Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,, Musiqa taʼlimi va sanʼat" magistratura yoʻnalishi bitiruvchisi Rajabov Shaxzodbekning ,, Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida oʻquvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash” (Xorazm musiqa folklori misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga taqriz.
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta‘lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xalqimizning ilg‘or umuminsoniy g‘oyalarini takomillashtirib, kelajakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bog’liq milliy va ma’naviy qadriyatlami shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Zero bugungi zamonaviy ta‘limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi va mazkur tanlangan mavzuni to’laqonli ravishda dolzarb mavzu sifatida e’tirof etishga asos bo’la oladi. Mazkur magistrlik ishi ham aynan shu dolzarb masalaga bag’ishlangan bo’lib, unda muallif tadqiqot jarayonida mavzuga oid adabiyotlardan unumli foydalangan va sinov-tajriba ishlari olib borish jarayonida to’plagan tajribalari haqida bayon qiladi.
Taqdim etilayotgan ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, o’rganilganlik darajasi kabi jihatlar haqida to’xtalib o’tilgan. Tadqiqotchi musiqa ta‘limi taraqqiyotida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni va vositalarni tadqiq etishga qaratilgan ta‘lim shakllari, usul va vositalari haqida mulohazalar bayon etgan. Shuningdek, musiqa darslarida pedagogik mahoratni qo’llash imkoniyatlari shakli va uslublari magistrant tomonidan taqdim etilgan.
Rajabov Shaxzodbek tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzusi sifatida tadqiq qilingan ,,Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida oʻquvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash" nomli tadqiqot mazmunida Xorazm musiqa folklori, uning folkor musiqasi janrlari, ijro uslublari, maktab musiqa taʼlimida oʻquvchilarga berilishi lozim boʻlgan bilimlar va ularni qanday pedagogik va metodik uslublar vositasida yetkazish muammosi oʻrganilgan.
Muammo mazkur bitiruv ishida o’z yechimini topgan. Ilmiy ish badiiy jihatdan va ilmiy jihatdan badiy til bilan yozilgan va mazkur ish va uni bajarish bo‘yicha Nizom talablariga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Samarqand malaka oshirish institute dotsenti: Utanov.O’
Do'stlaringiz bilan baham: |