Tayanch so’z va iboralar:
Ijod, texnologik, konstruktorlik, ixtirochilik, dizaynerlikREJA:, ijodkorlik, xavas, qobiliyat,
talant
Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon standartiga chiqishni, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yukori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo’lajak mutaxassislarga politexnik ta’lim berish orkali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarishga xos texnik texnologikkonstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslarini egallanishiga erishiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi va vazifasi bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarga umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, sinfdan maktabdan tashqari o’quv muassasalarida o’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy metodik asoslarini o’rgatishda iboratdir. Ular quyidagilardan iborat:
talablarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida texnik ijodkorligiga oid bilimlar tizimiga yega bo’lishi; - texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishtirish.
kashfiyot, ixtirochilik, rasionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha tushunchalarga yega bo’lish;
texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko’nikmlarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik obe’ktlari uchun texnik hujjatlarni to’zish;
mustakil ravishda texnik obe’ktlarini va ularning modellarini loyihalay
olish.
texnika bo’yicha sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlar uchun moslama, dastgoh va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
Respublika o’quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqbolini tushunish;
Respublikada o’quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqbolini tushunish;
o’quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
texnik ijodkorlik to’garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obe’ktlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to’garaklar o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o’quv mashg’ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo’lgan oilaviy va ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishni ilmiy
asoslarini bilish kerak.
2. O’quvchilarning texnik ijodkorligi tushunchasi va mohiyati.
Bugungi kunda ijodkorlik va shaxsning ijodiy xislatlarini shakllantirish masalasiga o’z navbatida pedagoglar, psihologlar, filosoflar va hamda sosiologlar ham o’z ye’tiborini qaratmoqda.
Har qanday normal insonni va bolani ijodkorlik qobiliyatni o’stirish mumkinligini psihologlar tomonidan tasdiqlangan. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatda, ijod tushunchasi ma’lum bir
istedodli odamlar tomonidan buyuk san’at asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anlatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlar yaratishdan iborat bo’lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o’ylab topishi, ozgina bo’lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayonga tasodif sifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |