribada  papirusdagi  sirli  yozuvlar 

borligi aniqlanishi asosiy maqsadi edi va tajriba muvafqqiyatli o’tdi.

150

 

Papirus  villasi  yoki  Gerkulenium  arxiv-kutubxonasi,  bu  ko’hna  dunyo 



kutubxonalari  ichida  o’zining  nazokati  bilan  nom  chiqargan  kutubxona  deyish 

mumkin,  o’zida  juda  ham  ko’plab  hujjatlarni  jamlagan  ushbu  arxiv-kutubxona 

Yuliy  Sezarning  qaynotasi  tomonidan  rejalashtirilib,  qurilgan  kutubxona 

hisoblanadi.  Kutubxonaning  o’ziga  xos  muhim  jihati  shundaki,  kutubxonada 

faqatgina hujjatlar, kitoblar bo’lmagan balki, noyob buyumlar ham o’rin olgan va 

asosan, olimlarning muzokaralaridan iborat bo’lgan bo’limlar ham mavjud va yana 

pairusdangina tshkil topgan jahondagi yagona kutubxona hisoblanadi.  

                                                           

150

  Bukreeva  I.  Enhanced  X–ray–phase–contrast–tomography  brings  new  clarity  to  the  2000–year–old  ‘voice’  of 



Epicurean philosopher Philodemus. –Italia:”AWD Group”, 2016. –P. 40–45 


79 

XULOSA 

 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  “Jahonning  ilk  arxiv-kutubxonalari  tashkil 



topishi  va  rivojlanish  tarixi”  deb  nomlanadi.  Bu  mavzu  bo’yicha  o’zbek  tilida 

hozirga  qadar  hech  qanday  ilmiy  ish  qilinmagan  va  arxivshunoslik  yo’nalishida 

o’qiyotgan  talabalar  eng  qadimgi  dunyo  tarixi  arxivlari,  kutubxonalari,  hujjatlari, 

yozma  manbaalarini  o’rganishda,  seminar  mavzulariga  tayyorlanish  jarayonlarida 

bir  muncha  qiyinchiliklarga  duch  kelardi,  aynan  shu  masalani  ozgina  bo’lsa-da 

ijobiy  tomonga  o’zgartirish  maqsadida  ushbu  mavzuni  tanladik  hamda  uzoq 

izlanishlarimiz natijasida xorijiy manbalarda eng qadimgi dunyo kutubxonalaridan 

tortib    arxiv  manbalarigacha  ko’plab  ilmiy  izlanishlar,  tadqiqotlar,  arxeologik 

qazish  ishlari  olib  borilgani  va  juda  ham  ko’plab  ilmiy  kitoblar,  maqolalar  chop 

ettirilganini  ko’rdik.  Xususan,  Oshshurbanipal  saroy  kutubxonasi  haqidagi 

izlanishlar  hamon  davom  etmoqda  va  aytish  mumkinki,  oxirgi  100  yil  ichida 

tadqiqotchilar bu matnlar ichidan juda ajoyib bo’lgan yangidan yangi ma’lumotlar 

topaveradilar,  sababi  kutubxona  fondi  katta  bo’lish  bilan  birga  juda  murakkab, 

qiziqarli va zavqli. Ishonamanki, nafaqat xorijliklar balki, Markaziy Osiyodan ham 

olimlar borib matnlar ustada tadqiqotlar olib borib ijobiy natijalarga erishadilar. 

  Xattusa  saroy  kutubxonasidagi  hujjatlarning  bus-butun  saqlangani  ham 

mo’jizaning  o’zi  deb  olimlar  qayd  etib  o’tgani  bejiz  emas,  axir  ana  shu  matnlar 

orqali  biz  necha  zamonlar  yo’qlik  qa’riga  singgan  buyuk  sulola  haqida  to’liq 

ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim, 

bu  podshohlik  haqida  qanchalik  ko’p  ma’lumot  bo’lmasin,  nechundir  uni 

o’rganuvchilar  soni  u  qadar  ko’p  emas.  Umid  qilamizki,  bu  arxiv  kutubxona 

faoliyatiga  doir  kitoblar  ham  yaqin  kunlarda  nashr  ettiriadi  va  o’z  o’quvchilari 

topadi.  

Buyuk  Aleksandriya  kutubxonasi,  bu  kutubxona  hozirgi  zamonaviy 

kutubxonalarimizning  ishlash  jarayoniga  o’zining  tuganmas  tajribalarini  qoldirib 

ketgan  “Oqsoqol  kutubxona”  hisoblanadi,  kutubxona  yo’qlikka  singgan  deb 

o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda 

biz  u  haqida  bilaolarmidik,  to’g’ri  uning  qay  ko’rinishda  bo’lgaligi  haqida 




80 

faqatgina  olimlarning  yozma  adabiyotlaridangina  bilib  olamiz,  biroq  ana  shuning 

o’ziyoq  zamonamizning  kutubxonalari  uchun  tamal  toshi  emasmi?!  Hamma  ham 

xato  qiladi,  hattoki  biz  sevgan  insonlar  ham,  arxiv-kutubxonani  o’rganish 

jarayonida  uning  bir  marta  qilgan  xatosi,  o’zi  kabi  faoliyat  yuritayotgan 

kutubxonani ish jarayonini to’xtatishga bo’lgan harakati uni noaniqliklar ichra olib 

ketgan  degan  xulosaga  keldik  lekin  baribir  u  antik  davrdagi  eng  ulkan  arxiv-

kutubxonadir. 

Ko’hna  dunyo  arxiv-kutubxonalari  ichida  ikkinchi  o’rinda  turgan  ushbu 

kutubxona  “Dunyo  marvaridi”  degan  nom  bilan  turadi.  Pergamon  kutubxonasi 

oddiygina  bir  uyda  tshkil  etilib,  ulkan  inshootga  ko’chirilib  ish  faoliyatini  o’sha 

yerda muvaffaqiyatli davom ettirgani tahsinlarga sazovor va hatto dushmanlar har 

yo’l bilan uni to’xtatmoqchi bo’lganlaridan ham oqillak ila yo’l topa olgani va shu 

kashfiyotining  o’zi  uni  dunyo  sahnasida  o’ziga  munosib  o’rin  yaratib  olganidan 

dalolat desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Antioxiya  saroy  kutubxonasihaqida  Kostantin  Orientis so’zlariga  qaraganda, 

kutubxona  ham,  muzey  ham  507-yil  iyul  oyida  Tiberiy  davrida  yer  yuzidan 

shupurib  tashlandi.

151

  Lekin  kutubxona  faoliyati  va  undagi  saqalangan  hujjatlar 



haqida  ma’lumotlar  bizning  davrimizga  qadar  saqlanib  qoldi.  Bundan  tashqari 

ushbu kutubxona-arxiv xazinasi  keyinchalik  yuzaga  kelgan  ko’plab kutubxona va 

arxivlar  uchun  ham  ma’lumot  manbai  bo’lib  hizmat  qildi  va  o’z  o’rnida  aytish 

kerakki,  har  bir  kutubxona  faoliyati  jarayonida  o’zdan  yorqin  bir  iz  qoldirib 

ketgani sababli ham ayni kunda biz ularning tarixini o’rganmoqdamiz. 

Selsus  kutubxonasi  deganda  o’g’ilning  otaga  bo’lgan  hurmatining  yorqin 

ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p 

o’qiganmiz  biroq  Selsus  siymosi  bizga  o’sha  zamonda  ham  yaxshi  odamlar 

bo’lganligini  isbotlab  beradi.  Antik  dunyoda  ko’plab  kutubxonalar  bo’lgan  lekin 

ularning  aksar  qismidan  faqatgina  zodagonlar,  qirol  oilasiga  mansublar 

                                                           

151


 Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55 

 



81 

foydalanishgan ammo Selsus kutubxonasiga oddiy xalq ham  kiraolgan, shu sabab 

ham Selsus kutubxonasini o’rganuvchilar u haqida doim ijobiy fikr bildiradilar. 

“Matonatning  yorqin  ifodasi”  biz  ushbu  kutubxona  faoliyatini  o’rganish 

jarayonida  shu  xulosaga  keldik.  Konstantinopol  saroy  kutubxonasi  o’zini  buyuk 

Aleksandriya  kutubxonasining  vorisi  deb  hisoblagan  va  shu  vajdan  o’zini  har 

qachon  g’urur  bilan  tutishga  o’rgangan,  balki  shu  sabab,  boshiga  juda  ko’plab 

fojealar  tushsa  ham  qayta-qayta  o’zini  tiklab  olishga  intilgan  va  doim  buni 

uddasidan  chiqqandir,  toki  Usmonli  turklar  imperiyasi  qaqshatqich  zarbani 

bermaguncha  va  ammo  shunday  bo’lgan  taqdirda  ham  biz  avlodlarga  arxiv-

kutubxonaning 70-80% kitoblari, hujjatlari yetib kelgandir. 

Papirus  villasi  yoki  Gerkulenium  arxiv-kutubxonasi,  bu  ko’hna  dunyo 

kutubxonalari  ichida  o’zining  nozikligi,  nafosati  bilan  nom  chiqargan  kutubxona 

deyish  mumkin,  o’zida  juda  ham  ko’plab  hujjatlarni  jamlagan  ushbu  arxiv-

kutubxona  Yuliy  Sezarning  qaynotasi  tomonidan  rejalashtirilib,  qurilgan 

kutubxona  hisoblanadi.  Kutubxona  faoliyatidan  shu  narsa  ma’lum  boldiki, 

kutubxona nafaqat o’qish zali, balki, ruhan dam olish, orom olish maskani hamdir, 

buni Papirus villasi misolida yuqorida ko’rib o’tdik.  

 Bu  maqola  yoki  kitobni  o’rganish  jarayonida  ulardagi  manbalarning, 

xulosalarning  ham  turli-tuman  ekanligiga  guvoh  bo’ldik.  Ularning  ayrimlarini 

ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  ham  keltirib  o’tdik,  umuman  olganda  ushbu 

tadqiqotni yozish jarayonida  juda ham ko’p narsalarni o’rgandik deb ayta olaman 

va aytish mumkinki, har bir kutubxonaning o’zga xos bo’lgan ijobiy xususiyatlari, 

olimlarning ish faoliyati jarayoni va ulardagi farqlarni ham ko’rdik.  

Ushbu bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi takliflarni berish mumkin: 

1. Jahondagi  ilk  arxiv-kutubxonalar  faoliyatini  yanada  chuqurroq  o’rganib 

zamonamiz arxiv-kutubxonalariga ham tadbiq etish

2. Ilk  arxiv-kutubxonalar  faoliyatiga  doir  tadqiqotlarni  yanada  kengroq 

o’rganish; 



82 

3. Dunyodagi  dastlabki hujjatgohlarning xorij  mamlakatlarida  chop  ettirilgan 

maqola,  kitoblar,  fikr-mulohazalarni  o’rganib,  solishtirish  va  uni  talabalarga  ham 

e’lon qilishni taklif etamiz. 




83 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish