Ichon Q al’a, tashqi Dishon qal’a. lchon qal’ada to ‘g‘ri burchakli
shahar asosiy ko‘chalar o ‘qi bo‘ylab xochsimon ko‘rinishda kesilgan,
ular o ‘zaro to ‘rt shahar darvozasini janubiy, shimoliy, g‘arbiy hamda
sharqiy devorlarda ulab turadi. lchon qal’a hududi shaharsozlik va
arxitektura yodgorliklari sifatida davlat qo'riqxonasi deb e’lon qilingan,
shu sababli reja loyihasi iloji boricha yaxshi saqlanib qolishi va ta ’mirini,
obodonchiligini, transport ham da piyoda yo‘llar qulayligini ko‘zda
tutadi. Shaharda mikroiqlimni yaxshilash uchun yashil ko‘chatlaming
yagona tizimi, Madaniyat va istirohat markaziy bog‘i, sport inshootlari
barpo etilgan. Shaharni rivojlantirish rejasi loyihasi aholi va sanoat
o ‘sishini cheklamoqda, asta-sekin shahar parti ketib, sharti qolgan
uylardan xalos b o ‘lib, shinam uylar qurilmoqda, ularning loyihalari
Xiva uchun maxsus ishlab chiqilgan (1-mikrorayon, arxitektor A.Qo-
bulov). 1939-yilda 40 mingga yaqin kishini tashkil etgan uning aholisi
50-yillarda 110 ming kishidan iborat bo‘lgan.
Farg‘ona bosh rejasi.
Farg‘ona bosh rejasiga talay o ‘zgartishlar
kiritilgan (1951, arxitektor A.Zotov). U nda yirik engil sanoat korxonalari,
masalan, to ‘qimachilik korxonasi, ipak yigirish fabrikasi, paxta va yog‘-
moy zavodlari qurilishi shahaming tez rivojlanishiga olib keldi. Neftni
qayta ishlash zavodi, kimyo korxonasi va boshqalar shahar uchun
alohida ahamiyat kasb etadi. Qayta qurishning bosh rejasida Farg‘o-
naning o ‘sib-rivojlanishi, uning 0 ‘zbekistondagi yirik sanoat, ilmiy va
madaniy markazlaridan biriga aylantirish bo‘yicha tadbirlami ko‘zda
tutgan edi. Shahar hududi uch baravar kattalashtirildi, sanoat m inta
qalarini markaz bilan tutashtirish uchun yangi shohrohlarlar yotqizildi.
Shahar asosan, janubiy, yangi manzilgohlar (Qirguli, to ‘qimachilar
shaharchasi) va Farg‘onadan 12 kmda joylashgan Marg‘ilon shahri
bilan tutashtirish yo‘nalishida kengayib bordi (Marg‘ilon ipak shahri,
yirik savdo markazi sifatida mashhur). Yangi shahar respublikada kat-
taligi jihatidan uchinchi o ‘rinda bo‘lib, aholisi soni 350 ming kishiga
mo'ljallangan edi.
Shaharni kesib o ‘tuvchi sersuv kanallar hovuz va faw oralar uchun
asosiy manbaga aylandi. Farg‘ona atrofida yashil halqa yaratilgan,
manzarali yonbag‘irlarda dam olish uylari, sanatoriyalar, bolalar uchun
oromgohlar qurilgan. Turar-joy uylari va jam oat binolari qad ko‘targan
yangi ko‘chalar tobora o ‘z jamolini ochmoqda. Shahar markazida
yirik m a’muriy binolar ko‘kka b o ‘y cho‘zib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: