ABULGʻOZI BAHODIRXONNING “SHAJARAI TURK” ASARINING OʻZBEK ADABIYOTI TARIXIDAGI OʻRNI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I BOB. ABULG’OZI BAHODIRXONNING HAYOTI, IJODI VA TARIXGA OID ASARLARI…………………………………………………………………..4
A.Bahodirxon hayoti va ijodi………………………………………………...4
A.Bahodirxon tarixga oid asarlari……………………………………………6
II BOB. ABULGʻOZI BAHODIRXONNING “SHAJARAI TURK” ASARINING OʻZBEK ADABIYOTI TARIXIDAGI OʻRNI…………………9
2.1. A.Bahodirxonning “Shajarai Turk” asari haqida………………………….…..9
2.2. “Shajarai Turk” asarining o’zbek adabiyoti tarixidagi o’rni…………………18
XULOSA……………………………………………………………………..…..55
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..…56
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: XVII asrda Turkiston Xiva xonligi, Buxoro xonligi, Qoʻqon xonligi, Ulugʻ juz, Oʻrta juz, Kichik juz hamda Qashqariya (Sharqiy Turkiston) xonliklariga boʻlinib ketgan edi. Siyosiy tarqoqlik hamda eski savdo yoʻli yoki ipak yoʻli oʻz yoʻnalshini oʻzgartirib, dengiz muhitlariga koʻchishi Turkistonning iqtisodiy, madaniy jihatdan tushkunlikka olib kelgan sabablardan biridir. Ikkinchidan, xonliklar oʻrtasidagi toʻxtovsiz urushlar ham barcha xonliklarda xoʻjalik va madaniy hayotni orqaga ketishiga olib keldi.
Shuningdek, Turkiston ulugʻ davlatlarning orasida siyosiy-iqtisodiy, madaniy jihatdan maxsus qamal holatida edi. Shimolda Rossiya imperiyasi, sharqda Xitoy imperiyasi har tomonlama xavf solib turar edi. Shunday boʻlsa ham bu davrda turli janrlarda tarixiy, badiiy, falsafiy, diniy, tibbiy mazmundagi asarlar dunyoga keldi. Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon, Soʻfi Olloyor, Boborahim Mashrab, Turdi Farogʻiy, Saido Nasafiy, Mahmud ibn Valiy, Muhammad Amin Buxoriy, Yusuf Qorabogʻiy kabi qator shoir, faylasuf, tarixchi, tabiatshunos olimlar yetishib chiqdi.
«Shajarayi tarokima» yozma obidasining muallifi Xiva xoni, Abulgʻoziy Arab Muhammadxon oʻgʻli hijriy sana 1012 yil 15 Rabbiyul avval oyida, milodiy sana 1603 yil 12 avgustda XVII asrdagi Xiva xonligi poytaxti Urganch shahrida tavallud topgan, oʻzbek elining qoʻngʻirot urugʻidandir. Abulgʻoziyxonning hayoti, ijtimoiy siyosiy faoliyati «Shajarayi turk» yozma obidasida batafsil soʻzlab oʻtilgan.
Abulgʻoziy Bahodirxonning asarlari ichida «Shajarayi tarokima» («Turkmanlar shajarasi»), «Shajarayi turk» («Turklar shajarasi») muhim oʻrinni egallaydi. Muallifning aytishiga qaraganda, «Shajarayi tarokima» turkman oqsoqollari va ulugʻ boshliqlarning taklifiga koʻra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto besh yashar turk oʻgʻloni ham anglaydigan tilda yozilgan. Asarda Odam ato avlodlari, Muhammad alayhissalom paygʻambarimizga qadar oʻtgan paygʻambarlar eslanadi, Nuh paygʻambarning Xom, Som, Yofas hamda Yofasning oʻgʻli Turk haqida hikoya qiladi, turk, moʻgʻul xalqlari tarixi soʻzlanadi, Qoraxon oʻgʻli Oʻgʻuzxon faoliyati haqida toʻxtaladi, butun oʻgʻuz eli va turkman xalqining qabilaviy tarkibi, urugʻlarining bir-biri bilan bogʻlangan nuqtalari, tarixiy-etnogenezini koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, Xiva xonligi bilan turkmanlarning siyosyy kurashlari ham eslab oʻtilgan. «Shajarayi tarokima» asari Abulgʻoziy Bahodirxon taxtga oʻtirgandan ancha vaqt oʻtgandan soʻng yozilganligi ta’kidlangan. Bu ma’lumotga qaraganda, 1660—1661 yillar orasida ijod qilingan. «Shajarayi tarokima» yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar bayon etilgan, oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasida inoqlik oʻrnatilishi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |