Shamolning geologik ishi Reja



Download 81 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2022
Hajmi81 Kb.
#691662
1   2   3
Bog'liq
SHAMOL 2

2. Shamolning geologik ishi

Shamolning geologik ishiga quyidagilarni kiritish mumkin:


1 - deflyatsiya (lat. «deflyatsio» - puflash, sochish); 2 - korraziya (lat. «korrazio» - egovlash, silliqlash, tarashlash, sindirish);
3 - transportirovka
4 - akkumulyatsiya (lat. «akkumulyatsio» - to‘plash).
Shamolning yuqorida ko‘rsatib o‘tgan barcha ishlari bir - biri bilan bog‘liq bo‘lib, bitta murakkab jarayon hisoblanadi. Shamol bilan bog‘liq bo‘lgan hamma jarayonlar, relьef shakllari, yotqiziqlari eol nomi bilan yuritiladi (eol qadimgi yunon afsonasida - shamol xudosidir).
Shamol barcha o‘nqir - cho‘nqirlarga, qoya toshlarning orasiga kirib borib, undagi mayda zarrachalarni uchirib ketadi. Bu hodisa deflyatsiya deyiladi.
Deflyatsiya natijasida qatlamli mo‘rt, bo‘shoq jinslarda g‘aroyib shakllar vujudga kelishi mumkin «Eol qozoni» degan chuqurliklar hosil qiladi. Deflyatsiya natijasida ba’zan hosildor tuproqlarni ham shamol uchirib ketib, boshqa joylarda to‘playdi. O‘rta Osiyodagi O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining janubiy qismiga janubdan esuvchi «afg‘on shamoli» millionlab tonna chang to‘zonini uchirib olib keladi, Afg‘on shamoli esganda, Quyosh yuzini ko‘rib bo‘lmaydigan darajada atmosferani chang qoplab oladi. Kunduz kunlari qorong‘ilashib, yaqin masofadagilarni tanimay qolasiz. Ayniqsa, Sahroi Qabirda chang - to‘zonli bo‘ron - samum esganda butun tirik mavjudotlar dahshatga tushadi. Ehtimol, ana shu samum tufayli va Quyosh nuridan o‘zlarini muhofaza qilish uchun ham odamlarga oq kiyimlarga o‘ranib olish odat tusiga aylangandir.

Korraziya (lotincha corrasio - tarashlash) ochilib qolgan tog‘ jinslari va minerallarga mexanik ishlov berish, silliqlash, tarashlash bo‘lib, bu uchib kelayotgan qum donalari yordamida yuz beradi. Qum donalari shamol yordamida uchirilib, turli balandlikka ko‘tariladi. Pastroqda uchayotgan qum donalari yirikroq va ko‘proq bo‘lib, asosan qoya toshlarni «bombardimon» qilib, “burg‘ilash” ishlarini bajaradi.


Shamol uchirgan milli-onlab qum donalari tog‘ jinslarining yuzasiga urilib, uni asta-sekin tarashlaydi, silliqlaydi, burg‘ilab turli chuqurchalar hosil qiladi va nuratadi Shamol birinchi navbatda yumshoq jinslarni emiradi. Shamolning bunday emiruvchi ishi uchirib ketish va tarqatish bilan birga sodir bo‘ladi.
Korraziya nuqtali, tirnovchi va burg‘ilovchi bo‘lishi mumkin. Korraziya tufayli tog‘ jinslarida chuqurchalar, pastqamliklar, jo‘yaklar, tirnash izlari vujudga keladi. Ularning shakli va o‘lchami birinchi navbatda tog‘ jinslarining tarkibi va yotish sharoitlariga bog‘liq. Shamol oqimining pastki qavatida qum ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham birjinsli substratning pastki qismida chetlari silliqlangan eng yirik kavaklar vujudga keladi. Turli mustahkamlikka ega bo‘lgan qatlamli yotqiziqlarda yumshoqroq qatlamlar faol emiriladi, ularning o‘rnida jo‘yakchalar hosil bo‘ladi, qattiq qatlamlarda esa chetlari silliqlangan va dumaloqlangan karnizlar vujudga keladi .
Tarkibi doimiy bo‘lmagan jinslar yuzasida, masalan notekis ohakli qumtoshlarda yumshoqrok joylari tarashlanib, emirilgan material uchirib ketiladi va eol qozonlari hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, deflyatsiya va korraziya hodisalari birlashib, tabiatda toshlardan har xil g‘aroyib shakllar yasashadi, kichik g‘orchalar, teshiktoshlar, ustunlar, odamsimon hayvonlarni eslatuvchi, ko‘ziqoringa o‘xshash shakllar vujudga keladi
Akademik V.AObruchev Jung‘oriyada ertaklardagidek turli relьef shakllarida iborat «Eol shahri» borligini yozib qoldirgan. Shamollar qumlarni bir tomonga doimo uchirib ketishi oqibatida kattiq tog‘ jinslarida kichik ariqchalarni vujudga keltirishi ham mumkin.
Shamolning cho‘kindi materiallarni tashishi juda katta ahamiyatga ega. Shamol Er yuzasidan yumshoq mayda bo‘lakli materiallarni ko‘tarib, butun er shari bo‘yicha katta masofalarga tashiydi va shuning uchun ham uni sayyorar jarayon deyish mumkin. U asosan pelitli (gilli), alevritli (changsimon) va psammitli (qum) o‘lchamdagi mayda zarralarni ko‘chiradi. Ko‘chirish uzoqligi jins bo‘laklarining kattaligi va shakliga, solishtirma og‘irligiga va shamolning kuchiga bog‘liq. Tezligi 7 m/s ga etgan shamol 90% qum zarralarini 5-10 sm balandlikda tashiydi, kuchliroq shamol esa, (15 - 20 m/s) zarralarni bir necha metr balandlikda uchirib ketadi. Kuchli to‘zon esa, qum zarrachalarini bir necha o‘n metr balandlikda uchirib, diametri 3 - 5 sm bo‘lgan shag‘allarni yumalatib olib ketadi. Tog‘ jinslarining yirik bo‘laklari-harsanglar quyun tur¬ganda bir necha metrga surilishi mumkin.
Qumlar eol transportirovkasining muhim komponenti hisoblanadi. Muallaq holda ko‘chirilish jarayonida qum donalari o‘zaro to‘qnashib, dumaloqlanadi, silliqlanadi, ba’zan mikrodarziklari bo‘yilab mayda zarrachalarga parchalanadi. Kvarts eol transportirovkasida mexanik parchalanishga eng bardoshli sanaladi. Shuning uchun ham shamol oqimida u asosiy massani tashkil etadi.
Changsimon va gil zarrachalari (vulkan kuli va b.) ba’zan eol oqimining asosiy qismini tashkil etadi. Bu materiallarning tashilish uzoqligi cheksiz bo‘lishi mumkin. Ular butun stratosferani to‘yintirishi va troposferagacha ko‘tarilishi mumkin. Katta ba¬landlikka ko‘tarilgan mayda zarrachalar ayniqsa juda uzoqlarga olib ketilishi mumkin. Masalan, Krakatau vulkanidan (Indoneziya) otilgan qizil kul butun er sharini aylanib o‘tgan va atmosfera havosida uch yilgacha mavjud bo‘lgan.
Afg‘onistondagi Dashti-Margo, Dashti-Arbu sahrolaridan ko‘tarilgan chang Qoraqumgacha etib boradi. G‘arbiy Xitoydan ko‘tarilgan chang Afg‘onistongacha va O‘rta Osiyogacha etib kelib, cho‘kmaga o‘tadi. A.Allisonning ma’lumotlariga ko‘ra Sahroi Qabirdan uchirilgan qum zarrachalari 160 km masofani bosib o‘tib to‘planishi mumkin ekan. Chang va mayda qum zarrachalari 2500 - 3000 km uzoqlikkacha etab boradi. Sahroi Kabirning qumi Milan shahari ko‘chalariga ham etib kelganligi haqida ma’lumotlar bor.
Eol yotqiziqlari. Shamol tashiydigan materiallarning tarkibi turli-tuman bo‘ladi. Qum-changli to‘zonlarda kvarts va dala shpati ko‘pchilikni tashkil etadi, kam miqdorda gips, tuz, gil va ohak zarralari, tuproq va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘p qismi er yuzasida ochilib qolgan jinslarning nurash mahsulotlari hisoblanadi. Changlarning bir qismi vulkanik, yana bir qismi fazoviy genezisga ega bo‘ladi. Shamol uchirib ketadigan changlarning katta qismi dengiz va okeanlar yuzasiga tushib, ularning yotqiziqlari bilan aralashib ketadi; qolgan qismi esa quruqlik yuzasiga cho‘kib, eol yotqiziqlarini tashkil etadi.
Shamol tashiydigan bo‘lakli material tashilish jarayonida sa-ralanadi. Yirikroq bo‘lgan qum donalari gil zarralariga qaraganda oldinroq cho‘kmaga o‘tadi. Shu tufayli qumli, lyossli va gilli yotqiziqlar alohida cho‘kmaga o‘tib, to‘planadi. Eol yotqiziqlari amalda er yuzasining barcha joylarida kuzatilishi mumkin. Ammo katta qalinlikdagi va keng hududlarni egallaganlari eol jarayonlari rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan arid iqlimli mintaqalarda vujudga keladi. Eol yotqiziqlari orasida qumlar juda keng maydonlarni egallab yotadi.

Shamolning geologik ishi sahrolarda va yarimsahrolarda juda yaqqol ifoda-langan bo‘ladi. Bunda katta maydonlarni egallagan qumli barxanlar hosil bo‘ladi (118-rasm). Sahrolar Antraktikadan tashqari barcha kontinentlarning quruq va o‘ta quruq iqlimli viloyatlarida tarqalgan. Ular ikkita mintaqani tashkil etib, shimoliy va janubiy yarimsharlarda 10 va 45°kengliklar orsida joylashgan.


Sahrolarda juda kam yomg‘ir va qor yog‘adi (yiliga 200 mm dan kam). Quruq havo yog‘in-sochinlar miqdoridan 10-15 marta ortiq bo‘lgan namlikni bug‘lantirishi mumkin. Bunday kuchli bug‘lanish sababli kapillyar bo‘shliqlar orqali doimo sizot suvlarining er yuzasiga qarab vertikal harakati sodir bo‘ladi. Bu suvlar tuproqdan temir va marganetsning oksidli birikmalarini eritib olib chiqadi va qoyali tog‘ jinslarining yuzasida qo‘ng‘ir yoki tim qora rangli yupqa plenka hosil qiladi. Ular «sahro toblanishi» deyiladi.
Shamol ishining xarakteri bo‘yicha sahrolar deflyatsion va ak-kumulyativ turlarga ajratiladi.
Deflyatsion sahrolar (Afrikada gammada, O‘rta Osiyoda qir deb yuritiladi). Ular g‘aroyib shakllarga ega bo‘lgan qoyalardan yoki qoyali toshlarning to‘plamlaridan iborat bo‘ladi.
Bunday sahrolarga AQShdagi Monumentlar vodiysi va Kalaxari sahrosini (Kalahari Desert) misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Kalaxari Janubiy Afrikadagi qo‘shni Botsvana, Namibiya, JAR davlatlari hududlarida joylashgan.
Kalaxari – yirik sahrolardan biri bo‘lib, uning 600 ming km2 li katta qismi Botsvana hududida joylashgan.
Kalaxari sahrosidagi qumlar asosan qizil, qizg‘ish-qo‘ng‘ir, pushti ranglarga ega. Kalaxari chekkalarida o‘simliklar o‘sadi va hayvonlar yashaydi. Sahro shu nomli botiqlikda joylashgan.
Akkumulyativ sahrolar tarkib topgan materiallari bo‘yicha barxanli (qumli), taqirli (gilli), adirli (lyossli) va sho‘rxokli (sho‘rlangan) turlarga bo‘linadi.
Barxanli sahrolar eng keng maydonlarni egallab yotadi. Dunyoda eng yirik sahro Afrikaning shimoliy qismidagi Sahroi Qabir hisoblanadi. Uning maydoni 9 million km2 dan ortiq. U butun Shimoliy Afrikani: Misr, Tunis, Marokkash, Mavritaniya, Niger, Sudan, Chad, Liviya, Jazoir va boshqa davlatlar maydonini egallagan bo‘lib, Afrika kontinentining 30% maydonini tashkil etadi. Bu erda shimoliy-sharqdan kuchli shamollar esadi. Sahroi Qabirning to‘rtdan birini vulkan tog‘lari, ikkinchi choragini qumlar, qolganini graviyli tekisliklar, o‘simlikli vohalar tashkil etadi
O‘rta Osiyoda Qoraqum va Qizilqum sahrolari asosan barxanli qumlar bilan qoplangan.
Barxanli sahrolar odatda deflyatsiya va korraziya mintaqalariga yaqin joylarda hosil bo‘ladi. Barxanli sahrodagi qumlar yuqori darajada saralanganligi va yaxshi dumaloqlanganligi bilan boshqa genezisdagi qumlardan farq qiladi. Shuningdek ularning yuzasida tirnash izlari kuzatiladi va xira bo‘ladi. Qum zarrachalarining o‘lchami odatda 0,25 - 0,1 mm dan oshmaydi. Ularda kvarts minerali ko‘p, kamroq dala shpati uchraydi. Eol qumlarining rangi oqish, sarg‘ish va ba’zan qo‘ng‘ir bo‘ladi. Eol qumlarida parallel emas, balki qiya va to‘lqinsimon qatlamlanish kuzatiladi. Qiya seriyalarning og‘ish tomoni bo‘yicha shamol esgan yo‘nalishni aniqlash mumkin.
Barxanlar mayda tepaliklar, g‘ovlar va qatorlar, yarimoy shaklidagi qum uyumlaridan iborat bo‘ladi. Planda shamolning yo‘nalishiga mo‘ljallangan yarimoy shaklini eslatadi. Barxanlarning balandligi 20 - 30 m gacha boradi. Shamol esuvchi tomonining qiyaligi 10-15°, shamol yo‘nalishidagi qiyaligi esa tikroq, 30-35° bo‘ladi. Barxanlarning o‘rkachi odatda o‘tkir burchakli bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi tet-tez o‘zgaruvchi joylarda relьef yuzasi jim-jima shakllarga ega bo‘ladi .
Dengiz va daryo bo‘ylarida paydo bo‘ladigan qum tepalari dyunalar deyiladi. Barxan va dyunalarning qumlari qatlamsiz, yaxlit bo‘ladi. Dyunalarning balandligi 20 - 25 m gacha ba’zan 50 m gacha boradi .
Barxan tepaliklari yuzasida eol ryablari rivojlangan bo‘ladi. Ular o‘ziga xos mikrorelьef hosil qiladi va barxan-larning shamol esuvchi tomonidagi yuzasida rivojlangan bo‘ladi. Barxan ryablari suv oqimlarinikiga o‘xshash asimmetrik tuzilishga ega va barxan yuzasida to‘lqinsimon parallel joylashgan bo‘ladi. Ryab o‘rkachlari orasidagi masofa 3-4 sm, amplitudasi (balandligi) esa undan kamroq bo‘ladi (rasm).
Barxanlar va dyunalar ko‘chib yuradigan qum tepalaridir. Ba’zan barxanlar bir kunda 5-10 m gacha ko‘chib, boshqa joyda tepaliklar hosil qilishi mumkin. Dyunalar ham bir yilda 100 - 200 m gacha ko‘cha oladi. Hozirgi kunda harakatdagi barxanlar Qizilqumning ayrim qismlarida (Buxoro viloyatining Romitan tumani) kuzatiladi. Barxan qumlarning aksariyat qismi hozirgi kunda kam harakatli.
Qum harakatidan ekinzorlar, ba’zan qishloqlar qum ostida qolib ketishi mumkin. Ekinzorlarni, temir yo‘llarni qum bosib ketmasligi uchun ularning atrofi ihota qilinib, daraxtzorlar barpo qilinadi.
Taqirli (gilli) sahrolar qum sahrolarini o‘rab turadi yoki ularning ichida joylashgan bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda taqirlar qurigan ko‘llarning yoki daryolarning tubi hisoblanadi. Taqirlarni tashkil etgan gilli cho‘kindilar yuzasi ularning qurishidan kuchli darzlanadi. Bunday darzlar taqir yuzasida poligonal uchastkalarni ajratadi. Poligonal bo‘laklarning chetlari birmuncha balandga ko‘tarilgan bo‘ladi (rasm).
Taqirli sahrolar grunt suvlari hisobiga ham, atmosfera yog‘in-sochinlari hisobiga ham hosil bo‘lishi mumkin.

Adirli (lyossli) sahrolar ham qumli sahrolarning chekka qismlarida rivojlanadi. Bunda shamol uchirib kelti-rilgan chang zarralari to‘planadi. Turli qalinlik-dagi lyossli jinslar to‘pla-nadi. Adirlarning yuzasi vaqtinchalik oqar suvlarning faoliyati tufayli odatda notekis bo‘ladi. Kuchli jarlanganlik kuzatiladi. Lyossli jinslar vertikal ajralish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli jarlarning borti har doim tik bo‘ladi .


Lyosslar (lyoss nemischada sariq tuproq ma’nosini anglatadi) sarg‘ish-qo‘ng‘ir, sarg‘ish-kulrang va bo‘zrangli, yumshoq va g‘ovakli jinslar bo‘lib, kontinental yotqiziqlarning muhim genetik turi hisoblanadi. Ulaning tarkibida 90% dan ortiq kvarts va boshqa silikatlarning hamda glinozemning changsimon zarrachalari bo‘ladi. 6% ga yaqinini odatda noto‘g‘ri shakllardagi ohakli uyushiqlarni (sho‘x) tashkil etuvchi kalьtsiy karbonat tashkil etadi. Lyosslarning o‘ziga xos belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- changsimon zarralardan tuzilgan bo‘lib, ko‘proq 0,05 mm dan 0,005 mm diametrli alevrit zarralaridan tashkil topgan;


- qatlamlanish xususiyati yo‘q, butun qalinligi bo‘yicha yaxlit tuzilgan;
- karbonatli g‘uddalar va uyushiqlarga egaligi;
- vertikal ajralish xususiyatiga egaligi;
- yuqori darajadi (50 - 60% gacha) g‘ovakligi;
- namlanganda va yuk ostida cho‘kish qobiliyati.
Lyosslarning eng ko‘p qismi Ukrainadan Janubiy Xitoygacha cho‘zilgan hududlarda tarqalgan. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan yuzlab metrgacha boradi. Xitoydagi lyosslar juda qalin bo‘lib 250 - 350 m gacha etadi. O‘zbek olimlaridan akademik R.O.Mavlonov O‘rta Osiyodagi lyosslarni aksariyati shamol yordamida hosil bo‘lganligini isbot qilgan.
Lyossli adirlar O‘rta Osiyoda, Kavkazortida, Ukrainada va Afg‘onistonda keng tarqalgan.
Sho‘rxokli (sho‘rlangan) sahrolar grunt suvlarining yotish chuqurligi katta bo‘lmaganda kuzatiladi. Tuproqdagi namlik kapil¬lyarlar orqali er yuzasiga so‘rilib, bug‘lanib ketadi. Erosti suvla¬rining mineralizatsiyasini tashkil etuvchi tuzli birikmalar er yuzasini oppoq, yumshoq, g‘ovakli po‘stloq bilan qoplab oladi. Sho‘rxokli sahro AQShdagi “O‘limlar vodiysi” va Markaziy Qizilqumdagi Minbuloq, Qoraqota botiqliklarida, Kaspiy va Orol dengizi oralig‘ida joylashgan Ustyurt platosida keng tarqalgan. Markaziy Qizilqumdagi Lavlakon sho‘rxoklari bir qancha sho‘r ko‘llardan iborat bo‘lib, jazirama issiqda faol bug‘lanish natijasida tuz qatlami hosil qilib, qurib qoladi. Ularning to‘yinishi er yoriqlaridan chiqayotgan sho‘r erosti suvlari bilan bog‘liq.
Uyuni sho‘rxoki (Salar de Uyuni) Boliviyadagi dunyoda eng yirik qurib qolgan sho‘r ko‘ldir. Egallagan maydoni 10582 kv. km., dengiz sathidan 36-50 metr balandda joylashgan.
Uyuni sho‘rxokidagi tuzning qalinligi 2 dan 8 metrgacha boradi. Har yili bu joydan 25 ming tonna tuz qazib olinadi.
Xulosa
Shamolning geologik ishi sahrolarda va yarimsahrolarda juda yaqqol ifoda-langan bo‘ladi. Bunda katta maydonlarni egallagan qumli barxanlar hosil bo‘ladi (118-rasm). Sahrolar Antraktikadan tashqari barcha kontinentlarning quruq va o‘ta quruq iqlimli viloyatlarida tarqalgan. Ular ikkita mintaqani tashkil etib, shimoliy va janubiy yarimsharlarda 10 va 45°kengliklar orsida joylashgan.
Sahrolarda juda kam yomg‘ir va qor yog‘adi (yiliga 200 mm dan kam). Quruq havo yog‘in-sochinlar miqdoridan 10-15 marta ortiq bo‘lgan namlikni bug‘lantirishi mumkin. Bunday kuchli bug‘lanish sababli kapillyar bo‘shliqlar orqali doimo sizot suvlarining er yuzasiga qarab vertikal harakati sodir bo‘ladi. Bu suvlar tuproqdan temir va marganetsning oksidli birikmalarini eritib olib chiqadi va qoyali tog‘ jinslarining yuzasida qo‘ng‘ir yoki tim qora rangli yupqa plenka hosil qiladi. Ular «sahro toblanishi» deyiladi.


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish