Шахобиддинова Мухаббат ш “И”



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#727365
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
boshlangich sinflarda tekshiruv bayon otkazishda analitik darslardan foydalanish (1)

SODDA REJA NAMUNASI 
1.
Toshbaqa bilan CHayonning do‘stlashishi. 
2.
Toshbaqaning CHayonga yordam berishi va uni ogohlantirishi. 
3.
CHayonning yomon niyat bilan bejo harakat qilishi. 
4.
Toshbaqa bilan CHayonning oxirgi munozarasi. 
5.
CHayonning javobi. Toshbaqaning do‘stlik haqida aytganlari. 
 
 


38 
MURAKKAB REJA NAMUNASI: 
I. Toshbaqa bilan CHayonning do‘stlashuvi: 
1. Toshbaqaning fazilatlari va xulq-atvori: 
a) Toshbaqaning CHayonga yordam berishi; 
b) Uning do‘stlik haqida aytgan so‘zlari;
v) Toshbaqaning tajribakorligi, kamtar va sofdil ekanligi. 
II. CHayonning xislatlari: 
1. CHayonning takabbur, maqtanchoq, hiylagar va zararkunanda ekanligi: 
a) CHayonning yomon niyati; 
b) Toshbaqaning ogohlantirishiga javoban CHayonning aytgan so‘zlari. 
III. Toshbaqa bilan CHayonning taqdiri: 
1. Toshbaqaning yaxshilik qadriga etmagan CHayondan shafqatsiz o‘ch 
olishi. 
IV. Masalning xulosasi va uning asar mazmuni bilan bog‘lanishi: 
1. Masalda olg‘a surilgan g‘oya: 
a) to‘g‘rilik, samimiylik, do‘stlik va yaxshilikning hiylagarlik, dushmanlik va 
yomonlik ustidan g‘olib chiqishi; 
b) do‘stlikka, yaxshilikka va dushmanga shafqatsiz bo‘lishga chaqirish. 
Ana shu murakkab reja asosida yozilgan bayon asardagi asosiy masalalarni 
qamrab olib, qo‘yilgan maqsadga to‘la javob berishi mumkin. 
Reja tuzish analitik va analitik-sintetik usulda olib boriladi. Lekin bayon 
yozish protsessida reja asosan analitik metod bilan tuziladi. Bunda o‘qituvchi aniq 
mavzuning matnini dastavval oxiriga qadar o‘qiydi, so‘ngra qismlarga bo‘ladi va 
har bir qismning asosiy mazmunini, ularning bog‘lanishini batafsil tushuntiradi; 
so‘ngra matn rejasi tuziladi. 
Bayon matnining rejasini tuzish katta ahamiyatga ega, chunki o‘ylab tuzilgan 
sistemali reja o‘quvchi nutqining ixcham, puxta va aniq bo‘lishiga ko‘p yordam 
beradi. Matnga yoki uning qismlariga qo‘yilgan sarlavhalar, bayon rejasi turlicha 
ifodalanadi. Ular darak, so‘roq, undov yoki atov gaplardan iborat bo‘lishi mumkin. 


39 
Matnni qisqartirib bayon yozish. Qisqartirilgan bayon maktabning IV sinfida 
o‘tkaziladigan yozma ish turlaridan biridir. 
Agar matn hikoyadan olingan katta parcha bo‘lsa, uni qisqartirib bayon 
yozish lozim bo‘ladi. Matnni qisqartirib bayon yozishdagi eng muhim vazifa 
matndagi markaziy epizodlarni ajratish, matnning mag‘zini, undagi voqealarning 
mundarijasini, syujet sxemasini ajrata olishdir. O‘quvchi katta matn yuzasidan 
birdaniga bayon yoza olmaydi. CHunki o‘quvchi matn mazmunini mufassal hikoya 
qilishga odatlangan. U bir qancha mashq va o‘qituvchi bergan namuna bilan asta-
sekin qisqartirib bayon qilish malakasini o‘zlashtira boshlaydi. 
Bayonning bu turini faqat IV sinfdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Matnni 
qisqartirib bayon yozish o‘quvchilarni fikrni qisqa, lo‘nda ifoda etishga o‘rgatadi, 
zarur bo‘lgan matnning mazmuni, unda ishtirok etuvchilarning xarakteri va ayrim 
xususiyatlari bilan chuqurroq tanishishga majbur qiladi. 
III sinfda matnni qayta so‘zlab berishdagi asosiy vazifa matndagi izchillikni 
saqlash va rejaga amal qilishdir, chunki bu sinfda qayta so‘zlab berishning 
asosiy tili hikoya qilishdir. IV sinfda esa matn mazmunining to‘laligiga, birinchi va 
ikkinchi darajali materiallarni ajrata olishga, matnning muhim tomonlarini anglay 
olishga e’tibor qilish matnni qayta so‘zlab berishdagi asosiy vazifadir. IV sinfda 
voqea-hodisalarni, xarakterlarni tasvirlab berish qayta hikoya qilishning yangi turi 
hisoblanadi. IV sinfdan boshlab matnni qayta hikoya qilib berish bilan birga 
matnning g‘oyaviy tomonini ochib berishga ham e’tibor qilinadi. Qayta so‘zlab 
berish asosida yoziladigan bayon uchun tanlanadigan hikoya yoki parchaning 
faqat hajmi va mazmuniga emas, balki tiliga ham e’tibor berish zarur. O‘qituvchi 
bu matnlardagi yangi sintaksistik qurilishlarni nazarda tutishi, o‘quvchilar esa 
matndagi yangi so‘zlarni o‘z bayonlariga ongli ravishda kiritishlari lozim. 
IV sinfda qisqartirib qayta hikoya qilish uchun murakkab bo‘lmagan, qisqa, 
qiziqarli, hikoya xarakteridagi matn tanlash zarur. IV sinfda dastlab hikoya yo‘li 
bilan yozilgan, keyin qisman tasviriy o‘rinlari bo‘lgan matnlarni tanlash kerak. V 
sinfda esa ilgarigilarga nisbatan murakkab bo‘lgan matnlar ustida ish olib borish 
talab qilinadi. 


40 
Hikoyadagi so‘zlovchi shaxsni o‘zgartirib qayta hikoya qilishni IV sinfdan 
boshlash zarur. Lekin IV sinf o‘quvchilaridan har vaqt ham bunday hikoya qilib 
berishni talab qilish shart emas. Agar matn ancha qiyin bo‘lsa, u vaqtda birinchi 
shaxs nomidan hikoya qilish shaklidan foydalanish ma’qul. 
Matnni qisqartirib bayon qilish uchun olib boriladigan barcha tayyorgarlik 
ishlari jamoa bo‘lib uyushtiriladi. O‘quvchilar matndagi muhim va ikkinchi 
darajali materiallarni ajrata olishlari kerak. SHundan so‘ng bayon yozishga 
kirishiladi. Lekin bayon yozishga boshlashdan oldin o‘quvchilarga rejaning har bir 
qismiga doir materiallarni alohida yozdirib boriladi va ularni mumkin qadar qisqa, 
to‘g‘ri ifodalardan foydalanishga o‘rgatiladi, shu bilan birga, ayrim o‘quvchilarga 
reja asosida qisqacha og‘zaki qayta so‘zlatiladi. O‘quvchilarga qisqa bayon yozish 
uchun tayyorlanib kelish uyga vazifa qilib topshiriladi. 
Aniq faktlarni umumlashtirish maqsadida tanlangan bayon matnlari biografik 
xarakterda bo‘lgan asarlardan yoki asar qahramonining hayotini tasvirlovchi 
boblardan olinishi muvofiqdir. Bunday ishning qimmati shundaki, o‘quvchi matnni 
aktiv ravishda qaytadan ishlaydi, uni yangicha ifodalaydi. 
Matnni bayon qilishda ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni o‘z o‘rnida ishlata 
bilish va ularni biridan ikkinchisiga aylantira bilish malakasi ham alohida 
ahamiyatga ega. O‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapga aylantirish o‘quvchilardan 
ma’lum ko‘nikma talab qiladigan ancha qiyin ishdir. SHuning uchun bu ish IV 
sinfdan boshlanadi va V-VI sinflarda ham olib boriladi. VII

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish