Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkaziladigan “Hayotimni o‘zgartirgan asar” ko‘rik tanlovi nizom I



Download 21,27 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi21,27 Kb.
#821005
Bog'liq
Hayotimni o\'zgartirgan asar tanlovi (3)


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkaziladigan “Hayotimni o‘zgartirgan asar” ko‘rik tanlovi
N I Z O M I

  1. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Samarqand davlat universitetida tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Hayotimni o‘zgartirgan asar” ko‘rik tanlovini (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

  1. Tanlovning maqsad va vazifalari

  1. Tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadini ko‘zlaydi. Shu jumladan, talabalar-yoshlarni mustaqil fikrlashga, hayotga ijod ko‘zi bilan qarashga, shuningdek, adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

  1. Tanlovni tashkil etish

  1. Tanlovda Samarqand davlat universitetining barcha fakultet talabalari (filologiya yo’nalishidan tashqari) va universitetimizga biriktirilgan mahalla yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

  2. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish univversitetning Ma’naviyat bo‘limi tomonidan shakllantirilgan Tashkiliy ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

  1. Tanlovni o‘tkazish tartibi

  1. “Hayotimni o‘zgartirgan asar” tanlovi ikki bosqichda o‘tkaziladi.

  2. Tanlovning 1-bosqichi fakultetlarda akademik guruhlar o‘rtasida, mahallalarda mahalla yoshlari o’rtasida o‘tkaziladi va birinchilikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 2-bosqichda (har bir fakultet va mahalladan 1 (bir) nafar ishtirokchi) qatnashadi.

  3. 2-bosqichda ishtirok etish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi haqida ma’lumot fakultet dekanati va mahalla mas’ullari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida Ma’naviyat bo‘limiga topshiriladi.

  4. 2-bosqich 2022-yil 20-iyun sanasida o‘tkaziladi.

  5. Tanlovga o‘z vaqtida yetib kelmagan ishtirokchi tashkiliy ishchi guruh tomonidan tanlovdan chetlashtiriladi.

  6. Tanlovning shartlari va baholash mezonlari:

1-shart “Asar bayoni” deb nomlanib bunda ishtirokchi oʻzi sevib oʻqigan va hayotini o‘zgartirgan asari boʻyicha qisqacha ma’lumot beradi. Ajratilgan vaqt 5 daqiqa. Baholash tartibi quyidagicha:

  • asarni bayon qilishda asar muallifi, asarning yetakchi gʻoyasi va mazmunining toʻliq qamrab olinganligi – 10 ball;

  • kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, matnda fikrni ifodalash uslubi, ishtirokchining nutq madaniyati, badiiy obrazlarning real hayot bilan bogʻliq ibratli tomonlarini ochib berganligi – 10 ball;

  • adabiyotda berilgan umuminsoniy gʻoyalar va milliy koloritga munosabat bildirilganligi – 10 ball;

  • asardagi aynan qaysi voqealar, nuqtai nazar, fikr, g’oya yoki syujet kitobxon hayotida o‘zgarish yasagani, uni amaliy faoliyatida qo’llay olgani va aynan shu sababli qanday natijalarga erishgani (asosli, ishonchli, hayotiy yoritilishi e’tiborga olinadi) – 20 ball;

Bunda bayon qilingan asar Hakamlar hay’ati tomonidan jamoaviy koʻrib chiqilib, birgalikda xulosa qilinib yagona baho (ball) qoʻyiladi. Jami 50 ball.
Yakuniy baho shart boʻyicha ishtirokchilarning eng yuqori toʻplagan ballarini qoʻshish orqali aniqlanadi.

  1. G‘oliblarni taqdirlash

  1. Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda:

I - o‘rin diplom va televizor;
II - o‘rin diplom va planshet;
III - o‘rin diplom va telefon mukofotlari bilan taqdirlanadi.

  1. Yakuniy qoidalar

  1. Tanlovning Nizom talablari asosida ijrosini nazorat qilish Tashkiliy ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish