Shaharsozuk tarixi


Temuriylar tarixi davlat muzeyi



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi. 
Amir Temur xiyobonining shimoli- 
g‘arbiy qismi Temuriylar tarixi davlat muzeyi qurilishi munosabati 
bilan yanada mukammalroq tus oldi («Toshgiprogor» instituti, 1995- 
y.). Temuriylar tarixi davlat muzeyining yorqin binosi tosh poydevor 
ustidan tiklangan bo‘lib, qator ustunlar, arklar va devorlar yordamida 
ko'kka b o ‘y c h o ‘zgan, ustidagi lojuvard-feruza rangdagi gumbaz 
Toshkent markazining to ‘rttala tarafidan yaqqol ko'rinib turadi.
/
Toshkent. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 1995-y.
«Toshgiprogor» instituti.
I 1 - T - 3 1 -3
161


Rejadagi dumaloq bino uch qavatdan iborat — foye, do‘konIar, 
m a’muriyat, kassavestibyuli, axborot-ma’ruza zali va boshqa texnik- 
xizmat xonalari poydevor (sokol) qavatda joylashgan; birinchi qavatda 
markaziy ostin-ustun derazali ekspozisiya zali va boshqa zallar, 200 
o'rinli kmoma’mza zali o‘rin olgan; ikkinchi qavatda aylana ekspozisiya 
zali bo'lib, unda Amir Temur hayotiy faoliyatining turU jihatlarini aks 
ettiruvchi sakkiz bo'Um ko'zda tutilgan.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi san’at va arxitektura qorishig'ini, 
O'zbekiston arxitekturasi, rangtasviri hamda xalq amaliy san’atining 
uzviy birikib ketishi va qo'shilib ketishini o'zida namoyon etadi.
Milliy badiiy bezak bo'yicha ishlarni «Usta» xalq ustalari birlash- 
masining arxitektor A. Umarov boshchiligidagi mutaxassislar bajarganlar. 
Devorlar uchun balandligi o 'n metrlik oq ko'p uyali ustunboshili, 
kulrang marmardan ishlangan shakldor kursili konussimon 20 ta ustun 
ishlangan (o'ymakor A. Sultonov). Muzey butun devori bo'ylab ark 
gumbazini eslatuvchi handasaviy naqshlardan ishlangan sopol panno 
joylashgan (sopol rassomi A. Yarovoy).
K o'p qatlamli yog'och o'ymakorlik uslubida yasalgan 14 o'ymakori 
eshiklar ham nodir san’at namunalari hisoblanadi (usta S. Rahma- 
tullayev boshchiligidagi guruh).
Muzey interyeri ham xalq amaliy san’ati unsurlari bilan bezalishida 
katta qiziqish uyg'otadi. Katta eshik ro'parasida devorning markaziy 
qismidagi 200 m2 joy Amir Temurga bag'ishlangan syujetU naqshu 
nigor bilan to'ldirilgan. Bu miniatyura rangtasviriga o'xshatib ishlangan 
«Tug'ilish», «Yuksalish» va «Meros« triptixidir. Devoriy rangtasvir sovuq 
ranglardan boshlanib, asta-sekin issiq ranglarga o'tib boradi (rassomlar 
K. Nazarov, G. Kamolov, T. Boltaboyev, S. Qoraboyev). Keyin gumbaz 
kengligi boshlanadi. Gumbazning balandligi 30 m ga yaqin, radiusi 
esa 12 m. G anch o'ymakorligi bilan bezak berilgan (xalq ustalari A. 
Umarov, A. Ilhomov, N. Nabiyev, S. Shukurov, M. Murodov va 
boshq.). Qiya sirtda naqsh chekish qiyinligiga qaramay, ustalar arxitek­
torlar bilan oldinga qo'yilgan vazifani sharaf bilan uddalaganlar, 
muzey arxitekturaviy shakllarining ulug'vorUgi va nafisligi shundan 
dalolat beradi.
Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston san’at muzeyi (arxitektor I. 
Li, muhandis V. Shterenshis, ijodiy rahbar S. Sutyagin, arxitektorlar 
M. Noskova, A. Chesnokov ishtirokida) mamlakatimizdagina emas, 
balki undan tashqari ham san’at xazinalari orasida munosib o'rin 
egallaydi.
162


Qurilish uchun park zonasida, shohrohlardan uzoqroqda va kelajak- 
da rivojlanish imkoni bo'lgan joyda (bir qancha joylar ko'rib chiqil- 
gandan keyin) yer ajratilgan (birinchi navbat — mo'ljaldagi majmuaning 
uchdan bir qismi qurib bo'lingan).1
Qurilgan qismi 3 qavatli binodan iborat (birinchi qavat rejasida 
42x42 m). Birinchi qavatda — garderobli vestibyul, bufet, 70 o'rinli 
auditoriya, m a’muriyat, texnik xonalar va omborxonalar. Ikkinchi va 
uchinchi qavatlarda — ekspozisiya zallari joylashgan: ikkinchisida asosan 
amaliy san’at va qadimshunoslik eksponatlari, uchinchisida — tasviriy 
san’at asarlari o ‘rin olgan.
Bunda markaziy o 'rin n i, albatta, ajoyib tadqiqotchi rassom, 
ishqiboz, o'zini va butun umrini shu to'plam va umum an muzeyga 
baxshida etgan Igor Saviskiyning bemisl sa’y-harakatlari evaziga 
to'plangan avangard egallaydi. Muzey aynan shu rassom nomi bilan 
atalgan.
Barcha qavatlami ham tuzilish, ham tomosha qilish jihatidan atrium 
xilidagi nur beruvchi «quduq» bog‘lab turadi va qavatlarning markaziy 
qismi tabiiy charog'onligini kuchaytiradi.
Markaziy katta zina tomoshabinlarni ikkinchi va uchinchi qavat 
ekspozisiyalar zallari bo'lgan yuqoriga boshlaydi. Bundan tashqari, 
ko'chirish uchun yana ikkita yashirin zina bo'lib, ulardan bittasi (xizmat 
zinasi) eksponatlami ko'tarish uchun yuk-yo'lovchi lifti bilan to'sib 
qo'yilgan.

va 2-qavatning asosiy devor sirtlari sayqallangan travertin bilan 
qoplangan bo'lib, 1-qavat bosh eshigi vitrajlari ustidan osilib turuvchi 
kattakon haykaltaroshlik bezaklari bilan bezatilgan.
Naqshindor sopol hoshiya (friz) (rassom Ulug'bek Boltaboyev, 
Andijon) barcha to'rtala devor bo'ylab markaziy tirgovichlarni o'rab 
olib, ulam i birlashtiradi va mahalliy a n ’analarga xos milliy kolorit olib 
kiradi.
Atrium kenglik antrcsollari (yuqorigi yarim qavatlar)ning chetlaridagi 
odmi naqshindor yuza (ganch quymasi) intererdagi an’analaming shu 
mavzusini qo'llab-qo'ltiqlaydi, o'zining ahamiyatiga da’vo qilmaydi 
va e’tibom i asosiy eksponatlarga tortmaydi. Bino muhandislik jihoz- 
larining barcha turlari bilan ta ’minlangan.

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish