4-Linuxda dasturlarni o‘rnatiladigan fayllar orqali o‘rnatish
Windowsda dasturlar quyidagicha o‘rnatiladi:brauzerda ishlab chiquvchining veb-saytini ochi Ertami-kechmi ladi, o‘rnatuvchini yuklab olinadi va uni ishga tushirish uchun ikki marta sichqoncha chap tugmasi dastur faylida bosiladi.
Ammo Linuxda dasturlarni omborlardan o‘rnatish yaxshiroqdir - bunda dasturlar avtomatik ravishda o‘zini yangilaydi va ular bilan kamroq tashvish bo‘ladi.Agar kerak bo‘lgan dastur omborlarda topilmasa, quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Ilovani ishlab chiqaruvchi saytini topish va distributivga mos keladigan o‘rnatuvchi faylni yuklab olish.
Bu faylni ishga tushirish va O‘rnatish jarayonini boshlash.
Foydalanuvchi parolini kiritish va o‘rnatish jarayoni tugashini kutish
5-rasm.Komponentlar ro‘yxati
Windows ilovalarini Linuxda ishga tushirish.
5-Linuxda Windows ilovalarini o‘rnatish
Ertami-kechmi, foydalanuvchularga Linuxda Windows dasturlarini ishga tushirishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Linux operatsion tizimi uchun bitta aniq vazifani bajarish uchun hatto bir necha o‘nlab dasturlar yozilgan. Ammo bu tendentsiya faqat keng tarqalgan vazifalar uchun kuzatiladi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va o‘yinlarda vaziyat butunlay boshqacha.
Yuqori ixtisoslashtirilgan vazifalarni hal qilish uchun dasturlar mavjud emas,yoki juda kam miqdorda. Ilgari Linuxda oddiy ochiq kodli o‘yinlar bor edi, lekin mashhur Valve kompaniyasi ushbu platformaga qiziqib qolgandan keyin bu tizimda xam o‘yinlar va dasturlar paydo bo‘la boshladi.Lekin hozircha o‘yinlar va dasturlardagi vaziyat barcha foydalanuvchilar xohlagandek emas. Shuning uchun, ko‘p hollarda Linuxda Windows o‘yin va dasturlarini o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Linuxda Windows dasturlarini bajariladigan faylni sichqoncha tugmasini ikki marta bosish bilan ishga tushirish mumkin emas. Linuxning bajariladigan formati Windowsdan juda farq qiladi. Shuning
uchun ularni ishga tushirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish kerak bo‘ladi.Ana shunday maxsus dasturlardan ayrimlarini keltiramiz.
Wine dasturi. Wine nomi Wine Is Not an Emulator, ya’ni Wine emulyator emas degan ma'noni anglatadi. Bu Windows ilovalari va Linux tizimi o‘rtasidagi qatlamning bir turi. Bu foydalanuvchiga ko‘plab mashhur Windows dasturlarini o‘rnatish va ishga tushirish va ular bilan xuddi mahalliy Linux ilovalari kabi ishlash imkonini beradi.
6-rasm.Wine dasturi oynasi
Winetricks. Wine yomon vosita emas, lekin uning interfeysi ishlatishga uncha qulay emas. Agar ushbu dastur bilan ishlab, etarli natijaga erishmagan foydalanuvchilar, Winetricks dasturidan foydalanishlari mumkin. Winetricks Windows ilovalarini o‘rnatish va ishga tushirish uchun chiroyli grafik interfeysga ega va yangi foydalanuvchilar uchun tushunish uchun juda oson.
7-rasm.
PlayOnLinux. PlayOnLinux Linuxda Windows ilovalarini ishga tushirish uchun yana bir qulay vositadir. Winetricks kabi, u oddiy grafik interfeysga ega. Ammo, undan farqli o‘laroq, PlayOnLinux ma'lum bir dastur uchun Wine-ning ma'lum bir versiyasini tanlash imkonini beradi.
Bu kerak bo‘lgan dasturlardan biri Wine-ning yangi versiyalari bilan to‘g‘ri ishlamasa foydali bo‘ladi. Umuman olganda, PlayOnLinux Winetricks-ga qaraganda ancha qulay va amaliy foydali hisoblanadi.
8-rasm.PlayOnLinux dasturi oynasi
Crossover. Ba'zida bepul PlayOnLinux va Winetricks ba'zi nozik ilovalarni o‘rnatolmaydi. Bunday holda, Crossover dasturi yordam berishi mumkin. Ushbu dasturdan foydalanish juda oson. Faqat qaysi dasturni o‘rnatmoqchi ekanligini ko‘rsatish va o‘rnatish faylini Crossover-ga o‘tkazish kerak. Qolganlar barcha vazifani dasturni o‘zida bajariladi.
9-rasm. Crossover dasturi oynasi
Crossover litsenziyasi bir yil uchun 39,95 dollar turadi, ammo dasturni bepul sinov muddatida ham ishlatish mumkin. Uning to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun birinchi navbatda kerakli dasturni o‘rnatish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |