1.2.A.Bahodirxon tarixga oid asarlari
Abulgʼoziy Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham eʼtiborga sazovor. Uning "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk" asarlari Oʻzbekiston, umuman Oʻrta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Abulgʼoziy Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid "Manofiʼul inson" ("Insonga foydali narsalar") nomli asar ham yozgan.
Abulgʻozining «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» nomli tarixiy asari hamda «Manofeʼul-inson» nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan. «Manofeʼul-inson»da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida maʼlumot berilgan.
«Shajarayi tarokima» (1661) turkman xalqi ajdodlari, «Shajarayi turk» (1663-64) oʻzbek urugʻlari haqida. «Shajarai turk» toʻqqiz bobdan iborat. Tarixiy voqealar badiiy boʻyoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.
Asar sharq, rus va gʻarb olimlarining ham eʼtiborini tortgan. Qozonda bir necha marta nashr etilgan (Rumyantsev nashri, 1825; Sablukov nashri, 1854.; Demezon nashri, 1871) T.N.Demezon asarni fransuz tiliga tarjima (1871) qilgan. Asar fransuz, ingliz xalqlari orasida keng tarqalgan.
«Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlari turkman, tojik, oʻzbek, moʻgʻul xalqlari tarixini yoritishda tayanch manbalardandir. B.Ahmedov, Q.Munirov, K.Yusupov, Ya.Gʻulomov, M.Yoʻldoshev kabi olimlar Abulgʻozi maʼlumotlaridan keng foydalanishgan. A.N.Kononov, A.M.Shcherbak, S.I.Ivanov kabi tilshunos olimlar Abulgʻozi asarlariga suyanishgan. O.Sharafiddinov, M.Yunusov, V.Abdullaevlar adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishgan.
Abulgʻozi Bahodirxon asarlarining Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida bir qancha qoʻlyozma nusxalari mavjud (inv. № 7668, 1223, 4017).
Nashr qilingan asarlari
Abulgʻozi. Shajarayi turk. T.: 1992;
Ablugʻozi Bahodurxon. Shajarai tarokima. T.: 1995.
Ana shu sanadan soʻng Abulgʻozixonning 20 yillik hukmronlik davri boshlandi. Bu vaqtda u davlat ichkarisida islohot oʻtkazish uchun bosqinchiliklarga chek qoʻyish maqsadida chegarani mustahkamlaydi. Ayni paytda 1646-53 yillarda Eron, Atrov va Jurjonliklar, 1655-62 yillarda xonlikka bostirib kelgan Ural kazaklari va Buxoro amirligi bilan urushlar olib bordi.Shu bilan birga, u Amudaryo oʻzanini oʻzgartirib, suv bermay qoʻyganligi bois xarobaga aylanayozgan Urganch va Vazir shaharlarini Xonqaning gʻarbiy tomonidagi hozirgi Urganchga va Gurlan bekligiga koʻchirib, yangi shaharlarga asos soldi. Endi oldingi shaharlar-Koʻhna Urganch va Koʻhna Vazir, Abulgʻozi barpo ettirgan shaharlar Yangi Urganch hamda Yangi Vazir nomi bilan ataladigan boʻldi. Abulgʻozi, shuningdek oʻzbek urugʻlarini-uygʻur va nayman, qoʻngʻirot va qiyot, jaloyir hamda qiyot, mangʻit va nukus, qangli-qipchoq urugʻlarini birlashtirib, ular uchun daryo boʻylaridan yer taqsimlab berdi. Shu taxlit, xonlik ichidagi yer va suv uchun boʻladigan urugʻlararo nizolar bartaraf etildi. Ayni paytda har bir urugʻ ichidan obroʻli bir kishini oʻz yoniga olib, ularga yuqori lavozimlarni topshirdi.Ana shu tarzda ham davlatga qilinadigan bosqinchiliklarning oldini oldi, ham xonlik ichida nizolarga chek qoʻyib, barqarorlik oʻrnatdi. Bundan unumli foydalanib, tarix va tabobatga qiziqqani bois, tajribalarini umumlashtirib, uchta asar yozdi.
Shajarai turk” asarida Odam Ato zamonidan oʻzigacha boʻlgan davrdagi turk va moʻgʻul urugʻlarini, “Shajari Tarokima” da turkman urugʻlari hayotini batafsil tasvirlaydi. “Manofeʼ ul-inson” asarida esa Abulgʻozining tabiblik tajribasi, qoʻllagan amallari keng yoritiladi. Shuningdek, Xorazmda uchraydigan dorivor giyohlar va oʻsimliklar, ularning foydasi, qanday kasalliklarni davolashda ularni qay tarzda qoʻllash kerakligini Abulgʻozi tabib sifatida oʻz asarida mukammal yoritadi.Tabiiyki, 1616-yildan 1644-yilgacha kechgan toj-u-taxtlar uchun kurashlar, qolaversa , 10 yillik hibsdagi azoblar, 20 yillik davlat boshqaruvidagi asabbuzarliklar bois, u oʻz sogʻligʻini yoʻqotdi. Tarixda ne bir hukmdorlar kasal, hattoki, oʻlar holatdayam taxtni topshirmagan. Abulgʻozi esa xasta xon sifatida davlat boshqaruvini, xalqni emas, sogʻligʻini oʻylar, shu bois oʻgʻli Anusha foydasiga 1664-yilda oʻz ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi. Bu Xivada hukmronlik qilgan 57 nafar xon davridagi, ehtimol, dunyo tarixidagi ana shunday yagona hodisa edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |