BUVIMNING O`GITI
Doim, faol bo`l intil bilimga
Xalqparvarlik yo`liga tikki jon.
Oz bo`lsada hissang teksin, elinga
Bekor joyga, urma o`zing hech qachon.
Yurtga boq,boq o`zinga
Umring o`tmasin hech bekor.
Shira qo`sh,bol qo`sh so`zinga,
Dastyor bo`l ,bo`lsin senga darkor.
Darding bo`lsa to`kib soch,
Qolib ketmasing ichingda.
Yovuzlikdan nari qoch
Paydo bo`lmasin o`chingda.
Tuhmatdan nari yur,
Yaqinlashmagin hech qachon
Har doim sergak tur,
Kerak bo`lsa senga jon.
O`YLADIM O`ZIMNI FAQAT
Hamisha o`yladim o`zimni faqat,
Do`stlarim bezordir qilmasdan toqat,
Alamim bor bu haqiqat,
Hamisha o`yladim o`zimni faqat.
O`zgalar dardini eshitmadim hech,
Quloq solaman-u jonim kuymaydi
Bo`lsanima bo`ldi kech,
Bunda o`rtanar tan jonim.
Hamma ham yashaydiku men qatori,
Dardi ham mendan ko`pdir ohu.
Bir parcha go`shtim yurak bahori,
Bardosh berolmas alam zahriga.
Do'stlaringiz bilan baham: |