Шахобиддинова Мухаббат ш “И”



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#727365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
boshlangich sinflarda tekshiruv bayon otkazishda analitik darslardan foydalanish (1)

 


20 
4- sinf 
O‘qish texnikasi 
Miqdoriy ko‘rsatkich: 
minutiga 80-90 so‘z. 
Talablar: 
a) so‘z va iboralarni to‘g‘ri, obrazli o‘qiy olish; 
b) gap ohangiga rioya qilgan holda ravon o‘qish; 
v) gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish; 
g) sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish;
d) ohangga rioya qilish; 
e) ilmiy atamalarni to‘g‘ri talaffuz qilish. 
j) 20 ta she’rni yoddan bilishlari, ertak, maqol, tez aytish, topishmoq, qo‘shiq, 
alla, hikoya, qissa kabilar haqida ta’rif bera olishlari lozim. 
Matnning xarakteri: til jihatdan ravon, nasriy-nazmiy bolalar adabiyoti hamda 
xalq og‘zaki ijodi namunalari. 
O‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi
Miqdoriy ko‘rsatkich: 
10 minutda 4-5 sahifa. 
Talab: 
Og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon va ta’sirchan bo‘lishi, monologik nutqning 
ravonligi, dialogik nutqda o‘zaro muloqotning ta’sirchanligi, izchilligi, mantiqiy 
jihatdan aniqligi. 
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko‘rsatkich: 
75-80 so‘zdan iborat diktant yoza olish. 
talablar: 
a) imlo-xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; 
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: saylanma diktant, lug‘at diktanti, ta’kidiy diktant, yoddan 
yozuv diktanti, nazorat diktant, izohli diktant, ko‘rsatkich diktant. 
Miqdoriy ko‘rsatkich: 
5-6 gapdan iborat bo‘lgan matn (fikr ehtiyoji bilan 
bog‘liq mavzu asosida) yaratish. 
 


21 
2-§. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI 
OSHIRISHNING OPTIMAL USULLARI 
Respublikamizda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi 
qonunning joriy etilib, o‘zbek tilini hayotimizning tarkibiy qismiga aylanishi yangi 
milliy siyosatimizning g‘alabalaridan biridir. Unga og‘ishmay rioya qilish davlat 
tilida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish har bir jamiyat kishisi oldiga 
mas’uliyatli vazifalar yuklaydi.
Til – millatning tengi yo‘q milliy boyligidir. Til mavjud ekan, millat ham 
zavol ko‘rmaydi. Bu haqda Yusuf xos Xojib shunday deydi:
Tilingni avayla – omondir boshing,
So‘zingni avayla, uzayar yoshing. 
Taniqli yozuvchi CHingiz Aytmatovning so‘zi bilan aytganda: “Toki tili bor 
ekan, xalqning umri boqiydir”. Til so‘zlash vositasi nutq sifatida ko‘ringandagina 
ma’lum vazifani bajaradi. Xalq ma’naviy qadriyatlari-ning tiklanishi va ravnaq 
topishida hamda boy va go‘zal ana shu qadriyatlar asosida yosh avlodni 
tarbiyalashda tilning ahamiyati beqiyosdir.
Ammo fikrlashish, birgalashib ishlash uchun berilgan tilimiz bir necha yillar 
davomida ko‘rinmas zanjir bilan bog‘lanib kelindi. Mustaqillikka erishganimizdan 
so‘nggina, o‘zbek tiliga e’tibor kuchaytirildi, uning qo‘llanish doirasi kengaydi.
Yoshlar o‘qishda va mehnat jarayonida nimagaki erishsalar, aql-zakovat, kuch 
va bilim bilan olg‘a intilish tufayli erishadilar. SHubha yo‘qki, bunda nutq odobi, 
ona tiliga e’tibor va hurmat asosiy o‘rinni egallaydi. Negaki, bebaho va go‘zal 
merosimiz, tariximiz butun jahonga ona tili orqali ko‘zko‘zlanadi. Til vositasida 
kishining odob-axloqi, madaniyati, kamoloti aks etadi. SHunday ekan, ta’lim-
tarbiya maskanlarida davlat tili orqali yoshlarni bugungi kunimizga mos odobli, 
yuksak madaniyatli qilib, ona Vatanga, ona tiliga mehr-muhabbat ruhida 
tarbiyalash pedagogik jamoalarning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lmog‘i lozim.


22 
Bayon matnini tanlash prinsiplari. 
Bayon uchun matn tanlanganda matnning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatiga, 
mavzusiga alohida e’tibor berish zarur. O‘qituvchi bayon matnini badiiy asarlardan 
tanlashi, Vatan, yil fasllari, ijtimoiy mehnat va uning qahramonlari, bolalar va 
maktab hayoti, tinchlik uchun kurash, Vatan mudofaasi kabi mavzulardan 
foydalanishi lozim. Bayon uchun tanlangan matnlar ma’lum darajada soddadan 
murakkabga o‘sib, rivojlanib borishi kerak. 
Mustaqilligimiz qurilishning dongdor kishilari, shonli Vatanimiz fani va 
san’atining mashhur namoyondalari va boshqalar hayotidan olingan materiallar va 
biografik ocherklar, o‘zbek kishilarining qahramonona mehnati, botirligi, jasurligi 
va fidokorligini o‘zida aks ettirgan badiiy asar va ilmiy ommabop maqolalar 
o‘quvchilarda bayon yozishga zavq-shavq uyg‘otadi. Ma’lumki, tasviriy 
xarakterdagi matnlar rivoya turidagi matnlarga nisbatan qiyinroqdir. I-IVsinflar 
uchun bayon matnlari tanlashda bu qiyinchiliklarni, bu matnlarning bolalar yoshiga 
mos yoki mos emasligini, g‘oyaviy, mavzutik mazmunini, hajmini, leksik 
tuzilishini, janr xususiyatini nazarga olish kerak. IV sinf uchun tanlanadigan bayon 
matni syujetli hikoyalar yoki badiiy asardan olingan kichik parchalar bo‘lishi 
ma’quldir. 
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan 
mavzuni ifodalaydigai logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, 
mustaqil, tugallangan va o‘zaro bog‘langan ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq 
bog‘lanishli nutq deyiladi. 
Bog‘lanishli nutq birligi deb hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, 
hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning 
keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni hisoblash mumkin. 
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqdan mashq turlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob; 
2) o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar 
lug‘atini aktivlashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar; 


23 
3) muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob – havo kundaligini yuritish; 
4) o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki hikoyalash; 
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan 
hikoya, reja yoki syujet asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi; 
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o‘quvchilar saviyasiga mos 
matnlarni yoddan yozish; 
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish; 
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy – ommabop matn asosida bayon yozish; 
9) o‘qituvchi bergan matnni og‘zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta 
hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish 
kabilar); 
10) har xil turdagi yozma insho, boshqa ijodiy ishlar. 
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi, 
o‘rgatiladi. 


24 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish