Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti


Yevropa ma’rifatparvarlari estetikasi



Download 2,17 Mb.
bet134/187
Sana08.12.2022
Hajmi2,17 Mb.
#881234
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187
Bog'liq
3 Фалсафа мажмуа. 2022-2023

Yevropa ma’rifatparvarlari estetikasi
Yangi davrdagi Yevropa ma’rifatparvarlari orasida shotland mutafakkiri Deyvid Hyum (1711 – 1776) alohida o’rin tutadi. Uning «Didning me’yori xususida», «Fojea xususida», «Skeptik», «San’atlar borasida takomilga erishish xususida» kabi asarlarida estetik muammolar o’rtaga tashlangan. U nafosatni bilishdan tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko’ra, go’zallik asosan idrok etuvchining ongida, ruhida mavjud bo’ladi, aniq ob’ektiv asosga ega emas. «Go’zallik, – deb yozadi u, – narsalarning o’zida mavjud bo’lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o’zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa go’zallikni boshqacha idrok etadi. Boshqalar go’zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi mumkin, Shuning uchun har bir idrok etuvchi o’zi his qilayotgan holatni o’zgalarga zo’rlab uqtirishga intilmasligi kerak».
Olmon mumtoz estetikasi
Biz yuqorida ko’rib o’tgan ma’rifatparvarlar va o’sha davrdagi boshqa nafosatShunoslar nafosatShunoslikning umumnazariy masalalari, estetik idrok eti shva san’at falsafasi borasida Yevropa estetik tafakkuriga ozmi-ko’pmi nazariy Yangiliklar kiritdilar. Olmon mumtoz estetikasi ana Shunday xazinadan foydalanish natijasida o’zlari ham tengsiz tafakkur durdonalari yaratib, uni mislsiz boyitdilar.
Olmon mumtoz estetikasi ibtidosida buyuk faylasuf Immanuil Kant (1724-1804) turadi. U «Go’zallik va ulug’vorlik tuyg’ulari ustidan kuzatishlar» (1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788), «Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida estetika muammolariga maxsus to’xtaladi.
Kantning fikriga ko’ra, estetik hissiyot manfaastiz, beg’araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning ob’ekti esa shakldan boshqa narsa emas. Xullas, go’zallik manfaastiz maftunlikning, muhabbatning ob’ekti. Bu – go’zallikning birinchi belgisi. Ikkinchi belgisi esa Shundaki, u tushunchalar yordamisiz, ya’ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy maftunlikning narsa-hodisasi sifatida namoyon bo’ladi; estetik muhokama hech qachon mantiiq qonun-qoidalariga asoslanishi mumkin emas. Go’zallikning uchinchi belgisi Shundaki, u maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya’ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak, go’zallik – narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo’lmasdan turib, idrok etiladi. To’rtinchi belgi Shundaki, go’zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning ob’ekti, narsa-hodisasi sifatida yoqimlidir. Shunday qilib, go’zallik hammaga hech qanday manfaastiz, Shundayligicha, o’zining sof shakli bilan yoqishi zarur bo’lmagan narsa-hodisadir: «Nimaiki hammaga tushunchalar yordamisiz yoqimli bo’lsa, o’sha – go’zaldir».
Go’zallik bilan bir qatorda Kant ulug’vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi. Uning fikriga ko’ra, go’zallikdan olinadigan lazzat-sifat, ulug’vorlikdan olinadigan lazzat-miqdorning namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Ulug’vorlikni mutafakkir ikkiga ajratadi: matematik va dinamik ulug’vorlik. Matematik ulug’vorlik ekstensiv miqdorni – makon va zamondagi ko’lamli miqdorni, ikkinchisi kuch va qudrat miqdorini o’z ichiga oladi. Birinchi xil ulug’vorlikka yulduzli osmonni, okeanni, ikkinchisiga – yong’in, suv toshqini, dovul, zilzila, momaqaldiroqni misol qilib keltirish mumkin. Har ikkala holatda ham ulug’vorlik bizning hissiy tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo’yadi. Keyin ezilganlik hissi faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, Chunki bunda bizning faqat hissiyotimiz tang qoladi, ma’naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot olamidagi barcha ulug’liklardan-da yuksak bo’lgan ulug’likni fikrlay bilishga qodir. Chunki biz o’zimizni hissiyotli mavjudot sifatida buyuk va qudratli sezamiz. Haqiqiy ulug’vorlik – bu aql, insonning axloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan narigi tomondagi nimagadir intilishi. Shu bois Kant, haqiqiy ulug’vorlikni muhokama qilayotgan kishining qalbidan qidirish kerak, deydi. «Nimaiki, u haqda fikrlashning o’ziyoq qalb qobiliyati har qanday miqyosdagi tashqi hissiyotlardan miqyosliroq ekanini isbotlashi, o’sha – ulug’vorlikdir».
Kant san’atni hunardan ajratib qaraydi: birinchisi – erkin, keyingisi pul topishga qaratilgan, yollangan san’at. Nimaiki tushunchaga asoslangan bo’lsa, uni o’rganish mumkin, lekin ilhomni o’qib, o’rganib bo’lmaydi, deydi faylasuf. Kant did muhokamasining umumiyligi va zarurliygini ta’kidlaydi; buni u barcha uchun umumiy bo’lgan hissiyotlarning mavjudligi bilan asoslaydi: Hyumning «Did haqida bahslashish mumkin emas», degan shiori o’rniga «Did haqida bahslashish mumkin va bahslashish mumkin emas» degan shiorni o’rtaga tashlaydi. Kant buni estetik g’oya tushunchasi bilan bog’laydi; did muhokamasi asosida yotgan tushuncha noaniq, u har bir mushohada zamiridagi nazariy jihatdan aniq ta’riflab bo’lmaydigan alo tuyg’u haqidagi aqlning transstendental (ong va bilish chegarasi ortidagi) tushunchasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda: «Estetik g’oyani tasavvurning tuShuntirib bo’lmaydigan namoyon bo’lishidir».
Olmon mumtoz estetikasida eng e’tiborli o’rinlardan birini Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) egallaydi. Estetika borasida uning «Estetika» deb nomlangan ko’p jildlik ma’ruzalari mashhur. Gegel o’z falsafiy tizimini mutlaq g’oya asosiga quradi; uning uchun barcha mavjudlikning asosida qandaydir qiyofasiz, nosub’ektiv ruhiy ibtido yotadi – ana o’sha mutlaq g’oya. Mutlaq g’oya tabiat, ijtimoiy hayot va uning barcha ko’rinishlari mohiyatini tashkil etadi. Estetika ham muayyan taraqqiyot bosqichidagi g’oyaning o’zi. Mutlaq g’oya to tabiatga kirib borguniga qadar sof mantiqiy shaklda rivojlanadi. So’ng u o’zini tabiat sari begonalashtiradi, keyin yana o’ziga, ruhiy olamiga qaytadi. Biroq, bu qaytish Shu lahzagacha bo’lgan barcha taraqqiyot hodisalari bilan boyish vositasida ro’y beradi. Taraqqiyotning ana Shu uchinchi bosqichida mutlaq g’oya zaruriy muayyanlikka ega bo’ladi. Muayyanlashtirish shaklini g’oya sub’ektiv, ob’ektiv va nihoyat mutlaq ruh qiyofasida qo’lga kiritadi. Muayyan ruhning bu uch shakli nafaqat inson ongini, balki turli insoniy faoliyatlar hamda insoniy aloqalar va munosabatlar mohiyatini ham tashkil etadi. G’oya taraqqiyotining oliy bosqichi mutlaq ruh hisoblanadi. Mutlaq ruh – o’zi uchun o’zini predmet qilib, o’zi uchun o’z mohiyatini ifodalashdan boshqa hech qanday maqsadga ham, faoliyatga ham ega bo’lmagan erkin, haqiqiy, cheksiz ruh. U tashqi va hissiy mushohadada tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar asosidagi tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Gegelning fikriga ko’ra, o’zini to’liq erkinlikda mushohada qiluvchi ruh – san’at; o’zini ixlos sifatida namoyon qiluvchi ruh – din; o’z mohiyatini tushunchalar orqali fikrlab, uni biluvchi ruh – falsafa. San’at, din va falsafaning mazmuni Shunday qilib, bitta, farq faqat o’sha mazmunni ochish va anglab etishda. G’oyaning o’z-o’zini ochishning birinchi va eng nomukammal shakli, estetik bilish yoxud san’at. Uning maqsadi mutlaq ruhning hissiy tasvirini berish. San’at, axloq, davlat tuzumi, boshqarish shakli v.h. hammasi bitta umumiy ildizga borib taqaladi. Uni Gegel zamon ruhi deb ataydi.
Gegel g’oya va shakliy tuzilish munosabatlarinig uch xilini keltiradi. Dastlabki bosqichda g’oya mavhum va bir yoqlama shaklda namoyon bo’ladi. Bu san’atning ramziy shakli. Uni qadimgi Sharq xalqlari san’atida ko’rish mumkin. U sirliligi, balandparvozligi, majoziyligi va ramziyligi bilan ajralib turadi. Rivojlanmay qolgan mavhum mazmun bu erda o’ziga mos shakl topolmaydi. Ramziy shaklni mumtoz san’at shakli almashtiradi. Bu shaklda g’oya yoki mazmun etarli muayyanlikka ega bo’ladi. Mazmun uchun o’ziga mos shakl, qiyofa topiladi. Bu inson qiyofasidir. Agar ramziy san’at shakli Sharqona mustabidlikdan kelib chiqqan bo’lsa, mumtoz san’at shakli insonparvarlik va demokratik tabiatga ega. Mumtoz shakldan so’ng san’atning romantik (sururiy) shakli kechadi. Bu san’at shaklida yana g’oya va uning tashqi qiyofasidagi tugallangan birlik yo’qoladi va u orqaga qaytadi, lekin bu qaytish yuksalish darajasida ro’y beradi. Romantik san’at mazmuni – erkin muayyan ma’naviylik Shunday ruhiy taraqqiyotga etadiki, unda qalb olami go’yo tashqi olam ustidan g’alaba qozonadi va o’z ma’naviy boyligi uchun teng keladigan hissiy qiyofa topa olmaydi. Ana Shu bosqichda ruhning hissiy qobig’idan qutulish va o’zini anglashning boshqa Yangi shakllariga – dinga, undan keyin esa falsafaga o’tishi ro’y beradi. San’atning bunday o’z chegarasidan chiqib ketishi uning yo’qolishini emas, balki predmetning, mazmunining o’zgarishini bildiradi. U avvaldan mavjud bo’lgan tarixiy materialdan, an’anaviy-mifologik mavzu va syujetlardan qutiladi. Uning doirasi endi insonning ichki hayoti – quvonchu qayg’usi, intilishlari, qilmishlari va taqdirini o’z ichiga etadi. Shunday qilib, san’at xususiy hayotni aks ettiradigan erkin san’atga aylanadi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish