turini qaytaradi. Farqi shunda-ki, xonadon tashqarisidagi
kommunikatsiyalar,
shuningdek zinapoya – lift bo‟g‟inlari ochiq bo‟ladi, demak, galereyali turar-
uylardan yumshoq yoki issiq iqlimli joylarda foydalanish mumkin.Ikkala turdagi
turar-uylar uchun eng maqsadga muvofiq konstruktiv usul – bu ko‟ndalang
devorlar tizimidir.
O‟zbekiston iqlim sharoitida turar-uylarda qulaylikning gigienik mehyorlariga
rioya qilish zaruriyati (temperatura rejimi, shamollatish va boshqalar) ko‟p qavatli
turar-uyni salbiy iqlim xodisalari tahsiridan saqlovchi tarxiy yechimning maxsus
usullaridan foydalanishga olib keldi.
Ularga quyidagi turar-uy tarxiy yechim usullari kiradi:
terrasa va kommunikatsion galereyalar orqali shamollatish (galereya
tuzilmali
turar-uylar);
aeratsion hovlichalar, shaxta va chuqur peshayvonlar (lodjiya) orqali shamollatish
(sektsiya tuzilmali turar-uylar).
Galereyalarni bir, ikki yoki uch qavat oralab joylashtirish mumkin, bunda bir
konstruktiv qadam chegarasida, umumiy galereyadan kiriluvchi bir yoki ikki ikki
qavatli xonadonlar xosil bo‟ladi. Galereya sathida odatda umumiy xonalar va
oshxona, galereya tagidagi va yuqorisidagi qavatlarda esa –
yotoqxonalar
joylashtiriladi. Oshxona, sanitar bo‟g‟inlar va xatto yotoqxonalarni galereya orqali
yoritish mumkin, bu usul ko‟pincha ikki va bir sathli xonadonlarda qo‟llaniladi.
Qavatlar bo‟yicha xonadonlarni birgalikda joylashtirishning asosiy usullari bir
tomonlama yoki ikki tomonlamali yo‟lakli uy sxemasini takrorlaydi, ular orasida
farqlar ham bor, bu qurilishdagi iqlim sharoitlariga xos.
Galereyalar faqat
xonadonlarga kirish uchungina xizmat qilmasdan, tashqi muhit bilan aloqasi
bo‟lganligi sababli, ular xonadonlar va uylarni faol shamollatishga ko‟mak
beradilar.
Turar-uylarni terrasa va kommunikatsion galereya orqali shamollatish
galereya tuzilmali turar-uylarga xosdir. Galereyali
turar-uylarning tarxiy
yechimlari, janubiy hudud iqlim sharoitlariga to‟liq javob beradi. Ularning yo‟lakli
turar-uylardan farqi shunda-ki, galereyali uylarda xonadonlarning tashqi muhit
bilan uzviy bog‟liqligi yaqqol ko‟zga tashlanadi.
Toshkent shahrida 16-qavatli eksperimental galereyali turar-uyda,
yer bilan
aloqasini yo‟qotgan uyni funktsional tashkil qilish tadqiqoti o‟tkazilgan.
Yo‟qolgan aloqani to‟ldirish uchun har 3 qavatda, uy markazida insonlar dam
olishi va muloqot qilishi uchun maydonchalar-ko‟kalamzorlashtirilgan hovlichalar
– barpo etilgan, ular tashqi muhit bilan ikkita uch qavatli teshiklar bilan
bog‟langan. Har bir hovlicha 24 ta bir qavatli
xonadonlarni birlashtiradi
(qavatlarda 8 ta xonadon), yuqori qavatdagi xonadonlarga kirish, xovlichani yarim
doira shaklida o‟rab turgan galereyalar orqali amalga oshiriladi. Oshxona va sanitar
bo‟g‟inlar galereyalarga qaragan, ularni shamollatish hovlicha va tashqi muhitdagi
temperaturalarning katta farqi sababli tahminlanadi (hovlicha teshiklari yo‟nalishi
shimol va janubga qaragan). Uyning yassi tomida bolalar uchun basseyn va
solyariy qurilgan, stantsionar tuproqda ekinlar ekilgan,
soyabonlar xosil qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: