Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning tarkibiy qismlari
O’z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi (2-rasm):
Таркибнн асослар
3. Pedagogning kasbiy kompetentligi. O’zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o’ziga xos jihatlari o’ranilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchining fikriga ko’ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi (3rasm):
Таркнбнй acoc.iap
Г \ Махсус ёкн касбнн комиетентлик
|
|
|
г
Пжтнмоий комиетентлик
|
|
|
|
|
|
|
Г
|
|
|
■%
|
| Ауто комиетентлик (учини Экстремал касбий
Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash, o’zo’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi.
B. Jo’raev bo’lajak o’qituvchilarning yangi ijtimoiy-madaniy muhitga moslashuv ya’ni pedagogik kasbiy faoliyatiga dastlabki kirishishi bosqichlarini boshlang’ich davr, ko’nikish davri, akkomadatsiya davri, assimilyatsiya davrlariga bo’lib o’rganadi. Bunda individning qadriyatlar tizimidan individ, guruh va muhit qadriyatlar tizimining o’zaro uyg’unlashuvigacha bo’lgan davrlar qamrab olinadi.2
V.S.Elegina va S.M.Poxlebaevlar o’zlarining ilmiy maqolasida quyidagi fikrlarni bildiradilar: “Kompetentsiyaga ijodiy natija ola di va shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo’llari, metodlari, yondoshuvlari va uslublarini o’zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o’qituvchining hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Tal abaning o’zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo’lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetentlikni shakllanishi, amaliyot paytidagi yanada tezlashadi”.3
Talabalar kasbiy kompetentligining rivojlanishi uning o’quv-pedagogik vaziyatlarda aqliy, predmetli-amaliy va motivatsion omillar bilan bog’liq o’ziga hos xususiyatlarining ifodalanishi bilan yorqin namoyon bo’ladi.
V A.Bolotov va V.V.Serikovlarning fikriga ko’ra kompetentlik nuktai nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki muammolarni hal qila olish qobiliyatini kursatadi va eng birinchi darajadagi zarur qobiliyat deb baxolaydi.
E.V.Bondorevskaya va S.V.Kulnevichning ilmiy ilsharida talabalar yig’adigan kompetentlik unsurlari faqat asosiy maksadga, pedagogik faoliyat olib borish uchun yunaltirilishi yoki zarur bo’lishi lozim deb xisoblaydi.
Pedagogik ishga kirishayotgan har bir bakalavrning pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun faol kirishib ketishi va unga ko’nikishi, pedagoglik kasbini davom ettirishi uchun uning nazariy bilimlari asosida amaliy faoliyatini tashkil etishni tizimga solish va shu jumladan quydagilarni nazarda tutadi;
Talabalarda o’qituvchilik kasbiga barqaror qiziqish va ongli mustaqil pedagogik faoliyatni bajarishga imkon yaratish.
Kasbiy ko’nikma, malaka hamda kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish.
Pedagogik faoliyatga ijodiy, tadqiqiy yondashuv asosida o’z mehn atini tahlil qilish va metodik kompetentlikni rivojlantirish.
Talabaning mutahasisligi bo’yicha Davlat ta’limi standartlar bilan tanishish, tahlil qilish va o’zlashtirish.
O’quvchilarning individual va yosh xususiyatlarini o’rganish maqsadida amaliyotchi talabalarning o’quvchilar bilan muloqot va o’zaro hamkorligini tashkil qilish.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etish malakasiga ega bo’lish.
Pedagogik olim V.A. Slastenin talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalalarini tadqiq etar ekan, yuksak professionalizm, ya’ni kasbiy etuklikka erishishning ob’ektiv omillariga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillariga esa shaxsning qobiliyati, kasbiy yo’nalganligi, pedagogik vazifalarni samarali hal qila olishdagi mas’uliyati va mutaxassislikka yondashuvini kiritadi.4
Shuningdek, pedagog olim bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy omili kasbiy moslashtirish jarayoni muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillarni ham ikki turkumga bo’ladi: sub’ektiv (ichki) va ob’ektiv(tashqi) omillar. Muallif bo’lajak mutaxassisning kasbiy moslashuviga ta’sir etuvchi ichki omillarni uning individual-psixologik sifatlari bilan bog’lasa, ob’ektiv omillarga muhit va ta’lim shart-sharoiti bilan bog’liq jihatlarni taklif etadi.
Shuningdek, yana ba’zi bir psixologik-pedagogik adabiyotlarda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning 4 guruhi ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ijtimoiy-iqtisodiy bo’lib, u taraqqiyotning turli boqichlarida jamiyat hayotiga kirib kelayotgan yoshlarga o’zlaridagi mavjud kuch va imkoniyatlarini sarflashga turli sohalarni taklif etadi. Birinchi navbatda bu kasblar turi, ularning o’zgarishi va rivojlanish istiqbollari, jamiyatning u yoki bu mutaxassislarga ehtiyojiga dahldordir.
Ijtimoiy-psixologik omillar ikkinchi guruhni tashkil etadi. Mazkur jarayonda shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir etuvi mikro, mezo n va makro muhit ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning qadriyatli yo’nalganligi, kasblarning turli guruhlariga munosabatning o’ziga xos ijtimoiy ko’rsatmalari va sterotiplar shakllanadi.
Uchinchi guruh psixologik omillardan iborat bo’lib, bu shaxsiy qiziqish va moyilliklar umumiy va xususiy qobiliyatlar, aqliy va shaxsiy rivojlanish darajasi xotira xususiyatlari, diqqat motorikasining o’ziga xosligi va shu kabilar.
Nihoyat to’rtinchi guruh individual psixofiziologik xususiyatlarni o’z ichiga olib, ulardan ko’p o’rganilgani nerv tizimining asosiy xossalarini faoliyat turlariga munosabatini ta’siri masalasidir. Ular psixik jarayonlar kechishining dinamik tavsifnomalarini belgilaydi turli temperamentlar ko’rinishida ifodalanadi va ma’lum faoliyat turini bajarishga ko’maklashishi, yo aksincha uni qiyinlashtirishi mumkin bo’ladi5.
Do'stlaringiz bilan baham: |