maydoni qurildi. Mazkur yillarda shaharlar qurilishida ikki qavatli
scksiyali g‘ishtin uylar ko‘p qurilgan edi. Ular deyarli bir xil rejaviy
tuzilmaga ega edi. Bunday uylardagi xonadonlar ikki xonali (30,5
kv.m), uch xonali (46,5 kv.m) va to ‘rt xonali (54 kv.m) edi. Yozlik
xonalari bo'lgan 210 turkum li turar-joy uyida kichkina-kichkina
balkonchalar bo‘lib (5,65 kv.m), ular deyarli bezak vazifasini
bajarar
edi. 264 turkumiga oid uylarning biqin tomonidagi qo'ndirm a ochiq
ayvonchalar (12 kv.m) borasida ham shunday deyish mumkin. 210
lurkumidagi uyning ikki qavati balkonlari derazalar o‘rni maromini
xillashtiradi va devor yuzasini tashkil etuvchi tiklikni vujudga keltiradi.
Biroq ikkinchi qavatda araqiydan sal yuqori ko‘tarilgan bu balkon-
ehalar uni kesib chiqib, qurilish jarayonini murakkablashtirgan,
shuningdek yomg‘ir suvlarini damlab qo'ygan.
Uylarning old devor-
lariga bezaklar chaplab tashlangan. Ommaviy qurilish jarayonida
loyihalaming bu turkumi birmuncha qayta ishlab chiqildi va shubhasiz
uylar arxitekturasini yaxshiladi.
Tipik loyihalar b o ‘yicha ommaviy qurilish bilan bir qatorda
ko‘pqavatli turar-joy uylari yakka holdagi loyihalar bo‘yicha qurilgan.
Toshkentdagi Anhor kanali yoqasining arxitektura yechimida turar-
joy uyi xiyla qiziqish uyg'otadi (arxitektorlar M. Bulatov, L. Karash),
unda urush yillaridagi namunaviy seksiya birmuncha qayta ishlandi.
Rejaning nosimmetrik yechimi, shimoliy qismi to‘rt qavatli, burchakdagi
esa besh qavatli), tevaragi arkli bir, ikki (qanotli)
va uch balkonli
ritmik birikma, yaxshi mutanosiblik va miqyos uyning arxitekturaviy
qiyofasiga m a’nodorlik bag'ishlaydi, holbuki u ham ortiqcha qismlar
va bezak unsurlaridan xoli emas.
Uyning kompozision tuzilmasi uni qo‘shni uy bilan birgalikda
birlashtirib turadi (arxitektor A. Pavlov). Old devoming issiq ochiq
rangda suvalishi, dekorativ bezak - «sgraffito» naqshu nigori va boshqa
rangin dog‘lar unga janubcha rangtasvir tusini beradi.
Burchak qismda joylashgan, bcsh qavatli minora tarzida shakllangan
bunday kompozision uslub Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi
Adabiyot muzeyi maydoni burchagida qad ko‘targan
turar-joy uyida
islvlatilgan (arxitektorlar L. Karash, V. Yakushev). Uy arxitekturasiga
niohirona o ‘rnatilgan balkonlar va turtib chiqqan yog‘och araqiylar
jon kiritib turadi.
Yagona ortiqcha narsa bu uyning m inora qismidagi foyda-
lanilmaydigan ayvonchalar bo'lgan, yana nomiqyoslikni, butun minora
.u xitekturasining zalvorligini ham aytib o'tish joiz.
59
Chirchiq shahridagi Navoiy ko‘chasining muyulishida 50—60-yy.da
qurilgan 50, 52 raqamli turar-joylarda ham bezak uchun qurilgan
minoralar bor (arxitektor A. Faynleyb).
Samarqanddagi Registon va Dahbed ko‘chalari burchagidagi yakka
turar-joy uyi 50-yillaming qiziqarli uylaridan biri hisoblanadi (arxitektor
A. Raykin, S. Tartakovskiy). Uylar joylashgan maydon eski shaharni
yangi shahar bilan bog'lab turadi. Turar-joyning ikki binosi («А» va
«В») joylashgan joyi har xilligidan bir-biriga o'xshamaydi. Masalan,
«А» binosi zinapoyalari bo'lgan
ikki seksiyadan iborat, bitta seksiyada
uch xonali xonadon bo'Isa, ikkinchi seksiya — aralash tusda binosi
zinapoyasiz b o ‘lib, xonadoularga tashqaridan kiriladi, yoMakli turdagi
oddiy uylardan farqli o'laroq faqat ikkita xonadonga xizmat qiladi.
Uylaming arxitekturaviy yechimi ancha tantanavor va mazmunli.
Ammo o ‘sha davr uchun «urf» bo'lgan arxitekturaviy nuqsondan ham
xoli emas: «Л» binosining biqinidagi ravoq ortiq darajada bejalgan,
turli shakllar va gullarga to‘ldirib yuborilgan,
holbuki qurilishjarayonida
(1949—55-yillar birinchi navbatda, 1952—53-yillar — ikkinchi navbat)
va uni tugallashdan oldin loyiha ancha solddalashtirilgan edi.
Mazkur yillar turar-joy qurilishlarini qarab chiqar ekanmiz, shu
narsaning guvohi b o ‘lamizki, arxitekturada, jum ladan turar-joy
arxitekturasida nuqsonlarning «urf» boiishi har doim ham joiz emasdi.
Yakka tartibdagi loyihalar b o ‘yicha qurilgan turar-joylar baribir
shaharsozlik m a’nosida sohilbo‘yilar, ko‘chalar va maydonlar shaklla-
nishida ijobiy rol o ‘ynagan. 50-yillar o ‘rtalaridanboshlab Hukumatning
«Loyihalashtirish va qurilishda bezakdorlik
va ortiqchalikni bartaraf
etish to ‘g‘risida»gi Qarori munosabati bilan (1955-y) arxitektura yo‘na!i-
shi qayta baholandi - industrial uslublar va namunaviy loyihalardan
har taraflama foydalanishga o ‘tildi.
M a’muriy jam oat markazi b o ‘lgan to ‘qqiz turar-joy tum andan
iborat Chilonzor turar-joy mavzesi respublikada ko'pqavatli imoratlari
boMgan eng yirik mavze hisoblanadi. Uning qurilishi bilan 1956-yildan
Toshkentning janubi-g‘arbiy tumanini o ‘zashtirish boshlangandi. Undan
keyin boshqa turar-joy mavzelari qurila boshladi, ular: Yunusobod,
Qoraqamish, Shimoli Sharq, Feruza, Qo‘yliq, Sirg‘ali,
Samarqandda-
Gagarin mavzesidagi turar-joy majmualari, Farg‘onada esa Qirguli va
hokazolar.
C hilonzor va boshqa turar-joy mavzelari qurilishi namunaviy
uylardan keng foydalanishdan boshlandi. Dastlabki bosqich uchun xos
bo‘lgan mikrotumanlarni dahama-daha qurish bir xil tusga ega edi va
Do'stlaringiz bilan baham: