Integrallashuv – bola rivojlanishining har bir sohasi, uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liqligi va ularning bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan jarayonidir. Masalan,matematika, qurish-yasash, aplikatsiya yoki nutq o‘stirish, badiiy adabiyot, rasm mashg‘ulotlarini bir-biriga uzviy bog‘lab, o‘zaro uyg‘unlashtirib olib borishni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Buning uchun pedagoglar Davlat talablarining yo‘nalishlari asosida berilgan indikatorlarni mashg‘ulot maqsadiga kiritgan holda mashg‘ulot ishlanmalarini tuza olishlari va mashg‘ulotga olingan maqsadniamalga oshira olish malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Pedagoglar Davlat talablarini bajarish uchun mashg‘ulotdan tashqari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar ochishlari, bolalar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorlilarini aniqlab, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan festival, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishlari kerak.
Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining 8-ilovasida maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkaziladiganmashg‘ulotlar davriyligi berilgan. Pedagoglar Davlat talablariga rioya qilingan holda muassasaning ta'lim-
tarbiya faoliyati rejalashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jadvalini ijodiy yondoshgan holda tuzadilar.
Mazkur malaka ishda namunaviy haftalik mashg‘ulotlar bir-biri bilan uyg‘unlashtirilib – integrallashgan tarzda ilova qilindi. Tarbiyachilar mashg‘ulotlar jadvaliga ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin.
Davlat talablari sohalari yo‘nalishlari bo‘yicha indikatorlarni bolalar tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini tahlil qilish.
Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta'limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg‘ulot va faoliyatlarni o‘tkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1–6-ilovalarida ko‘rsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o‘rganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi.
Mazkur Davlat talablarida yo‘nalishlar bir necha sohaga bo‘lingani, sohadagi indikatorlar soni ko‘pligini inobatga olib, pedagoglar mazkur indikatorlar yuzasidan tarbiyalanuvchilar egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganish va tahlil qilishda ma'suliyat bilan yondoshib, kun davomida har bir bolani kuzatishi, o‘rganishi bilan, indikatorlarni bolalar tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini turli faoliyatlarda (mashg‘ulotlar, o‘yinlar(voqyeaband, ta'limiy, harakatli),yertalabki badantarbiya, mustaqil faoliyat, ko‘ngil ochar soatlar, musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, to‘garak ishlarida vahokozo)kuzatib, o‘rganib tahlil qilib boradilar.Bunda bolani kuzatish xaritasida berilgan indikatorlar, nazorat tekshiruv topshiriqlardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |