Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk


 Misr hududidagi ilk kutubxonalar – Tell-el Amarna va Aleksandriya



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.05.2021
Hajmi0,89 Mb.
#65002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahondagi ilk arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish yonalishlari

1.2. Misr hududidagi ilk kutubxonalar – Tell-el Amarna va Aleksandriya 

kutubxonalari faoliyati va inqirozi sabablari 

 

Qadimgi  Misr  deb  Nil  daryosining  birinchi  ostonasidan  boshlab  keng  Nil 



deltasini  hosil  qilgan  tor  Nil  vodiysiga  (kengligi  1kmdan  20km.  gacha)  aytiladi. 

Tor  Nil  vodiysi  Yuqori  Misr,  deltaning  quyi  qismidagi  viloyat  Quyi  Misr  deb 

atalgan. (“Yegipet” nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha “Xetkau-Ptax” 

yoki  Xikupta  “Xudo  Ptaxning  ruhi  qal’asi”  ma’nosini  bildiradigan  so’zdan  kelib 

chiqqan).  Misrliklar  o’z  mamlakatlarini  Nil  vodiysining  haydalgan  qora  tuproqli 

yeriga qarab Kemet-“qora yer” deb ataganlar.

43

 

Misr Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo’yni 



orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog’langan. Misr Nil daryosi 

orqali Tropik Afrika va O’rtayer dengiziga tutashgan. 

Gerodot  “Misr-Nilning sovg’asi”-deya  ta’riflaydi.

44

  Chunki  Nil daryosi  Misr 



iqtisodiy  hayotida  yetakchi  o’rin  tutgan.  Nilda  har  yili  19-iyunda  toshqin 

ko’tarilgan.  Bu  toshqin  sentabr  o’rtalarigacha  davom  etgan.  Noyabrda  daryo  o’z 

o’zaniga tushgan. 

                                                           

43

 Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.15 



44

 Murray S. A. The library: Alexandria. –New York: ”Skyhorse Publishing”, 2009.  –P. 17 




33 

Misr madaniyati. Misr madaniyati to’rt ming yil davomida shakllandi.

45

 Misr 


arxivlari  huquqiy,  ish  yuritish  hujjatlaridan  tashkil  topgan.  Eng  qadimgi  arxiv 

podsho  Neferikara  ibodatxonasida  (V  sulolasi  mil.  avv  XXV-XXIV  asrlar) 

topilgan.

46

 



Qadimgi  Misrdan  boy  adabiy  meros  yetib  kelgan.  Misr  adabiyoti 

namunalaridan  nasihatnoma  va  bashoratlar-“Axtoy  nasihatnomasi”,  “Amenemope 

nasihatnomasi”,  “Ipuser  so’zlari”,  badiiy  adabiyot  namunalari-“So’zamol  dehqon 

to’g’risidagi qissa”, “Sinuxet hikoyalari” va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar-

“Ikki  aka-uka  to’g’risida”,  “To’g’ri  va  egri”  haqida,  “Kemada  halokatga 

uchraganlar”  ertagi,  “Unu  Amonning  Biblga  sayohati”  kabilar.  Diniy  ruhdagi 

asarlar-V-VIII  sulola  fir’avnlari  piramidalari  ichki  devorlarida  iyerogliflar  bilan 

tasvirlangan  yodgorliklar  bo’lib,  ular  “Piramida  matnlari”  deb  ataladi.  Diniy 

yozuvlarlar O’rta podsholik davrida zodagonlarning yog’och sag’analarida bitilgan 

“Sarkofaglar  matnlari”,  qadimgi  Misr  diniy  bosh  kitobi  hisoblangan  “O’liklar 

kitobi”,  Memfis  ilohiyotshunoslik  matnlaridan  iborat.  Tibbiyot,  matematika 

papiruslari. Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda 

ilmiy bilimlarni rivojlangani to’g’risida ma’lumot beradi.

47

 



Aleksandriya  kutubxonasi.  Aleksandriya  Saroy  kutubxonasi  qadimgi 

dunyodagi eng katta kutubxonalar ichida birinchilardan hisoblanadi. Bu kutubxona 

muzalar-9ta  ma’budalar  sharafiga  bunyod  ettirilgan.

48

  Misr  O’rta  yer  dengizi 



qirg’og’ida joylashgan bo’lib, uning so’lim shaharlaridan biri Aleksandriya shahri 

edi  va  bu shahar o’zining  yirik  kutubxonasi va  madaniyat  markazi bilan  mashhur 

bo’lgan.  Kutubxona  Buyuk  Aleksandr  Makedonskiy  tomonidan  tashkil  etilgan, 

undan  so’ng  esa  voris  bo’lib  (Ptolemey  I  Soter  o’zini  voris  deb  hisoblardi) 

Ptolemey I Soter kutubxonani boyitishga, saqlab qolishga harakat qildi.  Bu buyuk 

dargoh  Ptolomey  sulolasi  davrida  gullab-yashnagan  va  o’zining  eng  yuqori 

cho’qqisiga  chiqgan.  Bu  yer  kutubxona  bo’lsa  ham  aslida,  juda  ham  katta  ilmiy-

                                                           

45

 Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.12 



46

 Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 17 

47

 MacLeod, Roy. The Library of Alexandria: Center of Learning in the Ancient World. –New York: “University of 



Cambridge Press”,2005. –P. 17 

48

  Erksine,  Andrew.  Culture  and  Power  in  Ptolemaic  Egypt:  The  Museum  and  Library  of  Alexandria.  –  London: 



”Oak Knoll Press”, 1995. –P. 38 


34 

tadqiqot markazi edi va uning bir qismi Aleksandriya muzeyi edi. Shu bilan birga, 

dunyoning  eng  mashhur  mutafakkirlari  to’plangan,  o’zaro  suhbatlar  qilgan, 

ma’ruza xonalarida talabalarga ma’ruzalar o’qiganlar.

49

 Ha, edi… Kutubxonaning 



taqdiri  ko’plab  gumonlar  ostida  qolgan,  ya’ni  shunday  mahobatli  kutubxona  qay 

yo’sinda yo’qlikka mahkum bo’lgani hamon sir bo’lib qolmoqda. Keling, yaxshisi, 

eng  birinchi, kutubxona  yo’qolishiga  emas, uni  qanday  qilib shu  qadar  cho’qqiga 

chiqqani to’g’risida fikr yuritsak. 

Buyuk  Aleksandr  vafotidan  so’ng  kutubxona  qarovsiz  qoldi,  unga 

jonkuydiradigan  o’sha  vaqtlarda  faqatgina  Arastu  bo’ldi,  uning  ko’plab  yelib-

yugurishlari  natijasida  kutubxona  saqlanib  qolindi,  endigi  vazifa  to’plamlarni 

ko’paytirish,  yig’ish  edi,  bu  yo’lda  unga  shogirdi  Dimitriy  Falerus  yaqindan 

yordam berdi.

50

 Boshqa bir manbada kutubxona tarixi haqida Rimda  yashagan va 



o’sha  yerda  o’z  faoliyatini  olib  borgan  Tiberius  Klavdiy  Balbilusning  (taxminan 

milodiy  79-yil)  lotin  yozuvida  yozilgan  “Aleksandriya  kutubxonasi”  nomli 

hisobotida  yozib  qoldirgan  manbasi  juda  ham  qadrli  va  muhim.  Bu  kitob 

afsonalarga qorishtirib yozilgan bo’lsa ham, ammo aslida, Misr hukmdoriga yaxshi 

ko’rinish uchun bitilgan asar hisoblanadi. 

Aristesning  xatidan  ma’lum  bo’lishicha,  kutubxonani  dastlab  Aleksandr 

Makedonskiy  barpo  qilgan  vafotidan  so’ng  taxminan,  mil.  avv  180-145-yillarda 

Faleron Dimitriy tomonidan kutubxona faoliyatini yuritgan. Undan keyin Ptolemey 

I  Soter  (taxm.  mil.  avv  323-283  )  hukmronligi  ostida  Arastu  kutubxonaga  bosh-

qosh  bo’ladi.  Boshqa  ayrim  manbalarda  Ptolemey  I  Soterning  o’g’li  Ptolemey  II 

(mil.  avv  283-246  )  davrida  kutubxona  o’z  faoliyatini  boshidan  boshlagan  degan 

fikr  bor.  Qirollik  madaniyatini  yuksaltirish  uchun  Ptolemey  II  Rodos  va  Afina 

shaharlarini  mas’ul  qilib  qo’yadi,  bu  haqida  Galen  o’z  asarlarida  ham  keltiradi, 

“o’zga  mamlakatlardan  olib  kelingan  kitoblarning  bari  portdagi  kemalarga 

to’planardi,  ularni  olib  kelib  kutubxona  ro’yxatidan  o’tkazish  Rodos  va  Afina 

shaharlariga Ptolemey II tomonidan topshirilgandi” degan yozuvlar mavjud. 

                                                           

49

 Staff Report. What happened to the great Library of Alexandria? Berlin: “The Straight Dope”, 2005. –P. 25 



50

  Orosius,  Paulus.  The  Seven  Books  of  History  Against  the  Pagans.  –Washington:  ”Catholic  University  of 

America”, 1964. –P. 22 



35 

Bir  kuni  Aleksandriyaga  Ptolemey  III  keladi  va  kutubxona  bilan  yaqindan 

tanishadi  hamda  o’sha  kuniyoq  “Butun  shahar  ahli  qo’lidagi  jamiiyki  kitoblarni, 

o’rog’liq  qog’ozlarni,  xullas,  barcha  yozuvlarni  olib  kelib  kutubxonaga 

topshirishni,  chiroyli  yozishni  bilgan  xattotlat  esa  ularni  tezlikda  qaytadan  yozib 

kitob javonlariga foydalanishga qo’yishni va yana bu ishga savdogar-u sayyohlarni 

ham jalb qilib ular har sayohatga, savdo-sotiq ishlariga borganda o’sha joylarning 

ham  qo’lyozmalaridan,  kitoblaridan  olib  kelib  topshirish”  bo’yicha  farmoyish 

beradi.  Chindan  bu  tadbir  kutubxona  fondiga  juda  ham  katta  foyda  keltiradi. 

Endilikda  javonlar  to’lib  kitoblarni  qo’ygani  joy  topilmay  qoladi.  Shunda  xalq 

Serapis  ibodatxonasidagi  ulkan  zalga  qolgan  kitoblarni  joylash  to’g’risida 

imperatorga  iltimos  bilan  chiqadilar,  ularning  so’zlari  inobatga  olinadi.  (Bu 

ibodatxona  iloh  Serapis  sharafiga  bunyod  etilgan  edi).  Serapisdagi  kutubxona 

“Qizim”  deb  atalardi.  U  yerdagi  kitoblar  asosan,  papirus  kitoblar  edi.

51

  Boshqa 



manbaalarda  esa,  mil.  avv  300-yilda  kutubxonaning  asosiy  fondi  papiruslarga, 

pergament qog’ozlarga yozilgan,”

52

 deb keltiriladi. Hozirgi kungacha kutubxonada 



qancha  kitob  jamlangani  noma’lum  lekin  tadqiqotchilarning  hisob-kitoblariga 

ko’ra hamda kutubxona joylashgan joyning hajmini o’rganilgandan va u haqidagi 

turli-tuman  manbalarni  ko’rib  chiqgandan  so’ng  shu  xulosaga  kelishganki, 

kutubxonada  40.000  bilan  400.000  orasida  kitoblar  saqlandan  bo’lishi  kerak.

53

 

Yana  boshqa  ma’lumotlarda  Qirol  Ptolemey  II  Filadelfus  (mil.  avv  309-246) 



davrida  kutubxonadagi  to’plamlar  500,000  o’rog’liq  pergament  qog’ozga  yetgani 

ham  manbaalarda  bor,  undan  tashqari,  200.000  kitoblarni  Mark  Antoniy 

Kleopatraga  to’y  sovg’asi  qilib  bergan,  shu  uchun  ayrim  tarixchilar  kutubxona 

to’plami  200.000  dan  iborat  degan  xulosaga  ham  kelganlar. Ayrim  tadqiqotchilar 

esa,  noma’lum  yoki  kutubxona  kitoblari  behisob  deb  jar  soladilar.  Lekin  Galen 

Aleksandriyaga kelganda kemadan tushiboq kutubxonaga shoshganligini afsonaviy 

kutubxonani  o’z  ko’zi  bilan  ko’rish  uchun  qushday  uchib  kelganini  va  kitoblarni 

o’zi  ro’yxatga  olib  sarhisob  qilishga  tushib  ketganini  va  nixoyat,  kitoblarning 

                                                           

51

 Parsons, Edward. The Alexandrian Library. –London: “History Magazine”, 1952. –P. 52 



52

 David Hart. The Myth of the Great Library. – Mexico: “Mehico history publishing”, 1999.–P. 11 

53

 Krasner–Khait, Barbara. Survivor: The History of the Library.  –London: ”History Magazine”, 2012. –P. 6 




36 

hajmi  500.000  dan  ham  ortiq  ekanligini  o’z  kundaligiga  qayd  etib  o’tgan”, 

deyiladi. 

Kutubxonaning  qurilish  loyihasining  rejalari  aniqligi  manbaalardan  ma’lum, 

yunoncha  ustunlar  qo’yib  tiklangan  ulkan  kutubxonaning  joylashgan  xonalari 

quyidagicha  bo’lishi  kerak  edi  va  shunday  ham  bo’ldi-  uchrashuv  xonalari, 

mehmon  xonalar,  bir  nechta  ma’ruza  zallari,  ommaviy  ovqatlanish  va  kichikroq, 

bir-ikki  kishi  ovqatlanadigan  xonalari  dam  olish  xonalari  bo’lgan,  tashqarida  esa 

xushmanzara  bog’  bo’lgan,  kutubxondan  chiqqanda  o’ng  tomonda  kutubxona 

olimlari,  tadqiqodchilarining  yotoqxonalari  joylashgan  va  alohida  bir  bo’lim 

bo’lib,  bu  yer  zamonaviy  til  bilan  aytganda,  hujjatlarni  kataloglashtirish  bo’limi 

edi, uning biqinida esa, o’sha yumush bilan shug’ullanuvchi hodimlarning alohida 

ovqatlanish  bo’limi  joylashgandi.  Yana  kutubxonaning  asosiy  bo’limiga  qaytsak, 

kutubxona  bo’limlarga  ajratilgan  bo’lib,  birinchi  zal  “A”  zal  deb  nomlangan  va 

tepa  qismiga  “Shirin  jon  davolash  bo’limi”  deb  o’yib  yozib  qo’yilgandi.  Har  bir 

bo’limdagi kitoblar tartib  bilan  javonlarga  terib  chiqilar va  doimoiy  nazorat  qilib, 

ro’yxatga  olib  borilardi.  Hech  bir  bo’limdagi  kitoblar  bir-biriga  qo’shilib 

ketmagan,  misol,  klassik  mutafakkirlarning  matematika,  astronomiya,  fizika, 

geometriya,  muhandislik,  geografiya,  fiziologiya  va  tibbiyot  fanlariga  doir 

kitoblari  alohida  javonlarga  joylangan.

54

  Bu  maskanning  nomi  kutubxona  ediyu 



qiladigan  ishlari  esa…  Kutubxonaning  o’zida  joylashgan  Aleksandriya  muzeyida 

ham  ulkan  tadqiqot  ishlari  olib  borilardi,  masalan,  hayvonlarni,  o’simliklarni 

o’rganish uchun maxsus bino qurilgan va qiziqqan har qanday tadqiqotchi amaliyot 

o’tashlari mumkin edi. Yana muzeyda Yevklid, Arximed, Eratoszenes, Herophilus, 

Erasistratus,  Gipparx,  Adesiya,  Toj,  Zeon  va  Samos  Aristarxlarning  ixtirolari 

ko’rgazma uchun chiroyli qilib bezatilib qo’yilgan edi. 

Karlton  Velch  Aleksandriya  kutubxonasini  tashqi  qiyofasini  quyidagicha 

tasvirlaydi:  “Bu  dargoh  juda  ham  biz  uchun  muqaddas  bo’lib  uning  ko’rinishi 

quyidagicha,  marmar  bilan  qoplangan  juda  ham  mahobatli  ustunlar,  ustunlarning 

                                                           

54

 Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism.  –New York: “University of 



Cambridge Press”, 1999. –P. 117 


37 

har  biri  turlicha  ranglarda  jilolanar  va  kutubxonaga  kirish  qismining  eng  yuqori 

qismiga  mix  bilan  mahkamlab,  oltin  suvi  bilan  bizning  rahnamoyimiz 

Ptolomeyning  so’zlari  bitib  qo’yilgan.  Kutubxona  muzeyga  qo’shni  va  yoki 

ikkalasi  bir  joyda  joylashgan  deyishimiz  mumkin.  Aleksandriya  kutubxonasi 

kutubxonalarning “Ona”sidir.

55

 

Bu  yer  keng  devorlar,  keng  zallar  bilan  qoplangan  10ta  ulkan  zaldan  tashkil 



topgan bo’lib, Gretsiya xalqining eng buyuk daholari tomonidan yozib qoldirilgan 

hikmatlar,  buyuk  kitoblar,  qo’lyozmalar  kutubxonaning  asosiy  fondidir.  Yana  bu 

maskanda jiddiy tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kimki bo’lsa, u talaba 

bo’ladimi,  oddiy  fuqoro  yoxud  olimmi,  bari  uchun  imkoniyat  bor  va  kichik  xona 

aynan  tadqiqotchilar  uchun  mo’ljallangan  xona  edi”. Mana shu  keltirilgan  so’zlar 

o’z  isbotini  topdi  –  2004-yilda  Polsha-Misr  tadqiqotchilari  birlashib  Bruchion 

viloyatida qazishma ishlarini olib bordi va kutubxonaning ma’lum bir qismini bor 

ekanligi  haqidagi  dalillarni-13ta  ma’ruza  zallarni  markaziy  qismini,  ustunlarning 

qoldiqlarini  topishdi.  Ma’lum  bo’lishicha  topilgan  “ma’ruza  xona”larining  har 

biriga 5000 talaba sig’gan.

56

 

Kutubxonaning  mashhur  bo’lib  ketishi  haqida  qanchalik  ko’p  ma’lumot 



bo’lsa,  Yer  yuzidan  yo’q  bo’lib  ketishi  xususida  shu  qadar  oz,  turli-tuman 

afsonalar,  yolg’onlardan  tortib  tuxmatlargacha  ma’lumotlar  bor.  Faqat  shu 

ma’lumki,  kutubxona  johil  insonlar  tomonidan  vayronaga  aylantirilgan.  Shunisi 

qiziqki,  kutubxona  yo’qolishiga  doir  o’sha  zamonda  yashagan  ko’plab  olimlarni 

bilamiz va har qaysisining qaysidir ma’noda bizning zamonamizga qadar kitoblari, 

qo’lyozmalari  yetib  kelgan,  biz  ularni  o’rganib  ham  chiqdik  biroq  olimlarning 

xulosalari  bir-birinikidan  farq  qilishiga  guvoh  bo’ldik.  Mana  ularning  fikrlaridan 

ba’zi bir jumlasini sizlarning e’tiboringizga ham havola etamiz: 

1.Seneka  (mil.  49)  u  buyuk  kutubxona  haqida  birinchi  yozuvchilardan  edi, 

uning  yozishicha,  (u  kutubxonaning  yo’qolganiga  qariyb  100  yil  bo’lganda 

topilgan  manbaadir)  40,000  kitoblar  yoqib  yuborilgan  edi,  deydi.  Lutsius  Anneus 

                                                           

55

 David C. The Great Library of Alexandria. Lindberg: “University of Chicago Press”, 1980. –P. 5 



56

 Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”,1928. –P. 14 




38 

Seneka  faylasuf,  shoir,  yozuvchi,  davlat  arbobi,  Rim  stoisizmining  eng  ko’zga 

ko’ringan  vakili.  Imperator  Neronning  o’qituvchisi  edi.Uning  laqabi  "Yosh 

Seneka" edi biroq, ko’p hollarda bu shunchaki, Seneka deyilar va "Seneka" sifatida 

tanilgandi. 

2.Plutarx  (taxm.  117)  olov  katta  kutubxonaning  vayron  bo’lishiga  asosiy 

“sababchidir” deya o’z fikrini bildirgan.  

3.Aulus Gellius (mil. 123-169) Aleksandriya durdonalarini so’nggi vaqtlarda 

qoplarga  solinib  olib  chiqildi,  Quyoshda  700.000  hajmdagi  barcha  o’rog’liq 

hujjatlar  qoldirildi,  ularga  putur  yetdi  va  olovga  sabab  bo’ldi,  natijada  kutubxona 

kultepaga aylandi, deydi.  

4.Dio Kassius (155-235) g’animlar tomonidan donlar-bug’doylar kitoblarning 

ichiga omborxonalar orqali olib kirildi va  yoqib yuborildi, deydi.  

5.Ammianus  Marcellinus  (mil.  390)  Aleksandriya  shahrining  marvaridi 

bo’lmish  kutubxonaning  70,000  hajmdagi  o’rog’liq  qo’lyozmalari,  40.000 

hajmdagi  noyob  kitoblari  yoqib  yo’q  qilindi,  buni  kim  qilganini  biz  hali-hamon 

aniqlayolmadik, zero, bu qilmishi uchun ilohlar u kishini tinch qo’ymas, deydi.  

6.Orosius  (taxm.  415)  yozuvchi,  bir  o’zi  tanxolikda  yashagan,  u  Ammianus 

Marcellinusning  so’zlarini  tasdiqlaydi  va  qo’shimcha  qilib  “bu  so’zlarni  Seneka 

ham tasdiqlaydi, deydi. 

Kutubxona  yong’indan  yo’q  bo’lganligiga  biz  u  qadar  ko’p  ishonch 

bildirmadik, (to’g’ri manbalar shundan  dalolat beryapti lekin baribir  biz  qaytadan 

tadqiqot o’tkazib ko’rishga qaror qildik, zamonaviy arxeologik qurilmalarni ishga 

soldik  va  nixoyat,  shahar  markazida  ulkan  suv  ombori  bo’lganini  aniqladik,  u 

kutubxonadan  unchalik  uzoqda  ham  joylashmagandi.  Shu  uchun  biz  suv  ombori 

toshqini vayronaga sabab bo’lgan degan fikrga keldik. 

Kutubxonadagi chet ellik olim-u fuzalolar juda ko’p yillar davomida farovon 

hayot  kechirdilar,  qachonki,  milodiy  145-yil  Ptolomey  VIII  kelib  ularning  barini 

nafaqat  kutubxonadan,  balki,  shahardan  ham  quvib  solguncha.  Ayrim  tarixchilar 

milodiy III asrdagi fuqorolik urushlari davrida kutubxona vayron bo’lgan deydilar, 

lekin  kutubxona  ham,  muzey  ham  IV  asrda  omon  bo’lganligi  haqidagi  isbotlar 



39 

mavjud.  Yana  ayrim  tarixchilar  VII  asrda  xalifa  Umar  Aleksandriya  shahrini 

ishg’ol  qilganda,  kutubxonani  ham  vayron  qiladi,  u  ham  yetmaganday  qolgan 

o’rog’liq  “qog’ozlar”ni  hammomlarga  yoqishni  buyuradi  va  uni  nazorat  qilish 

uchun  maxsus  bir  kishini  ham  tayinlaydi,  sababini  so’rashganda,  Xalifa  Umar 

“g’ayridinlar kitobida yaxshi ma’lumotlar bo’lmaydi”, degan izohni bergan degan 

da’voni  o’zlariga  mayoq  qilib  olganlar.  Aslida  esa,  nasroniy  va  musulmonlar 

o’rtasida  nizo  keltirib  chiqarmoqchi  bo’ladilar,  Xalifa  Umarni  kutubxonaning 

yoqishga  buyurgani  haqida  aytarli  hech  qanday  ishonchli  manba  yo’q.

57

  Bunga 



yana  bir  dalil  qilib  Amir  ibn  al-Os  tomonidan  yozib  qoldirilgan  xabarni  keltirish 

mumkin,  Milodiy  639-yili  xalifa  Umar  Aleksandriya  shahrini  bosib  oladi,  urush 

tugagach  xalifa  kutubxonadagi  kitoblar  “Qur’oni  Karimga  mos  kelsa  qoldirilsin, 

aks  holda,  yondirilsin”  deya  farmon  bergan  deb  manba  qoldirilgan.  Bu  xat  XIII 

asrda  Yahyo  al-Naxshi  tomonidan  qayta  ko’chirib  yozib  juda  uzoq  muddat 

saqlangan  va  bizning  zamonamizga  qadar  yetib  kelgan,  lekin  xat  ko’plab  olimlar 

tomonidan  chuqur  o’rganildi  va  aniq  bo’ldiki,  bu  xabar  mutlaqo  ishonchsiz 

manba.


58

 

Milodiy IV asrda butparast tarixchi Ammianus va Orosiuslar halokatga Yuliy 



Sezar aybdor deb esdaliklarida yozadi; nasroniy dinida bo’lgan Florus va Lukalar 

esa,  Sezar  “Yuliy  portdan  turib  zambaraklardan  shaharga  olovlarni  otdi,  buning 

natijasida  dengizga  yaqin  uylar  va  bizning  sevimli  parkimiz  zarar  ko’rdi”  deb 

yozadilar.

59

 Yuliy Sezarni kutubxonani vayron bo’lishida asosiy aybdor sanaydilar 



ammo  kutubxona  Yuliy  Sezardan  keyin  ham  mavjud  bo’lgani  haqida  quyidagi 

dalillarni keltiramiz. 

Yuliy  Sezardan  keyin  buyuk  Aleksandriya  kutubxonasining  mavjudligi 

haqidagi dalillar. Aleksandriya muzeyi ham, kutubxona ham milodiy 400-yilgacha 

mavjud  bo’lgan.  Muzeyi  va  kutubxonasi,  ayrim  manbalarda  bir-biridan  alohida 

qilib  alohida  tilga  olinsa,  aksar  manbalarda  ularning  nomi  bir  aytiladi.  Undan 

tashqari, 

Serapis 


ibodatxonasidagi 

kutubxona 

filiali 

bo’lgan 


“Qizim” 

                                                           

57

 Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism.  –New York: “University of 



Cambridge Press”, 1999. –P. 118 

58

 Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 18 



59

 David C. The Great Library of Alexandria. –Lindberg: “University of Chicago Press”,1980. –P. 6 




40 

kutubxonasida ham ko’pchilik olimlar aytib o’tganchalik u darajada ko’p kitoblar 

bo’lmaganini  Senekani  asarlaridan  ham  bilib  olamiz.  Bu  kutubxonasida  kitoblar 

umumiy hajmi ancha kichikroq Seneka tomonidan berilgan qator bilan mos keladi. 

Bizga qadar Yuliy Sezarning “aybi” esa asosan, o’rta asr diniy olimlari tomonidan 

yozib qoldirilgan manbalardir va shuning o’zi ham Yuliy Sezarni oqlashga asosiy 

dalil  bo’lib  xizmat  qiladi.  Va  ammo  shuni  ham  aytish  kerak,  chindan  ham  Yuliy 

Sezar Akeksandriya shahriga Pompeyning ortidan kelgan paytda portda joylashgan 

buyuk  kutubxonaning  kichik  filialchasi  bo’lgan  kutubxonani  tag-tugi  bilan 

portlatib yuborgani ayni haqiqat va bu haqida Sezarning o’z tarixchilari ham yozib 

o’tganlar, ammo bu butun kutubxonani yoqib yubordi deyishga hech qanday asos 

bo’laolmaydi.  O’rta  asr  “ulamolari”  bu  manbalarni  ataylab  kiritgan  bo’lishlari 

ehtimoldan holi emas.

60

 



Yana  bir  aniq  dalil,  Yuliy  Sezar  vafotidan  so’ng,  Plutarx-(Plutarchos) 

(taxminan  46,  Xeroneya,  Beotiya–taxminan  127)–qadimgi  yunon  tarixchisi, 

faylasuf  va  yozuvchisi,  o’zining  "Qiyosiy  hayotnomalar"  nomli  asarini  yozadi  va 

unda  Mark  Antoniy  suyuklisi  Kleopatraga    buyuk  kutubxonaning  bor  ziynatlari 

bilan  birga  sovg’a  qilganligini  yozib  qoldiradi.  Shu  bilan  birga  Antoniy 

Kleopatraga  kutubxonani  sovg’a  qilarkan,  “albatta  mashhurlikda  Aleksandriya 

kutubxonasidan  kam  bo’lmagan  Pergament  kutubxonasini  ham  sovg’a  qilishini” 

aytib  va’da  beradi.  Bu  va’dani  berganini  nafaqat,  Plutarx  kitobida,  balki,  o’sha 

zamonda  yashab  ijod  qilgan  Kalvisusning  esdaliklaridan  va  yozuvchi  Egert 

Pishllmanning  “Xotira”  daftarlarida  ham  keltirilgan,  albatta,  ularning  har  biri  , 

Antoniyning  bu  qaroriga  o’ta  darajadagi  ulkan  hayrat  bilan  qaraganlarini  ham 

yashirib o’tirmaganlar.

61

  

Kutubxona  faoliyati  davom  etganini  XX  asrda  topilgan  Tiberius  Klavdiy 



Balbillus (taxm. milodiy 56-yilda) tomonidan bitilgan qo’yozmalar topildi. Uning 

yozuvlari  “Kutubxonashunoslikda  qo’llanma”  jurnalida  1955-yilda  Georg  Leyh 

tomonidan  tarjima  qilinib  nashrdan  chiqarildi.  Ana  shu  keltirilgan  maqolada  ham 

                                                           

60

 Whibley, Leonard; A Companion to Greek Studies. New Zeland: “New Zeland Publishing”, 1916. –P. 122–123 



61

 Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000.–

P. 66 



41 

kutubxonaning  faoliyati  haqida  jumlalar  keltirilgani  so’zimiz  isbotidir:  “Bas, 

Aleksandriya  mening  vatanim  edi  va  o’sha  yerda  o’lmoq  sharaf  men  uchun!  Shu 

jumladan,  butun  dunyoni  hayratiga  sazovor  bo’lgan  buyuk  Aleksandriya 

kutubxonasi  ham  o’sha  yerdadir  va  o’z  ishini  juda  ham  mohirlik  bilan  davom 

ettirmoqdaki, bu farovonlik uni toabad tark etmagay”.

62

 

Zeofilus  tomonidan  Majusiylar  ibodatxonasini  vayron  qilinishi.  IV  asrning 



oxirida,  nasroniylar  mushriklarga  bo’lgan  ta’qibini  yanada  jadallashtirib  yangi 

bosqichga  olib  chiqdilar.  Rim  imperiyasida  391-yili  imperator  Zeodosius 

tomonidan 

Aleksandriya 

shahri 

yepiskopi 

Zeofilusga 

butparastlarning 

ibodatxonalarini 

va 


haykallarini-yu 

haykalchalarini 

vayron 

qilishga, 

majusiylarning  katta-yu  kichigini  birday  jazoga  tortishni,  qo’liga  kishan  solib, 

oyog’ini yerga tekkizmay keltirishga buyruq beradi. Zeofilus farmonni bajaradi va 

ko’plab  majusiylarning  qonlari  daryo  bo’lib  oqdi,  bu  oraliqda  hech  bir 

ko’ngilochar,  dam  olish  maskanlari,  jumladan,  muzey,  kutubxonalar  ham  faoliyat 

olib  bormadilar.  Bu  haqida  Suqrot  Sxolastikus  Aleksandriyadagi  ibodatxonalar 

qirg’inlari  haqida  quyidaglarni  yozib  qoldirgan:  “Aleksandriya  yepiskopi 

imperator  buyrug’i  asosida  butparastlarning  ibodatxonalari,  haykallarini  barini 

yo’q  qildi.  Zeofilus  juda  katta  nafrat  va  o’shanday  shijoat  bilan  ularni  batamom 

qirishga  zo’r  berdi.  Va  chindan  buni  qoyilmaqom  tarzda  uddaladi”.

63

  "Shunday 



qilib,  Aleksandriya  hokimi  ham  yepiskopga  yordam  berdi  va  janglardan  birida 

halok  bo’ldi.  Oradan  ko’p  o’tmay  uning  o’rniga  boshqa  hokim  tayinlandi. 

Majusiylar  o’ldirilgach  ularning  mol-mulki  Zeofilus  tomonidan  muhtojlarga 

tarqatildi,  qimmatbaho,  juda  ham  chiroyli  qilib  ishlangan  suratli  idishkari  esa 

Chekov  bezagi,  yoki  o’sha  yerda  ishlatilishi  maqsadida  tashib  ketildi”.  “So’ngra, 

dinsizlarning  qolgan-qutgan  barcha  buyumlari  o’rtaga-shahar  markaziga  to’plandi 

va yoqib yubprilishga Zeofilus tomonidan buyurildi, undan oldin Zeofilus “kelajak 

avlod  ko’rib  qo’ysin,  hammangiz  ko’ring,  bizga  kofirlar  kerak  emas,  kimki,  shu 

                                                           

62

  Pollard,  Justin,  and  Reid,  Howard.  The  Rise  and  Fall  of  Alexandria.  –New  York:  ”University  of  Cambridge 



Press”, 2001. –P. 112 

63

 Cherf, William J. Earth Wind and Fire: The Alexandrian Fire–storm of 48 B.C. –Leiden: ”BRILL”, 2008. –P. 70 




42 

yo’lni tanlasa ularning kuni boshiga tushishi muqarrar, unutmang, bizga bundaylar 

kerak emas!!!”.

64

 



Hozirgacha  hech  kim  Serapis  ibodatxonasida  qancha  miqdorda  kitoblar 

bo’lgani  haqida  ma’lumot  qoldirmagan,  faqat  “Qizim”  kutubxonasi  Zeofilus 

qirg’ini  natijasida  majusiylar  tomonidan  yo’q  qilishga  uringani  va  ko’p  qismini 

o’g’irlab yoqib yuborganlari ma’lum, xolos.

65

 

Dunyoda  hech  narsa  o’z-o’zidan  bor  ham,  yo’q  ham  bo’lmaydi.  Biz  hech 



birimiz  Aleksandriya  kutubxonasini  o’z  ko’zimiz  bilan  ko’rmaganmiz,  faoliyat 

olib  bormaganmiz,  u  yerdagi  asl  jarayon  qanday  kechganligini  ham  bilmaymiz, 

faqatgina,  bizdan  oldingi  tadqiqotchilar  kabi  o’z  taxminlarimizni  beramiz  va  shu 

qarashlarimiz to’g’ri deb umid qilamiz. Buyuk kutubxona ham o’z-o’zidan g’oyib 

bo’lmagan,  shu  o’rinda  yana  bir  gapni  aytsak,  kutubxona  yangi  kitoblarni  xarid 

qilolmagani,  xizmat  ko’rsatish  anchagina  sustlashgani,  fuqorolar  urushlari, 

xalqning  dunyoviy  bilimlarga  qiziqishlari  deyarli  so’nganligi,  izlanish,  o’qishni 

istamay  qo’yganliklari,  hukumat  tomonidan  ham  moliyaviy  ta’minlashning 

kechikishi, stipendiyalarni o’z vaqdida yetkazib berilmasligi, oxir-oqibat, mutlaqo, 

stipendiya  berish  bekor  qilinganligi  va  yana  bizlarga  ma’lum  bo’lmagan  ko’plab 

ichki sabablar orqali ham kutubxona tanazzulga yuz tutgan bo’lsa, ehtimol.

66

 



Kutubxona  vayron  bo’lgan  bo’lsa-da,  uning  merosxorlari  bor  edi-

Konstantinopol  Imperial  kutubxonasi,  Gondishapur  akademiyasi  va  Hikmada 

uning hujjatlaridan tuzilgan kutubxonalar barpo etildi, ular ko’p yillar faoliyat olib 

bordi.


67

  

Buyuk  Aleksandriya  kutubxonasi,  bu  kutubxona  hozirgi  zamonaviy 



kutubxonalarimizning  ishlash  jarayoniga  o’zining  tuganmas  tajribalarini  qoldirib 

ketgan  “Qariya  kutubxona”  hisoblanadi,  kutubxona  yo’qlikka  singgan  deb 

o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda 

biz  u  haqida  bilaolarmidik,  to’g’ri  uning  qay  ko’rinishda  bo’lgaligi  haqida 

                                                           

64

 Canfora, Luciano. The Vanished Library. –California: ”University of California Press”, 1990. –P. 25 



65

 Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000. –

P. 67 

 

66



 Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”, 1928. –P. 14 

67

  Pollard,  Justin,  and  Reid,  Howard.  The  Rise  and  Fall  of  Alexandria.  –New  York:  ”University  of  Cambridge 



Press”, 2001. –P. 114 


43 

faqatgina  olimlarning  yozma  adabiyotlaridangina  bilib  olamiz,  biroq  ana  shuning 

o’ziyoq  zamonamizning  kutubxonalari  uchun  tamal  toshi  emasmi?!  Yana  bir 

narsani aytish joiz, bilamizki, kutubxona bu ilm tarqatadigan ziyo maskani, u yerda 

yomonlik, hasad urug’lari bo’lishi mumkin emas, vaholanki, shunday kutubxonada 

faoliyat  olib  boayotgan  ayrim  mutasaddilar  va  hatto  olimlar  antik  davrdagi 

mashhurlik  bo’yicha  ikkinchi  o’rinda  turadigan  Pergamon  kutubxonasining 

rivojlanib ketayotganidan xavfsirab papirus  eksportini  to’xtatib  qo’yadilar (aslida 

bu  ishlari  bilan  Pergamon  kutubxonasiga  naqadar  katta  yordam  berganliklarini 

o’sha  paytda  anglamasalar-da),  balki  shu  uchun  ham  kutubxona  uzlatga  yo’l 

olgandir va bu ham biz insoniyatga bir ibrat deyish mumkin, ya’ni baxilning bog’i 

ko’karmas.  

Tell-el  Amarna  kutubxonasi.  Eng  boy  arxivlardan  biri  Ahetaton  shahri  (El-

Amarna)ni qazishda topilgan bo’lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.

68

 

Amarna  yozuvi  mil.  avv  XIV  asrda  Yaqin  Sharq  va  Qadimgi  Misr 



hukmdorlari  o’rtasidagi  yozishmalari  bilan  to’ldirilgan  bir  kutubxona  edi.

69

  El-



Amarna  kutubxonasi  Nil  daryosidan  190  chaqirim  (304km)  uzoqlikda  sharqiy 

qismida joylashgan. Amarna kutubxonasi Misr poytaxti Ahetatonda, taxminan, 15 

yil davomida qurilgan. Ilk marta bu taxtachalarni 1887-yili bir dehqon yigit  (ayrim 

manbalarda dehqon ayol ham deyiladi)  topib oladi (biroq uning topgani kashfiyot 

hisoblanmaydi  va  deyarli  hech  yerda  u  haqida gapirilmaydi). Shu  yilning  o’zidan 

bu  yerda  tadqiqotlar  boshlandi  va  1189-92,  1912-14,  1921-22,  1926-36-yillar 

oralig’ida  qattiq  o’rganildi  va  355ta  xat  topildi.  Bittagina  Xet  podshosi  bilan 

tuzilgan sulh shatnomasi yozuvi akkad tilida bitilgan, “EA 32”, qolganlari amarna 

yozuvida  muhrlangan.  “EA  9”  taxtachada  Tutanxamon  III  ni  poytaxtdan 

ketayotgani bitilgan.

70

 

Bu  kutubxona  fir’avn  Ahenaton  buyrug’iga  Ahehaton  shahrida  (hozirda 



Misrning  el-Amarna  shahri  deb  yuritiladi)  binoan  tashkil  etilgan.

71

  Aslida  bu 



                                                           

68

 Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009. –P. 16 



69

  Pollard,  Justin,  and  Reid,  Howard.  The  Rise  and  Fall  of  Alexandria.  –New  York:  ”University  of  Cambridge 

Press”, 2001. –P. 115 

70

 David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 125 



71

 Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 47 




44 

kutubxona  diplomatik  aloqalarni  tuzib  chiqish  uchun  tuzilgan,  dastlab 

Mesopotamiya,  Suriyadagi  diplomatik  aloqalardan  namuna  oladilar,  u  yerning 

diplomatlarini  keltirib  ish  o’rganadilar.  Keyinchalik  o’zlarining  diplomatik 

mexanizmlarni ishlab chiqadilar. 

Davlatlar  o’rtasidagi  aloqaning  oddiy  shakli  allaqachon  mavjud  bo’lsa-da, 

biroq  birinchi  marta  Buyuk  davlatlar  (Bobil,  Xett,  Misr,  Mitanni,  Ossuriya) 

o’rtasida  tenglik  shartlarini  shakllantirish,  Yaqin  Sharq  bo’ylab  munosabatlarni 

kengaytirish  “Amarna  diplomatik  tizimi”dagi  yo’l-yo’riqlar  asosida  bo’ldi. 

“Amarna  tizimi”  qadimgi  dunyoda  2  asr  davomida  amal  qilindi.  Unda  shohlarga 

nisbatan kuch-qudrat, imtiyoz, mas’uliyat haqida tushunchalar bor edi.

72

 



Loytaxtachalardagi  yozuvlar  aksarisi  Misrning  XVIII  sulolasi  hukmdorlari 

Amenxotep  III,  Ahenaton  Smenhar,  Tutanhamon  davriga  oid.

73

  Taxtachalarga 



mixxat  yozuvida  yozilgan  bo’lib,  Amenxotep  III  va  Ahenaton  (Amenxotep  IV) 

hukmronligi  davrida  Qadimgi  Misr  fir’avni  va  shohlari,  vassallari  o’rtasidagi 

yozishmalar kutubxonadagi asosiy manbaalar hisoblanadi, bir so’z bilan aytganda, 

asosan,  Amarna  kutubxonasi  diplomatik  yozishmalar  uchun  bunyod  qilingan. 

Undan tashqari, Qadimgi Misr xudolari haqidagi hujjatlar ham mavjud.

74

 



Koen va Vestbruklar Amarna taxtachalarini birinchi marta diplomatik tizimda 

ekanligini  o’rganganlar  va  hozirgi  davlatlar,  ularning  rahbarlari  ham  bu  tizimdan 

o’z ish faoliyatlari davomida o’rganishlari kerak degan xulosaga kelganlar.

75

 



1907-yili  J.  A.  Kunudtzon  el-Amarna  yozuvi  xronologik  va  geografik 

tomonidan o’rganishga kirishdi. Tadqiqotchilar 382 ta taxtacha qazib olgan bo’lsa-

da,  24  tasi  juda  yaroqsiz  holatga  bo’lganligi  uchun  olimlar  358  tasini  hisobga 

oladilar va 24 tani “EA 80-82” shifri bilan saqlaydilar.

76

 1970-yili Anson F. Rainey 



ham el-Amarna yozuvlarini o’rgandi.

77

  



Yozishmalarni Jan Nougayrol 2 guruhga ajratdi: 

                                                           

72

 David, Rosalie. Handbook to Life in Ancient Egypt.–London: “Facts on File”, 1998. –P. 74 



73

 Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna. –London: “EES”, 1903–1908 .–P. 1–6 

74

 Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 15 



75

 Grundon, Imogen. The Rash Adventurer, A Life of John Pendlebury. –London: “Library”, 2007. –P. 25 

76

 Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 69 



77

  Kemp,  Barry.  The  City  of  Akhenaten  and  Nefertiti.  Amarna  and  its  People.  –London:  “Thames  and  Hudson”, 

2012. –P. 39 



45 

1. Sulh, sovg’a-salomlar haqidagi yozishmalar;  

2. So’rovnomalar, iltimosnomalar, talabnomalar, buyruqlar.

78

 



Kitobchalarni boshqa bir tadqiqotchi ham ikki guruhga bo’linadi: 

1. Fir’avn  va  Bobil,  Ossuriya,  Mitanni,  Alashiya  (Kipr),  Arzava,  Xet 

podshlari o’rtasidagi yozishmalar; 

2. Misr va vassal davlatlariga yuborgan talablari, kichik ixtilof, qo’zg’olonlar 

va  vassal  davlatlarning  (Suriya,  Falastin)  Misrdan  yordam  so’rab  (asosan,  pul, 

qo’shin)  yuborgan  maktublari,  shuningdek,  shikoyat,  iltimosnomalardan  iborat 

bo’lim.

79

 



Hozirga qadar juda ham ko’plab izlanish, tadqiqotlar olib borib Amarna sirlari 

ochilgan lekin 32 ta taxtachdagi yozuv hozirgacha tahlil qilib o’rganilmagan, bular, 

Xudolar  afsonalari  va  dostonlari  haqidagi  “EA  356-39”,  “EA  348,  350,  379”, 

leksik matnlar “EA 351-54, 373”, turli mavzular “EA 374”, Bobil estaliklari “EA 

368”larni keltirish mumkin.

80

 



Xalqaro  yozishmalar.  Xalqaro  yozishmalardagi  mixxat  taxtachlarda,  asosan, 

bir-biri bilan almashgan shaharlari, tuzilish jarayonlari haqida edi.  

1. Mustaqil  podshohliklar:  Arzava  “EA  31-32”  va  Alashiya  “EA  33-40”lar 

bilan tuzilgan shatnomalar. Unda Arzava Onado’lu janubiy sohilida joylashganligi 

haqida  ma’lumot  bor.  Yana  Misr  bilan  tuzilgan  ittifoq  diplomatik  nikoh  orqali 

bo’lganligi  yozilgan.  Alashiyadan  (Kipr)  esa  mis  manbai  bo’lganli  uchun  mis 

keltirish sulhi bitilgan yozuv mavjud.  

2. Buyuklar vakolatlari: Ular saltanatlarini teng va o’zlarini ham mavqelarini 

teng deb e’tirof etardilar, “biz qardoshmiz” deyardilar biroq ularning ichida baribir 

Misr ustuni edi, buni boshqa hukmdorlar ham aytardilar, masalan, Mitanni buyuk 

shohi Tushratta “Men Misr shohi, akam, Naphureyyani juda ham yaxshi ko’raman, 

bilamanki,  u  ham  meni  juda  sevadi  va  U  mening  kuyovim  hamdir.  Bilamanki,  u 

yaxshi  bo’lsa  bizga  yaxshi  bo’ladi,  qizim  Tadu-Hiba,  sen  uni  jufti-halolisan,  u 

                                                           

78

 Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna.– London: “EES”, 1974. –P. 123 



79

 Moran, William L. The Amarna Letters. –Cambridge: “Johns Hopkins University Press”, 1992. –P. 92 

80

 Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 82 




46 

bolalaringni otasi, amaldor, jangchi, uni sira rajitma, uning ahvoli tang bo’lsa sen, 

men, butun shaharga yomon, uni ehtiyot qil. 

Ayolim Tiye, sen ham uni yaxshi ko’r va e’zozla, uni qadrla va duo qil” deb 

yozilgan “EA 27” taxtachasida.

81

 



Vassal  davlatlari  bilan  yozishmalar.  Tutmos  III  davrida  Misr  armiyasi 

Kannon  armiyasini  tuzish  uchun  Frotga  ketadi.  Bu  hududlar  Misr  vassallariga 

aylandilar, bu  haqida  Amurru  “EA60-67, 156-71”, Biblos  “EA  68-138, 362,  139-

40”,  Damashq  “EA  194-97”,  Qadesh  “EA  189-190”  yozuvlarida  ma’lumotlar 

berilgan.  

Bu bitiklarda “hazratlariga”, yoki “mening Quyoshim” deb boshlanadi, mana 

ulardan  biri:  “Bizning  Quyoshimizga  ayting,  yozayapti  Rib-Hadda  qullari!  Men 

hazratlariga  7  marta  va  7  vaqt  oyoqlariga  yiqilaman”  “EA  85”.

82

 

Amarna  xatlari  bugun.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  382  ta  taxtacha  topilgan  va 



ularni Vorderasiatisches muzeyi (Berlin), Britaniya muzeyi (London), Luvr (Parij) 

va Misr muzeyi (Qohira) kabi muzeylarda ko’rish mumkin.

83

 

1992-yili  ilk  bor  Villiam  Moran  amarna  yozuvidagi  350ta  yozuvni  ingliz 



tiliga  tarjima  qildi.

84

  Uni  o’rganish  ta’qiqlanmagan,  har  kim  borib  o’rganishi 



mumkin.  2014-yili  yangi  tahrirda  el-Amarna  maktublarini  tarjima  qilib  bir  kitob 

holida Anson F. Rainey nashrdan chiqardi.

85

 

Amarna  yozuvlari  loytaxtachalarga  bitilgan  bo’lib,  Ahenaton  shahrining 



Ahehaton  (Amarna)  manzilgohida  joylashgan  va  1887-yilda  kashf  etilgan.  U 

yerdan 382 ta sopol taxtachalar qazib olib ro’yxatga olingan, ammo tadqiqodchilar 

undan  ham  ko’p  bo’lishi  mumkin  ammo  qolganlari  yo’q  bo’lib  ketgan  bo’lishi 

kerak, deb fikr bildiradilar. 

El-Amarna  kutubxonasi  taxtachalari  mazmuni.  Xet  ustidan  qozonilgan 

g’alaba  “EA.17”, Ossuriya  kuch-qudrati  haqida  “EA.9, 31-35”,  Misr  sudi, undagi 

ayrim jarayonlar “EA.15-16” raqam ostida saqlanadi.  

                                                           

81

 Waterson, Barbara. Amarna: Ancient Egypt’s Age of Revolution. –New York: ”Ancient”, 1999. –P. 73 



82

Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna. –London: “EES”, 1974. –P. 125 

83

 David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 126 



84

 de Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna.–London: “EES”, 1903–1908. –P. 1–6 

85

 Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 17 




47 

“EA.11”  da  Ahenxaton  haqida  quyidagilar  bayon  etilgan:  “Aton-bu 

Ahenhaton,  u  Ufq,  bizning  UFQimizdir!  U  bir  hashamatli  arava  erta  tongda 

xursandchilik uchun yo’lga tushdi, u bir go’zalni oldiga ketayotgan edi. Shubhasiz, 

u  baxtini  topadi.  Uni  kuzatib  qolgan  yer,  osmon,  qushlar,  odamlar  shod  edilar. 

Yana ushbu kun bizning Ufq Xudo Aten sharafiga ulkan qurbonliklar ham keltirdi. 

Qurbonlikda ayoli va to’ng’ich qizi u bilan birga quvonchda edilar.  Bilamizki, bu 

qurbonlik bilan u Xudolarga juda xush yoqqan”.

86

 

“EA.68”  taxtacha.  Bobil  podshosi  va  fir’avn  o’rtasidagi  jangda  Misr  go’lib 



bo’ladi  va  Sumur  shahrini  egallaydi  va  Bobil  podshohini  ogohlantiradi:  “Bobil 

hukmdori  bo’lgan  kishi,  endi  sen  mening,  buyuk  fir’avnning  ixtiyoridasan  va 

buyuramanki,  1  kunda  7-10  bora  menga  7  vaqt  sajda  qil  va  meni  ulug’la, 

hukmdoring  deb  qabul  qilib  farmonimni  bajar.  Men  sen  bilan  12-18  bor  qayta 

olishdim va ko’plab talofat ko’rdim, sen va xalqing (endi meniki bo’lgan qul) shu 

yo’qotishni tiklaysizlar”. 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.

87

  

“EA.76” matni-Fir’avn tomonidan ogohlantirilgandan so’ng, Bobil hukmdori 



unga javob xatini yozadi va itoatini izhor qiladi: “Qiblagohim, mening podshohim, 

Misr  hukmdori  bo’lmish  olampanoh!  Men  qulingiz  7  vaqt  7  bora  sizga  sajda 

qilaman  va  buyurilgan  o’lponni,  zararni  to’laligicha  to’lashga  rozilik  bildirib,  bir 

narsa o’tinaman, urushlardan endi sizning xalqingiz bo’lgan ibroniylar juda holdan 

toygan,  pullari  qolmagan,  shu  maqsadda  tovonni  biroz  keying  susak  deb 

o’tinaman”, 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.

88

  

Antik  dunyo  kutubxonalari  oz  bo’lmagan  va  asosan,  saroylarda 



shahanshohlar,  fir’avnlar  tomonidan  tashkil  qilingan  bo’lsa,  shaharlarda  boy 

zodagonlar  arxiv-kutubxonalarni  tashkil  etganlar,  tan  olib  aytish  mumkinki, 

ularning  ayrimlari,  kutubxonaga  ehtiyojmand  bo’lganligidan  emas,  balki,  o’sha 

zamonda  qaysiki,  saroyni,  podshohlikning  va  yoki  shahar  zodagonining 

kutubxonasi  bo’lsa,  uning  kata-kichikligiga,  kitoblar  soniga  qarab  turib  nufuzi 

belgilangan  va  kutubxonani  boyitish  ham  shu  maqsadlarga  yo’naltirilgan  edi. 

                                                           

86

 Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 70 



87

 Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 49 

88

 Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 85 




48 

Ammo  Tel  el-Amarna  kutubxonasi  nufuz  uchun  emas,  balki,  muhim  davlat  ishi, 

diplomatik  aloqalarni  ishlab  chiqish  uchun  qurilgan  kutubxona  ekanligi  bilan 

diqqatga sazovor. Aynan shu kutubxona dunyo tarixidagi ilk diplomatik aloqalarni 

ishlab chiqish dargohi deyish mumkin va bu yerda juda ham muhim ishlar amalga 

oshirilgani bizga qadar yetib kelgan matnlardan ham ma’lum.  




49 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish