FUZULIY (1498–1556)
Adabiyotda forsiy til hukumron bo‘lgan bir paytda, turkiy tilning g‘oyatda katta imkoniyatini ko‘rsatib bergan Alisher Navoiy bo‘lsa, undan so‘ng bu adabiyot ri-vojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor Muhammad Fuzu-liydir. Fuzuliy (1498–1556) ijodi umumturkiy ada-biyot uchun qadrli va ardoqlidir. Turkiy tilda so‘zlashuvchi kimsa yo‘qki, uning nomini bilmagan, g‘azallarini o‘qi-magan bo‘lsa. Turkiy g‘azalchilikda Fuzuliyning o‘z o‘rni bor. Fuzuliy ozarbayjon tilida she’rlar yozish bilan bir qatorda fors, arab tillarida ham asarlar yaratgan. U she’riyatga shunchaki qaramaydi, u bilim asosida she’r yaratilishini ta’kidlab shunday deydi: «Ilmsiz she’r asosi yo‘q devor kabi o‘lur va asossiz devor g‘oyatda bee’-tibor o‘lur». Fuzuliy ayniqsa she’riy janrlar ichida g‘azal janriga alohida ahamiyat qaratdi:
G‘azal bildirar shoirning qudratin,
G‘azal orturar noziming shuhratin.
G‘azal de, ki mashhuri davron o‘la
O‘qumoqda, yozmoqda oson o‘la.
Fuzuliy she’riyatining qariyib besh asr davomida sevib o‘qilishiga sabab ham uning ilmga asoslanganligi va barcha misralarning qalb harorati bilan yo‘g‘rilgan-ligidadir. Uning g‘azallari xalq ko‘ngli va tiliga yaqin bo‘lgan. Shuning uchun g‘azallari barcha kitobxonlar qal-bidan birdek joy egallagan. Fuzuliy ijodini o‘rganish, unga izdoshlik o‘z davridan boshlangan. Qator taskiralarda shoir ijodi haqida ma’ lumotlar berib o‘tiladi. Shunday taskiralardan biri Sultonmuhammad Noyi Mutrubi Samarqandiy (1559–1629) tomonidan tuzilgan «Tazkirat ush-shuaro» taski-rasidir. Mutrubiy 16–18 asrlardayoq o‘zbek kitobxon-lari orasida munosib shuhrat topgan Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliyning hayoti, badiiy mahorati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishi bilan bir qatorda quyidagi misralarni ilova qiladi:
Bulbuli dil gulshani ruxsoring aylar orzu,
To‘tiyi jon la’li shakkar boring aylar orzu.
Fuzuliy ozarbayjon adabiyoti bilan bir qatorda o‘zbek, fors, arab, hind adabiyotini ham o‘rgangan va sevib o‘qigan. Sharq adabiyotining buyuk namoyondalari, xususan, o‘zbek adabiyotidan Lutfiy, Atoiy, Navoiy ijodini zo‘r qiziqish bilan o‘rgangan. Navoiyni o‘ziga ustoz bilgan. Shoir «Layli va Majnun» dostonida shunday yozadi:
Turk arabu ajamda ayyom,
Har shoira vermishidi bir kom…
O‘lmush yedi, Navoiy suxandon
Manzuri shahan shohi Xuroson.
Fuzuliy Navoiyni ustoz sifatida bilgani kabi key-ingi davr o‘zbek klassik adabiyoti ijodkorlari asar-larida Fuzuliy ijodiga izdoshlik, uning g‘azallariga yozilgan ko‘pgina muxammas va tatabbularni uchratamiz. 18 asrdan boshlab turkiy she’riyatga Fuzuliydek ta’sir ko‘r-satgan ijodkor juda kamdir. Fuzuliyning o‘zbek mumtoz adabiyotiga ta’siri sabablarini T. Jalolov quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish orqali izohlaydi:
1) Fuzuliy tilining o‘zbek tiliga yaqinligi;
2) Fuzuliyning xushlafz she’rzabonligi;
3) Fuzuliy asarlarining barkamolligi.
Fuzuliy yashab ijod yetgan adabiy davr ozarbayjon ada-biyotining nihoyatda gullab yashnagan davri yedi. O‘zbek ada-biyotida munosib o‘ringa yega bo‘lgan ko‘plab ijodkorlar ijodida Fuzuliyning adabiy ta’sirini sezish mumkin. Jumladan, 16–17 asrlarda yashab ijod yetgan Ahsaniy, Vafoiy, 18 asrda Ravnaq, Nishotiy, Kironiy, Munis, shu-ningdek keying davri ijodkorlari G‘oziy, Ogahiy, Turdi, Mashrab, Uvaysiy, Muqimiy, Shavqiy, Furqat, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, E. Vohidov va boshqalarning ijodida Fu-zuliyga izdoshlik holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Quyida biz ayrim ijodkorlar ijodidagi Fuzuliyga iz-doshlik ananalarini ko‘rsatib o‘tishga harakat qildik. Umuman olganda, Fuzuliy ijodi o‘zbek adabiyotida mavjud uch adabiy muhit: Buxoro, Xiva, Qo‘qon muhitiga ham o‘zning beqiyos ta’sirini ko‘rsatgan. O‘zbek she’riyatining juda ko‘p atoqli arboblari Fuzuliyni ishqiy g‘azallar yara-tishda hassos san’atkor deb bilib, unga nazira bitganlar, g‘azallariga muxammaslar bog‘laganlar. 18 asrda yetishib chiqqan ijodkorlardan biri Polvonquli Ravnaq ham Fu-zuliy lirik merosidan ilhomlangan, ta’lim olgan. Jumladan uning Fuzuliy she’rlariga o‘xshash:
Kelki boshingg‘a do‘nub nozingga qurbon o‘layin,
Chashma jodui fusunzoringa qurbon o‘layin
misralarida buni yaqqol sezishimiz mumkin. 18 asrda yashagan o‘zbek adabiyotining yirik vakillarida biri, mashhur «Husnu Dil» dostoning muallifi Muhammadniyoz Nishotiy ijodida ham Fuzuliyga izdoshlik holatlarini uchratamiz. Uning she’riyati leksikasi Fuzuliy asarlari tiliga juda yaqindir. Buni bir tomondan o‘g‘uz shevasi tasiri, ikkinchi tomondan Fuzuliy ijodidan tasir-lanish sifatida baholash mumkin. «Husnu Dil» dostonida tushum kelishligi qo‘shimchasi -i(–ni) (Kelturing Aqli dedi kishvariston), qaratqich kelishigi qo‘shimchasi -ng (–ning) shaklida (Qomating og‘ushiga qildi nigoh) qo‘l-langan bo‘lib, bu poetik qo‘llanishlar Fuzuliy dostonla-rida ham aynan shunday tarzda ifodalangan. Shuni taki-dlashimiz o‘rinliki, Nishotiy nafaqat Fuzuliy, umuman, sharq mumtoz adabiyotining mohir bilimdoni bo‘lgan.
18 asr oxiri va 19 asr boshlarida Buxoroda yashab ijod yetgan, ijodkorlardan Mullaqurbon Joniy ijodida ham Fuzuliy adabiy ta’sirini uchratish mumkin. Joniy Na-voiy va Fuzuliy g‘azallariga naziralar bog‘laganida, tax-mislar to‘qiganida nafaqat she’rning vazni, qofiyasi, turoqlanishi jihatidan balki ma’no jihatidan ham yaqinlashishga intilgan. Fuzuliy:
Joniming gavhari ul la’li guhar bora fido,
Umriming hosili ul shevai raftori fido… deb yozsa,
Joniy unga hamohang ravishda
Shavqning shuhrati boshing uza zar tora fido,
Ko‘ngluming maxzani gul orazi gulnora fido…
deya usto-zining bu oshiqona so‘zlariga jo‘rovoz bo‘ladi.
Fuzuliydan ilhom olib ijod qilgan ijodkorlardan yana biri Muhammadsharif Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniydir. Shavqiy (1785–1871) she’riyatda ulug‘ Navoiyga qanchalik ye’tiqod qo‘ygan bo‘lsa, Fuzuliyga ham shunchalik hurmat bilan qaragan. Hatto g‘azallarinigina yemas, 1841-yilda Buxoroda tartib bergan «Devon» ni, «Debochai devon va g‘azaliyoti Shavqiy» sarlavhali avtobigrafik masnaviy-sini ham ozarbayjonlik ustodning tili va uslubiga yaqin qilib yaratgan:
Hijratdin o‘tib ming ikki yuz yil
Yo‘qdin bu jahona kelmisham, bil.
O‘ttizg‘a kirganda sayr yetib roh,
«Xatmi kutub» aylamishman, yey shoh,
Toliblara xizmat ayladim cho‘x
Uyqu bila rohat aylamak yo‘q.
Buxoro adabiy muhitining yirik vakili Turdi Fa-rog‘iy ijodida ham Fuzuliy ijodining barakali ta’siri sezish mumkin. Uning:
Fitnayu sho‘rhama rub ila maskun dutdi,
Xo‘plar masnadini sulfa bila dun dutdi…
kabi misra-lari bilan boshlanuvchi g‘azalida Fuzuliy poeziyasiga xos so‘zlar (dun, dutdi, ko‘nglimi kabi)ni uchratamiz. Bu kabi so‘zlar g‘azalning ohagdorligi va jozibasini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan, albatda.
O‘zbek adabiyotining buyuk shoirlaridan biri Bobo-rahim Mashrab (1640–1711) ijodida ham Fuzuliyga yondosh jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Mashrab buyuk so‘fiy shoir bo‘lishi bilan bir qatorda sharq mumtoz ada-biyotining chuqur bilimdoni ham bo‘lgan. Mashrabning:
Ne savdolar bosha solding, bu savdolar tuganmasmu,
Ki band yetting ayog‘larni yana bandlar yozilmasmu?
baytlari bilan boshlanuvchi g‘azalini o‘qiganimizda beixtiyor Fuzuliyning mashhur «O‘sonmasmu» radifli g‘azali esga tushadi. Bu ikki g‘azal ham ma’no, ham poetik jihatdan o‘zaro hamohangdir.
Bu kabi misollarni o‘zbek adabiyoti tarixidan ko‘plab keltirib o‘tishimiz mumkin. Xorazm adabiy muhiti ijod-korlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiylar ijodini kuzatamizmi yoki Qo‘qon adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar Amiriy, Uvaysiy, Nodira, Madalixon ijo-diga nazar tashlaganimizda ham Fuzuliga ohangdoshlik, izdoshlik holatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Fuzuliyga iz-doshlik keyingi davr o‘zbek ijodkorlari ijodida ham uch-raydi. Jumladan, XX asrda o‘zbek g‘azalchiligida munosib asarlar yaratgan shoir Erkin Vohidov «Fuzuliy haykali qoshida» she’rida shunday yozadi:
Oshiqlar uxlaydi saharga tomon
Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib…
G‘azal ham bo‘lurmi shuncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo,
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o‘zbek xalqi qardosh ozarbayjon farzandi Fuzuliy ijodiga zo‘r qi-ziqish va katta hurmat bilan qarab kelgan va hozir ham shundaydir. Qadimdan ota-bobolarimiz navoixonlik, fuzuliyxonlik kechalarini uyushtirishib tonggacha g‘azallar o‘qishgan. Buyuk shoir Erkin Vohidovning: «Bizning ota-bobolarimiz Fuzuliy baytlarini ibtidoiy maktabdan yod olib, ko‘ngilga jo qilganlar»-deyishiga sabab ham shun-dandir. Fuzuliy o‘z asrlarining ta’sir kuchi va taqdiri haqida o‘z devoni devonchasida shunday yozgandi: «…mening har bir so‘zim bir pahlavondir, ular yurish boshlaganda yer u suvni batamom bosib oladi.(She’rlarim) qaerga borsa, u yerdan mol-mulk talab qilmaydi, hech kimga ozor ber-maydi. Zamonning o‘tishi mening so‘zlarimga zarar yetkazib, paymol qila olmaydi». Bu so‘zlarning nechog‘li to‘g‘ri yekanligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |