Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasining
5A120502-Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi bitiruvchisi
Nuridinov Javohir Izomovichning
“magistr” akademik darajasini olish uchun
“Robindranat Tagor diniy-falsafiy dunyoqarashlarining konseptual asoslari”
mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasiga
ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, mamlakatimizda ma’naviy merosimizni ilmiy tadqiq etish imkoniyatlari keng ochildi. Xususan, TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasida 2001 yildan boshlab Sharq falsafasi qadriyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi. Xususan, 5A120502 – “Sharq falsafasi va madaniyati” mutaxassisligi bitiruvchisi Nuridinov Javohir Izomovichning magistr ilmiy darajasini olish uchun yozgan mazkur magistrlik dissertatsiyasi ham kafedraning “Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni” ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida amalga oshirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi kirish qismi, uch bob, oltita paragraf, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning strukturasi tanlangan mavzuning mazmun-mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishlanganlik darajasi asoslangan. Mavzuning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, aniq yoritib berilgan. Kirish qismi talab darajasida shakllantirilgan. Magistrlik dissertatsiyasining matni adabiyotlar ro‘yxatisiz 80 sahifani tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar muallif tomonidan qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalarni yechishga yordam bergan. Unda nafaqat o‘zbek va rus tillaridagi, balki ingliz tilidagi adabiyotlardan ham o‘rinli foydalanilgan. Umuman olganda, tanlangan adabiyotlar ishining mazmuniniga mos keladi.
Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi – “Robindranat Tagor diniy-falsafiy qarashlari shakllanishining nazariy – metodologik asoslari”, deb atalgan. Ushbu bobda dissertatsiyada keltirib o’tilgandek, XIX-XX asrlarda Hindistondagi imtimoiy-siyosiy tuzum, ilmiy va madaniy hayot tahlil qilingan. Ram Moxan Roy, Svami Vivekananda, Mahatma Gandi, Javaharlal Neru kabi buyuk siymolar rahbarlik qilgan falsafiy muhit haqida fikr yuritilgan.
Tatqiqotning ikkinchi bobi – “Robindranat Tagor diniy-falsafiy qarashlarining o‘ziga xosligi” deb nomlangan. Unda ta’kidlanganidek, shoir ilmiy biografiyasini yaratishda, uning oʻz asarlari beradigan ma’lumotlar nihoyatda muhim va qimmatlidir. Tagorning bir qator she’riy asarlarida, shuningdek, badiiy romanlarida alloma hayoti va faoliyatiga oid qator ma’lumotlar berib o’tilgan. Dissertatsiyada ham bular atroflicha o’rganilib chiqilgan. Bundan tashqari ushbu bobda Tagorning diniy- falsafiy, insonparvarlik, bag’rikenglik g’oyalari yoritib berilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi – “Robindranat Tagor ijodining Hindiston va Bangladesh ijtimoiy fikr rivojlanishiga ta’siri” deb atalgan. Ushbu bobda Tagor qarashlarida inson va koinot umumiyligi, millatchilik g’oyalari, shuningdek faylasufning Hindiston va Bangladesh taraqqiyotidagi oʻrni masalasi tahlil etilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining har bir bobi bo‘yicha qilingan xulosalar ham e’tiborga loyiq. Mazkur ishning mazmunidan uning muallifi birinchi manbalar bilan ishlagani ma’lum bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar muallif tomonidan qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalarni yechishga yordam bergan. Unda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi kutubxonasidagi kitoblardan o‘rinli foydalanilgan. Umuman olganda, tanlangan adabiyotlar ishining mazmuniniga mos keladi.
Lekin shu bilan birga, ishning ayrim paragraflari mazmunida falsafiy tahlilga nisbatan tarixiy yondoshuvning ustivorlik qilganligini kuzatish mumkin. Aytish joizki, ko‘rsatilgan kamchilik magistrlik dissertatsiyasining umumiy ilmiy saviyasiga jiddiy ta’sir etmaydi.
Shunday qilib, Nuridinov Javohir Izomovichning 5A120502 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi boʻyicha “magistr” akademik darajasini olish uchun yozgan “Robindranat Tagor diniy-falsafiy dunyoqarashlarining konseptual asoslari” magistrlik dissertatsiyasi mantiqan yakunlangan yaxlit tadqiqot ishini tashkil qiladi va uni ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin.
TDPU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
mudiri, falsafa fanlari doktori, professor K.J. Tulenova
Do'stlaringiz bilan baham: |