I BOB. ABULG’OZI BAHODIRXONNING HAYOTI, IJODI VA TARIXGA OID ASARLARI
1.1.A.Bahodirxon hayoti va ijodi
Abulgʻoziy Bahodirxon (1603.23.8, Urganch-1663. 4, Xiva) – Xiva xoni (1643–1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib.
Abulgʼoziy Bahodirxonning ogʻalari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qalʼasiga qamadilar. Otasining tarafdorlari boʻlgan katta ogʻasi Asfandiyor Eronga, Abulgʼoziy Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulgʼoziy Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan oʻrtalarida nizo chiqib, Abulgʼoziy Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tur-sunxon bilan birga boʻldi. Koʻp oʻtmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur boʻldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe boʻlgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan choʻchib, aybni Abulgʼoziy Bahodirxonga toʻnkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulgʼoziy Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qalʼasida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq boʻldi. Abulgʼoziy Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yil Xiva taxtiga oʻtirdi. Abulgʼoziy Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663-yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirdi.
Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida 1603- yil 23-avgustda tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616)-boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644-yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1664-yil aprelda vafot etadi.
Abulgʻozi Bahodrxon 1603-yilning 23-avgustida sohibi toj Arab Muhammadxon oilasida toʻrtinchi farzand boʻlib dunyoga keldi. Ammo hayoti shahzodalarnikidek rohat-u farogʻatda kechmadi. Dastlab, 6 yoshida onasidan yetim qoldi. 13 yoshidan boshlab, ogʻa inilar oʻrtasidagi toj-u-taxt uchun kechgan kurashlar girdobiga tushib qoldi. Oʻshanda Abash va Elbars ismli ogʻalari onalari nayman urugʻidan boʻlgani bois, urugʻ oqsoqollarining gij-gijlashiga tayanib, otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardilar. Shunda Arab Muhammadxon bolalarining gʻalayonini yoshlik havasi bilan hokimiyatga intilish, deb tushunib, Vazir shahrini har ikki oʻgʻliga inʼom qildi.
Bu inʼom bilan qanoatlangan shahzodalar faqat besh yilgina tinch yashadilar. Ular 1621-yilda yana otasiga qarshi isyon koʻtarishdi. Bu gal Arab Muhammadxonning boshqa ikki oʻgʻli Isfandiyor va Abulgʻozi otasi tarafda turib, isyonkor Habash va Elbarslarga qarshi kurashdi. Ammo bu jangda isyonkorlarning qoʻli ustun kelib, magʻlubiyatga uchragan Isfandiyor va Abulgʻozi har tarafga qarab qochdi. Avval Kat, soʻngra Buxorodan panoh topgan Abulgʻozi Imomqulixon huzurida ikki yil hayot kechirdi. 1623-yili maslakdosh inisi Isfandiyor Eron shohi Abbos 1 yordamida Xiva taxtini egallagach, ota yurtiga keldi. Hukmdor Abulgʻozini siylab, unga Urganch hokimligini topshirdi.
Ammo oradan 4 yil oʻtib, xon va hokim orasida kelishmovchilik kelib chiqqach, Abulgʻozi oldin Turkiston, keyin Toshkent va Buxoroda hijratda yashashga majbur boʻldi. 1630-yili Isfandiyorxondan norozi boʻlgan yovmudlar uni Xorazmga kelib, xonga qarshi kurashishga chorladilar. Shu taxlit Abulgʻozi yana eliga qaytib, Isfandiyor bilan jangga kirdi. Ana shundan keyin ogʻa-inilar oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng poytaxt Hazoraspda hukm surayotgan Isfandiyor Abulgʻoziga Xiva hokimligini berishga qaror qildi. Biroq xon Abulgʻozining Xorazmda turishi oʻziga zarar ekanligini, qachondir boʻlmasin, taxtni tortib olishi mumkinligini oʻylab, Eronga qarashli Niso shahriga bosqinchilik qilishda ayblab, uni hibsga oldirdi. Eron shohi Safiʼ 1 ga Niso bosqinchisini qoʻlga olganligini aytib, Abulgʻozini unga topshirishdi.
hu tarzda Abulgʻozi 1630-39 yillarda Eronning Taborak qaʼlasida maxsus nazorat ostida hibsda oʻtirdi. U ana shu tutqunlik davrida qanday xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligini anglab, kelajakdagi maqsad va niyatlarini belgilab oldi. Soʻngra u qariyb 10 yillik tutqunlikka chek qoʻyib, hiyla ishlatganicha qaʼladan qochadi. Ming mashaqqatlar evaziga Orol oʻzbeklari huzuriga yetib kela oldi. Orolliklar xonzoda Abulgʻozini yaxshi kutib olib, Isfandiyor bilan muxolifligi bois, yovmudlar bilan birlashib, xonga qarshi kurashga otlandilar va natijada qoʻzgʻolonchilarning qoʻli ustun kelib, Abulgʻozi 1644-yili taxtga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |