II BOB. ABULGʻOZI BAHODIRXONNING “SHAJARAI TURK” ASARINING OʻZBEK ADABIYOTI TARIXIDAGI OʻRNI
2.1. A.Bahodirxonning “Shajarai Turk” asari haqida
Xiva xoni, shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg‘ozi Bahodirxonning og‘alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal`asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘ozi Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg‘ozi Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o‘rtalarida nizo chiqib, Abulg‘ozi Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tursunxon bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe bo‘lgan Niso va Dorunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho‘chib, aybni Abulg‘ozi Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg‘ozi Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfaxon yaqinidagi Taborak qal`asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulg‘ozi Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yilda hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga topshirdi. Abulg‘ozi Buxoro xoni Abdulaziz bilan Subhonqulixon o‘rtasidagi raqobatga ham aralashdi, chunki, Subhonqulixon Abulg‘ozining jiyaniga uylangan edi. Buxoro xoni bilan sulh tuzishga erishildi. Shunga qaramay, Abulg‘ozixon 1663-yili yetti marta Buxoro xonligi ustiga yurish uyushtirdi: Qorako‘l, Chorjo‘y, Vardonze tumanlarini talon-taroj qildi. U Buxoro xoni Abdulazizxon davrida Buxoroga ko‘pgina talonchilik yurishlarini olib borgan. Uning bosqinchilik yurishlari Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta`sir ko‘rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Abulg‘ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo‘ldi. U xonlikdagi barcha qabilalarni to‘rt guruhga bo‘ldi: qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq, nukuz-mang‘it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshchilik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Mazkur to‘rt guruh yana o‘n to‘rt mayda urug‘lar ham qo‘shilgan. Har bir qabilaviy guruhga bog‘liq – inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Abulg‘ozi Bahodirxon saroyida xon hashami 32 qabila boshlig‘i – inoqlardan iborat edi.
Abulg‘ozi Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham e`tiborga sazovor. Uning 9 bobdan iborat “Shajarai Turk” hamda “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) asarlari O‘zbekiston, umuman O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulg‘ozixon “Shajarai turk” asari bilan «Xorazm tarixchilik maktabi»ga asos solgan. Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid “Manofiul inson” (“Insonga foydali tadbirlar”) nomli asar ham yozgan.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1630—1640 yillari Eronning Isfixon shahrida siyosiy tutqunlikda yashagan davrlarida Rashididdin, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi tarixchilarning asarlari bilan tanishgan. Bu asarni yozganda Eron va Turonning tarixiga oid oʻn sakkizta yozma manbalardan hamda xalq ogʻzida saqlanib qolgan rivoyatlardan foydalangan. Asariing oʻnlab qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida, Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kutubxonada, Ashxoboddagi Turkmaniston Fanlar akademiyasi kutubxonasida, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad boʻlimida hamda Istanbul kutubxonalarida saqlanmoqda. Biz asarni nashrga tayyorlashda A. N. Kononov tomonidan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan eng ishonchli va toʻliq nusxasi asosida qiyosiy metod bilan 1958 yili Moskva va Leningradda nashr qilingan arab yozuvidagi asar matnidan foydalandik. Ushbu asarni nashrga tayyorlashda bir qator soʻzlar eski oʻzbek tili talaffuzi asosida berildi. Shuningdek, voqea soʻzi tarkibidagi ye tovushi jarangsiz q tovushi bilan kelishi turkiy til qonunlariga mos kelmaydi, shunga koʻra ye oʻrnida qattiq talaffuz qilinuvchi «iʻ» tovushini qoʻlladik. Bundan tashqari, qon, gʻon, kon, gon, roq qoʻshimchalari tarkibidagi o unlisi tarixan hamda hozir ham oʻzbek tilining fonetik qonunlariga zid boʻlgani uchun a tovushi orqali qan, gʻan, kan, gan, raq, rak shaklida berdik.
Turkiy tilga xos koʻk, koʻl, uchun kul, ulush kabi soʻzlarda yumshoq oʻ va u tovushlarini ifodalash imkoniyati boʻlmadi.
Bismillohir rohmanir rohiymSipos va stoyish ul egaga kim aning hech avvali va oxiri yoʻq va yurtining zavoli yoʻq va otasi va onasi yoʻq va xotini va oʻgʻuli va qizi va kengasha turgʻan kishisi yoʻq turur, oshni va suvni andaq ulashturgʻuvchi yoʻq turur kim gadoydin to podshohgʻacha va qumrsqadin to pilgʻacha (filgʻacha) va chibindin to semrugʻgacha barchasining ahvoligʻa loyiq berur. Bir kun hech qayusining ulushini kam qilmas, agar yer yuzinda koʻkargan yigʻachlarning barchasi qalam boʻlsa va tengizlar siyoh boʻlsa, barcha odam farzandi bitikchi boʻlsa taqi yuz ming va yuz ming yil aning sifatini bitsa tengʻizdan bir qatra va togʻdin bir misqol toshni bitgandin azraq boʻlgay. Bas mening aydganim ne boʻlgʻay Doʻrud va tahl beshumor ul paygʻambargʻa kim barcha paygʻambarlarning yaxshisi va xudoy doʻsti va barcha odam farzandiga yuborgan elchisi turur. Aning yoron va oʻgʻlonlarigʻa koʻpdin koʻp tangri rahmati boʻlgʻay. Emdi mundin soʻng Chingiz avlodindin Urganchi Arab Muhammadxonnint oʻgʻli Abulgʻoziyxon aytaturur kim koʻp emgaklar koʻrgandin soʻng yoshimiz oʻttuz toʻqquzgʻa yetganda tarix ming taqi ellik birda yilon yilinda Xorazm mamlakatinda otamiz taxtinda oʻlturub, yurt ishiga mashgʻul boʻlduq. Ul vaqtda turkman Mangqishloq va Abulxon va Tejan suvining yoqasida oʻlturub erdilar. Xorazmda oʻlturganlari ham bizning kelurimizni eshitib qochib, bu aytilgʻan uch yurtgʻa bordilar. Andin soʻng bir nechasi koʻch birlan va nechasi yoʻl birlan uch yurtda bir evli qolmay barchasi Xorazmgʻa keldilar taqi yaxshilari navkar va yomonlari ra’iyatlari va beklari mening tarixni yaxshi bilurimni eshitib tururlar taqi bir kun barchalari kelib, arz qildilar kim bizning ichimizda Oʻgʻuznoma koʻp turur, ammo hech yaxshisi yoʻq, barchasi gʻalat va birisi birisingʻa muvofiq ermas, har qaysisi bir turluk va bir durust e’tibor qilgʻudek tarix boʻlsa erdi, yaxshi boʻlur erdi teb oʻtun qildilar ersa, onlarning oʻtunlarini qabil qildim. Aning uchun kim bu kitobni aytqandin oʻn yetti yil ilgari barcha turkmanlar bizga yogʻi boʻlub erdilar. Ul sababdin biz anlarni koʻp chopduq va bir karrat Xurosonda Durungʻa ta’alluq Burma tegan suvning yoqasinda bizning birlan saf tortib (6-bet) urushdilar. Tangri bizga berdi.
Avvaldin to oxirgʻacha biz sababli yaxshi va yomondin yigirma ming choqlik kishilari oʻldi, aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi. Paygʻambar aytib tururlar kim-qalan nabiyyu alayhissalom adxalassururi fi qalbia moʻminni xayr min ibodatis saqalini ma’nisi bu turur kim agar bir kishi bir musulmon kishining koʻnglini xushhol qilsa, aning savobi barcha Odam farzandlarining va jinlarning tangriga bandalik qilgʻan savobindin koʻp turur. Bas necha ming kishilar mening bu soʻz aytqanimgʻa bilmaganlarin bilib koʻngillari xush boʻlaturur. Xudoyi taolodin umidim bor ki muning savobi agar ul qatl’omda gunoh boʻlgʻan boʻlsa, angʻa gʻolib kelgay teb va taqi ul kim bir kun bir kishi bu kitobni oʻqub bilmaganini bilsa, bizning ruhimizga fotiha oʻqugʻay teduk taqi kitobni aytmaqqa ruju’ qilduq taqi bu kitobgʻa «Shajarayi tarokima» teb ot qoʻyduq. Barcha biling kim, bizdin burun turkiy tarix aytqanlar arabiy lugʻatlarni qoʻshub tururlar va forsiyni ham qoʻshub tururlar va turkiyni ham saj’ qilib tururlar, oʻzlarining hunarlarin va ustodliqlarini xalqgʻa ma’lum qilmaq uchun biz munlarning hech qaysisini qilmaduk, aning uchun kim, bu kitobni oʻqugʻuchi va tinglagʻuchi albatta turk boʻlgʻusi turur. Bas, turklarga turkona aytmak (aytmoq) kerak, to ularning barchasi fahm qilgʻaylar bizning aytgʻan soʻzimizni (7-bet) bilmasalar andin ne hosil agar anlarnng ichlarida bir va yo ikki oʻqugʻan aql kishi boʻlsa ul bilsa, bilmagan koʻpning qaysi birina aytib bildurur. Bas, andaq aytmaq kerakkim, yaxshi va yomon barchalari bilib koʻngillariga ma’qul boʻlgʻay. Emdi Odamdin to bu vaqtgʻacha kim tarix mingda yetmish birda turur turkmanlarning va soʻng turkman otin koʻtarib, turkmanga qoʻshilgʻan ellarning ancha bilganimizni bir-bir aytaling, bilmaganimizga iloj ne.
Odam Alayhissalomning Zikri Xudoyi taolo farishtalarga aytdikim, turpaqdin kishi yasab, jon berib, yer yuzinda oʻz oʻrnumgʻa xalifa qilib qoʻya tururmen tedi ersa, farishtalar aytdilar: anlar yuqorigʻi toʻshak birlan quyigʻi toʻshakni zabt qila bilmaslar. Ul sababdin senga osiy boʻlurlar, yaratgʻaning oʻla turur tedilar. Xudoyi taolo aytdi: men bilganni sizlar bilmassizlar, baringlar! Turpaqdin bir kishining suratin yasanglar tedi. Azroil alayhissalom xudoyning amri birlan barcha yer yuzingdagi har turpaqdin olib, Makkayi Muazzama birlan Toifning orasinda turpaqni balchiq qilib, Odamning suratini yasab yotgʻuzdilar, bir necha yillar oʻtgandin soʻng Xudoyi taolo anga jon berdi va ming yil dunyoda turdi. Odam demaklik arab tili turur, arab terini odam der, har nimarsaning toshini teri derlar, farishtalar turpaqni yerni qazib, ichindin olmadilar toshindin olib, (8-bet) Odamning suratini yasadilar, aning uchun odam tedilar anlarning behishtgʻa borgʻanlari va andin chiqqanlari va yer yuzinda yurganlarining hikoyatlari xalq ichinda mashhur turur, aning uchun aytmaduq. Odam oʻlar boʻldi ersa, Shis otli oʻgʻliga aytdi kim, mendin soʻng, sen mening oʻrnoʻmgʻa oʻlturub oʻgʻlonlarimgʻa bosh boʻlgʻil, teb koʻp nasihatlar qildi. Bu dunyodin ul dunyogʻa ketdi. Andin soʻng Jabroil alayhissalom Xudoyi taolodin Shisga kitob olib keldi. Shis ham paygʻambar va ham podshoh boʻlub, elga adolat qilib, toʻquz yuz oʻn ikki yil bu dunyoda turub, jannat saroyigʻa ketdi. Shisning ma’nisi Xudoyning haybati demak boʻlur. Shis oʻlar vaqtida oʻgʻli Anushni oʻrninda oʻlturtub ketdi. Anush taqi otasi va ulugʻ otasining shari’atigʻa amal qilib ul taqi otasitek toʻqquz yuz oʻn ikki yil bu manzilda oʻturub, ul manzilga ketdi. Anushning ma’nisi sodiq temak boʻlur. Anush taqi oʻlarinda oʻgʻli Qaynanni oʻrninda oʻlturtub, koʻp nasihat va vasiyat qildi. Ul taqi sekiz yuz qirq yil otasi yurgan yoʻlda turub, oʻgʻli Maxloyilni oʻz yerinda oʻlturtub, Tangri yaqinigʻa ketdi. Maxloyil zamoninda Odam farzandi koʻp boʻldi, oʻlturgʻan yerga sigʻishmadilar, ul sababdin Maxloyil Bobil iqlimiga borib bir shahar soldi, otini Sus qoʻydi va tom, ev soldi va kendlar qildurdi, andin ilgari shahar va kend va ev yoʻq erdi, togʻlarning qavoqinda va yo changalda (9-bet) oʻlturur erdilar, xalqgʻa hukm qildi, yer yuziga yoyiling teb, barcha Odam farzandlari Maxloyilniig amri birlan borib, har qayda munosib yer boʻlsa, kendlar soldilar. Maxloyil toʻquz yuz yigirma yil soʻzlayturgʻan shaharda turub, oʻgʻli Bardni oʻz yerinda oʻlturtub, dam urmas shahriga ketdi.
Bard taqi toʻquz yuz oltmish yil bu yurtda oʻlturub, oʻgʻli Axnuni ortinda qoʻyub koʻchmas va qoʻnmas yurtgʻa ketdi, oʻgʻlining oti Axnux erdi va laqabi Idris. Xudoyi taolo ani paygʻambar qildi, sakson ikki yil paygambarliq qildi, xalqni toʻgʻri yoʻlga unladi, andin soʻng Tangrining amri birlan Azroyil kelib Idris alayhissalomni parning ustida qoʻyub, behishtga olib bordi. Ul kundin to bu vaktgʻacha behishtda turur. Idris behishtga borgandin soʻng oʻgʻli Matushalax otasi oʻrinida oʻlturdi, dod va adl qildi, umrinning soni ma'lum ermas, ul taqi otasi bargan yerga bordi, andin soʻng Matushalaxning oʻgʻli Limak otasi yerinda oʻlturub, koʻp yillar dod va adl qildi taqi otasi ketgan yoʻlgʻa tushub ketdi, aning ham umri ma’lum ermas, andin soʻng oʻgʻli Nuh paygʻambar otasi oʻrninda oʻlturdi. Xudoy taolo ikki yuz ellik yoshigʻa yetganda paygʻambarlik berdi, yetti yuz yil xalqni toʻgʻri yoʻlgʻa undadi, er va xotundin saksan kishi imon kelturdilar, yetti yuz yilning ichinda saksandin ortuq (10-bet) kishi imon kelturmaganiga achigʻlanib xalqgʻa duoibad qildi. Jabroyil keldi taqi aytdi kim Xudoy taolo sening duongni qabul qildi, falon vaqtda xalqni suvgʻa gʻarq qilur boʻldi, sen kema yasagʻil teb, kemani nechik yasarin koʻrsatdi, yerdin suv chiqdn, osmondin yomgʻur yogʻdi yer yuzindagi jonlining barchasi gʻarq boʻldi. Nuh paygʻambar uch oʻgʻli va imon kelturgʻan saksan kishi birlan kemaga mindi, bir necha oydin soʻng yer Xudoy taoloning amri birlan suvni oʻziga tortdi, kema Moʻsul tegan shaharning taqi yaqinida Judi tegan togʻdin chiqdi, kemadin chiqqan kishilarning barchasi bemor boʻldilar, Nuh paygʻambar uch oʻgʻli va uch kelini birlan yaxshi boʻldilar, andin oʻzga kishilarning barchasi oʻldilar, andin soʻng Nuh paygʻambar uch oʻgʻlining har qaysisin bir yerga yibordi. Xom otli oʻgʻlini Hindiston yeriga yibardi, Som otli oʻgʻlini Eron zaminga yibardi va Yofas otli oʻgʻlini qutb shimoli tarafiga yibardi taqi uchiga ham aytdi kim Odam farzandlarindin siz uchungizdin oʻzga kishi qolmadi, emdi uchungiz uch yurtda turung, har qachon oʻgʻlon ushoqingiz koʻp boʻlsa, ul yerlarni yurt qilib oʻlturung tedi. Yofasni ba’zilar paygʻambar erdi deb tururlar va ba’zilar paygʻambar ermas deb turulur.
Yoyiq suvining yoqasiga bordi, ikki yuz ellik yil anda turdi taqi vafot boʻldi, sakkiz oʻgʻli bor erdi, avlodi bisyor koʻp boʻlub erdi, oʻgʻlonlarning otlari munlar turur: Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, Kamari (11-bet) Tarix, Yofas oʻlarinda ulugʻ oʻgʻli Turkni oʻrninda oʻltur teb oʻzga oʻgʻlonlarigʻa aytdikim, Turkni oʻzungizga podshoh bilib, aning soʻzindin chiqmang tedi, Turkka Yofas oʻgʻloni teb laqab qoʻydilar, bisyor arablik va oqil kishi erdi, otasindin soʻng yerlarini yurdi va koʻrdi.... taqi bir yerini xushlab, anda oʻlturub, bu kun ul yerini Issigʻkoʻl derlar, xirgoh (xargah) evni ul chiqardi, turklar ichida kim ba’zi rasmlar (rusumlar) bor andin qoldi, Turkning toʻrt oʻgʻli bor edi, avval Tutak, ikkinchi Chigil, uchunchi Bersachar, toʻrtunchi Imlaq (Amlaq). Turk oʻlar boʻlgʻonida Tutakni oʻz oʻrnigʻa podshoh qilib, uzoq safargʻa ketdi. Tutak aqlli va davlatli, yaxshi podshoh erdi, turk ichinda koʻp rasmlarni ul paydo qildi. Ajam podshohlarining avvali Qayumars birlan ma’asr erdi. Kunlarda bir kun ovga chiqib koʻp oʻlturub, kabob qilib yeb oʻlturub erdi, elkidin bir toʻgʻram et yerga tushadi, ani olib yedi ersa, ogʻzigʻa bisyor xush keldi, aning uchun ul yer tuzlaq erdi, oshqa tuz solmaqni ul chiqardi, bu namakin rasm andin qoldi. Ikki yuz qirq yil umrindin oʻtgandin soʻng, oʻgʻli Amulchaxonii oʻz yerinda oʻltur deb, Borsa kelmas tegan shaharga ketdi. Amulchaxon taqi koʻp yillar podshohlik qilib, oshlarini oshab va yoshlarini yashab otasi (12-bet) keyindan ketdi, oʻlar vaqtinda oʻgʻli Baquy Debxonni oʻrnida oʻlturtdi. Debning ma’nisi taxtning yeri, Baquyning ma’nisi el ulugʻi demak boʻlur. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qilib, doʻstlarning kulganin, dushmanlarning yigʻlaganin koʻrib, sevinub, andin soʻng oʻlar boʻlgʻanda oʻgʻli Koʻkxonni taxtinda oʻltur deb oʻldi. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qildi, otasi yoʻlindin tashqari chiqmadi, xasta boʻldi ersa, oʻgʻli Alinchaxonni oʻz yerinda oʻlturtub uzoq safargʻa ketdi. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qildi, otalarindin viloyatlari, el, uluslari koʻp boʻldi, aning egiz oʻgʻli boʻldi, birining oti Tatar va birining oti Moʻgʻul, otasi qari boʻlgʻandin soʻng yurtini ikki boʻlub, ikki oʻgʻligʻa berib vafot boʻldi. Alinchaxon oʻlgandin soʻng, Tatar va Moʻgʻul har qaysisi oʻz yerlarinda podshohliq qildilar, Moʻgʻulxonning toʻrt oʻgʻli bor erdi, avvalgʻining oti Qoraxon, ikkinchi Qoʻrxon, uchunchi Qirxon, toʻrtunchi Urxon. Moʻgʻulxon(ning) ulugʻ oʻgʻli Qoraxonga yurtini berib, barchaning boraturgʻan yurtiga ketdi. Qoraxon Oʻr togʻini va Koʻr togʻni yoylar erdi, bu chaqda ani ulugʻ togʻ va kichik togʻ deyturlar, qish boʻlgʻanda Sir suvining azaqi va Qoraqum va bursuqni qishlar erdi.
Oʻgʻuzxonning Dunyogʻa Kelganining Zikri Qoraxonning ulugʻ xotinidin bir oʻgʻli boʻldi. Koʻrki oy, kundin ortiq, uch kecha-kunduz onasini emmadi, har kecha ul oʻgʻlon onasining tushiga kirib aytur erdi: ey, ona musulmon boʻlgʻil, agar boʻlmasang, oʻlsam oʻlarmen, sening emchakingni emmasmen teb erdi, onasi oʻgʻlini qiya bilmadi taqi Tangrining birlikina imon kelturdi va andin soʻng ul oʻgʻlon emchakni emdi va onasi koʻrgan tushini va musulmon boʻlgʻanini kishiga aytmadi taqi yashurdi, aning uchun kim turk xalqi Yofasdin to Alinchaxon zamonigʻacha musulmon erdilar. Alinchaxon podshoh boʻlgʻandin soʻng xalqning boshi va moli koʻp boʻldi, davlatga esirdilar taqi Tangrini unutdilar va barcha el kofir boʻldilar va Qoraxon zamonida kofirlikda andagʻ mahkam erdilar kim, agar otasi musulmon boʻlgʻanin eshidsa oʻgʻli oʻlturur erdi va oʻgʻlining musulmon boʻlgʻonin eshidsa otasi oʻlturur erdi, ul chaqda moʻgʻulning rasmi andagʻ erdikim to oʻgʻlon bir yoshga yetmagincha angʻa ot qoʻymaslar erdi, oʻgʻlon bir yoshgʻa yetdi ersa, Qoraxon elga savun soldi taqi ulugʻ toʻy qildi, toʻy kuni oʻgʻlonni ma’raka ichiga kelturub Qoraxon beklarga aytdi: bizning bu oʻgʻlimiz bir yoshigʻa yetdi, emdi mungʻa na ot quyursiz teb, beklar javob bermasdin burun oʻgʻlon aytdi: mening otim Oʻgʻuz turur teb, oʻshal bir yoshar oʻgʻlon anda ravon kelib (14-bet) tilga, tedi: bilinglar ayon, otim turur Oʻgʻuz, Xisrov nomvar, bilinglar yaqin barcha ahli hunar, toʻygʻa kelgan ulugʻ va kichik barcha oʻgʻlonning bu soʻziga tong qoldilar taqi aytdilar kim bu oʻgʻlonning oʻzi otini ayta turur, mundin yaxshi ot boʻlurmi teb, otini Oʻgʻuz qoʻydilar taqi aytdilar kim bir yoshar oʻgʻlonning mundaq soʻzni soʻzlaganini hech zamonda hech kim eshitgan va koʻrgan yoʻq turur teb ani irim etib aytdilar, kim bu uzoq umrli va ulugʻ davlatli uchi (avji) oʻzagʻan va yoni yonlagʻan boʻlgʻusi turur tedilar. Oʻgʻuzxonning tili chiqib yurganinda ollo-ollo teb hamisha aytur erdi, ani har kim eshidsa, ayturlar erdi, oʻgʻlon turur, tili kelmaslikindin ne ayturin bilmay turur derlar erdi, aning uchun kim lafz ollo arab tili turur, moʻgʻulining hech otasi arab tilini eshitgan ermas, Oʻgʻuzni Xudoy taolo modarzod valiy yaratib erdi, aning uchun koʻnglina va tilina oʻzining otini solaturur erdi.
Chun Oʻgʻuz yigit yetishdi ersa, Qoraxon inisi Qoʻrxonning qizini olib berdi, Oʻgʻuz kishi yoʻqda, qizgʻa aytdi: olamni, seni, bizni yaratgʻan bor, aning oti ollo turur, ani bor bilgil va bir bilgil, aning buyurgʻanindin oʻzga ishni qilmaqil tedi ersa, qiz ani qabul qilmadi, shul zamon qoʻpdi taqi qizdin boshqa yotdi, kechalar boshqa yotib, kunduz soʻzlashmas erdi, bir necha vaqtdin soʻng Qoraxonga aytdilar oʻgʻlingiz koʻchini sevmay turur, sevmaslikindin olgʻan kunindin beri bir yerda yotmay turur tedilar ersa, Qoraxon bu soʻzni eshitgandin soʻng (15-bet) taqi bir inisi Qirxonning qizini olib berdi, angʻa ham imon arz qil tedi. Ul qiz ham qabul qilmadi, aning birlan ham bir yerda yotmadi, voqiatdin bir necha yillar oʻtgandin soʻng, Oʻgʻuzxon ovgʻa chiqib, qaytib kela erdi, koʻrdi kim suvning yoqasinda bir necha za’ifalar kir yuva tururlar, otasining inisi Urxonning qizi munlarning ichinda oʻlturub turur, qizgʻa kishi yibarib soʻz soʻzlashmakka sirim oshkora boʻlur teb qoʻrqti taqi qizni goʻshaga chorlab, ont berib, aytdi kim, otam manqa ikki qiz olib berdi. Anlarni sevmaganimning sababi bu kim men musulmon, anlar kofir, harchand musulmon boʻlung tedim, qabul qilmadilar, agar sen musulmon boʻlsang erdi, seni olur erdim tedi ersa, qiz sen ne yoʻlda boʻlsang men shul boʻlayin tedi, andin soʻngʻ Oʻgʻuzxon otasigʻa aytdi, otasi Urxonning qizini ulugʻ toʻy qilib Oʻgʻuzga olib berdi, Ul qiz musulmon boʻldi, Oʻgʻuz ani qoʻp sevar erdi. Mundin koʻp yillar oʻtdi, bir kun Oʻgʻuz yiroq yerga ovgʻa keldi, Qoraxon barcha koʻchlarin va kelinlarin chaqirib erdi, taqi soʻzlashib oʻlturgʻanda xotunindin soʻrdi kim muning sababi ne turur, Oʻgʻuz soʻngi olgʻan xotunini sevar va burungʻi olgʻan ikki xotunning qatigʻa hech bormas, xotun aytdi, men bilmayman, kelinlar yaxshirak bilurlar tedi, xon kelinlardin soʻrdi ersa, ulugʻ kelin aytdi, oʻgʻlungiz musulmon boʻlub turur, biz ikkimizga musulmon boʻl tedi, qabul qilmaduq, kichik keliningiz (16-bet) musulmon boʻlub turur, aning uchun oʻgʻlungiz ani koʻp seva turur tedi. Qoraxon bu soʻzni eshitgandin soʻng beklarin chaqirib kengashti taqi soʻzni munga qoʻydilar kim Oʻgʻuzni ovda yurganda tutub oʻlturgaylar, Qoraxon elga kishi yibardi, tez kelsunlar, ovgʻa chiqaman teb, bu soʻzni Oʻgʻuzxonning kichik xotuni eshitib, Qoraxonning qilgʻan kengashlarining barchasin aytib, Oʻgʻuzxongʻa kishi yibardi, Oʻgʻuzxon taqi bu soʻzni eshitgandin soʻng, elga kishilar yibardi, otam cherik tortib, meni oʻlturgali kela turur, meni tegan, menga keling, otamni tegan otamga boring deb, elning koʻpi Qoraxongʻa bordi, ozraqi Oʻgʻuzxon qatigʻa bordilar. Qoraxonning inilarining koʻp oʻgʻlonlari bor erdi, anlarni Qoraxondin ayrilur teb, hech kimning koʻnglina kelmas erdi, anlarning barchalari Oʻgʻuzxon qatiga keldilar, Oʻgʻuzxon anlargʻa uygʻur ot qoʻydilar, uygʻur turk tili turur, ma’nisi barchagʻa ma’lum turur, yopishgʻur ma’nisina turur, ayturlar sut uydi, sut erkaninda biri birindin ayrilur erdi, qatiq boʻlgʻanidin soʻng biri biriga yopisha turur, bu taqi ayturlar kim imomgʻa uydim, imom oʻltursa oʻltura turur, tursa tura turur. Bas yopishqani boʻlmasmu? Anlar kelib Oʻgʻuzxonning etakina ikki qoʻllari birlan mahkam yopishdilar ersa, xon anlargʻa uygʻur tedi, yopishqur temak boʻlur. Qoraxon birlan Oʻgʻuzxon (17-bet) ikkisi saf tortib urushtilar, Xudoyi taolo Oʻgʻuzxonni gʻolib qildi, Qoraxon qochti, urushda Qoraxonning boshina oʻq tegdi kim otgʻanin bilmadilar, Qoraxon ul yaradin oʻldi. Oʻgʻuzxon otasi taxtinda oʻlturdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |