O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI
SHAHRISABZ FILIALI
«Tasdiqlandi» TDPU Shahrisabz filiali direktorining o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosari
N.J.Toshmanov
« » 2019-yil
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Tа’lim sоhаsi: 110000 – Pedagogika
Tа’lim yo‘nаlishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim
№
|
Mаshg‘ulоt turi
|
Аjrаtilgаn sоаt
|
Semestr
|
|
|
|
I II
|
1
|
Nаzаriy (ma’ruza)
|
52
|
24 28
|
2
|
Amaliy
|
96
|
48 48
|
3
|
Mustаqil ta’lim
|
132
|
66 66
|
4
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
Jami auditoriya soatlari
|
148
|
72 76
|
Umumiy o‘quv soatlari
|
280
|
138 142
|
Shahrisabz– 2019
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Maktabgacha pedagogika” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va seminar mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyalari jamlangan.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua oliy o‘quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: Z.K.Alimova
|
Nizomiy nomidagi TDPU, Shahrisabz filiali Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
|
Sh.A. Boyjigitov
Taqrizchilar:
Sh.S. Shodmonova
|
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim fakulteti professori
|
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali kengashining 2019-yil « » dagi № -sonli qarori bilan ma'qullangan.
MUNDARIJA
I. TITUL..................................................................
NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI...............................
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI............
IV. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI.........................................................
V. GLOSSARIY........................
ILOVA (namunaviy dastur, ishchi o‘quv dasturi, baholash mezonlari, test, adabiyotlar ro‘yxati).................................................................
NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti, vazifalari Reja:
Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari
Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Maktabgacha pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tug‘ildan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. U maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va maktab ishidagi izchillikni ta'minlaydi hamda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika umumiy pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta'limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – “o‘rgatuvchi”, didasko – “o‘rganuvchi”) ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika fanining ob'ekti – yaxlit maktabgacha pedagogik jarayon.
Maktabgacha pedagogika fanining predmeti – maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |