Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti


O’rta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi



Download 2,17 Mb.
bet132/187
Sana08.12.2022
Hajmi2,17 Mb.
#881234
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   187
Bog'liq
3 Фалсафа мажмуа. 2022-2023

O’rta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi
o’rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlari qadimgi dunyo mumtoz estetikasi yo’nalishlari va g’oyalarini davom ettirdilar. Ular Qadimgi yunon faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o’rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa «Birinchi muallim» deb atadilar. Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi: nima uchun ajdodlarimiz o’zimizning Sharqqa, deylik, qadimgi hayotga emas, Yevropaga – yunonlarga murojaat qildilar?
Buning asosiy sababi Shundaki, musulmonchilik talablariga Qadimgi yunon falsafasi ma’lum darajada javob berar edi. Ma’lumki, musulmonchilikning asosi tavhidda – yakkaxudolikda. Alloh yagona, uning sherigi yo’q va bo’lishi mumkin emas. Qadimgi yunon mutafakkirlari esa ana Shu yo’ldan bordilar. Birinchi bo’lib bu masalani Suqrot o’rtaga tashladi. U o’limga mahkum etilganida, unga yunonlar ma’budlarini hurmat qilmaganligi, yoshlarni yo’ldan ozdirganligi (aslida tavhid yo’liga boshlaganligi) ayb qilib qo’yildi. Suqrotning o’limi oldidagi so’nggi so’zlari ham Shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: «Men Uning (ularning emas – A. SH.) yoniga ketyapman», deydi u. Shuningdek, Aflotunning g’oyalar, olamiy ruh, emanastiya haqidagi fikrlari ham to’g’ridan-to’g’ri yakkaxudolik masalasiga borib taqaladi. Lekin, Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy jihatdan alohida isbotlashni o’z oldilariga vazifa qilib qo’ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U o’zining mashhur «Metafizika» asarida Xudoning yakkaligi, jismsiz, hech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi harakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy ta’riflab berdi. Uni «Oliy shakl» deb atadi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi hisoblanadi, u Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir. Aynan mana Shuning uchun ham Arastu hakim bizning Sharqda «Birinchi muallim» nomini oldi, uning izdoshlari o’zlarini ustozlariga taqlidan mashshoiyyunlar (perpatetchilar) deb atadilar.
O’rta asrlar musulmon Sharqida Arastudan so’ng eng ulug’ ustoz sifatida Abu Nasr al Forobiy (873 – 950) mashhur bo’ldi. U Arastudan keyingi – «Ikkinchi muallim» degan nomni oldi.
Forobiyning qarashlarida ezgulik bilan go’zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida «go’zal xatti-harakatlar», «go’zal qilmishlar» degan iboralarni ko’p uchratish mumkin. Go’zallikka etishishni u falsafa tufayli ro’y beradi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, har bir narsa-hodisaning go’zalligi uning o’z borlig’ini to’la namoyon etishi va mukammallikka eriShuvi bilan bog’liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go’zallikni farqlaydi – ichki va tashqi. U ichki go’zallikni yuqori qo’yadi va bu boyning boyligini bezab, kambag’alning kambag’alligini yashiradigan go’zallikni «adab» deb ataydi. Bunday go’zallik yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o’zini namoyon etadi. Tashqi go’zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go’zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan yuqori qo’yadi.
Temur va temuriylar davri estetikasi
XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada yuksaklikka erishgan edi. Afsuski, mo’g’ul bosqini Turkiston, Movarounnahr, Rum, Xuroson singari gullab-yashnab turgan o’lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazzulga yuz burdi, ne-ne shaharlar Yer yuzidan izsiz yo’qoldi, musulmon Sharqi zulmat ichida qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg’onish boshlandi. Sohibqiron bobomiz yuritgan oqilona siyosat butun mintaqada ma’naviy yuksalishga olib keldi. Shu bois Temur va Temuriylar davri ilm-fan va san’atning oltin davri hisoblanadi. Bu davr estetikasida buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning o’rni o’ziga xos. Navoiy go’zallik masalasiga tasavvufiy nuqtayi nazardan yondashadi – oliy go’zallikni Allohda ko’radi, Shu bois go’zallikni u haqiqat bilan aynanlashtiradi: Alloh – haqiqat quyoshi, Shuning uchun U go’zaldir. Har bir inson uchun Allohni tanish – Mashriqdan chiqqan quyosh go’zalligini anglash degan gap; uning nuridan kosadagi mayda haqiqat yo’li, Haq yo’li jilvalanadi. Ana Shu jilvagarlik insonning umr yo’lini go’zallashtiradi, haqiqat yog’dusiga ko’madi:
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo «YOr aksin mayda ko’r», deb jomdin chiqdi sado. Navoiy buyuk devon bo’lmish «Xazoyin ul-maoniyni ushbu bayt bilan boshlagani bejiz emas. Keyin u yana Shunday deb yozadi: Toki ul maydin ko’ngul jomida bo’lg’ach jilvagar CHehrai maqsudi mahv o’lg’ay ham ul dam moado. Demak, Chehra, Go’zallik ko’ngil qadahida jilvalanganida boshqa barcha narsalar ko’ngildan chekinadi, ikkinchi, uchinchi v.b. darajali hodisalarga aylanadi; ilohiy go’zallik lazzati birinchi o’ringa chiqadi. Lekin Navoiyda ilohiy go’zallik insoniy go’zallikni inkor etmaydi, aksincha ular orasida uyg’unlik vujudga keladi; insoniy go’zallik ilohiy go’zallik bilan boyiydi. Ilohiy – Mutlaq go’zallik tabiatda in’ikos etadi. Tabiatdagi ranglar Mutlaq go’zallikning tajallisi – jilvalanishi. Shu bois yor go’zalligi Navoiy she’rlarida tabiat ranglari bilan muqoyasa qilinadi, natijada oshiqning ohi ham ranginlik kasb etadi. Misol tariqasida uning «Qizil, sarig’, yashil» radifli g’azalini keltirish mumkin:
Hil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.
Yor go’zalligi, xatti, holi haqidagi hayollardan oshiqning boshi aylanadi, uning ko’z oldida butun olam, davru davron rangin ko’rinadi:
Orazu xoli bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
Oshiq-shoir o’z devonini go’zal kitobat qilishi uchun, bezashi uchun unga zar hal ham, alvon rang yoki zangori bo’yoqlar ham kerak emas, Chunki uning devoni o’z nazmidan ranginlik kasb etgan, bu nazm esa tabiat ranglariga uyg’un:
Navoiy oltinu shingarfu zangor istamas, Bo’ldi nazming rangidin devon qizil, sorig’, yashil. Alisher Navoiy g’azallarida rang estetikasi katta o’rin egallaganini ulardagi gul timsolida ham ko’rish mumkin. Uning asarlarida gul tabiat go’zalligi, zamin go’zalligi, inson taqlid qilishi lozim bo’lgan go’zallik sifatida namoyon bo’ladi. Navoiy merosidagi ijod va ijodkor haqidagi o’rinlar ham alohida e’tiborga molik. U ijodkorning tabiatini va vazifasini quyidagicha ta’riflaydi: «Ishlari maoniy xazonidin ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn sulkida nazm termak». Shundan kelib chiqib, buyuk mutafakkir so’zga alohida e’tibor berishni talab qiladi, uni ko’ngil qutisi ichidagini gavhar deb ataydi, hatto falak jismining joni deydi, ya’ni uning ilohiylik asosiga ishora qiladi, Shu bois ham shoir, ham she’rni estetik idrok etuvchi kimsa so’zga muqaddas ne’mat sifatida qarashi lozim.
Ko’ngul durji ichra guhar so’zdurur,
Bashar gulshanida samar so’zdurur.
Erur so’z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham.
Navoiy nafs uchun fikrini qurbon qilganlarini, ya’ni amal, mukofot, unvonlar olish maqsadida so’zini sotgan, Xudo bergan iste’dodni pulga, boylikka chaqqan shoiru olimlarni o’z qismatlari tomonidan la’natlangan kishilar deb ta’riflaydi; qanoatning o’zi bir saltanat, ijodkor inson o’sha saltanatda, ta’magirlikdan yiroq, mardona sabr bilan yashashi, ezgulik, go’zallik va haqiqat uchun xizmat qilishi lozim:
Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay,
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.
Kunji qanoat archi erur saltanat valek
Eldin tama’ni uzgali mardonaliq kerak.
«Majolis un-nafois», «Mezon ul-avzon» asarlarida Navoiy ana Shu mohiyatan muqaddas bo’lgan so’zdan foydalanish san’ati haqida fikr yuritadi. «Mezon ul-avzon» aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo’lsa, «Majolis un-nafois» tengi kam tazkira sifatida estetikaga aloqadordir. Unda Navoiy 450 nafardan ortiq shoir ijodiga to’xtalib o’tadi va ular ijodi uchun xarakterli bo’lgan misollarni keltiradi. Ayni paytda, tazkirada did, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o’z aksini topgan. Chunonchi, tazkiraning temuriy shahzoda-shoirlarga bag’ishlangan ettinchi majlisida Amir Temur didi haqida fikr yuritar ekan, Shunday deydi: agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andog’ xub mahal va mavqeda o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’oni ming yaxshi bayt aytgancha bor». Bu parchadagi, andak mubolag’adan qat’i nazar Navoiy shoirona, estetik did egasi bo’lishni ba’zi to’g’ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim etuvchi nazmbozlardan yuqori qo’yganini fahmlab olish qiyin emas.
Buyuk Navoiyning fikriga ko’ra, badiiy asar faqat go’zallikni kuylashi bilangina cheklanishi kerak emas, balki o’zi ham shaklan go’zal bo’lishi lozim. SHaklga ikkinchi darajali, bir qadar ahamiyastiz hodisa sifatida qarashni qattiq qoralaydi. Hatto Atoiydek buyuk shoirning qofiyaga bir oz e’tiborsizlik bilan munosabat qilganini ham nazardan qochirmaydi, ochiqchasiga, ammo ehtirom bilan tanqid qilib o’tadi:
Ul sanamkim suv qirog’inda paritek o’lturur,
G’oyati nozukligidin suv bila yusta bo’lur.
Qofiyasida aybg’inasi bor. Ammo Mavlono ko’p turkona aytur erdi, qofiya ehtiyotig’a muqayyad emas erdi». Temuriylar davri san’atida, u xoh rangtasvir – miniatyura, hoh me’morlik, hoh she’riyat bo’lsin, shakliy go’zallikning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. SHe’riyatda buni kam so’z ishlatib, ko’p ma’noni anglatishga, qofiyaning bir bo’g’inli so’zdan, radiflarni esa bir necha so’zlardan iborat tarzida vaznga joylashda ko’rsa bo’ladi. Buning mumtoz namunasini, avvalo, Navoiyning o’zidan topish mumkin. Mana bu ruboiyga diqqat qiling:
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Navoiyning epik asarlarida esa go’zallik bilan ezgulik aynanlashtiriladi. Mutafakkir ichki va tashqi go’zallik uyg’unligi g’oyasini ilgari suradi. Uning «Xamsa»sidagi bosh qahramonlar ana Shunday komil go’zallik egalari, YOsuman, Jobir, Xisrav singari badiiy qiyofalar, aksincha, xunuklik timsoli tarzida tasvirlanadi. Ayni paytda dostonlarda ulug’vorlik va tubanlik xususiyatlari ham izchil ochib beriladi. Masalan, Farhod va SHirinning o’z muhabbatlari yo’lida o’limga olib kelgan qahramonliklari naqadar ulug’vor bo’lsa, Xisrav va YOsumanlarning qilmishlari Shunchalik tuban. Navoiy dostonlarining yana bir o’ziga xos Sharqona xususiyati Shundaki, ularda muhabbat fojeaviylik xususiyati bilan chambarchas bog’liq tarzda aks ettiriladi. Bu borada Layli va Majnunni, Bahrom va Gulandomni eslashni o’ziyoq kifoya. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, Navoiy asarlaridagi muhabbat fojeaviylikni muqaddaslashtiruvchi go’zallik, qayg’uli va ibratli go’zallik sifatida tahsinga sazovor.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish