MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (1-KURS)
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
|
|
|
I II
|
1
|
Nazariy (ma’ruza)
|
52
|
24 28
|
2
|
Amaliy
|
96
|
48 48
|
3
|
Mustaqil ta’lim
|
132
|
66 66
|
4
5
|
Jami auditoriya soatlari Umumiy o‘quv soati
|
148
280
|
72 76
138 142
|
Shahrisabz – 2019
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019-yil “18” avgustdagi “4”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha pedagogika” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
|
|
Z.K.Alimova
N.M.Kayumova
Taqrizchilar: Sh. Shodmonova
M. X. Tadjiyeva
|
Nizomiy nomidagi TDPU, Shahrisabz filiali Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti
Pedagogika fanlari nomzodi, professor
Toshkent Pedagogika kolledji direktori, p.f.n., dotsent
|
TDPU, Shahrisabz filiali “Pedagogika” fakulteti dekani:
2019-yil “ ”
(imzo)
TDPU, Shahrisabz filiali “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi mudiri:
2019-yil “ ”
(imzo)
A.M.Muxammadiyev
Sh.A.Boyjigitov
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali kengashining 2019 yil “ ” dagi “ ”- sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
“Maktabgacha pedagogika” fani talabalarga maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyoti, O‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo`yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogiktexnologiyalar, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha muassasalarini tashkil etish va unga rahbarlik etish. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari sistemasi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko`nikma va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan o`rni, maktabgacha ta’lim bo`yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan uzviyligi,maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to`g`risida maktabgacha pedagogika tarixi, O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari sistemasini bilishi kerak;
maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o`z faoliyatini rejalashtirish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak;
maktabgacha ta’limning asosiy prinsiplari, maktabgacha ta’lim pedagogika qo`yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta’limning mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari,maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash, maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |