3.Ko’p va bir sektsiyali uylarning tarxiy yechimlari
Ko‟p sektsiyali uylar bir necha sektsiyalardan tashkil to‟gan bo‟lib, turar joy
uyida bir necha xonadon va bir necha zinapoya lift kataklaridan iborat bo‟ladi.
Ko‟p sektsiyali uylarda xonadonlarni sektsiyalarga joylash va ularning soni turar-
uy tizimida ushbu sektsiya yorug‟lik tomonlari bo‟yicha qanday yo‟nalganligiga
bog‟liq. Sektsiyalar chegaralanmagan, qisman chegaralangan va chegaralangan
yo‟nalishli (orientatsiya) bo‟lishi mumkin. Sektsiyalarning birinchi ikki turini
kenglik (parallel) bo‟ylab, uchinchi turini meridian bo‟ylab sektsiyalar deb
nomlanadi, chunki ularning uzunlik o‟qi birinchi holda sharqdan g‟arbga qarab,
ikkinchi holda esa shimoldan janubga qarab joylashgan bo‟ladi. Turar-uylar
korpusining uzunlik o‟qi kenglik yoki meriadian bo‟ylab joylashsa, bu nomlar bu
turar-uylarga nisbatan ham ishlatiladi
(1-rasm).
1-rasm.
Qatorli sektsiya. a – kenglik bo‟lib joylashgan chegaralanmagan
yo‟nalishli (orientatsiya) qavatda 2 ta xonadonli sektsiya; b qisman
chegaralangan yo‟nalishli qavatda 4 ta xonadonli sektsiya.
CHegaralanmagan yo‟nalishli oddiy sektsiyada bino tarz qismini ixtiyoriy
ravishda shimolga qarashi mumkin, shuning uchun, tarxda barcha xonadonlar
gorizontining ikki tomoniga yo‟nalgan bo‟ladi. Oddiy sektsiya nisbatan universal,
chunki turar-uyning ixtiyoriy yo‟nalishida ishtirok etadi. Sektsiyaning iqtisodiy
ko‟rsatkichi zinapoya lift bo‟g‟iniga to‟g‟ri keluvchi xonadonlarning umumiy
maydoni yig‟indisiga bog‟liq, bu sektsiyalar odatda, uch, to‟rt va ko‟pincha besh
xonali katta xonadonlardan tashkil to‟adi.
Burchakli sektsiyalar uchun zinapoya lift bo‟g‟inini joylashtirishning ikkita
varianti xarakterlidir: sektsiyaning ichki yo‟iq burchagida yoki uning markaziy
qismida, oddiy sektsiya tuzilishiga o‟xshash. Tarxdagi burilish yo‟lakka ikkita
xonadonlarni nosimmetrik birlashtirish bilan xosil qilinadi, bu xonadonlardan biri
burchakli yechim to‟adi, ikkinchisi esa yo‟lakka nisbatan, burchak ostida
joylashadi.
Sektsiyalardagi xonadonlar joylashuvi shunday xosil qilinadi-ki, qo‟shni
xonadonlardagi oshxona va sanitar bo‟g‟inlar birlashishi kerak. Bu talab santexnik
kommunikatsiyalarni birlashtirishning texnik maqsadga muvofiqligi va sanitar –
texnik qurilmalarni begona xonadon turar xonasi devoriga birlashtirishdan qochish
zaruriyati bilan tushuntiriladi
(2-rasm).
Bir sektsiyali
turar-uylar tarxiy yechimi – ko‟p sektsiyali uylar oldida
ko‟pgina afzalliklarga ega. Ularning yorug‟lik yuzasi, ko‟p sektsiyali uylarning
oddiy sektsiyasiga qaraganda, ancha ko‟p, bu esa butun yorug‟lik perimetridan
foydalanib, ko‟p sonli xonadonlarni joylashtirishga imkon beradi. Bir sektsiyali
turar-uyning iqtisodiy yechimi zaruriyati qimmat vertikal kommunikatsiyalar
bo‟g‟iniga xonadonlarning katta miqdordagi umumiy maydoni to‟g‟ri kelishi,
oqibatda shu turli uylarning qavatlari sonining oshishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |