Shamollar og’ushi



Download 30,22 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi30,22 Kb.
#203569
  1   2   3   4
Bog'liq
Sh`erlar


SHAMOLLAR OG’USHI
Mayin shaboda esgan vaqt,

Termulaman daraxt bargiga.

Sukunat saqlamas ular hech vaqt,

Cho’mgayman olis hayollarga.


Mayin shamol yelpar sochlarim,

Og’ushiga oldi hayollarimni.

Shu hayollarda qolsam umrbod,

Mayin shamol ham essa to umrbod.


Chang yo’llar shamol bilan,

Uchib ketar yiroqlarga.

Tuproq yo’llar izsiz qolgan,

Ular olis uzoqlarga…


Hayol ketdi hamma taraf,

Goh shamolga,goh yo’lga.

Shamol ketdi meni avrab,

Novbatdagi olis yo’lga.



KABUTARLAR ODAMLARDAN MEHRIBON…
Osmonlardakabutarlar ucharlar,

Saxarlabdan mayuslikni socharlar.

Dunyo mehribon birgalashib qocharlar,

Kabutarlar odamlardan mehribon.


Uchgan tomonidan qaytmaydi,

Porloq mehr quyoshi hech botmaydi.

Umri oz bo’lsa ham bir-birin sotmaydi,

Kabutarlar odamlardan mehribon.


Kabutarlar uyidir keng dala,

Dalasida mehr to’la,nur to’la.

Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la,

Kabutarlar odamlardan mehribon.


Ne qilishni bilmay o’yga toldim ,

Kabutarlardan men saboq oldim.

ULarda muhabbat otashin zabon,

Kabutarlar odamlardan mehribon.



QOR…..

Deraza ortida mangulik, jimlik,

Daraxtlar mangu uyquga ketgan.

Ulrning ortida mangulik,jimlik.

Qish atvori qorlarni yerlarga to’kkan.
Sukunat,jimlik,o’yga toldirar,

Hayollar unga tez nazar tashlar.

Bu sukunat ha demay esdan ogdirar,

Chunki, deraza ortida hamon qor yog’ar.


Mudroq tuyg’ular tutgali otash,

O, yana qoshimda yana paydo bo’lding qor.

Borlig’ingni chulg’adi,tubsiz tumanlar,

Kiprigimga qo’nadi u yana bir bor…


BIZ BITTA

Biz bitta elatmiz,biz bitta jonmiz,

Ajdodlarimizdan qolgan bir shonmiz.

Yurtimiz bitta,Vatanimiz bir.

Mamlakatlar ichra mulki tug’yonmiz.

Biz bitta tuproqmiz,biz bitta osmon,

Tinchlikdan nafas olgan bir jonmiz.

Beshigimiz bitta,qo’shig’miz bir,

Mamlakatlar ichra mulki sultonmiz…..

ZALOLAT…

Yaxshilar har qancha azob chekar,

Yomonlar ezgulik ustidan yurar.

Mehr shavqat qolmas agar,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.
Halollikdan ustun turar harom,

Yomonlar zalotda yashar har on.

Qolar yaxshilar shubhayu gumon,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.


Zulmatda yashnamas albat gul,

Razillar qo’lida inson bo’lar qul.

Mehr ko’rinmas zulmatda tak-tugul,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.


Qizlarda na ibo qolar na hayo,

O’ylaydi ular o’zlarini tanho aro.

Qo’lida telefon,internet degan balo,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.


Musaffo osmonlar zulmatga aylanar,

Beg’ubor damlar tushga aylanar.

Orzuda ko’ngillar toshga aylanar,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.

Barq urib turgan yuraklar,

Muzga aylanar bu yuraklar.

Toqat yomonlok bo’lar tilaklar,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar.


Boriga qanoat qilmas hech,

Yaxshilik nima bilmas hech,

Zalolat dunyoga ustun bo’lsa gar…
AJIB TUYG’U ...

G’arib yuraklarda uyg’onadi-

Bir ajib tuyg’u.

U har oqshom tovlanadi,

Agar kelmasa uyqu,
Mendirman ul-

G’arib oshufta,

Uyqu kelmasa gar,

Oyga termulgan tunda.


Bu nedur?...

-To’lin oy!...

Derazadan boqsam,

Ko’kda turar to’lin oy,


Ko’zlarim uyqusirab,

Qararman ko’kka.

Gar uyqu kelmasa,

Oy solur jimlikka.


Atrofida yulduzlar,

Qimirlamay jim turar,

Ular o’xshar shamchiroq,

Yiroqda ular biroq…




CHIN DO’ST
Chin do’stim desang,unga ber qo’l,

Chin do’stim desang,unga hamroh bo’l.

Chin do’stim desang,mehring bo’lsin mo’l,

Chin do’stim desang,o’ir kunida yonida bo’l.




ONA TILI
Qadimiy tariximizdan,

‘Til’ bo’lar meros.

Bildirar u mol-u mulkni,

Ajdodlar qoldirgan avlodlariga,

An’ana urf-odat va yaxshi xulqni.
Ifodalaydi tilimiz bag’ri keng o’zbek,

Qalbdagi ezgu tuyg’ularini.

Diyonat,halollik,baxt va yaxshilik,

Yo’lidagi umid orzularini.


Belgisidir ‘ona tili’ degan nom

Yurtimiz va millatimizning.

Tabarruk axir ona tilimiz,

Muqaddas ramzidir Islom dinining.


Jannat,fidoiylik,oliyjanoblik,

Baxt-omad timsoli ona tili.

Yozib qanotlarin yurtga omonlik,

Baxt tilab turadi,-ona tili.




...SHUKRONA…
O, ona makon zabardast nurli hayot,

Bir qara qumg’oning ham men uchun aziz,

Tinchlik hukm sursin bir umr hayot,

Bir hovuch tuprog’ing ham men uchun aziz.


Men sge’rday o’qidim yantoqlaringni,

Yodladim bargaining hollarigacha.

Zamining bahor deb,dunyoni kuz deb,

Quchdim yozlariyu qorlarigacha……


KUMUSH

Men senga ne qildim ohu,

Ko’zlaring shu ma’noda tik termular.

Aybimni kech,gunohim ila mendin ohu,

Balki mening uzurim yuraklarga jo’sh urar.
Sen mendirkim bo’lding ayon,

Bir hovuch mening aybimdan kech.

Men shuni etadurman bayon,

Sendin mendan yuz o’gurma hech.


Mayin qo’llar oxtachi kabi suluv,

Ohu kabi go’zal bu ko’zlar.

Shuning uchun derlar uni oysuluv,

Boldek tomar tildan shirin so’zlari.

Mamlakatin uchramas bunday jonon,


Nigohimdan ketmas uning surati.

Kimning qizi ushbu Mohitabon,

Naqadar go’zal suvrati va siyrati.

Aytadilarkim el ul go’zalni,


Ta’rifiga til ojiz ermish.

El og’zidan olib so’zlarni,

Nihoyat topdim ul ekan KUMUSH.
Beklar ichida mendin tengi yo`q,

Haqiqiy mard o`g`loni bo`lsin mendek cho`g`

Oxsum kishilarning ham mendan ko`ngli to`q.

Chunki,yorimdir go`zal qiz sendek,

Go`zallar aro go`zal qiz sendek.

Mendan o`zga yoring yo`qdir,

Aldab nima qilasan?...


Download 30,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish