Sharq falsafasi va madaniyati


ko‘ngil – podshoh, aql – vazir



Download 29,3 Kb.
bet2/2
Sana11.02.2022
Hajmi29,3 Kb.
#442753
1   2
Bog'liq
Sanjarbek Usmonov

ko‘ngil – podshoh, aql – vazir, degan g‘oya olg‘a suriladi.12
IX asrdan avj ola boshlagan Islom ma’rifatchiligi X - XI asrlar davomida mintaqa madaniyatiga islomgacha bashariyat yaratgan butun ma’naviy boylikni o‘sha davr imkoni darajasida olib kirib, uni chuqur o‘zlashtirish va yangicha ruhda qayta talqin qilishga erishdi. Ammo bu orada ushbu bosqichning noqis jihatlari ham ko‘rinib qola boshladi. Birinchidan g‘oyalar xilma-xilligi nihoyatda kuchayib, ular orasida ba’zan murosasiz kurash va ziddiyatlar avj olib ketdi. Islom dini ichida turli bid’atlar beadad ko‘payib ketgan edi. Ikkinchidan, ko‘proq hukmdorlar saroyida va xos ziyolilar orasida yuqori darajalarga ko‘tarilgan ilm va mantiqiy tafakkur mevalari hanuz Sunna va shariat bosqichida qolib kelayotgan oddiy shahar va qishloq aholisi (avom) orasiga ko‘p singib bormagan va ma’lum ma’noda, keng xalq ommasi bilan xos ilmiy doiralar tafakkur darajasi orasida uzilish vujudga kelgan edi. Sunna yo‘nalishi namoyandalari jamiyatni ushbu uzilish tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ma’naviy nomavzunlik holatidan himoya qilish niyatida moturidiya va ash’ariya Kalomiga tayangan holda xalifa al-Qodir (991-1031) farmoni bilan imon asoslarini ishlab chiqdilar va joriy etdilar. Ammo bu bilan fikr rivoji to‘xtab qolgani yo‘q. 13Tavhid ta’limoti zaminida borliqni anglab yetish turli yo‘nalishlarda davom eta berdi va tafakkur rivojini hech qanday farmon bilan ushlab turish mumkin emasligi borgan sari oydinlashib bordi. Uchinchidan, Abbosiylar (750 - 1055), Comoniylar (874 - 999), G‘aznaviylar (955 - 1048), Saljuqiylar (1040 -1092) tomonidan takomillashtirilib, islomgacha davrga nisbatan butunlay yangilangan davlat tizimi va jamiyat tizimi ma’lum avj pallasiga ko‘tarilib, XI asr oxirlariga borganda uning muayyan ichki ziddiyatlari namoyon bo‘la boshladi. Ismoiliya bid’atining yaratuvchilik faoliyati susayib, yashirin qotilliklar yo‘liga o‘tishi, ulug‘ vazir Nizomulmulkning o‘ldirilishi (1092 yil) va buyuk saljuqiy hukmdori Malikshoh (1072 - 1092) vafotidan so‘ng o‘g‘illarining toj-taxt janjallari shu ulg‘ayib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy bo‘hronning nishonalari edi.14
To‘rtinchidan, shahar aholisi, ayniqsa, hunarmand - kosiblar va o‘rta hol savdo ahlining ma’rifati va ijtimoiy mavqei yuksalib borar, ularning ma’naviy ehtiyojlari va bilim darajasi keskin oshib, ijtimoiy faolliklari har sohada sezila boshlagan edi. Futuvva va axiylik jamoalari borgan sari keng tarkib topib, tasavvuf g‘oyalari xonaqoh va hujralardan chiqib, xalq ichiga yoyildi. Xullas, XI asr oxiri - XII asr boshlarida jamiyatning ma’naviy ahvoli yangi bir bosqichda uyg‘unlashuv va muvozanatni taqozo etardi. G‘azzoliy ijodi ushbu ehtiyojga eng mukammal javob bo‘ldi. O‘zaro bahs va nizolar o‘rniga el ma’naviyatida shunday bir uyg‘un muvozanat taklif etildiki, uning barcha toifa va yo‘nalishlar, barcha ijtimoiy guruhlar va fikriy oqimlarga o‘zaro yaqinlashuv imkonini beruvchi qudrati va mazmun boyligi yaqqol sezildi. G‘azzoliy o‘zining bosh asarida Sunna va tasavvuf qadriyatlarini o‘zaro uyg‘un ekanligini isbotlab qo‘yaqolmay, imon, ilm va irfonning yaxlitligini mantiqiy asoslab berdi. Sunna ahlini ilm va irfon vakillari bilan yaqinlashtirib, islom olamida yangi bosqichdagi ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlashga ulkan asos yaratdi. Shu bilan birga G‘azzoliyning ilmiy-ijodiy faoliyati mintaqa xalqlari ma’naviy kamolotini islom ma’rifatchiligi bosqichidan tasavvuf irfoni bosqichiga uzil-kesil olib o‘tib qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, deb ham bemalol aytish mumkin.
Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bo‘lgan buyuk fa-zilatlardir. Sharq xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta’sirida G‘arbga, xususan, antik Yunon Rim madaniyatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, A.Makedonskiyning ustozi, jahongir shogirdi Osiyoni mahf etgach, unga yuborilgan «Avesto» kitobini chuqur o‘rgangan qadimgi yunon faylasufi va qomusiy olimi Arastu (Aristotel, mil. av. 384-322 y.) o‘z g‘oyalarini boyitdi va unga muhim o‘zgartirishlar kiritdi. U jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan barcha voqeliklar tabiatga xos deb biladi. Bu bilan jamiyatni tubdan o‘zgartirish g‘oyalariga qarshi chiqadi va jamiyat rivoji tabiiy jarayonlar tarzida kechishi kerak, deb hisoblaydi.
Aflotun (427-347 mil. avv.) esa g‘oyalar umumiy tushunchalar sifatida odam aqliga bog‘liq emas, ular ilohiy xususiyatga ega tushunchalar, deb izohlagan edi. Uning asosiy g‘oyasi — ezgulik yoki yagonalik edi. Bunda oliy g‘oya ko‘pincha xudoga tenglashtirilardi. Bu faylasufning ustozi bo‘lgan Suqrot (Sokrat, mil. av. 470-399 y.) zsa bahs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bi­lan haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik va bilim donishmandlikdir, yaxshilik mohiyatini to‘g‘ri anglagan insongina yaxshilik qiladi deb, tushuntiradi. Suqrot adolatga xilof bo‘lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid qiladi, faqatgina adolatli demokratik dav­lat boshqaruvini yeqlab chiqadi.
Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Yevropada Renesans (Uyg‘onish) harakatiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV) va ko‘p o‘tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari–bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.15
Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go‘yo klassik qadim zamonning shu’lasi bo‘ldi va keyinchalik unga erishish aslo mumkin bo‘lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keladi. Shundan so‘ng Angliya va Ispaniya o‘z klassik adabiyoti davrini kechiradi. Bu–o‘sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi, titanlarga muhtoj bo‘lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi.
Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar–o‘zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so‘z lotincha–humanis ya’ni insoniylik degan so‘zdan kelib chiqqandir.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari–inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga munosabat masalasida namoyon bo‘ladi. Gumanistlar antik davrga qaytish maqsadida emas, o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o‘tmishning ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqat etadilar. Italyan olimi va yozuvchilari, shu jumladan birinchi gumanist Bokkachcho unutib yuborigan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdadi.16
Konstantinopol yemirilganidan (XY asr) so‘ng u yerdan qochgan grek olimlari Italiyaga juda ko‘p noyob antik qo‘lyozmalarni keltirganlar. XY asrning ikkinchi yarmidan boshlab grek va rim shoirlari Vergeliy va Gomer poemalari, Aristotel va Platonning asarlari nashr etila boshladi.
Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda ekanligidir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat uchun kurash g‘oyalarini oladilar. Antik adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanish F.Rable “Gargantyua va Pantagryul”, Servantes “Don Kixot”, Shekspir va Marloning tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklor motivlari Bokkachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Italiyaning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venesiya va Genuya savdo bilan Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi.
17Deideologiya – bu ilmiy-mantiqiy fikrlashdan adabiy-mistik, siyosiy-iqtisodiy oddiylashuv, sotsial ekstremizmga o‘tish jarayoni xisoblanadi.
Deideologizatsiya oxir oqibat sotsial xaosga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida siyosat, iqtisod, mehnat faoliyatini shakllantirishda, ta’lim tizimida, sud, prokuratura, armiya va boshqa soxalarda qonunsizliklarning vujudga kelishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  • “O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi”. T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2018.

  • Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016.

  • Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  • Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’min­lash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.–T.:O‘zbekiston, 2017.

  • Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.

  • Karimov I.A. To‘la asarlar to‘plami. 1-22 jildlar. – T.: O‘zbekiston, 1996- 2015.

  • Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

  • Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011.

  • Karimov I.A. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – T.: O‘zbekiston, 2014.

  • Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015.

  • Nazarov Q.N. G’oyalar falsafasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDPU, 2011.

  • Nazarov Q.N. va boshqalar. Milliy g‘oya: nazariy manbalar. T.: Akademiya. 2007.

  • Nazarov Q. Xolbekov A. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. – T. 2007

  • Kuchkarov V. Milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (siyosiy-falsafiy tahlil). T.: Akademiya, 2007.

  • Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.

  • Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDSHI, 2015.

  • Словарь философских терминов. – М.:Инфра-М, 2010.

  • Falsafa qomusiy lug‘at. –T.: Sharq, 2004.

  • Quronov M. Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi.T.: Akademiya, 2008.

  • “Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi”. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimsi. T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyoti, 2001.

  • “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. 10-jild. Sharq – Qizilqum. Tahrir hay’ati A. Azizxo‘jayev, B. Alimov, M. Alimov va b. T.: “O‘bekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.

  • A.Mo‘minov, H.Yo‘ldoshxo‘jaev, D.Rahimjonov, M.Komilov, A.Abdusattorov, A.Oripov Dinshunoslik (oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun elektron darslik) (oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun darslik) – T.: 2002.



1«Avesto» - Zardushtiylik kitobi haqida internet saytlardan

2 “G’oyalar falsafasi“ o’quv uslubiy majmua, Saydaliyeva Nigora

3 “G’oyalar falsafasi“, Qiyomiddin Nazarov

4 Nazarov Q.N. va boshqalar. Milliy g‘oya: nazariy manbalar. T.: Akademiya. 2007.

5 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

6 Karimov I.A. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – T.: O‘zbekiston, 2014.

7 Kuchkarov V. Milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (siyosiy-falsafiy tahlil). T.: Akademiya, 2007.

8 Falsafa qomusiy lug‘at. –T.: Sharq, 2004.

9 Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDSHI, 2015.

10 Karimov I.A. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – T.: O‘zbekiston, 2014.

11 Karimov I.A. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – T.: O‘zbekiston, 2014.

12 Nazarov Q. Xolbekov A. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. – T. 2007

13 Kuchkarov V. Milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (siyosiy-falsafiy tahlil). T.: Akademiya, 2007.

14 I.A Karimov. Yuksak ma’naiyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat. 2008.

15 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016.

16 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

17 Falsafa qomusiy lug‘at. –T.: Sharq, 2004.

Download 29,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish