Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet15/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Savol va topshiriqlar:

  1. Rim imperiyasi qulagandan keyingi G‘arbiy Yevropada o‘rta asrchilikning boshlanishi.

  2. «Xildebrand haqida qo‘shiq» german eposining ilk namunasi ekanligi.

  3. Ingliz xalq qahramonlik eposi qaysi asrlarda yaratilgan?

  4. Kelt eposi va uning yaratilishidagi shart – sharoitlar.

  5. Kelt eposining turlari va badiiy uslubi.

  6. Qadimgi Skandinaviya adabiyotining ilk namunalari.

  7. Fransuz xalq qahramonlik eposining xalqchilligi.

«Roland haqida qo‘shiq» qo‘shiqning yaratilish tarixi va badiiy qimmati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T., 2007.

  2. Azizov K., Qayumov O. Jahon adabiyoti tarixi. (XVIII–XX asrlar). – T., «O‘qituvchi» 1987.

  3. Boynazarov F. Jahon adabiyoti. ­– T.: «Zarqalam», 2006.

  4. Gilenson B.A. Istoriya zarubejnoy literaturы ot antichnosti do seredinы XIX veka uchebnik dlya bakalavrov. ­­– Moskva: Yurayt, 2014.

  5. Jahon adiblari adabiyot haqida. (Ozod Sharafiddinov tarjimalari). To‘plab nashrga tayyorlovchilar: Sharafutdinova M., To‘ychieva Sh. – T.: Ma’naviyat, 2010. – 390 b.

  6. Luchanova M.F. Istoriya mirovoy literaturы/ Uchebnoe posobie. ­– Omsk, 2005.

  7. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. – T.: «O‘zbekiston», 1997.

  8. Qayumov O. Jahon adabiyoti tarixi. (V–XVIII). – T.: «O‘qituvchi», 1979.

5-MAVZU: UYG‘ONISH DAVRI SHARQ ADABIYOTI



  1. Uyg‘onish davri ijtimoiy-tarixiy sharoiti.

  2. Sharq Renesansi. Ilk, O‘rta va Uyg‘onish davrining «oltin» asri.

  3. Fuzuliy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur ijodi.

  4. Uyg‘onish davri lirik, epik va dramatik asarlari.




Tayanch so‘z va iboralar
Uyg‘onish davri xalq og‘zaki ijodiyoti. Sharq Renessansi, Fuzuliy, Jomiy, Navoiy ijodida falsafiy qarashlar ifodaining namoyon bo’lishi. Lirik, epik, dramatic asarlar haqida.

Gyotening ustozi, jaxon tamaddun tarixini yaxlit o‘rganib, xar bir xalqning bashariyat tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini xolisona baxolagan G. Gerder quyidagilarni yozadi: «O‘sha paytda, jaholat changalidagi Yevropaning ko‘pgina qismida arablar ilm chirog‘ini yoqdilar1... Yevropalik birorta xalq yozuvni o‘zi kashf etgan emas, ispanlar yozuvi ham, shimoliy oromiy yozuvi xam Osiyodan olingan; Shimoliy, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa madaniyati yunon - rumo-arab urug‘idan unib chiqqandir»


Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Yevropada Renesans (Uyg‘onish) harakatiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV) va ko‘p o‘tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari–bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.
Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go‘yo klassik qadim zamonning shu’lasi bo‘ldi va keyinchalik unga erishish aslo mumkin bo‘lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keladi. Shundan so‘ng Angliya va Ispaniya o‘z klassik adabiyoti davrini kechiradi.
Bu–o‘sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi, titanlarga muhtoj bo‘lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi.
Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar–o‘zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so‘z lotincha–humanis ya’ni insoniylik degan so‘zdan kelib chiqqandir.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari–inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish