Шахобиддинова Мухаббат ш “И”



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#727365
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
boshlangich sinflarda tekshiruv bayon otkazishda analitik darslardan foydalanish (1)

 
oladi, o‘quvchilarga
 
tanish bo‘lmagan so‘zlarni izohlab beradi. 
Bayon uchun berilgan matnda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va 
hodisalar haqida o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil
 
qilish uchun ko‘rsatmali 
qurollardan – rasmlar va suratlardan foydalaniladi. Lekin suhbat o‘tkazish paytida 
matndan chetga chiqish yaramaydi, chunki bu hol o‘quvchilarning o‘qilgan matn 
haqidagi tasavvurlarini chalg‘itishi mumkin. Agar matnda o‘quvchilarga tushunarli 
bo‘lmagan so‘zlar uchramasa, matnni o‘qishdan oldin tushuntirish suhbati 
o‘tkazishning zarurati yo‘q. 


43 
5-§. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEKSHIRUV BAYONLARINI 
TAHLIL QILISH METODIKASI 
Bayon matnini quyidagicha tahlil qilish mumkin: o‘qituvchi bayon uchun 
ajratilgan matnni mumkin qadar ta’sirli, erkin, hikoyaga yaqin qilib o‘qib beradi. 
Matn o‘qilgandan so‘ng suhbat o‘tkaziladi. O‘quvchilar matnni shunday yaxshi 
o‘zlashtirishlari kerakki, natijada ular matnni yaxshi tahlil qila oladigan bo‘lsinlar, 
o‘zlarini matndagi voqea-hodisalarda ishtirok etganday tasavvur qilsinlar. Ular 
materialni shundagina ongli ravishda erkin va batafsil bayon qilishlari mumkin.
Demak, o‘quvchilar, dastavval matn mazmunini chuqur anglashlari kerak. 
Buning uchun ular asardagi eng muhim o‘rinlarni, muallifning tasvirlamoqchi 
bo‘lgan muhim voqeasini topa olishlari zarur. 
O‘quvchilarni asta-sekin asardagi g‘oyani aniqlay olishga o‘rgatishda, 
shubhasiz, o‘qituvchining roli katta. O‘qituvchi savollar yordami bilan, 
tushuntirish yo‘li bilan o‘quvchilarni hikoyaning syujeti, mazmuni, goyasi, 
obrazlari va ularning xarakteri, asarning qurilishi, kompozitsion elementlari, turli 
badiiy vositalari, tili bilan tanishtiradi. 
Matnga
 
yaqinlashtirib hikoya kilish. O‘quvchilarning yozma nutqi hali zaif 
bo‘lgan bir vaqtda bayonning matnga yaqinlashtirib hikoya qilish turini qo‘llash 
muvofiqdir. Buning uchun:
a) o‘qituvchi rivoyat turidagi kichikroq hikoyani tanlaydi, qisqagina kirish 
suhbatidan so‘ng uni o‘qib beradi; 
b) o‘qituvchi matnni o‘qib bo‘lgandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlariga tanish va 
aniq bo‘lmagan so‘z va jumla qurilishlarini yozib oladilar, so‘ngra matn tahlil 
qilinadi; 
v) o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qilgan hikoyaning rejasini tuzadi. 
O‘qituvchi rejani doskaga yozadi, o‘quvchilar daftarlariga ko‘chirib oladilar. 
g) tuzilgan reja asosida matn ikkinchi marta o‘qiladi. 
O‘qituvchi hikoyaning birinchi qismini o‘qib bo‘lgandan so‘ng, keyingi qism 
sarlavhasining rejasini og‘zaki yoki yozma ravishda bayon etadi. O‘qituvchi 


44 
hikoyaga qanday sarlavha qo‘yishni o‘quvchilar bilan birga muhokama qiladi, 
hikoya sarlavhasining bir necha xil variantini aytadi. Sarlavha topishni o‘rgangan 
o‘quvchilar bu ishga mustaqil ravishda kirisha beradilar. 
O‘quvchilar mana shunday atroflicha tayyorgarlik ishlaridan so‘ng hech bir 
qiyinchiliksiz matnni qayta hikoya qilishga kirisha oladilar. Tajribadan ma’lum 
bo‘lishicha, hatto yaxshi o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar ham bu vazifani 
qiynalmasdan bajara oladilar. 
To‘liq bayon yozish. 
To‘liq bayon yozishgacha bo‘lgan tayyorlik ishining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarni boshqalarning fikrini o‘z fikridek erkin va ongli ravishda so‘zlab 
beradigan darajaga etkazishdan iboratdir. 
Hikoyani to‘liq bayon etishning belgilari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
a) hikoya qiluvchi fikrni o‘zi eshitgan va o‘zi tushungandek izchillikda bayon 
etishi mumkin; 
b) hikoya qiluvchi fikrni qanday qabul qilgan bo‘lsa, aynan o‘zidek hikoya 
qilib bermay, balki uni qisqartirib, ixchamlashtirib ham so‘zlab berishi, umumiy 
masalalarni xususiy masalalardan, birinchi darajali masalalarni ikkinchi darajali 
masalalardan farq qilgan holda so‘zlab berishi mumkin; 
v) hikoya qiluvchi fikrni o‘zi qabul qilgan shakldagina bayon qilmasdan, 
balki hikoyaning mazmuniga moslab boshqacha tarzda ham so‘zlab berishi 
mumkin. 
SHunday qilib, o‘quvchi hikoya yoki maqoladagi eng asosiy, birinchi darajali 
fikr bilan ikkinchi darajali fikrni, umumiy fikr bilan xususiy fikrni bir-biridan 
ajrata olishi kerak. 
Hikoya qiluvchi matnni erkin bayon qilishi uchun uni to‘la-to‘kis 
o‘zlashtirishi lozim. SHundagina o‘quvchilar go‘yo o‘zlari xuddi shu hikoyadagi 
voqea va hodisaning ishtirokchisidek, uni obrazli, jonli tasvir qilishga o‘rganadilar. 
Bayon qilishga tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar faqat mantiqiy fikrlashgagina 
emas, balki obrazli fikrlashga ham o‘rgatib boriladi. 


45 
O‘quvchilarni materialni erkin, ongli ravishda so‘zlab bera oladigan qiliga 
bayon yozishga tayyorgarlik ko‘rishdagi muhim vazifalardan biridir. Bayon 
o‘quvchilarni mustaqil ijod etishga o‘rgatishi lozim. Matnni tahlil qilishda 
o‘quvchilarni yozuvchining ijodiy fikrlarini anglashga va uning badiiy tasvir 
vositali o‘rinlaridan o‘rinli foydalanishga o‘rgatish zarur. 
SHuningdek, bayon yozishga tayyorgarlik ko‘rish davrida o‘quvchilardan 
so‘zlarning o‘z ma’nosida qo‘llanishi, nutqni to‘g‘ri qura bilish, orfografik va 
punktuatsion qoidalarga rioya qilish va hokazolar ham talab qilinadi. Bayon 
yozishgacha lug‘at ustida ish olib borish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli 
xatolarning oldini olish va bu haqda o‘quvchilarni oldindan ogohlantirib qo‘yish 
ham alohida ahamiyatga egadir. 
Demak, bayon yozishga tayyorgardik ko‘rish nihoyatda mas’uliyatli va 
murakkab ishdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlash uchun 
berilgan vaqtdan unumli foydalanishini, bu vaqt ichida o‘quvchilar bilan nimalar 
haqida shug‘ullanishini, o‘z oldidagi muhim vazifalarni belgilab olishi zarur. 
Bayondagi xatolarni tuzatish. 
O‘quvchilarning yozgan bayonlari ham ularning boshqa yozma ishlari kabi 
tekshiriladi. Bayon tekshirilganda o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolari tahlil qilinadi, 
tipik xatolar aniqlanadi va bu xatolar sinfda o‘quvchilar bilan ishlash orqali 
bartaraf qilinadi. 
Har qanday yozma ishdan ma’lum maqsad ko‘zlanadi. Bayonni tahlil qilishda 
dastavval ana shunga e’tibor qilinadi. 
Barcha bayonlar quyidagi umumiy reja asosida tahlil qilinadi: 
a) o‘qilgan matnning asosiy mazmuni o‘zlashtirilganmi? Nimalar 
tushunilmasdan qolgan? 
b) hikoyaning rejasiga rioya qilinganmi? 
v) gaplar to‘g‘ri tuzilganmi? (Xato ishlatilgan gaplar, so‘z va iboralar 
aniqlanadi.) 
g) bayonda matndagi qaysi obrazli ifodalar saqlangan va qanday yangiliklar 
kiritilgan? 


46 
d) sarlavha to‘g‘ri topib qo‘yilganmi? 
Bayonda yo‘l qo‘yilgan orfografik, punktuatsion va uslubiy xatolar tuzatilishi 
kerak. 
Ma’noni buzib, noto‘g‘ri ifodalash, asosiy faktlarni tushirib qoldirish, voqea-
hodisalarni, izchillikka rioya qilmay, palapartish ifodalash kabi hollar ma’no 
jihatidan yo‘l qo‘yilgan xatolardir. 
Mazmun jihatidan yo‘l qo‘yilgan xatolar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 
asarning mazmunan muhim bo‘lgan o‘rinlarini tushirib qoldirish, matnga aloqasi 
bo‘lmagan yangi tafsilotlarni kiritish, matn yoki uning ayrim qismlarini ortiqcha 
qisqartirish, narsalarning yoki hodisalarning belgi va xususiyatlarini bayon qilishda 
izchillikka rioya qilmaslik, uni buzish, noto‘g‘ri fikrlarni kiritish va dalillarni 
tushirib qoldirish ana shunday xatolardandir. O‘quvchilarning yozma bayonida 
so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash va noto‘g‘ri ifoda qilish kabi uslubiy xatolar, ayrim 
so‘zlarni noto‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘z o‘rniga qo‘ya bilmaslik kabi 
orfografik va tinish belgilariga oid xatolar ham sodir bo‘lishi mumkin. Bu xatolarni 
ko‘rsatish uchun o‘qituvchi ishlatadigan shartli belgilar bo‘ladi. Bu belgilar bilan 
o‘quvchilar ham tanish bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarning qilgan xatolarini 
aniqlash maqsadida daftar chetiga savol belgisini qo‘yadi, so‘ng yozma ish sinfda 
tekshiriladi. Stilistik xatolar to‘lqinli chiziq (~) bilan, orfografik xatolar ikki chiziq 
(=) bilan, punktuatsion xatolar bir chiziq (-) bilan ko‘rsatilishi mumkin. 
Bu uch turdagi xatoni tuzatish usullariga kelganda, mavjud metodika 
tegishlicha javob beradi. Uslubiy xato jamoa bo‘lib sinfda tuzatiladi. O‘qituvchi 
daftarga qo‘ygan belgilariga asoslanib, xatolarni taxminan sistemalashtiradi, eng 
yaxshi ishlar sinfda o‘qib beriladi, tipik xatolar tekshiriladi va bu xatolar sinfda 
o‘quvchilar ishtirokida tuzatiladi. 
Xatolar ustida o‘quvchining o‘zi ham ishlaydi. Bunda o‘quvchilarning 
o‘zlariga xatolarining sababini yozma va og‘zaki izohlatish, qaysi qoidada xato 
qilingan bo‘lsa, unga mos so‘zlar toptirish usulidan keng foydalanish mumkin. 
Ba’zi o‘qituvchilar xato yozilgan so‘zlarni bir necha bor yozdirish usulidan 
ham foydalanadilar. Lekin bu hamma vaqt ham samarali natija beravermaydi. Bu 


47 
usuldan yozilishi ma’lum qoida bilan izohlanmaydigan so‘zlarni to‘g‘ri yozishga 
o‘rgatishda foydalanish mumkin. 
O‘quvchilardan vaqti-vaqti bilan qaysi qoidada xatoga yo‘l qo‘yganligini, 
buni tuzatish sohasida nimalar qilganligini so‘rab turish mumkin. 
Ba’zan bir o‘quvchining daftarini ikkinchi o‘quvchiga tekshirtirish usulidan 
ham foydalaniladi. Bu o‘quvchilarning qiziqishini orttiradi. SHunday hollar ham 
bo‘ladiki, o‘quvchi ma’lum bir so‘zni xato yozadi-yu, lekin o‘rtog‘ining daftarida 
shunday yozilgan so‘zning xato ekanligini topadi. 
Tajribala o‘qituvchilar ishning bu shakliga katta e’tibor beradi. Ularning 
ta’kidlashicha, savodsiz kishini savodli kilishning eng qulay usulllaridan biri 
ma’lum bir so‘zning xato va to‘g‘ri yozilgan shaklidan to‘g‘ri yozilganini ajrata 
olish malakasiga ega qilishdir. 
SHunga ehtiyot bo‘lish kerakki, o‘quvchilar o‘rtoqlarining xatolarini 
tuzataman deb, boshqa xatoga yo‘l qo‘ymasinlar, daftarlarini bekorga 
bo‘yamasinlar. O‘quvchi u yoki bu so‘zning xato yozilganligiga to‘la ishonsagina, 
uni to‘g‘rilash kerakligini anglasin. 
O‘quvchilar daftar tekshirayotganida, o‘qituvchi sinfda aylanib yurib, ayrim 
o‘quvchilarga maslahatlar beradi. Tekshirish uchun berilgan muddat tugagach, 
o‘quvchilar topgan xatolarini aytadilar. O‘quvchi xato yozilgan deb hisoblagan 
so‘zini alohida qog‘ozga yozadi, oxirida o‘qituvchi ishtirokida buni aniqlab, keyin 
uni tuzatadilar. 
Xatolarni tugatishda o‘quvchining uyda mustaqil ishlashi juda katta 
ahamiyatga molikdir. Yo‘l qo‘yilgan xato bilan bog‘liq qoidani o‘qib kelish, unga 
mos mashqni bajarish, diktantni qayta ko‘chirib yozish kabi ishlar uyga vazifa qilib 
beriladi. 
Bugungi kungi ta’lim tizimida nafaqat shaklan, balki mazmunan isloh qilish 
va taraqqiyot bosqichini amalga oshirish, ta’limning izchillik va uzviyligini 
ta’minlash, ta’lim turlarida o‘qitishning yangi metodlarini ishlab chiqish, darslarda 
ilg‘or pedagogik va zamonaviy vositalarni keng qo‘llash kabi jiddiy masalalarni 
hal qilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim tizimini jahon miqiyosida 


48 
obro‘­e’tiborini yanada oshirishda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi», «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi singari muhim 
hujjatlarda belgilangan chora-tadbir va ko‘rsatmalarning xizmati katta bo‘lmoqda. 
Mazkur hujjatlarda oliy o‘quv yurtini bitiruvchi bakalavrlar oldiga katta talablar 
qo‘yilmoqda hamda komil inson bo‘lib etishishlari uchun shart-sharoitlar 
yaratilmoqda. Jumladan, bo‘lg‘usi mutaxassislarning keng dunyoqarashga, chuqur 
bilimga, talab darajasidagi malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi alohida e’tirof 
etilmoqda. Ma’lumotli mutaxassislarning og‘zaki va yozma nutqiy tayyorgarligiga 
ham e’tibor berilmoqda. 
Ma’lumki, ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri 
o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan. Insonning moddiy dunyoni 
bilishi, uning tafakkuri va tili orqali yuzaga keladi. Tafakkur tashqi olamning kishi 
miyasida aks etishi bo‘lsa, til tafakkurni shaklga solib, so‘zlar yordamida undagi 
fikrni voqe qiladi. 
Mustaqilligimiz qurilishning dongdor kishilari, shonli Vatanimiz fani va 
san’atining mashhur namoyondalari va boshqalar hayotidan olingan materiallar va 
biografik ocherklar, o‘zbek kishilarining qahramonona mehnati, botirligi, jasurligi 
va fidokorligini o‘zida aks ettirgan badiiy asar va ilmiy ommabop maqolalar 
o‘quvchilarda bayon yozishga zavq-shavq uyg‘otadi. Ma’lumki, tasviriy 
xarakterdagi matnlar rivoya turidagi matnlarga nisbatan qiyinroqdir. I-IVsinflar 
uchun bayon matnlari tanlashda bu qiyinchiliklarni, bu matnlarning bolalar yoshiga 
mos yoki mos emasligini, g‘oyaviy, mavzutik mazmunini, hajmini, leksik 
tuzilishini, janr xususiyatini nazarga olish kerak. IV sinf uchun tanlanadigan bayon 
matni syujetli hikoyalar yoki badiiy asardan olingan kichik parchalar bo‘lishi 
ma’quldir. 


49 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish