Sharh va izohlar



Download 77,21 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2022
Hajmi77,21 Kb.
#462207
  1   2   3   4
Bog'liq
Sabbayi Sayyor dostonidagi so`nggi boblar sharhi


Mavzu: “Sabbayi Sayyor” dostonlaridagi so`nggi boblar sharxi.
Reja:

  1. SHARH VA IZOHLAR.

  2. Layli va Majnun”, “Sab'ai sayyor” dostonlaridagi so'nggi boblar sharhi



«Sab`ai sayyor» Alisher Navoiy «Xamsa»sining to`rtinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan va dostonning ilmiy-tanqidiy matniga ko`ra hajmi besh ming to`qqiz baytdan iborat1. U aruzning hafif bahrida yaratilgan.
Navoiyning «Sab`ai sayyor» dostoni tilining tadqiqotchilaridan prof. Alibek Rustamov doston vaznini «hafifi musaddasi maxbuni mahzuf va maqsur, maqtu` va maqtu`i musabbag`» deb belgilaydi: foilotun (yoki failotun) mafoilun failun (yoki failon) yo fa`lun yohud fa`loi) (Karang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari, Ilmiy ishlar, filologiya fanlari, 27-kitob, ToshDU, Toshkent, 1964, 27-bet). Filologiya fanlari doktori S. Hasanov esa, «Sab`ai sayyor» dostonida hafif bahrining yetti xil ko`rinishi mohirona qo`llanilganini ta`kidlaydi. (Qarang: S. Xasanov. Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 177— 181).
Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida «Yana chun «Sab`ai sayyora» rasadin zamirim bog`labtur. Ashraf «Haft paykar»ning yetti hurvashin peshkashimg`a yarog`labtur» (Alisher Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, Toshkent, 196-7, 120-bet, deb yozgan va doston nomini «Sab`ai sayyora» deb atagan bo`lsa-da, ammo dostonning xotimasida:
Lutf bu nazm aro bag`oyatdur,
G`araz ammo yeti hikoyatdur.

Chunki qoyil yeti musofir edi
Ki, alar sayr ishiga mohir edi.

Bo`ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo`ydum otini «Sab`ai sayyor».—

deb ta`kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir bo`lgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini «Sab`ai sayyor», ya`ni «etti sayyor (kezuvchi)» deb ataganini uqdiradi.
«Sayyor» so`zi lug`atlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi.
Navoiy dostonidagi asosiy g`oya sayyohlar va ularning hikoyatlari orqali yoritiladi, lekin sayyoralar bilan bog`liq masalalar ham bor. Shunga ko`ra, Navoiy «sayyor» so`ziga uning ikkala ma`nosini yuklab, dostonni «Sab`ai saiyor» deb atagan. Qolaversa, Nizo-miyniig «Haft paykar» dostoni nomidagi «paykar» (1. go`zal, 2. surat), Dehlaviyning «Hasht behisht» dostoni nomidagi «behisht» (1. taxt, 2. jannat), Ashrafning «Haft avrang*idagi «avrang» (1. taxt, 2. sayyora) so`zlari ham ikkala ma`nosida ishlatilgan. Shuningdek, «sayyor» ham «paykar», behisht», «avrang» so`zlari kabi yopiq bo`g`in bilan tugallangan.
Demak, Navoiy doston nomlanishida ham salaflari izidan borgan va dostonini «Sab`ai sayyor» atagan. Asar nomi haqida qarang: P. Shamsiev. «Sab`ai saiyor» dostonining ilmiy-kritik tekstini tayyorlash prinцiplari haqida, Alisher Navoiy. «Xamsa», «Sab`ai sayyor», Toshkent, 1956, 8-bet; S. Ayniy. Asarlar. 8 jildlik, 8 jild, 1967, 299-bet; A. Rustamov. Navoiy «Bahromnoma»sining nomi haqida, O`zbek tili va adabiyoti masalalari, 1961, 3-son; N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1963, 531-bet; M. Muhitdinov. Talqinlarda olamcha ma`no, Toshkent, 1984, 161-bet.

Download 77,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish